9-sinf adabiyot

9-sinf adabiyot
1. Cho’lpon ijodiga mansub she’riy to’plam qaysi?
A. “Maysalarni ayoz urganda”; C. “Ko’ngil”;
B. “Kuz taronalari”; D. “Buloqlar”;
2. Muhabbat osmonida go’zal Cho’lpon edim,do’stlar,
Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku, misralari shoir Cho’lponning qaysi she’ridan olingan? A.Ko’ngil B. Kishan C.Vijdon erki D.Qalandar ishqi
3.Shoir Cho`lponning qaysi she`rida 1917-yil voqeaalaridan keyingi Turkistonning qonli
manzalari tasvirlanadi?
A.Ko`ngil B.Kishan C.Yong`in D. Vijdon erki
4.Cho`lponning “ Kecha va kunduz “ romanida Zebiga atalgan zahar Akbarali mingboshining
o`limiga sabab bo`ladi. Bu ishni qaysi personaj amalga oshiradi?
A. Kundoshi Xadichaxon B.Miryoqub C. Poshshaxon D.Zunnun
5.Jahon adabiyotining shoh asari Dantening “Ilohiy komediya”sini o`zbek tiliga o`girgan
ijodkor kim? A. E. Vohidov B.A. Oripov C. Oybek D.H. Olimjon
6.Yurgil, dalalarga ketaylik, do`stim,
Diqqinafas uyda yotmoq paytimas.
Oltin O`zbekiston tuprog`i bu kun
Bir pari faslning og`ushida mast.
A. Oripov qalamiga mansub ushbu misralardagi badiiylikni belgilovchi so`zlarni aniqlang.
A.Dalalar, do`st C.O`zbekiston tuprog`i, og`ush, mast.
B.Diqqinafas, Oltin O`zbekiston D.Oltin tuproq, pari fasl
7.Quyidagilardan Odil Yoqubov ijodiga mansub asarlar qatorini belgilang?
A.”Jimjitlik”, “Muqaddas” B. “Ko`hna dunyo”, “Adolat manzili”
C. “Kecha va kunduz”, “Navoiy” D.”Diyonat”, “Uch ildiz”.
8.”Qutlug` qon”asaridagi bosh konflikt nimadan iborat?
A.Xalq ommasining boylar va qashshoqlarga, ya`ni mirzakarimboylar va yo`lchilarga
ajratib qo`yilganligi B.Mirzakarimboy va uning o`g`illari o`rtasidagi ziddiyat
C.Yo`lchi bilan Mirzakarimboy o`rtasida yuzaga kelgan adovat
D.Gulnorning zaharlanishi bilan Yormatning ahvoli
9.”Yo`lchi egildi, ko`zlarida g`azab chaqnadi, yuzining go`shtlari tirishdi.Ikki qoshi o`rtasidan
bosh tomonga tik ketgan tomir o`rta barmoq yo`go`nligida bo`rtib chiqdi”.
Yuqorida ifodalangan holatga sabab nima edi?
A.Salimboyvachcha Unsinga tegishgani uchun C.Abdushukur boylarni himoya qilganda
B.Gulnor yo`qolib qolganda D.Boyning Gulnorga uylanmoqchiligini eshitganda
10.Cho`lponning “Kecha va kunduz” romanidagi asar kulminatsion nuqtasini aniqlang?
A. Poshshaxonning choynakka zahar solib qo`yishi C.Akbarali mingboshining zaharlanishi
B.Zebining Akbarali mingboshiga erga berilishi D.Zebining ustidan sud jarayoni
11.Oybek qalamiga mansub asar qaysi? A.”Cho`l burguti” B.”Jimjitlik” C.”Buloqlar” D.” Namatak”
12.”Birov yegani non topa olmaydi,birovnikida qozon-qozon moy qaynaydi,birov chaqaga zor, birov
pulning hidiga yota olmaydi.Dunyo shunday yasalgan ekan,bolam.Birovga yorug`, birovga qorong`u”.
Ushbu ko`chirma qaysi asardan olingan va kimga qarata aytilgan?
A.”Maysaraning ishi”, Xidoyatxonga C.”Farg`ona tong otguncha”, G`ulomjonga
B.”Boy ila xizmatchi” G`afurga D.”Qutlug` qon” Yo`lchiga
13. “Uug’bek xazinasi” romani qahramonlari to’g’ri berilgan qatorni belgilang? A.Ali Qushchi, Xonzoda,amir Tarxon Sultomuhammad B.Abdulatif,shayx Nizomiddin Xomush,Dildor C.Said Abbos, amir Jondor,Musulmonqul,Azizbek D.Gavharshodbegim,Miram Chalabiy,Qalandar Qarnoqiy
14.O.Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romani ushbu janrning qaysi turiga mansub?
A.Trilogiya B.Falsafiy C.Sarguzasht-ishqiy D.Tarixiy
15.A.Qodiriy ilk bor qaysi asari uchun ayblanib qamoqqa olinadi?
A. “O’tgan kunlar” B. “Yig’indi gaplar” C. “Mehrobdan chayon” D. “Baxtsiz kuyov”
16. “Bashar tarixining har sahfasida qonli dog’ing bor”.Bu o’tli misralarni bitgan shoirni aniqlang?
17. “Xayol daryosi keng edi menda.O’qtin-o’qtin o’zimcha mashq qilib, bitta-yarimta she’r yozib ham qo’yardim”.Ushbu xotiralar qaysi shoir qalamiga mansub?
18. “…Birinchi she’rlar yoza boshlaganimda nima turtki bo’lganini aniq bilmayman.Har holda so’zlarni qofiyalashga ishqiboz bo\lib qolganimni esimda.Ushbu so’zlar qaysi ijodkorga tegishli?
19.O’tgan asrning 60-70yillari o’zbekning tuyg’ularini beparvolikdan asrab qolgan shoir kim edi?
20.Co’lponning “Kecha va kunduz”romanidagi olamga hayrat ko’zi bilan qaragan sodda qahramon kim?
С
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
Ж
D D B C B D B A A C D D C D B
16. Cho’lpon 17. Oybek 18. A. Oripov. 19. A. Oripov 20. Zebi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !