MITTIVOY VA KARLSON

Astrid LINDGREN

Bolajonlar! Siz Astrid Lindgrenning asarlarini o‘qimagan bo‘lsangiz ham kino
va multfilmlar orqali uning mo‘jizakor qahramonlarini yaxshi taniysiz: Peppi, Mio,
Karlson. Yozuvchining o‘zi haqida ham quyidagilarni sizga ma’lum qilgimiz keldi. Astrid Lindgren 1907-yilning 14-noyabrida janubiy Shvetsiyada tug‘ilgan.

Uning bolaligi xalq og‘zaki ijodi, ya’ni ertak va rivoyatlar orasida o‘tadi. Yozuvchi sifatida o‘zining dastlabki ertaklarini farzandlari – Lars va Karin uchun yozgan. Masalan, “Peppi uzunpaypoq” asari qizi Karinning “Men uchun g‘aroyib ertak yozib bering!”, degan iltimosiga ko‘ra yozilgan. Hatto Peppi degan ismni ham qizchaning o‘zi o‘ylab topgan. Shunday qilib, ertaklari bilan butun dunyo bolalariga g‘aroyibotlar ulashgan Astrid Lindgrenning ertaklari bolalaridan ularning o‘rtoqlariga, maktab, qo‘shni maktablar, shahar va mamlakatlarga tarqalgan. Shundan so‘ng yozuvchining “Britt-Mari ko‘ngil ochadi”, “Mio, bolaginam Mio”, “Mittivoy va Karlson” asarlari yoziladi. Yozuvchi adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Xans Kristian Andersen mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bu bolalar adabiyoti yo‘nalishida Nobel mukofoti darajasida turadi. Yozuvchining 70 dan ko‘proq asarlari 100 dan ortiq mamlakatda e’lon qilingan.

MITTIVOY VA KARLSON
Qissadan parcha
Stokgolm shahrining oddiy ko‘chalaridan birida, oddiy uyda, Svanteson familiyali oddiy bir oila yashaydi. Oilada oddiy ota, undan ham oddiyroq ona va bir-biridan oddiy uch farzand: Bosse, Betan, Malshalar istiqomat qilishadi.
– Men axir dunyodagi eng oddiy kichkintoyman – dedi Mittivoy.
Bu albatta, haqiqatdan uzoq. Axir dunyoda yetti yoshli, moviy ko‘zli, quloqlari tozalanmagan, ishtonchalarining tizzalari yirtilgan bolalar qancha ko‘p, bu yerda hayron qoladigan narsaning o‘zi yo‘q; Mittivoy – eng oddiy bola.
Bosse o‘n besh yoshda. U futbol maydoni darvozisida yozuv taxtasi qarshisida turgandan ko‘ra qiziqibroq va ixlos bilan turadi. Demak, u ham oddiy bola.
Betan o‘n to‘rtda, uning soch o‘rimi xuddi boshqa oddiy qizlarnikiday qilib o‘rilgan.
Butun oilada oddiy bir hol mavjud – Karlson tomda istiqomat qiladi. Ha, Karlson tomda yashaydi, biroq bu oddiy hol emas. Balki boshqa shaharlarda ahvol Stokgolmdagidan boshqachadir, biroq bu yerda biror odam tomda yashaganini hech eshitmaganman, yana kichik bir uychaning tomida deng. Tasavvur qilyapsizmi, Karlson, aynan o‘sha yerda yashaydi.
Karlson – miqti semizdan kelgan, o‘ziga qattiq ishongan odamcha, shuning uchun ham u ucha oladi. Samolyot yoki vertolyotda hamma uchadi, Karlson esa gavdasini ko‘tarib, o‘zi uchishni uddalaydi. Qornidagi tugmachani bossa bas, shu zahotiyoq, yelkasidagi uddaburon motorcha g‘o‘rillab ishlay boshlaydi. Motor ishlashi bilan Karlson yengil tebrangancha xuddi rahbar kishilarday e’tiborli va sipo ko‘rinishda balandlarga parvoz qiladi. Ha, ha u albatta, o‘zini havo parragining komandiriday tutadi.
Karlson tomda ajoyibu g‘aroyib hayot kechiradi. Kechqurunlari tomning qirg‘og‘ida o‘tirib, naysimon trubasini og‘ziga chekkanday qilib tutib, yulduzlarga tikiladi. Tomdan qaraganda yulduzlar derazadagidan ko‘ra yorqinroq ko‘rinadi, buning uchun albatta, sevinsa bo‘ladi. Chunki juda kam odamlar tomda yashaydi va buning zavqini tuyishmaydi. Axir ular Karlsonning tomdagi kichkinagina kulbasining katta mo‘rilarini bilishmaydi-da. Hatto kattalar ko‘rib qolishsa ham bunday ushoq uychaga e’tibor berishmaydi.
Kunlarning birida mo‘ri tozalovchi tomdagi Karlsonning uychasini ko‘rib qoldi. U qattiq hayratlandi:
– Ajablanarli… uychami?.. Bo‘lishi mumkin emas! Tomda uycha bo‘lsa-ya? U qanday qilib bu yerda yashayapti ekan?
Mo‘risoz mo‘rilarni tozalab bo‘lgach, tomdagi uy haqida tamoman esidan chiqardi.
Mittivoy bo‘lsa o‘zida yo‘q xursand. Chunki Karlson bilan tanishdi-da! Karlson uchib kelganda g‘aroyib sarguzashtlar ro‘y berdi. Karlsonga ham Mittivoy bilan tanishish yoqib tushdi. Nima desangiz deng, tomda yolg‘iz o‘zing yashashning gashti tamoman bo‘lakcha.
Ularning tanishuvi omadsiz kunlarning birida bo‘lib o‘tdi. Bu Mittivoyga hech qanaqa quvonch keltirmadi. Vaholanki, Mittivoy uchun oddiy bola bo‘lish mushkul. Axir Mittivoy butun oilaning suyiklisi, har kim uni yetarlicha erkalatadi.
Shu kuni hammasi chappasiga ketdi. Onasi yana ishtonini yirtib kelgani uchun Mittivoyni koyidi. Betan unga “Burningni art”, deb qichqirdi, otasi esa maktabdan kech qaytgani uchun urishdi.
– Ko‘chada daydib yuribsanmi! – dedi otasi.
“Ko‘chada daydiyapsanmi!” Axir yo‘lda kuchuk uchragannini otasi bilmaydi-da. Yoqimli, chiroyli kuchuk, Mittivoyga yaqin kelib, hidlab ko‘rdi, go‘yo unga kuchuk bo‘lishni xohlaganday minnatdorchilik ma’nosida dumlari bilan silab qo‘ydi. Agar bu Mittivoy yoki kuchukning istagidan kelib chiqqanda, allaqachon o‘z kuchugiga aylanishi mumkin edi. Biroq uyda it saqlash ota-onasiga yoqmaydi. Bundan tashqari o‘sha paytda qaysidir burchakdan bir xola chiqib, “Riki! Riki! Bu yoqqa kel!”, deb chaqirdi. Shu zahoti Mittivoy, bu kuchuk hech qachon uniki bo‘lmasligini his etdi.
– Butun umr kuchuksiz o‘taman, shekilli, – dedi qiziqqonlik bilan Mittivoy, hamma ish o‘ziga qarshi bo‘la boshlagandan keyin. – Mana masalan, oying, dadang, Bosse bilan Betan bor. Mening hech kimim yo‘q.
– Aziz Mittivoyim, biz sening yoningdamiz-ku! – dedi oyisi.
– Bilmasam… – deya so‘zini qiziqqonlik bilan ifodaladi Mittivoy, chunki birdan o‘zini kimsasizday his etdi.
U o‘z xonasi tomonga qarab yurdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !