Adabiyot darslarida ma’naviy qadriyatlar

Mavzu : Adabiyot darslarida ma’naviy qadriyatlarning
o’quvchilar ongiga singdirish .

“ Men insonning insoniyligini uyg’otmoqchiman ” .
I. A. Karimov .

Insonning insoniyligini anglash o’z qadr – qimmati , insoniylik mohiyati va mavjudot sifatidagi oily maqomlari haqida o’ylay boshladik . Mustaqillik insonning tengsiz qobiliyatini , cheksiz va chegarasiz imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratdi . Yurtimizda ta’lim sohasida misli ko’rilmagan o’zgarishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda . “ Ta’lim qonuni ” , “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ”ning qabul qilinganligiga 10 yil to’ldi . Bu davr mobaynida ta’lim sohasi tubdan o’zgardi . DTS qabul qilinishi, o’quvchilar bilimini reyting asosida baholanishi , yangi pedagogic texnologiyalarning yaratilishi o’quvchi yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi . O’quvchilar bilim olishga intilishi , izlanishi pedagoglar oldiga ham mas’uliyatli vazifalarni qo’ydi .
Adabiyot darslari orqali o`quvchi yoshlarda matnni to`g`ri, tez va ifodali o`qiy olish, 4 – 5 ta badiiy matnni yoddan aytib bera olish, Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan g`oyalar asosida mushohada yurita olish, mamlakatimiz mutaqilligi va bayramlari haqidagi ona – Vatanga muhabbat uyg`otuvchi adabiy asarlar mazmunini anglagan holda so`zlab berish, mumtoz adabiyot janrlari bilan zamonaviy adabiyot janrlarini farqlay olish, berilgan har qanday mavzuda og`izaki va yozma ravishda mustaqil fikr yurita olish, badiiy tasvir vositalari haqida matnga tayanilgan holda mustaqil fikr yuritish va tahlil qila olish, o`qigan asardan olgan taassurotlarini yorqin ifodalab bera olish, o`zga insonning tuyg`ulari va hissiy kechilmalar hususida fikr yurita olish, tirli mavzularda insho yoza bilishdek muhim vazifani amalgam oshirishda yangi pedagogik tehnalogiyalardan unumli foydalanishimiz zarur. Adabiyot darslarida ajratilgan vaqtdan unumli foydalanilgan holda o`quvchilar bilan maktabdan va sibfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o`quvchilar iqtidorini bilim ko`nikmalarini hissobga olgan holda ish olib boriladi. Bunda maktabdan va sinfdan tashqari ishalarda yozuvchi va shoirlar hayoti va faoliyatiga oid turli xil tadbirlar o`tkazish mumkin. “Abdulla Qahhor – buyuk so`z ustasi” mavzusida bellashuv tashqil qilinib o`quvchilar 3 guruhga bo`linadi. 3 ta jadval tuzilib unda har bir ishtirokchi adibning asarlari, asardagi qahramonlar, asarda ishlatilgan ibora va maqollarni yozish bilan jadva to`ldiriladi. Shu bilan birga Abdulla Qahhor hayotiga oid tezkor savollar berilib har bir ishtirokcha ballari belgilab boriladi. Adabiyot darslari davomida ham ma`naviy qadryatlarni tiklash xissini shakllantirishda 7 – 11 sinflarda o`zbek xalqining boy adabiy merosini o`rgatishda qo1`yidagi usullardan foydalanish mumkin. Masalan, 7 — 11 sinflarda Abdulla Qahhorning asarlari va ularning ismlari ma’nosini o’rgatishda quyidagi ikki jadvaldan foydalanaman:
Birinchi jadvalda o’quvchi Abdulla Qahhor asarlari nomini sanaydi.
Ikkinchi jadvalda esa o’quvchi asardagi qahramonlar ismlari ma’nolarini izohlaydilar .

T/r Abdulla Qahhor asarlari nomini sanang. Asardagi qahramonlar isimlarini izohlang
1 “O`g`ri” Qobil bobo – g`oyat sodda, qobil va omi odam.
2 “Anor” Sotiboldi – ishanivchan, sodda, omi odam
3 “Bemor” Turobjon – hokisor, mehnatkash, faqr inson.

Yana bir usul. 2 ta jadvalda savollar tayyorlanadi

1. Ha ?
2. Yoq ?
3. Ha ?
4. Yoq ?

1. Abqulla Qahhor otasining kasbi temirchi bo`lganmi?
2. Asror bobo o`g`lidan kelgan qora hatni oilasiga bildiradimi?
3. Said Ahmad Abqulla Qahhorning shogirdimi?
4. “O`g`ri hikoyasidagi ho`kiz topiladimi?”
Savollar miqdori o’quvchilar tayyorgarlik darajasiga qarab tuziladi .
5 sinflarda xalq maqollari mavzusini o`rgatishda o`quvchilarning xotirasini mustahkamlash va tafakkur doirasini kengaytirishga qaratilgan mazkur o’yinda o’quvchilar 2 guruhga bo`linib xalq maqollari yashiringan boshqotirmani musobaqa tarzida yechadilar. Bunda maqolarning ayrim harflari katakchalarga joylanadi.

1. Do’st achitib gapirar , dushman kuldirib.
2. Do’st boshga boqar , dushman oyoqqa .
3. Do’stsiz boshim , sutsiz oshim .
4. Mehnat – mehnatning tagi rohat .

Yana bir usul :
Dars noan’anaviy tarzda “ Hikmat sabog’i ” daqiqasi bilan boshlanadi . Bunda o’quvchilar o’zlari yod olgan hikmatli so’z yoki maqollardan namunalar aytadilar . Hikmat aytishni o’qituvchi boshlab bersa ham bo’ladi . Bu uslni sahna ko’rinishi tarzida ijro etish ham mumkin . Bu usul o’quvchilarning mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish va ularning ijodiy tafakkur salohiyatlarini o’stirishda yordam beradi .
5 – 11 sinflarda Alisher Navoiy hayoti va ijodini o’rganishda harakatdagi ko’rgazmadan foydalanish o’quvchilarni mustaqil fikrlashlarini shakllantirishda yordam beradi . Bunda o’qituvchi sinflar uchun berilgan mavzu asosida harakatdagi ko’rgazmaga test savollarini joylaydi . O’quvchi Alisher Navoiy tug’ilgan joyni topmoqchi bo’lsa belgilangan nuqtaga simlarni birlashtirish orqali Navoiy tug’ilgan joy topiladi . Bunda havfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda fizika o’qituvchisi bilan hamkorlikda moslashtiriladi . Bunday usuldan ona tili darslarida ham foydalansa bo’ladi .
Masalan, mustaqil va yordamchi so’z turkumlari mavzusini o’rganishda qo’l keladi .
Yana bir usul , o’quvchilar 2 guruhga bo’linib har biri so’z boyligi orqali buyuk allomalar , shoir va yozuvchilarga ta’rif beradi . Ikkinchi guruh bu ta’rif orqali alloma , shoir yoki yozuvchi nomini topadi . Bu o’yin orqali o’quvchilar buyuk allomalar , shoir va yozuvchilarni buyuk asarlari , hayoti haqidagi ma’lumotlarni puxta egallashlari uchun xizmat qiladi . Bu orqali o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlari ortadi . O’qituvchi bir soatli dars davomida o’quvchilarni bilimini to’g’ri baholay olishi va rag’batlantirib borishi lozim.
Adabiyot darslarida o`quvchilarni fikrlash qobilyatlarini o`stiruvchi bahs – munozara darslarini ahamiyati katta. Milliy o`zlikna anglash, qadryatlarni tushunib yetish, an`analarni davom ettirish uchun o`quvchida mustaqil fikr bo`lishi lozim. Bu o`z – o`zidan shakllanib qolmaydi. Buning uchun o`quvchiga yetarli bilim berish, albatta zarur. Bu esa bir yoki bir necha soatlik dars davomida shakllanib qolmaydi. Izlanish yangi usullardan unumli foydalanish samarali mehnat qilish orqaligina o`qituvchi o`z ko`zlagan maqsadiga erishadi.

Men har birs darsimda hikmatli so’z va iboralardan foydalanishga harakat qilaman :
1. Yigitlikda yig’ limning mag’zini , qarigan chog’ harj qilg’il ani .
2. Baxt keltiruvchi toza ruh manbai – til . Tilini tiyolgan odam donishmand bil .
3. Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak oson emas oning haqqin yuz ganj ila .

Buqungi kunda yosh avlodni vatanga sodiq farzand halol, mehnatsevar, hayoli, iboli, rostgo`y, yuksak huquqiy madaniyati shakllangan inson sifatida tarbioyalashda, avvalo ular ongiga tarixi, tili, milliy qadryat, urf – odat, va an`analarini shakllantirish eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Buning uchun biz pedagoglar har bir dars davomida, sinfda tashqari ishlarda, turli tadbirlarda o`quvchi yoshlar faolligini oshirishimiz lozim. O`tmishda yashab ijod etgan buyuk allomalar hayotiy tajribasidan kelib chiqib ibratli fikrlarni bejiz qoldirmaganlar. Zero, Prezidentimiz “Farzandlarimiz bizdanda bilimli, kuchli, don ova albatta baxtli bo`lishlari shart” – degan edi.

Foydalanilgan adabiyotlar :

1. Til va adabiyot ta’limi .
2. Adabiyot tarixi .
3. O’zbek tili va adabiyoti . Oynoma .
4. Hikmatlar devoni .

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !