IJODIY BAYON MATNLARI

Ijоdiy bayon uchun matnlardan namunalar

Birni kеssang o’nni ek

Alishеr Navоiy Astrоbоd vilоyatida хоkimlik qilgan kеzlarida shahar tashqarisigi baland bir tеpalikda оsmоn bilan o’pishgan kеksa tеrak bоr ekan.
Alishеr Navоiy kеchqurunlari o’ziga yaqin mulоzimlari bilan shu tеrak tagiga kеlar ekan. Ulug’ shоir tеrakning mayin shabodada shivirlab kuylashini tinglashni хush ko’rarkan.
Bahоr kunlarining birida Alishеr Navоiy har galgidеk o’z mulоzimlari bilan shu terak tagiga kelarkan. Ulug’ shoir terakning mayin shabodada shivirlab kuylashini tinglashni xush ko’rarkan. Terak go’yo mungli qo’shiqni kuyga solgan sozandadek bir maromda tebranib shivirlar ekan.
Bahor kunlarining birida Alisher Navoiy har galgidek o’z mulozimlari bilan birga g’azalxon terakni qumsab shahar tashqarisiga chiqdi. Borib ko’rsaki g’azalxon terakni kimdir “o’ldirib”, “kesib” ketibdi. Alisher Navoiy og’ir ho’rsinib “qotil”ni tezda topib kelishni buyuribdi.
Mulozimlar tezda bir kishini ot oldiga solib haydab kelibdilar.
Alisher Navoiy qattiq g’azablanganidan:
— Ey, qotil, nega shunday azim terakni nobud qilding? Yo bu bilan mendan o’ch olmoqchi bo’ldingmi – debdi. Keyin mulozimlarga bu yaramasni qirq darra uringlar, deb buyuribdi-da, har darra urganda “biriga o’n” degan hikmatni takrorlatib turishni ham tayinlabdi.
Terakni to’sinbop ekan deb kesgan odam mahalla imomi ekan, qirq darra ygandan keyin mulla mingan eshakday yuvvosh bo’lib, tovbasiga tayanibdi. Keyin u Alisher Navoiyning “biriga o’n” degan hikmatining ma’nosini ham tushunib olibdi. “Qotil”-imom shundan keyin o’sha tepalikka o’n tup terak o’tqazib, parvarish qilishga kirishibdi.
Bir-ikki yil ichida teraklar ko’kka bo’y cho’zib, gurkirab qolibdi.
Alisher Navoiy o’z mulozimlari bilan yana o’sha tepalikka kelib qarasa, yosh teraklar bahor shabodasida sokin shivirlab kuylayotgan ekan.
Shu terak bahona bo’libdi-yu, Astrobodda bog’u-rog’lar ko’paya boshlabdi. Elu yurtga fayz kiribdi.

(“El desa Navoiyni” kitobidan)

Topshiriq:
Reja tuzib, hikoya haqida o’z fikr-muloxazalaringizni bildirgan xolda bayon yozing.

Mening Vatanim O’zbekiston

Mening Vatanim O’zbekiston! O’zbekiston-muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz, ota-onamiz tug’ilib o’sgan Vatan. Farzandlarimizni shu zaminga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida shu muborak zaminning har bir qarichida mehru muhabbat uyg’otish-bugungi kunning eng ustivor fazilatlaridan biridir. Vatan tuyg’usi, Vatan tushunchasi biz uchun sajdagohdek muqaddasdir. Biz uchun Vatan bitta! Mamlakat bitta! Bizning go’zal yurtimiz, noyob tabiatimiz, betakror Vatanimiz, bag’rikeng va olijanob xalqimiz bor.
Men shu diyorda yashayman. Shu yurtda tug’ilib o’sdim. O’zbekiston juda go’zal diyor. O’zbekistonda go’zal bog’lar, yuksak tog’lar, bepoyon dalalar, zilol suvlar, zamonaviy turarloylar va biri-biridan go’zal shaharlar ko’p. O’zbekistonimizning tabiati xilma-xil bo’lib, go’zallikda tengi yo’q. O’zbekiston jannatmakon diyor. Bizning yurtimizda yoshlarga juda katta etibor qaratilgan. Chunki biz yoshlar O’zbekistonning kelajagimiz. Biz yoshlarning yaxshi yashashimiz, yaxshi ta’lim-tarbiya olishimiz, dam olishimiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yurtimizda bizning yaxshi ta’lim-tarbiya olishimiz uchun yangidan-yangi maktablar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o’quv yurtlari bunyod etilgan. Biz yoshlarning jismonan baquvvat va sog’lom bo’lishimiz uchun sport inshootlari va maydonlar, suv xavzalari qurib bitkazildi.
Bizning yurtimizda qishloqdagi tengdoshlarimiz ham xuddi shahardagi kabi yaxshi ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Chunki o’zbekistonimizning barcha qishloqlari zamonaviylashib ulardagi sharoitlar shahar bilan tenglashmoqda.
O’zbekistonning poytaxti-Toshkent shahri. Toshkent juda ko’hna va qadimiy, shu bilan birga zamonaviy shahardir. Toshkent shahri respublikamizning yuragi hisoblanadi. Toshkent shahrida 26 000 000 dan ortiq aholi yashaydi. 2009 yilda Toshkent shahrining 2200 yilligini keng nishonladik.
Bizning poytaxtimiz Toshkent go’zal va novqiron shahardir. Shu zaminning munosib farzandi bo’lib yashaylik.

Topshiriq:
Reja tuzib, hikoya haqida o’z fikr-muloxazalaringizni bildirgan xolda bayon yozing.

Mehnat insonni ulug’laydi

Bolalar yoshligidan mehnatga o’rganib borishlari lozim. Bekorchilik eng yomon odat. Chunki bekor yurish degani-bu yumushdan bosh tortish, boqimandalik, “Bersang yeyman, ichaman, pul bersang maktabga boraman” deganidir.
Bularning zamirida bolalar loqayd, ishyoqmas, dangasa bo’lib ulg’ayadilar. Shuning uchun biz bolalar oilaviy ma’suliyatni his etishimiz, mehnatga nisbatan muhabbatli bo’lishga harakat qilishimiz kerak.
Shu bilan bir vaqtda, ozgina bo’lsa ham vaqtni bekor sarf qilmaslik, vaqtni tejashga o’rganish kerak. Hayot mazmunini belgilaydigan narsa bu-vaqtdir. Inson o’zining faoliyatidan mamnun bo’lishi bilan birga birorta bemani ishlarga vaqt topaolmasligi uchun o’z vaqtidan unumli foydalanishi va uni to’g’ri yo’naltirishi lozim.
Bekorchilik oqibati keyinchalik ota-onaga hurmatsizlik, oilada o’z ma’suliyatini xis qilmaslik kabi ko’ngilsiz hodisalarni yuzaga keltiradi. Bu esa turmushda qator muammolarni keltirib chiqaradi. Har bir ota-ona farzand uchun mahsul hisoblanadi. Shunday ekan farzand tug’ilib voyaga yetgunicha uni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashi va bajargan mehnatini taqdirlashi, rag’batlantirib borishi lozim.
Bekorchilikning oqibati nimalarga olib kelishi esa ayon. Bolalar ichish, chekish, yomon yo’lga yurish, jinoyat sodir qilish yo’llariga kirib ketadilar. Bu bilan oilaning obro’si ham to’kiladi. Shuning uchun har bir farzand bunday xatolarga yo’l qo’ymaslik, horlik va zorlikki tushmaslik uchun bekorchilikning oldini olishi zarur.
Zero “Bekorchidan xudo bezor” shunday ekan barchamiz mehnatni ulug’lab jamiyat uchun, yurt uchun foydali shaxs bo’laylik.
Mehnat insonni ulug’laydi. Mehnat qilgan inson doim jamiyatda o’z o’rnini topadi va hech qachon xor bo’lmayedi.

(O.U.Xasanboyva “Barkamol avlod ma’naviyati” kitobidan)

Topshiriqlar:
1. Matn mazmunini so’zlab bering
2. Reja tuzib, bayon yozing

Vatan nima?

Odamning shakli shamoili, bo’y-basti, ko’rinishi, jussasi, tusi, ko’z qarashlari, yurish-turishi, ovozi, tarovati, xullas ichki va tashqi do’nyosi u tavallud topgan, unib-o’sgan va kamolatga yetgan joyga monand bo’ladi. Yetti iqlim kishilari yetti xildir. Olis shimoliy o’lkalarning aholisi sayyoramizning belbog’I bo’lmish Yer ekvatori mintaqalarida yashovchilardan farqlanadilar. Hatto bir irqqa mansubi turli mintaqalarda yashovchi millatlar ham ko’rinishdan farqlanadilar. Masalan, ozarboyjonlar bilan uyg’urlar tashqi qiyofalari jihatdan ham tafovut qiladilar. Demak, inson o’z tug’ilib o’sgan Vatanining bir zarrasidir.
Xo’sh, Vatan nima? Nima uchun ona-Vatan deyiladi? Bizningcha, kurrai zaminimiz butun Yer yuzida yashayotgan olti milliarddan ziyod xalqlar uchun Vatan bo’lsa, har bir xalq uchun taqdiran va tarixan ato etilgan hamda chegaralangan xudud ona Vatandir.
Vatan atamasi aslida arabcha so’z bo’lib, ona yurt ma’nosini bildiradi. Vatan tushunchasi keng ma’noda va tor ma’noda ham qo’llaniladi. Bir xalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’nodagi tushunchadir. O’zbekistonda folonchi vatanli bo’libdi, deyshganda o’sha odam uy-joyli, boshpanali bo’ldi, degan ma’noni anglatadi.
Xazrat Alisher Navoiy Vatan tushunchasini ona yurt, tug’ilib o’sgan joy, maskan, manzil ma’nolarida ishlatganlar. Vatan tushunchasi elat, xalq va davlat tushunchalarini o’ziga qamrab oladi. Xalqning tili, madaniyati, iqtisodiy turmushi, ma’rifiy va ma’naviy ravnoq topa borishi natijasida shu xalqqa mansub kishilar orasida shakllanadi.
Kishilik taraqqiyotining bugungi bosqichida ijtimoiy guruhlarning eng rivoj topgan bug’unlari-bu millatdir.
Shuning uchun ham hozirgi kunda jahondagi 202 davlatni birlashtirgan eng nufuzli xalqaro uyushma “Birlashgan Millatlar Tashkiloti” deb ataladi.
O’zbekiston Res’ublikasi o’zbek millatining vatanidir. Bu o’rinda davlat va Vatan ayni bir ma’noni ifodalaydi, yani O’zbekiston Res’ublikasi deganimizda Vatanimizni tushunamiz. Vatan deganda O’zbekiston Res’ublikasini idrok etamiz.

(Abduqahhor Ibronimov “Yorug’lik” kitobidan)

Topshiriqlar:
1. Matn mazmunini so’zlab bering
2. Reja tuzib, bayon yozing

Alisher Navoiy

O’zbek adabiy tilining asoschisi, so’z mulkining sultoni, o’zbek xalqining milliy iftixori, buyuk shoir Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Xirot shahrida tug’ilgan. Alisherning ota-onasi temuriylarga xizmat qilishni o’zlariga faxr deb bilganlar. Bo’lajak shoirning tog’alari yaxshigina shoir, sozanda va xattot bo’lganlar.
Alisher odobli bola bo’lgan, kop kitoblar o’qigan, zehni o’tkir bo’lganligi uchun kop g’azallarni yod olgan. U juda erta savod chiqarib, bolalikdan unda she’r o’qish va she’r bitishga, o’ziga zomondosh bo’lgan shoirlarning she’r va dostonlarini kop-kop yod olishga havas uyg’ondi. U bolalikdan fors, arab tillarini yaxshi bilgan.
Alisher oilada uchinchi farzand bo’lib, maktabda bo’lajak podshox Xusayn Boyqaro bilan birga o’qiydi. Temuriyzoda Xusayn Boyqaro Hirot tahtini egallagandan so’ng u do’sti Alisher Navoiyga o’z saroida g’oyat masuliyatli vazifani topshiradi. Davlat ishlarida xokimyatni mustaxkamlash, mamlakat va xalq osoyishtaligini tiklashda Navoiy eng ishonchli kishi bo’ladi. Mutafakkir o’z navbatida mamlakat obodligi, tinchligi va taraqqiyoti, el-yurt osoyishtaligi yo’lida tinimsiz xizmat qiladi. Navoiy davlat arbobi sifatida katta etiborga ega bo’lgan. Ammo Navoiy ko’proq badiiy ijod bilan mashg’ul bo’lishni istardi.
Alisher Navoiy o’z davrida ilm-fanning rivoj topishida hissa qo’shgan allomalardan hisoblanadi. U Xirot shahrida o’zining shaxsiy mablag’idan madrasalar, hammomlar, davolash shifohonalari, masjidlar qurdirgan. U o’z xisobirdan yuzlab xushxat kotib, xat ko’chiruvchi, kitoblarga ziynat beruvchi xattotlarni maosh bilan ta’minlab mamlakatda ilm-fanning rivojiga katta xissa qo’shgan. Uning kopgina asarlari xalq maqollari va hikmatli so’zlarga aylanib ketgan. Shoirning xalq orasida xali xanuz hurmati balanddir.
Alisher Navoiyning mashhur asari “Xamsa”sidir. Xamsa beshta doston “Layli va Majnun“, ”Farxod va Shirin”, “Xayratul Abror”, “Sabbai Sayyor”, “Saddi Iskandariy”ni o’z ichiga oladi. Bu asari bilan johon adabiyotiga munosib hissa qo’shgan, o’zbek tilining boy va go’zalligini isbotlab bergan.
Odami ersang demagil odamiy
Onikim yo’q halq g’amidin g’ami
Yaxshilikni bilmasang
Borib yaxshilarga qo’shil
kabi hikmatli so’zlari xalq maqoliga aylangan.
Alisher Navoiy 1501 yil Xirot shahrida vafot etgan va shu shaharda dafn etilgan. Uning nomi asrlar osha avloddan-avlodga o’tib xalq qalbida yashamoqda. Xozirgi kunda asarlarini biz yoshlar sevib o’qiymiz. Uning asarlari doimo bizlarni odamiylikni, hayotni sevishga undaydi.
Mustaqilligimizning birinchi yili 1991 yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi.
Topshiriqlar:
1. Matn mazmunini so’zlab bering
1. Reja tuzib, bayon yozing

Do’stlik

“Do’st bo’ish oson, lekin saqlash qiyin”. Albatta do’st tutish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Do’st bo’lish uchun fikrdosh bo’lish, qiziqishlarning birligi, hamkorligi, bir-biriga mehribon bo’lishi, kechira olishi va mehr-oqibatli bo’lishi talab etiladi.
Do’st sodiq bo’lishi hamda soxta bo’lishi ham mumkin. Shuning uchun do’st va o’rtoq tanlashda adashmaslik kerak. Tanlangan do’st insonning ruhiyatiga, psixologik xususiyatlariga va qiziqishlariga hamohang bo’lishi kerak. Ana shunda haqiqiye do’stlashuv yuzaga kelishi mumkin.
Bog’cha yoshidagi bolalar bir-birlari bilan bir o’yinchoq tufayli do’st bo’ladilar. Ota-ona bolalar o’rtasidagi ahillik, inoqlik masalasida etiborli bo’lishlari, ibratli voqyalarni so’zlab, do’stlikning qadr-qimmati haqida tushinchalar berib borishlari kerak.
Odatda bolalar o’smir yoshiga yaqinlashganda do’stlik tushunchasi mehr-oqibatga aylanib ketadi. Do’stni qanday saqlay bilish kerak. Eng avvalo do’stning sirini saqlay bilish, kamchilligini yashirish, do’stining muvaffaqiyatidan quvana olish, do’st boshiga musibat tushganda hamdard bo’lish do’stlikni asrovchi omillardandir. Shundagina do’stlik mustahkam bo’ladi.
Yoshlikdagi do’stlik toshga o’yilgan, qalbga muhirlangan, sirlari bilan bog’langan haqiqiy do’stlik hisoblanadi. Chin bo’stlik bu umirboddir.
Chinakkam do’st og’ir kunda ham yoningda bo’ladi. To’g’ri, do’stlar bir-biriga moddiy va ma’naviy tomondan ko’mak berishlari, ko’mak so’rashlari kerak. Ammo bu narsa doimiy odatga aylanmasligi kerak. Xech qanday yordami kerak bo’lmagan paytda ham do’stning xolidan habar olish chinakkam do’stlik belgisidir.
Tanlangan do’st insonning ruhiyatiga, psixologik xususiyatlari, xatti-xarakatlari, qiziqishlariga hamohang bo’lishi kerak. Ana shunda haqiqiy do’st bo’lishi mumkin.
Bunday do’stlar doim o’zining yaxshi va yomon, og’ir va yngil kunlarida ham bir-biriga sadoqatli bo’lib ulg’ayadilar.
Agar do’sting hech sababsiz sendan ko’nglini uzsa, u bilan oshnolikni tark qil. Tamagir do’stdan uzoq bo’l, uning do’stligi haqiqiy emas, tama uchundir. Xasadchi kishi aslo do’st bo’lmaydi.
Inson yaxshi-yomonning farqiga eta borgani kabi, do’stining qadriga ham yosh o’tgan sayin etib boradi.

(O.U.Xasanboyva “Barkamol avlod ma’naviyati” kitobidan)

Topshiriqlar:
1. Matn mazmunini so’zlab bering
2. Reja tuzib, bayon yozing

Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining sermazmun va barakali ijodi bilan jahon adabiyoti xazinasiga ulkan hissa qo’shgan o’zbek xalqining eng iste’dodli farzandlaridan biridir. Buyuk o’zbek shoiri, adibi, tarixchi, iste’dodli olim, atoqli davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda temuriylar avlodidan Umarshayx oilasida dunyoga keldi. Uning bolalik yillari Axsi va Andijon shaharlarida o’tdi. U ilm-fan, adabiyot, tarix, harbiy mashq bilan shug’ullandi. Musiqa, she’riyat ilmlarini puxta egalladi. Boburning musiqa va harb ishiga oid risolalaridan tashqari hamma asarlari bizgacha yetib kelgan.
Bular ichida “Boburnoma” asari uni butun jahonga mashhur qildi. ”Boburnoma” 12 yashar Boburning otasi Umarshayxning vafotidan so’ng Farg’ona viloyatiga podsho bo’lganidan boshlanib, to umrining oxirigacha ro’y bergan voqea va hodisalarni o’z ichiga qamrab olgan. ”Boburnoma”da ona zamin tabiati, shahar va qishloqlar qiyofasi, otasi Umarshayxning nasl-nasabi, saroydagi tarixiy shaxslar va ularning faoliyati to’g’risida bayon qilingan. Bu qomusiy asar juda ko’p tillarga tarjima qilingan. Bobur o’zining qisqa umri mobaynida katta ilmiy va adabiy meros qoldirish bilan birga Hindistonda boburiylar sulolasiga asos soldi.
Bobur Hindistonda siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan yagona buyuk davlatni barpo qildi. Bobur buyuk hukmdor bo’lsada, eng og’ir damlarda lashkar bilan birga bo’lishni o’zining burchi deb bilgan. Og’ir damlarda ularni asrab avaylagan. Bobur Hindistonga hukmdorlik qilgan davrida temuriy bobolariga xos ko’plab bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. Ariq, kanallar qazdirdi, muhtasham binolar qurdirdi, chiroyli bog’lar bunyod ettirdi, adabiyot, ilm-fan rivojiga homiylik qildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining qisqa, lekin mazmunli hayoti mobaynida qator she’riy to’plamlar yaratdi, “Xatti Boburiy” deb nomlangan yangi alifboni tuzdi. Bobur she’rlari sodda va ravon tilda yozilgan bo’lib, ona yurtga bo’lgan muhabbat, Vatanni qo’msash ohanglari katta o’rin egallaydi.
Shoir she’rlari o’zining jozibadorligi, chuqur mazmuni va badiiy ravonligi bilan ajralib turadi. Bobur o’z ijodida odob-ahloq tarbiyasiga ham alohida ahamiyat bergan. Adib inson nomiga ega bo’lish uchun ahloqning barcha normalariga rioya qilish kerakligini va shundagina kishi el hurmatiga va katta baxtga ega bo’lishini uqtiradi. Hozirgi davrda Bobur she’rlari minglab nusxalarda qayta nashr etilib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim etilmoqda.

Topshiriqlar:
1. Matn mazmunini so’zlab bering.
3. Reja tuzib, bayon yozing.

Hunar-hunardan unar

Hunar ham aslida bir san’at. Xalqimizda insonning noni butun bo’lsa, bu hunarning evaziga bunyod bo’ladi degan naql bor. Shuning uchun hunar o’rganish har bir insonning jamiyatdagi o’rnini belgilaydi. Hunari bor inson hech vaqt xor bo’lmaydi. O’g’il bolalarning o’ziga yarasha yumushlari bor. Duradgorlik, misgarlik, yog’ochsozlik, zargarlik kabi mehnat turlari ularga xosdir. Uni qizlar mehnati bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Qiz bolalarning ham o’zlariga tegishli hunar turlari bor. Tikuvchilik, to’quvchilik, zardo’zlik, pazandachilik kabi hunar turlari qizlarga xosdir.
Bolalarning mehnatsevarligi, o’zining va o’zgalarning mehnatini qadrlashi ularning mehnatga bo’lgan munosabatini shakllantiradi. Ana shu bilan birgalikda hunarga o’rgatish ham xuddi shunday. Hunarmandning ham o’ziga xos odobi bor. U eng avvalo o’z hunarini qadrlashi, uning mehnatidan, qiyinchiliklaridan nolimasligi kerak. Shu bilan birgalikda hunarni o’zida olib qolmasdan uni boshqalarga ham o’rgata bilishi kerak.
Hunarmandlar xalqimizning tarixiy manbaalarida ham e’zozlanib kelganlar. Chunki hunar hech qachon o’lmaydi. Ilm bilan hunar doim hamroh bo’lib insonning borlig’idan dalolat beruvchi, inson hayotining mazmunli kechishiga sabab bo’luvchi, insonning orzu-havaslarini ro’yobga chiqarishiga sabab bo’ladi.
Ayrim bolalarda boqimandalik, tanballik, ishyoqmaslik xolatlari ham uchrab turadi. Bundaylar hayotda qiynalib yashaydilar. Mana shunday ko’ngilsiz xolatlarni oldini olish uchun ota-onalar farzandlariga biror-bir hunarni o’rgatishlari lozim. Bunday ishlar maktabda, jamoat joylarida, mahallada kengaytirilgan xolatda olib borilishi kerak. Toki bola ulg’ayganda qo’lida hunari bo’lsin. Bu esa o’z-o’zidan jamiyat uchun foydali ishdir.
Demak hunar insonga har bir daqiqa, lahzaning nihoyatda zarur ekanligini anglashga o’rgatadi. Qimmatbaho vaqtni bola bekorchi ishlarga sarf qilmasligi uchun ota-ona ularni mehnatga, hunarga yo’naltirishi kerak.

(O.U.Xasanboyeva “Barkamol avlod ma’naviyati” kitobidan)

Topshiriqlar:
1. Matn mazmunini so’zlab bering
3. Reja tuzib, bayon yozing

BU MUQADDAS VATANDA AZIZDIR INSON!

Asrlar qariydi, sen esa mangu,
Yasharib borasan to’lib chiroyga.
Quyoshni mehringga etaman qiyos,
Husningni samoda to’lishgan oyga.
Vatan koshonasi munavvar Toshkent,
Tarix sarhadida muzaffar Toshkent!
Amirqul Karim

Sharqda mashhal bo’lgan O’zbekiston poytaxti, mamlakatimizning eng yirik shaharlaridan biri – Toshkentni dunyo miqyosida ham yaxshi bilishadi.
Poytaxtimiz tarixi juda qadimiy bo’lib, “Toshkent” nomi dastavval XI asrning mashhur allomalari-Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qashqariyning asarlarida ham tilga olinib o’tilgan.
Mustaqillikka erishganimizning birinchi kunidanoq O’zbekistonda, jumladan, Toshkent tarixida tamomila yangi davr boshlandi. Bu azim shaharda 20 yil ichida asrga teng ishlar qilindi. Shahar qiyofasiga sharqona tus berilishiga ahamiyat qaratildi.
Toshkent O’zbekiston Respublikasining siyosiy, eng yirik sanoat markazi, O’rta Osiyoning eng yirik transport chorrohasi hisoblanadi. Shuningdek, Toshkent O’rta Osiyoning madaniy va ilmiy markazi hamdir.
Poytaxtda 32 ta oliy o’quv yurti, 331 ta maktab, 38 ta yangi qurilgan zamonaviy akademik litsyylar hamda 80 ta kasb-hunar kollejlari mavjud. Ular zamonaviy o’quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan bo’lib, u yerda ming-minglab yoshlar bilim olmoqda.
Toshkent qadimdan ilm-fan markazi hisoblangan. Tarixiy manbalarga ko’ra bu shaharda yuzdan ortiq buyuk siymolar va ijodkorlar yashab ijod qilganlar.
Toshkentning nafaqat kunduzgi, balki tungi manzarasi ham nihoyatda jozibadordir. Azim shahrimizning tabiatini ham bamisoli jannatga qiyoslayman. Yurtim yuragi — Toshkent shunday go’zal makonki, uning zaminiga bir cho’p suqsangiz, ko’karib soya beradi, meva tugadi.
Jonajon shahrimizning 2200 yilligi o’lkamiz bo’ylab keng nishonlandi.

(Guljamila A’zamxo’jayva “Jonajon Toshkentim” kitobidan)

Topshiriqlar:
1. Matn mazmunini so’zlab bering
2. Reja tuzib, bayon yozing

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !