CHINGIZ AYTMATOV HIKOYALAR

Chingiz AYTMATOV
HIKOYALAR

OQ YOMG‘IR
Yuksak tog‘ qoyalaridan esayotgan muzdek shamol qorong‘i daralar ichidan kuch bilan otilib chiqib, tog‘ etaklariga ravona bo‘lardi. Pastda ovul uyquga cho‘mgan.
Atrof jimjit, derazalardan ko‘rinib turgan chiroqlar sekin o‘cha boshladi. Qirov qoplab, endigina ochilay deb turgan bahor kurtaklari, oy shu’lasida g‘ira-shira kumushdek tovlanib turardi. Faqat shamolning tomga yopilgan qamishlarni shitirlatgan tovushi bilan uyqu aralash uligan it ovozi eshitilardi. Uzoqlardan esa tog‘ daryosining shovullashi va motorlarning guvillashi arang quloqqa chalinardi…
Qorong‘ida ovul chekkasidan ikki kishining gavdasi tez yaqinlashib kelmoqda edi. Ana ular,
qadamlarini sekinlatib to‘xtashdi…
– Endi, bu yog‘iga o‘zim… Rahmat, – ayol kishining ovozi eshitildi.
– Kel, kuzatib qo‘ya qolay, tag‘in itlar talab yurmasin,– javob berdi erkak kishining ovozi.
– Men itlardan ko‘rqmayman…
– Shunday bo‘lsa ham…
– Yo‘q, Qosimjon, sen ishga kechikib qolasan.
– Hali vaqt bor, ulguraman, – Qosimjon gugurt chaqdi. Miltillagan alanga bir lahzada qorong‘ida katak ro‘molli qiz bilan egniga sportchilarning charmli kurtkasini, oyog‘iga esa kirza etik kiyib olgan yosh yigitni o‘z bag‘riga tortib olmoqchi edi.
– O, Saodat, hali yana rosa ikki yarim soat vaqt bor, – dedi u, soatiga qarab.
– Hojati yo‘q, Qosimjon, boraver… Biror kishi ko‘rib qolgudek bo‘lsa, gap qilishadi. Bundan
tashqari, men juda bezovtalanayapman. Onam nega chaqirtirdi ekan?.. Tobi qochib qolgan bo‘lsa-ya?
– Ha-a, agar shunday bo‘lgan bo‘lsa, uni yolg‘iz qoldirish mumkin emas. Lekin sen ko‘pam
siqilaverma, bir ilojini qilarmiz…
Ular yana bir oz turishdi-da, so‘ng ajralishdi: Saodat – uyga, Qosimjon bo‘lsa, tog‘ tomonga yo‘l oldi. Bir oz yurgach, u orqasiga qaradi.
– Agar biror narsa bo‘lsa xabar qil… Men kutaman.
– Yaxshn, – bo‘g‘iq ovoz bilan javob berdi Saodat. U ham bir necha qadam yurgandan so‘ng
to‘xtadi-da, orqasiga qaradi. Qosimjon ko‘rinmas edi. Zim-ziyo kecha. Saodat uyiga oshiqdi. U uyiga qanchalik yaqinlashib borar ekan shunchalik qadamini tezlashtirar edi. Oxiri Saodat sabri chidamay yugurib ketdi. Uning miyasi turli xayollar bilan band edi.
Xayolida xuddi u hozir yugurib borib eshikni ochadi-yu, ko‘zlari xiralashib, to‘shakda yotgan kasal onasini ko‘rayotganday edi. «Ona, qadrdonim, qimmatli onam», deb qichqirib yuborgudek bo‘ldi Saodat, lekin ovozi chiqmadi.
Mana tanish darcha ham ko‘zga tashlandi. Birdan o‘ziga qarshi kelayotgan qandaydir soyaga
ko‘zi tushdi.
– Senmisan, Saodat? – so‘radi onasi.
– Nima qildi, opa?
– Shunday kechada yolg‘iz o‘zingmisan?
– O‘zim,– dedi Saodat, yolg‘on gapirib.
– Seni qara-ya, xudonnng o‘zi asrabdi, – qo‘llarini ishqalab qo‘ydi Zaynab opa. – Shunday ham
bo‘ladimi.
– Yo‘q, men yo‘lovchi aravada keldim, – darrov o‘ylab topdi Saodat.
Qizini quchoqlaganicha Zaynab opa yig‘lab yubordi:
– Kutaverib holdan toydim. Ko‘zlarim teshildi. Kech ham kirdi, sendan hamon darak yo‘q.
Yo‘lda biror hodisa ro‘y berdimikan, deb xavotir oldim. Kutib olish uchun endi o‘zim yo‘lga
chiqmoqchi bo‘layotgan edim.
– Senga nima bo‘ldi, opa, biz o‘tgan hafta ko‘rishgan edik-ku.
Saodat traktor brigadasida pritsepchi bo‘lib ishlardi, u butun yoz bo‘yi dala shiyponida istiqomat qildi. Shuning uchun ham u har gal uyga kelganda Zaynab opa uchun haqiqiy bayram bo‘lar edi. U qizini shunday sog‘inar ediki, bunday vaqtlarda uning oldidan bir qadam ham jilmas edi. Ular o‘choqqa birga o‘t qo‘yishar, ro‘zg‘or tashvishlari bilan band bo‘lishardi – biri xamir qorsa, ikkinchisi go‘sht pishirar, Saodat sigir sog‘sa, Zaynab opa uning yonida turib, atala pishirardi. Gap deganning keti uzilmasdi. Zaynab opa xizmat qilayotgan kolxozda ham, Saodat ishlayotgan traktor brigadasida ham yangiliklar ko‘p. Saodat qachon ariq bo‘yiga bormasin, Zaynab opa darcha oldida turib unga
tikilganicha kuzatib qolardi. Ona o‘z qizining bo‘yga yetib qolganiga sira ishongisi kelmasdi. U Saodatning to‘lishgan, xushbichim yag‘rinlariga mehr bilan qarab turardi. Saodat mayda ko‘zli kumush bilaguzuk taqib olgan tiqmachoqdek bug‘doymag‘iz qo‘llari bilan obkashni mahkam ushlagancha epchillik bilan chiroyli qadam tashlab kelardi. Uning bir tekisda nafas olishi ko‘ylak burmalarini xiyol qabartib ko‘rsatardi.
– Qo‘zichog‘im, ko‘zimning oqu qorasi, nima desang ham o‘zing bilasan, lekin sen bilan
maslahatlashmasdan shunday qarorga keldim, – o‘zicha tasavvuridan o‘tkazardi ona.
Bugun ona-bola har qachongidan ko‘ra xursand, bir-birlariga mehribon edi. Saodat onasining behuda chaqirmaganini, unga qandaydir bir muhim narsa aytmoqchi ekanini sezib turardi. Haqiqatan ham Zaynab opa bu gapni aytish uchun ko‘pdan beri tayyorlanib yurardi.
Keyingi kunlarda qizining ko‘ngli nimagadir g‘ash edi. Buning sababi nimada ekan?
Erta bahor kunlarining birida sal-pal qor yog‘ib turgan edi, Saodat halloslaganicha uyga yugurib keldi.
– Opa!–hayajon bilan qichqirdi u ostonadan, – komsomol brigadasi keldi!
– Qanaqa brigada?
– E, bilmaysanmi hali, MTSdan komsomollar brigadasi. Komsomollar yangi yerda
ishlashmoqchi. Ularni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, opa, mashina va traktorlarda tegirmonning
yonginasidan o‘tib ketishdi. Ular o‘zlari bilan omoch va seyalkalar ham olib kelishyapti.
«Muncha u bezovtalanadi?– hayron bo‘lib qoldi shunda Zaynab opa. – Nima bo‘libdi, kelsa
kelishibdi-da».
Qizi hamon kuyib-pishib gapirayotgan edi:
– Men ularni qaerni haydashini bilaman, opa. Bizga u yer juda ham yaqin. Toqoy akaning
aytishicha, ular bu yil «Eski o‘tov»ning hammasini haydashar emish.
Oradan bir necha kun o‘tgandan so‘ng Saodat MTSga pritsepchi bo‘lib ishga kirish uchun
onasidan ruxsat so‘radi. Zaynab opa qizini uydan chiqarishga hech ko‘ngli yo‘q edi, lekin Saodatning o‘jarligi, o‘z aytganida turib olishini bilgan ona bir oz bo‘shashdi.
– Bu yil pritsepchi bo‘lib ishlayman, keyin esa bizni traktorchilikka o‘qitishadi. Axir men,
komsomol majlisida so‘z berganman, so‘zimdan qanday qayta olaman.
Biroq ishga Saodatning amakisi Toqoy aka aralashmaganda bu bahona onaga ta’sir qilishi gumon edi.
– Yoshlarning ko‘nglini o‘ksitma, hamma narsa ularga ayon, mayli, borsin! – maslahat solardi u onaga. Saodat ham ketdi. Lekin ko‘p o‘tmay ona qattiq pushaymon bo‘ldi.
U ko‘rdiki, endi Saodat faqat unikigina emas, balki yana qandaydir qudratli bir kuch uni kundan-kun o‘ziga tortayotgan edi.
Ba’zi vaqtlar uning nazarida Saodat o‘zidan ko‘ra aqlliroq tuyulardi. Bu qiz bola uchun ortiqcha emasmikin? Ko‘plar o‘tishi bilan Saodatda onasi tushunmaydigan qandaydir o‘zgacha tashvishlar orta bordi. Nima uchun Saodat unga kelgandan so‘ng onasini naqadar sog‘ingan bo‘lishiga qaramay kallai saharlab turib, sal tong yorishi bilan yana brigadaga oshiqadi?
Qiziq. Saodat ba’zan vazmin, ishchan, erkalik qilib onasiga suykalanar, ba’zan esa birdan ko‘z oldi qorong‘ilashib, onasidan ajrab qolgan bo‘taloq singari g‘amgin bo‘lib qolar va xomushlanib, jimgina o‘tirardi.
– O‘z ishingdan xursandmisan, Saodat? – go‘yo hech narsani sezmagandek so‘rardi Zaynab opa.
– Brigadalaringizdagilar qanaqa odamlar o‘zi?
– Juda xursandman! – har vaqt javob berardi Saodat va hayajon bilan o‘z o‘rtoqlari haqida hikoya qilishga kirishib ketardi. Ular uzoq yerlardan kelishgan, mashinani ham yaxshi bilishadi. Hatto shundaylari ham borki, ular mashinalarni zavodda o‘zlari yasaganlar. «Qani, men ham o‘shalarday bo‘lsam» derdi Saodat, ko‘zlari chaqnagan holda. Shunday paytlarda u onasi uchun qandaydir begona va tushunib bo‘lmaydigandek tuyulardi. Saodat onasining ko‘zlaridagi bu tashvish alomatini sezmasdan, o‘zini hayajonga solayotgan hamma narsa haqida, komsomol majlisi, devoriy gazeta-yu,ishyoqmas, dangasa traktorchini qaerdan sudrab kelganliklari haqida va yana boshqa ko‘p narsalar haqida gapirayotgan edi. Lekin Zaynab opa bularning hammasini ham tushunavermasdi.
Ular birga choy ichishdi. Saodat dasturxonni yig‘ishtirib, piyolalarni yuvib, tokchaga olib qo‘ydi. YOTISH vaqti ham bo‘ldi. Biroq Zaynab opa Saodatga diqqat bilan qaraganicha hamon namat ustida o‘tirardi.
– Menga yaqinroq kel, qizginam, o‘tir, – o‘z yonidan joy ko‘rsatdi u. – Sen bilan gaplashib
olmoqchiman…
– Gapir, opa, qulog‘im senda.
Zaynab opa o‘z fikrlarini jamlab, gapni nimadan boshlashni bilmay anchagina turib qoldi.
– Sen mening ko‘z ochib ko‘rgan yolg‘iz qizimsan, Saodat, – dedi u qizining yuziga tikilib. – Sen
mening ham o‘g‘limsan, ham qizimsan. Mening sendan boshqa hech kimim yo‘q. Sen menga oson deb
o‘ylaysanmi? – Onaning ko‘zlarida yosh tomchilari paydo bo‘ldi. – Faqat ishda bir oz unutaman, uyga
keldimmi… yolg‘izlik yuragimni yondirib yuboradi… Qaerda qoldi ekan, biror narsa bo‘ldimikan,
sog‘mikan… Ishing ayollar qiladigan ish emas, Saodat. Qiz bolaning plug ustida o‘tirishi nimasi… Bu
ishingni qo‘y, uyga kel… Kolxozda ish oz emas.
Zaynab opa ko‘z yoshlarini artib og‘ir xo‘rsindi. Uning nima demoqchi ekanini shu gaplarning
o‘zidanoq payqab olish mumkin edi. Lekin Saodat onasi asosiy gapni aytmaganini sezib turardi.
– Nima, dala shiyponimizda qizlardan yolg‘iz o‘zimmanmi? Axir, bizning kolxozda boshqa qizlar
ham bor-ku. MTSda yana qanchasi bor! Buning ustiga ular ishda erkaklardan qolishmayapti. Nima
uchun men ishni tashlashim kerak ekan?
– Sen ular bilan teng bo‘lma! – Zaynabning jahli chiqdi. – Ular ota-onalarining yakka-yu, yolg‘iz
bolasi emas.
Saodat onasini mahkam quchoqlagancha ko‘ksiga bosib qotib turdi. Unga rozi bo‘lishdan boshqa
gap ham bo‘lishi mumkin emas edi.
– Yaxshi, opa, sening aytganingcha bo‘lsin. Biroq menga u yerda yana bir oz bo‘lishga ruxsat
ber. Hademay bahorgi ekish ham tugaydi, o‘shanda butunlay qaytib kelaman. Juda oz vaqt qoldi, sabr
qil, opa…
Onaning ko‘ngli tinchidi. Yotish vaqti ham bo‘ldi. Ko‘zi endi uyquga ketgan edi, qandaydir
shitirlagan ovoz eshitildi. Zaynab opa ko‘zini ochdi va Saodatning turib sokin deraza tomon
borayotganini ko‘rdi. Oyning ko‘kimtir nuri qizning boshi va yelkalarigacha yoritib turardi. Saodat
bezovtalanib onasiga qaradi, so‘ngra sekingina deraza oldiga bordi-da, tizzasini qo‘llari orasiga olib
sukut saqlab o‘tiraverdi. Aftidan, u nimalarnidir o‘ylayotganday asabiylashib, ko‘ksiga tushib turgan
sochlarini yulqib tortardi.
«Nega uxlay olmayapti?» – onaning yuragi yana xavotirdan zirqiray boshladi.
Saodat deraza oynalariga yaqinroq o‘tirib, tog‘ yonbag‘rida ishlayotgan traktor chiroqlarining
ahyon-ahyonda yonib o‘chayotganini tomosha qilib o‘tirdi. Uzoqdan eshitilayotgan motorlarning
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 4
guvillashiga zavq bilan quloq solardi. Traktorlar go‘yo yaqin atrofda ishlayotgandek ularning shovqini
goh yaqinlashar, goh qiz diqqatini o‘ziga jalb etganday uzoqlarga ketib qolardi.
«Traktorga quloq solyapti», – o‘zicha o‘yladi Zaynab opa va u ham doim shu guvillagan ovozni
eshitadigan bo‘ldi. Uning qizi ham o‘sha yerda, dalada ishlaydi, Saodat uyda bo‘lmagan paytlarda esa
ona shu guvillagan tovushni eshitib, ko‘ngli bir oz tinchiganday bo‘ladi. Ha, qizi deraza oldida behuda
o‘tirgani yo‘q. U butun vujudi bilan o‘sha yerda, traktorlar zo‘r berib shudgor qilayotgan yerda
o‘tirardi. Buni Zaynab opa yaxshi sezardi.
Saodat uzoqdagi chiroqlarga boqib turar ekan, nazarida o‘tkir plug tishlari qo‘riq yer qatlamlarini
qiya qilib, mayin tuproqlarni taram-taram ag‘darib borayotganini ko‘rib turganday bo‘ldi.
Qachonlardan beri inson qo‘li tegmagan edi bu yerlarga.
Mana endi ular Qosimjon bilan birga inson qadami yetmagan, qarovsiz yerga birinchi bo‘lib jon
kiritmoqdalar. Endi bu yerda ekinlar boshoqlaydi. Hademay yo‘llar tushadi. Qadimda ko‘chmanchilar
ko‘chib yuradigan «Eski ko‘chmanchi» vodiysidagi tog‘ oralig‘ida uylar qad ko‘taradi, shunda
odamlarimiz kelgan kishilarga faxrlanib: «Mana shu daladan o‘tsangiz molxonani ko‘rasiz, undan
narida ko‘cha bor, xuddi ana shu yer bizning kolxoz bo‘ladi» deyishadigan bo‘ladi. – «Ha, buning
hammasini o‘z qo‘limiz bilan yaratganmiz!» – o‘ylardi Saodat ko‘ngli quvonchga to‘lib. Axir, bu
chinakam baxt emasmi, butun hayotingni unga bag‘ishlasang arzimaydimi?!
Yorqin quyosh ostida jimirlab yotgan ko‘kimtir shudgor uning ko‘z o‘ngidan o‘tdi. Saodat ana
shu iliq bug‘ bilan to‘yib-to‘yib nafas olardi. Yerning namiqib anqigan hidi uni o‘ziga chorlardi. Oh,
qanday yoqimli…
O‘tloqning narigi boshiga borib qaytishda Saodat tezda plug richaglarini almashtiradi. Oynadek
yaraqlagan lemex tishlari yer bag‘ridan ko‘tariladi. Ularning har birida quyosh nuri akslanib turardi.
Traktorni qaytara turib, Qosimjon unga qarab kulib qo‘yardi. Saodat esa:
– Bo‘sh kelma, Qosimjon! Bugun birinchilikni olamiz! Bo‘sh kelma!..
«Qosimjon… uchrashganimiz qanday yaxshi bo‘ldi, birga ishlayapmiz! Men dunyoning narigi
burchiga bo‘lsa ham orqangdan borishga tayyorman», — shivirlardi Saodat o‘zicha.
Zaynab opaning ko‘ngli xavotirda edi. Nima qilarini, qiziga nima deyishini bilmay og‘ir
xo‘rsinib, ikkinchi yonboshiga o‘girilib yotdi. Saodat seskanib ketdi. Ancha vaqtgacha gapirmay
jimgina o‘tirdi, so‘ng onasi tomon bir qarab oldi va ohistagina karavot oldiga keldi-da, yotdi. Biroq qiz
ham, ona ham uxlay olmadi. Ularning har biri o‘z xayollari bilan band edi.
Zaynab opa qizining bo‘yga yetib qolganini va uning kelgusi taqdiri haqida harakat qilish
zarurligini o‘ylardi. Agar o‘z ovulimizdan biror munosib yigit topilsa, u vaqtda qizi doimo o‘z qanoti
ostida bo‘lardi. Agar kuyov yolg‘iz bo‘lsa yana yaxshi – ichkuyov qilib olardi. Qiz, hatto sep tayyor
ekanidan hali xabarsiz edi. Turli xil kigizlar tayyor, faqat chodir sotib olish qolgan edi.
Saodat esa Qosimjon haqida, u bilan birinchi uchrashganlari haqida o‘ylardi.. O‘sha kezlarda ular
bir agregatda ishlashar edi. Har gal ham traktor to‘xtaganda Qosimjon uning oldiga kelib so‘rardi:
– Sen charchamadingmi, Saodat? Bir oz damingni ol. «Nega muncha menga yopishib oldi u? –
Jahli chiqib derdi Saodat. – Nima, men yosh bolamanmi?»
Agar Qosimjon undan ahvol so‘ramasa, Saodat yana achchiqlanardi: «Nega u biron narsa
demaydi? Xafa bo‘ldimi yoki men uning joniga tegdimmi?»
Kunlardan birida ular qo‘shni chegaraga yaqin joydagi eng baland qoyaga chiqmoqchi bo‘lishdi.
Saodat o‘sha kunni hech qachon unutmaydi. Tik qoyaga ko‘tarilish qancha qiyin bo‘lmasin, lekin ular
charchashni ham unutib, to‘xtamasdan nima bo‘lsa ham cho‘qqiga chiqib olish uchun qat’iy ahd
qildilar. Ikkovlari ham u yerda bir-birlariga qandaydir muhim narsa aytish haqida o‘ylardilar. Axir bu
yerda ularning so‘zlarini hech kim eshitmasdi-da: bu yaqin-orada ulardan boshqa biror tirik jon yo‘q.
Biroq cho‘qqiga chiqib olganlaridan keyin ham ulardan birontasi ko‘nglidagini ochiq aytishga
botinolmadi. Faqat qaytib tushayotganlarida Saodat to‘satdan sirg‘anib ketdi, Qosimjon uni mahkam
tutib qolib, o‘pib olmoqchi bo‘lib intildi, ammo bu safar Saodatning jahli chiqmadi. U hech qachon
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 5
o‘zini shunday baxtli his etmagan edi.
* * *
Zaynab opa lang ochilgan eshik yondoriga suyanganicha uyning ichkarisiga qarab turardi. Uning
harakatsiz bosh egib turishidan, taajjublanib xiyol ko‘tarilgan qoshlari va bir-biriga botib ketgan
lablaridan sukut saqlab, umidsizlikka berilayotgani sezilib turardi.
U biror qo‘rqinchli narsani kutayotganday ostonaga qadam tashlashga botinmay turdi yoki
nimanidir esladi. Balki tog‘dan shamol olib kelayotgan shovqin-suronga quloq solayotgandir.
Ko‘ylagining keng va uzun yengi shalvirab osilib turardi. Yonida esa paqirdagi suvlari chayqalib
obkash yotardi. Zaynab opa hozirgina ariqdan suv olib qaytgan edi. Zaynab opa u yerga borib
Saodatning erga chiqqanini eshitib kelgandi. Ona qalbi chuqur iztirobga to‘lgan. Endi u huvillagan
uyda yakka-yu, yolg‘iz. Uning uchun hamma narsa muhayyo, biroq qizining ketib qolishi bilan butun
orzu-umidlari havoga uchganday bo‘ldi.
Agar Toqoy akaning qaylig‘i Jiydagul kelmaganida Zaynab opaning shu zaylda qancha turishini
kim bilsin. Jiydagulni ko‘rishi bilan Zaynab opa vaysab ketdi:
– Mana, qiz zoti qanaqa ekan? Oh, sho‘rim qursin. Xudo mening nasibamni qiydi, o‘g‘il bermadi.
O‘g‘il bo‘lganda o‘z uyini tashlab ketmay, balki qallig‘ini yetaklab kelarmidi.
Jiydagul nimjongina va hamisha mo‘min-muloyim, hozir esa butunlay boshqacha bo‘lib qolgan
bu xotinga qo‘rqinch bilan qarab turardi.
– Saodat meni sharmanda qildi! – deyardi Zaynab opa gap orasida. – Qochqin kishidek izzatikromsiz
ismi-rasmini qilib uzatilmasdan bir darbadarning orqasidan ergashib ketdi. U Saodatni
allaqayoqlarga olib ketadi, ko‘rmay ham qolaman.
– Qiziqsiz, Zaynab opa, qizingiz uzoqda emas, shu yerda-ku! – deb Saodatning yonini olardi
Jiydagul.
– Bas qil! Mening shu ahvolga tushishimga sizlar ham aybdorsizlar. Uning MTSga borishiga
sening Toqoying sabab bo‘ldi. Men bo‘lsam go‘llik qilib, erimning ukasi deb uning gaplariga
ishonibman. Bor ayt, agar akasining xotirasi va urug‘imizning sha’ni unga qadrli bo‘lsa, Saodatni
yo‘ldan qaytarsin. Bor!
Shu kuniyoq Toqoy aka odatga ko‘ra xotinini Zaynab opani chaqirib kelishga yubordi.
Toqoy aka egachisini kutib, kigiz ustiga to‘shalgan po‘stak ustida qovog‘ini solib o‘tirardi.
Barcha oila a’zolari ham u bilan birga o‘tirardi. Uy issiq edi. Qozonda go‘sht, stol ustida esa samovar
qaynardi!
– Hammasidan xabarim bor, Zaynab, – gap boshladi Toqoy, hurmat bilan unga piyoladagi choyni
uzatayotib. – Sen uchun o‘zim ham xijolat tortyapman. Agar Saodat ahmoqlik qilgan bo‘lsa, men
hoziroq otni egarlab, sochlaridan sudrab bu yerga olib kelaman! – Cholning ko‘zlari g‘azabdan chaqnar
edi. – Ammo men bunday qilmayman. Undan ko‘ra mening qo‘llarim uzilib tushsin. «Eski
ko‘chmanchi»dagi yerlar ko‘pdan beri sening qizingga o‘xshash odamlarni kutardi. Zaynab, men seni
tinchlantirishga va ko‘ndirishga harakat qilmoqchi emasman. Lekin bir narsani eslataman. – Toqoy
tilining ostiga nosvoy tashlab oldi va qoramtir mo‘ylovini o‘ychan silab qo‘ydi. – Hozir «Eski
ko‘chmanchi» yerlari ochilmoqda. Uzing bilasan-ku, bir vaqtlar biz bu ishni uddalay olmagan edik.
O‘sha vaqtda biz bu pastqam yerlarni oxiri bir kun o‘zlashtiramiz, deb o‘ylashga ham botina olmagan
edik. Boylar bizni siqib, oxiri ana shu «Eski ko‘chmanchi» yerlariga haydab yuborishgan edi. U
joylarda yerni haydash ham, sug‘orish ham noqulay edi.
Esingdami, o‘shanda akamni sevib qolib, u bilan bu yerga qochib kelganlaring? Ochlikdan
o‘lmaslik uchun, hatto mana shu po‘stakdan ham katta bo‘lmagan yerni haydashga qaror qilgan edik.
To‘g‘ri aytasan, yerni qanday tozalaganimiz, toshlarni qo‘lda ko‘tarib tashiganimiz, tog‘ yonidan ariq
qaziganimiz va «Ilon qoyasidan» suv ko‘tarilib bu ariqda chiqmagani yodingdami?
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 6
Shularni eslaysanmi, Zaynab? Axir quruq qo‘l bilan qoyalarni ag‘darib bo‘larmidi? Mehnatimiz
zoe ketib, ekinlar qurib qoldi. Sen o‘shanda qanday yig‘laganingni eslaysanmi, hatto biz erkaklar ham
ko‘z yoshlarimizni zo‘rg‘a tutib turgan edik. O‘shanda biz «Eski ko‘chmanchi» yerlaridan kaftdek
qismini ham ishlay olmagan edik. Lekin bizga ko‘p yer kerakmidi? Faqat ochlikdan o‘lmaslik uchun…
Endi esa bizning bolalarimiz «Eski ko‘chmanchi»ni o‘zlashtirishga bel bog‘ladilar. Agar sen ularni
hozir nimalar qilayotganini ko‘rganingda edi… Ular zo‘r ishonch bilan ishlayapti. Ularda bilim bor,
mashina bor… Hademay gallamiz daryo bo‘lib oqadi.
Eh, Zaynab, yoshligingda o‘z sevgan kishing uchun har qanday qiyinchiliklarga duch kelgansan.
Shunday ekan, nima uchun sening qizing o‘z sevgani bilan turmush qurishga va u bilan birga mehnat
qilishga haqli emas ekan, a?
Zaynab opa jim turardi.
– Sen aqlli xotinsan, – davom etardi Toqoy, – tushunishing kerak. Saodat shunday qilmasdan iloji
yo‘q edi. Kuyoving Qosimjon esa ota-onasiz darbadar emas, ajoyib yigit, brigadada birinchi traktorchi.
Uning ota-onalari shaharda yashaydi. Ularni juda yaxshi, hurmatli kishilar deyishadi. Saodatga kelsak,
u onasini unutib ketadiganlardan emas. Yakshanba kuni ular senikiga kelishadi, kuzda esa sen odat
bo‘yicha yo‘l ochar qilasan. To‘yni bo‘lsa birinchi hosil yig‘ilib, ular yangi uyga ko‘chib kirgan kuni
qilamiz.
Toqoy aka nima degan bo‘lsa Zaynab opa jimgina o‘tirib tingladi. Keyin o‘rnidan turib eshik
tomon yo‘l oldi. U bunga rozi bo‘ldimi, yo‘qmi, hech kim tushunmadi.
Toqoy aka mehmonni kuzatishga chiqdi. Tashqarida shunday qattiq yomg‘ir yog‘ayotgan ediki,
hatto, tog‘lar ham, daraxtlar ham, nariroqdagi uylar ham ko‘rinmasdi. Hamma narsa suvli tuman bilan
qoplanib olgan edi.
– Eh-he, hamma yoqni qoplab olibdi-yu! Ana ko‘rasan, bu oq yomg‘ir kamida ikki-uch kun
to‘xtovsiz yog‘adi…
– Oq yomg‘ir deysanmi? – Past ovoz bilan so‘radi Zaynab opa va javobini ham kutmasdan ketib
qoldi.
* * *
Zaynab opa uyga kirib kelar ekan, xayol seliga cho‘mganicha burchakka kelib o‘tirdi va yomg‘ir
tomchilari oqib tushayotgan derazaga qaradi.
– Oq yomg‘ir! – shivirladi u allanarsani eslaganday. Zaynab opa yo‘lda kelayotiboq, Toqoy har
holda haq degan xulosaga kelgandi. Lekin u uyining ostonasiga qadam qo‘yishi bilan, qo‘llari
shalvirab, yuragi muzlab ketdi va yana o‘zini yolg‘iz his eta boshladi. Biror ro‘zg‘or ishlari bilan band
bo‘lmoqchi bo‘ldi-yu, lekin, yuragiga hech narsa sig‘madi. U har vaqt nimadir yetishmayotganligini
o‘ylardi. Lekin uning nima ekanligiga sira tushuna olmasdi.
Nihoyat u buni topdi: odatdagidek tog‘ tarafdan kelayotgan motorlarning ovozi eshitilmas edi.
Har doim onani traktorlarning ovozi tinchlantirardi, chunki bu ovoz sevimli qizi bilan, uning kelajagi
bilan bog‘liq zdi. Zaynab opa xavotirlanardi: «Traktorlar jim, oq yomg‘irning ikki-uch kun
yog‘adiganday shashti bor. U bechoralar palatkalarda nima bo‘ldi ekan? Nam, sovuq, pechka yo‘q».
Uning yosh kelin-kuyovlarga rahmi keldi. Axir ular chillalik-ku, tezroq yakshanba kela qolsa edi.
Zaynab opa barmoqlari bilan yakshanbagacha necha kun qolganini sanadi. To‘rt kun! Qanday
uzoq! U tezroq Saodat va Qosimjonni ko‘rgisi kelardi. Bir oz o‘tirgach, keskin o‘rnidan turdi-da,
sandiqdagi oq surpni olib, erkaklar kiyadigan ko‘ylak bichdi. So‘ng pechkaga o‘t yoqdi. Xonada
darrov hamma narsa saranjom bo‘ldi. Go‘sht pishguncha Zaynab opa mashinada ko‘ylak tikib
bo‘layozdi. Endi u qo‘l qovushtirib o‘tirmasdan bo‘g‘irsoq qovurilayotgan qozon oldida o‘ralashib
qoldi. Olovdan qizib ketgan yuzlari qip-qizil bo‘lib, mayda ter tomchilari bilan qoplandi. Biror
yaxshilikni kutayotgandek ko‘zlari quvonch bilan porlardi. Aftidan u katta bayramga
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 7
tayyorlanayotganday edi. Ha, haqiqatan ham shunday. U hoziroq «Eski ko‘chmanchi»ga borishga
qaror qildi. Tayyorlanib bo‘lgandan so‘ng, Zaynab opa Saodatning sepi uchun asrab qo‘ygan gulli shol
ro‘molni olib keldi-da, ko‘ylak bilan birga qo‘shib xurjunning bir ko‘ziga soldi, uning ikkinchi ko‘zini
esa go‘sht va bo‘g‘irsoq bilan to‘ldirdi.
Endi ketaverish mumkin edi, lekin u o‘ylanib qoldi – erga tekkan qizinikiga taklif qilinmasdan
borish yarashmasa kerak. Toqoy kuzgacha kutishni maslahat bergan edi. Lekin bu nihoyatda uzoq
muddat. To‘g‘ri, Saodat va Qosimjon yakshanba kuni kelishadi. Ammo yakshanbagacha hali to‘rt kun
bor… U esa o‘z bolalarini va «Eski ko‘chmanchi»da nimalar qilinayotganini hoziroq o‘z ko‘zi bilan
ko‘rgisi kelardi. Bordi-yu, uni kulgi qilishsa-chi? «Nima deb o‘ylashsa o‘ylashaversin, bari bir
boraman».
Zaynab opa yangi shoyi ko‘ylagini, mahsi-kalishini, sevgan choponini kiyib, xurjunini yelkasiga
tashladi-da, boshiga katta qanorni yopinib uyidan chiqdi.
Tashqarida bo‘lsa oq yomg‘ir yog‘ayotgan edi.
* * *
Kul rang tuman aralash yomg‘irda so‘qmoq bo‘ylab ot ustida xotin kishi sekin yurib borardi. Yer
dengizi haydalib tashlangan, katta ariqlar qazilgan, yomg‘ir bilan yuvilib, yer qobig‘ini sekin-asta
yorib yashil o‘simlik – birinchi bahorgi bug‘doy unib chiqmoqda. «Eski ko‘chmanchi» yerlari tanib
bo‘lmas darajada o‘zgargan. Hosil olish mushkul bo‘lgan bir parcha yer qaerda edi? Suv chiqarib
bo‘lmagan ariq qayoqda qoldi?..
Zaynab opa otdan tushib, yonidagi toshga o‘tirdi-da, yig‘lay boshladi. Biroq, endigi ko‘z yoshlar
o‘z farzandlarining faxri uchun, ularning ajoyib katta ishlarini ko‘rib quvonch hislariga to‘lgan onaning
ko‘z yoshlari edi.
1954 yil
Asil Rashidov tarjimaci
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 8
RAQIBLAR
I
Endigina ishdan qaytgan Xonimgul uy ishlarini ana-mana deguncha bitirdi-da, ko‘chaga, poda
yo‘liga chiqdi. Qora sigirni ertaroq bog‘lab olmasang, u yomon, darrov qo‘shnilarning ekinlariga
tushib ketadi. Orqasidan o‘n choqli kishi halloslab quvlamasa, osonlik bilan ushlatmaydi.
Xonimgul qo‘liga ikki yashar o‘g‘li To‘qonni ko‘tarib olgan edi. Ularnipg ikkalasi ham
ko‘chaning kun botish tomoniga tikilib turishardi. Poda har kuni o‘sha yoqdan kelardi. Ko‘chaning
oxiridagi qator tizilgan teraklarning ignadek uchiga go‘yo quyosh ilinib qolganday, so‘nggi nurlarini
sochib, qirning ortiga botib bormoqda edi. Botib borayotgan quyosh o‘rnini borgan sari g‘ira-shira
qorong‘ilik egallab, pastlikdagi ko‘lankalarni o‘z qa’riga tortib borayotganday, tobora hamma narsa
ko‘zdan g‘oyib bo‘lib borardi.
Kech kirib qolgan bo‘lsa ham, oftobning tafti hali qaytgancha yo‘q, kun botish tomondagi qozoq
dashtidan kimdir birov atayin yelpiyotganday garmselning issiq nafasi yuzlarga lovillab ura boshladi.
Hozir tevarak-atrofdagi hamma narsa: holsiz tebranayotgan butalar, jimjit to‘qayzor singari issiq
havoda dimiqib turgan chorbog‘lardagi oq jo‘xorilar, chivinga talanib ariq bo‘yida bosh siltab turgan
bo‘zbiya, mana shularning bari saraton issig‘ida kuyib-yonib, hozir salqin tunning kelishinigina orziqib
kutayotganday. Tunda yuqoridan muzdek shabada esardi, tongda hordiq chiqarib yotgan yer betini
shudring qoplardi, o‘shanda toshlar marvarid donachalari bilan qoplanganday jilvalanardi, mollarning
yegani singib, semirardi, qurib-qovjiragan nihollarga qayta jon kirardi.
Sigirlar rosa to‘yib qaytganidan og‘irlashib qornini ko‘tara olmay ko‘chaning o‘rtasida
shoshmasdan bir-bir bosib, yo‘lning changini burqsitib kelardi.
Ikki yuzi qip-qizil olmaday, burni esa sal yassiroq, tinib-tinchimas kichkina To‘qon
Xonimgulning qo‘lida olg‘a talpinib, chiviqni o‘ynab, qora sigirni: «Hish-hish, hish!» deb chaqirardi.
Qora sigir To‘qonga parvo qilmay, erinchoqlik bilan sudralib keldi-da, jo‘xori tomon intilmoqchi edi,
Xonimgulni ko‘rib to‘xtab qoldi.
– Hayda, To‘qon, uyga hayda! – dedi Xonimgul qo‘lidagi bolasini erkalatib. Shu payt bolasi
ko‘ziga chindan ham ishga yarab, go‘yo mol haydashib yurganday ko‘rinib, onasi bundan o‘zicha
suyunib qo‘ydi.
Xonimgul bir bola ko‘rgan juvon bo‘lsa ham, qiz paytidagi husni jamolini yo‘qotmagandi. Kulib
turganda yuzlaridagi kuldirgich yanada chuqurlashib, chehrasida qandaydir uyatchanlik balqib turardi.
Uning sal qiyiq chiroyli ko‘zlari ba’zan sho‘x qulunday o‘ynoqlar, ba’zan ichki nozik hissiyotlarini
shundoqqina ko‘rsatib, uzoq vaqt porlab turardi.
– Aylanayin podachim! Sening bu mol haydaganingdan aylanay! – deb Xonimgul bolasini
quchoqlab, qayta-qayta o‘pdi. Bolaning salmog‘idan tortilib tovoniga tushgan uzun ko‘ylagining
etagini yerga qo‘shib bosayotgan Xonimgul erkalanganday bidirlab kelardi. – Hayda, sadag‘ang
ketayin, hayda… Chiviq bilan ur… Bosh, uni qara, jo‘xoriga kirmoqchi chog‘i! Bosh desa!.. Aylanayin,
men uni hozirgina sog‘aman, sut ichasanmi, To‘qon?
Xuddi shu vaqt ko‘chadagi chang-to‘zon ichida bir otliq ko‘rindi. Unint ot haydashi bejo edi.
Devorning boshida qo‘nqayib o‘tirgan boyo‘g‘liday hurpayib, terga botgan kigiz qalpog‘ini
chaqchaygan ko‘zigacha bostirib kiyib olgan, havo yonib turganiga qaramay ustida yog‘in-sochindan
o‘ngib ketgan plash.
– Otang keldi, qara-chi. To‘qon, otang keldi! – dedi Xonimgul kuyoviga jilmayib.
Qoratoy aslida o‘zi qop-qora kishi. Biroq bugun uning terlab-pishib chang bosgan yuzi o‘zgacha
xunuk tortib rangi o‘chib ketgan edi. Uning ko‘pdan beri ustara tegmagan shopday mo‘ylovining
uchlarini ham boyagi issiq garmsel urganday sarg‘ayib ketgan.
Qoratoy tizginni tortgani yo‘q. U bolasi bilan xotinining yonida to‘xtamay go‘yo boshqa begona
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 9
kishilarni uchratganday, ularning oldidan o‘tib borayotib bir tikilib qo‘ydi-da, darvozaga suykanib
yotgan sigirga yetib borib, uni qamchi bilan qulochkashlab jon-jahdi-la bir soldi-da, indamasdan uyga
haydadi.
– Ota, hachuv! Ota, hachuv! Ota! – Otga mindirgin deganday otasiga chuldirardi kichkinagina
To‘qon.
– Qoratoy, o‘g‘ling‘ni mindir! – dedi Xonimgul. Qoratoy otining jilovini bir oz tortib, qayrilib
turib bir kulimsirayin dedi-yu, lekin kulmadi. Lablarida tabassum bir ko‘rindi-yu, yana yo‘qoldi. «Ey,
qochib tursang-chi» – deganday Qoratoy o‘g‘liga qarab qo‘lini siltadi.
Hech nimaga tushunolmay qolgan Xonimgul bolasini ko‘kragiga bosganicha, o‘rnida serrayib
turib qoldi.
Boshqa kunlari Qoratoy suv boshidan kelganida otdan tushmay turib doimo «Qani, xonim,
o‘g‘ilchani ber!» deb, ot ustida qulochini yozib engashardi. O‘shanda uning ma’yus ko‘zlariga
kutilmaganda sevinch uchqunlari, xo‘mraygan yuziga iliqlik yugurardi. Qoratoy To‘qonni oldiga
mindirib olib, o‘zicha allaqaysi ohangda xirgoyi qilib, kechki salqinda ko‘cha bo‘ylab o‘g‘lini nari-beri
sayr qildirardi. To‘qon bo‘lsa chilvirning bir uchini ushlab kichkintoy oyoqchalari bilan tepinib,
quvonchidan lablarini cho‘chchaytirib: «Ko‘rdilaringmi, otni o‘zim haydab yuribman!» deganday
taltayib qo‘yardi. Shunda bularni ko‘rgan kishilar:
– Voy-bo‘y! Bizning To‘qon ajabtovur yigit bo‘lib qolibdi-ku! – deyishib, chindan ham
suyunishardi. – Ko‘rmaysanmi! Otni o‘zi minib yuribdi! Borakallo! Azamat, azamat-da o‘zi!
Mana shu aytilgan oddiy so‘zlar Xonimgul uchun onalik mehrining eng yuksak cho‘qqisiga olib
chiqqanday bo‘lardi.
Xonimgulning eng yaxshi ko‘rgani – kechki payt. Qoratoy otini soyga tushovlab kelib, ko‘nglini
joyiga qo‘ygach, oz-moz qo‘biz ham chertib qo‘yardi. O‘choqning boshida yostiqqa yonboshlab, qo‘li
bilan qo‘bizning torini chertib, uyqusiraganday shishinqiragan qovog‘ining ostidan, yonida chordona
qurib xursand bo‘lib o‘tirgan To‘qonni erkalatib, kulimsirab qarardi.
Yerda hamir yug‘irib o‘tirgan Xonimgulning lorsillagan yuzlari olovning taftidan loladay qizarib
ketgan edi. Qoratoy, albatta mohir qo‘bizchilardan emas, uning chertganini har bir qirg‘iz eplab
chertadi, biroq u chertib o‘tirgan eski kuy Xonumgul uchun obdan yoqimli, bu kuyni u tunu kun mijja
qoqmay eshitishga tayyor. Uning orzulari ro‘yobga chiqqan: qarshisida bolasi, bir yostiqqa bosh
qo‘ygan umr yo‘ldoshi o‘tiribdi. Ularga Xonimgul o‘z qo‘li bilan ovqat pishiryapti. Qoratoy
chertayotgan kuy Xonimgulga qanot berib, u hozir osmonda aylanib uchib yurganday. Bunday
paytlarda Xonimgul: «shunday ittifoq, rizqi-ro‘zli oila peshonamga bitganidan roziman», deb o‘ylardi.
Xonimgulning shunday o‘ylashida jon bor. Goho tengqur kelinlar yashirmay-netmay: «Sen juda
baxtlisan, Xonimgul! Kuyoving ro‘zg‘orga jonkuyar, chorva kishisi, Kolxozning mirobi. Sen dala
ishida bo‘lsin, uy ishida bo‘lsin, hech kimdan ortda qolmaysan. Turmushlaring tinch, o‘g‘ilchang bor,
qaynanang bilan ahilsan, armonsiz o‘tasan», – deb aytishardi. Bunday paytlarda Xonimgul barcha
quvonchini ichiga yutib, indamasdan kulib qo‘yardi-da, qo‘lidagi ketmonini yana ham ildamroq
siltardi. «Biroq sizlar eng negizini bilmaysizlar!» deganday Xonimgul o‘zicha kulimsirardi. «Men
uchun sevish hammasidan qimmat. Men Qoratoyni sevaman. Qoratoy meni sevadi. Ikkovimiz
bolamizni sevamiz… Sevmagan odamlarning boshi birikadimi?» Biroq kutilmaganda, qandaydir
sabablar bilan ular o‘rtasida shirin turmushning buzilishini Xonimgul xayoliga ham keltirmas edi.
Qoratoyning bugungi avzoyi Xonimgulni o‘ylantirib, tashvishga solib qo‘ydi. «Bu nimasi, u nega
bunday qilyapti?» deganday To‘qonning yuziga ayanchli holatda termilardi. Bola bo‘lsa ona qalbini
tushunganday yig‘lay boshladi, u aftidan otga mindirmading, deb otasidan ko‘ngli o‘ksiganga
o‘xshaydi.
– Qo‘y, To‘qon! yig‘lama, qo‘y! – dedi Xonimgul. U bolani ovutishga qanchalik urinmasin, o‘zi
ham allanarsani eslab xayolga cho‘mdi. Biroq o‘y-xayollarining uchini topolmadi. Bolani yupatishga
boshqa munosib so‘z topolmay, Xonimgul uni yanada qattiqroq quchoqlab bag‘riga bosdi.
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 10
Old tomondan urgan kuchli shamolga ko‘ksini qalqon qilib turganday Xonimgul To‘qonni
bukchayganicha quchoqlab turaverdi. Ayol tez-tez nafas olayotganidan bo‘yin tomirlari sirtiga bo‘rtib
chiqqan. Xonimgulning o‘zi uchun ham, bolasi uchun ham o‘ksigan yuragi aybsiz izza bo‘lganiga
chidamay o‘rtanib yonib, allaqanday qo‘rqinchli hodisa yuz berishini oldindan sezayotganday gup-gup
urardi.
Xonimgul uyga kirib kelganda, Qoratoy o‘sha chang bosgan plashini yechmasdan, burchakdagi
stol yonida tik turganicha, katta kosani qo‘sh qo‘llab ushlab ayron ichayotgan, ekan. U xuddi uzoq
chopib, yutaqib qolgan ot singari ayronni jon-jahdi bilan qultullatib ichardi. Xonimgul unga indamay
qarab turaverdi. Har bir qultumni yutganda uning yungli bo‘ynidan kekirdagi goh pastga tushib, goh
yuqoriga ko‘tarilib turardi.
Xonimgul erining fe’li-atvori nimaga bunday o‘zgarib kelganini tushinib yetmadi. Qoratoy
hamma vaqt kam gap edi, albatta. Biroq Xonimgul erini hali hech qachon bugungidek begonalashib,
g‘azabga to‘lganligini ko‘rmagan edi.
Qoratoy, nihoyat, kosani tokchaga qo‘ydi, yorilib, dag‘allashib ketgan katta kafti bilan lablarini
artgancha, xotiniga ko‘z qiri bilan nazar tashladi va orqasiga burilib, indamasdan karavot tomon
odimlab ketdi.
– Bolani bu yoqqa olib kel! – dedi u plashini devordagi mixga ilar ekan,bo‘g‘iq ovoz bilan.
«Nimaga kerak u senga? Sadqayi bola ket! Xudo yorlaqab sog‘inib qolibsan! Shoxini
sindirganing ham yetar!» Xonimgul kuyoviga shunday deb aytmoqchi bo‘ldi. Biroq bunga jur’at
etmadi. Shu mahal Qoratoy kigizga o‘tirarkan, bir yeri qattiq og‘riyotganday tishini tishiga qo‘yib
ingrardi. Aftidan qandaydir achinayotganday ko‘rinib, bosh-yuzlari burishib, qarib qolgani, ayniqsa
bugun ko‘zga alohida tashlanib turardi. Shunda buni payqagan Xonimgul qalbidagi g‘azab alangalari
birdan tarqalib ketdi.
– To‘qon katta onasinikida, – dedi Xonimgul eshikka chiqib borayotib, – senga nima bo‘ldi,
Qoratoy? Nega muncha qovog‘ing soliq?
– Hech nima… Ovqatingni qil…
Xonimgul bir chelak suv olib uyga qaytib kelganda kuyovi hali ham boyagiday mustar bo‘lib,
quyi solingan boshini kaftiga qo‘yganicha kigizning ustida yonboshlab yotardi. U shu bo‘yicha
qo‘zg‘almay yotaverdi, biroq Xonimgul yaqinlab kelganda uni ataylab javratmayin dedimi, yoki
boyadan beri o‘ylanib yotib bir fikrga kelgan bo‘lsa shuni aytishga o‘zini chog‘ladimi, harqalay,
Qoratoy o‘rnidan sakrab turdi-da:
– Rezinka etik qaerda, olib kel! – deb xotinining ro‘yxush bermayotganini anglab, shartta buyruq
qildi. Paytavasini shosha-pisha o‘rab, rezinka etigini kiyib olgan Qoratoy eshikka shoshilib yugurib
chiqdi, Qantarig‘liq turgan otning pushtanini biron nimadan o‘ch olayotganday jon-jahdi bilan tortgan
edi, ot o‘rnidan qo‘zg‘alib ketdi.
– Tak! – dedi Qoratoy ovozining boricha zarda bilan baqirib, – harom o‘lgur!
So‘ng u xotiniga qayrilib, xo‘mrayib yovuzlarcha tikilib qaradi.
– Sening Sobirbeging! – dedi u rang-quti o‘chib, qaltirab, – yo meni de, yo uni de!..
Buni uqub boyadan beri ko‘ngli xiralashib, allaqanday yomon narsani sezib hadiksirab yurgan
Xonimgulning qalbi yana Sobirbek, deganida qinidan chiqib ketguday bo‘ldi. U Qoratoyga qarab otildi
va ot uzangisiga yopishib olib yalinib-yolvordi:
– To‘xta, Qoratoy! To‘xta, bu nima deganing? Nima uchun bunday deyapsan?.. Qaysi Sobirbek?..
Biroq Qoratoy xotinining so‘zlariga quloq solmay, uning qo‘lini siltab tashlab, otiga ustma-ust
qamchi bosib, chang-to‘zonni ko‘tarib chopib ketdi.
Xonimgul «Qoratoy! Qoratoy!» – deb baqirganicha qolaverdi. Tog‘dan esayotgan kechki shamol
g‘azabga to‘lgan Xonimgulning etak-englarini hilpiratib: «Sen bu yerda nima qilib turibsan,
qitiqlayinmi-a?» deganday yulqilab o‘ynayotgan edi. Xonimgul uyga qaytarkan, yelkalari sovuqdan
uchib titrardi.
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 11
Tog‘dan qorong‘ilik bosib kela boshladi. Allaqaerdan, olis-olislardan boyo‘g‘lining qichqirig‘i
eshitildi. Eshitildi-yu darhol jimib qoldi. Samoda yulduzlar fanari yona boshladi. Koinot uyquga ketdi.
II
O‘sha kuni kunduzi chaqirilgan kolxoz miroblari va dalachilik brigadalari kengashiga Qoratoy bir
oz kechikib keldi. Rayon ijroiya komiteti raisining katta kabineti kengash qatnashchilari bilan liq
to‘lgan edi. Qaysi birlari derazalarning tagida, boshqalari eshikning bo‘sag‘asida devorga
suyanganicha o‘tirishardi.
Qoratoy koridorga kirib, eshigi ikki yoqqa ochib qo‘yilgan kabinet tomon bo‘yin cho‘zib
o‘tirishgan kishilar to‘piga kelib qo‘shildi.
Kengashda chiqib so‘zlaganlarning barisi birgina masalani muhokama qilishardi. Rayonda
sug‘orish ishi yomon ahvolda, ekin-tikin vaqtida sug‘orilmay qurib, kuyib ketyapti. MTSning bosh
agronomi «Beshtosh» kolxozi haqida uzoq gapirdi. Unda Qoratoy miroblik qilardi. Ilg‘or kolxozlarda
bedalar ikki bor o‘rilib, g‘aramlanayotgan bo‘lsa, «Beshtosh» kolxozida bir marta o‘rilgandan so‘ng
boshqa sug‘orilmay, beda suvsizlikdan shu bo‘yicha o‘smay qolgan. Ish shu ahvolda bo‘lar ekan,
beshtoshliklar bu yil ham o‘tgan yillardagidek bedani ikki marta o‘rib olishiga ko‘zi yetmaydi. Jo‘xori
bo‘lsa endigina bir marta sug‘orilibdi, qay bir yerlariga butunlay suv chiqmay, tap-taqirligicha yotibdi,
boshqa kolxozlarda bo‘tako‘z ekinlari to‘rt-besh bor sug‘orilgan bo‘lsa, «Beshtosh»da atigi ikki marta
sug‘orilgan, xolos.
Kolxoz sha’niga aytilgan agronomning bu xildagi so‘zlarini Qoratoy beparvolik bilan odatdagi
so‘zlar-da, deganday tinglab o‘tirdi. Bu yetishmovchiliklar haqida uning ham o‘zgacha aytar so‘zi bor.
Bu narsalar unga ilgaridan besh qo‘lday ma’lum edi. Chunki Qoratoy o‘zining jonajon ishi –
mirobchilik haqida ertayu kech bosh qotirar edi. U ko‘pdan beri bunday savollarga javob berish uchun
o‘ylab, tayyorlanib yurardi. U o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga qattiq ishonar edi ham. Mirobning o‘ziga
xos tegishli ishlari bor: kolxozga berilgan suvni belgilangan norma bo‘yicha ariqlarga bo‘lib tarqatish
kerak. Qolgan boshqa ishlar esa raisga tegishli, brigadirga tegishli. Ishni o‘shalar boshqaradi-ku!
Darvoqe, suv ishi kolxozda g‘oyat yomon ahvolda, biroq bunga kim aybdor? Qoratoymi? Yo‘q,
kolxozda suv yetishmasa Qoratoyning qo‘lidan nima ham kelardi? Yo‘qni yo‘ndiradimi? Ayrim
vaqtlari suv yetarli bo‘lgani bilan sug‘orishga odam yetishmay qoladi, hammasiga kolxoz raisi aybli, u
javob beraversin…
Qoratoy bu gal ham kengashda aytiladigan gaplarni ko‘ngliga olmay odatdagidek qosh-qovoq
qilib o‘tirmasdan, kelgan bo‘yidan ovulga qaytib ketaverishi mumkin edi. Biroq kengash oxirida
kimdir birov burchakdan turib gapirib qoldi: «Unday degan bilan ham, bunday degan bilan ham,
baribir suv normasi ko‘paytirilib, har birimizga uch-to‘rt quloqdan suv qo‘shib bermaguncha ish
bitmaydi». Qoratoy o‘zini birdan yengil his qildi, – uning ayni muddaosidagi gap aytilgan edi. O‘zi
ham doimo suv deb qaqshab yurardi. Ish ko‘ngildagidek bo‘lish uchun kolxozga bo‘lib berilgan suv
yana kam deganda yarim baravar ko‘paytirilishi zarur edi. Ko‘pchilik miroblar bu taklifni quvvatlab
shovqin-suron qilishdi: «To‘g‘ri! To‘g‘ri aytadi, hamma gap shunda-da!»
Ovozlar bir oz bosilgach, Sobirbekka so‘z berildi.
Sobirbek Qoratoylarga qo‘shni – Jdanov nomli kolxozning mirobi. U porusina1 ko‘ylagining
etagini orqa tomoniga tortib qo‘ydi-da, stol yoniga yengilgina odimlab keldi. So‘ng o‘tirganlarning
ko‘nglidagini bilmoqchi bo‘lganday, ularning har biriga ko‘z yugurtirib chiqdi. Hadeganda
Sobirbekning o‘ziga xos belgilarini anglab olish qiyin edi. Uning yoshi o‘ttizlardan oshgan, keng
yag‘rinli, qo‘y ko‘zli, sariqdan kelgan kishi edi. Uning baquvvat gavdasi ko‘rinishdan yoshlik
chog‘idan mehnatga chiniqqan kishilarni eslatardi. Sobirbekning yoqimli kulimsirab turgan yalpoq
1 Porusina – kanopdan to‘qilgan mato.
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 12
yuzlari, kishilarni maftun qiladigan ishonchli ko‘z qarashlari, vazmiyligi, birovga yomonlikni ravo
ko‘rmaydigan yuvosh kishini eslatardi. Biroq ish haqida, suv xususida so‘zlaganda, uning haligi
mo‘min-qobilligi bir zumda yo‘q bo‘ladi-qoladi. Sobirbekning bu tabiatini Qoratoy boshqalardan ko‘ra
yaxshiroq bilardi…
Yaqin kishilar orasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlar ham vaqti kelib juda murakkablashib
ketishi mumkin. Mana hozir Sobirbek so‘zlay boshlaganda, Qoratoy uning so‘zlarini menga hech
qanday qizig‘i, tegishli joyi yo‘q, deganday, o‘ziga yuqtirmay, shunchaki tinglab o‘tirdi. Ular go‘yo
ilgaridan kelishib qo‘ygan kishilardek, bir-birini hech vaqt yomonlab ham, yaxshilab ham gapirmas
edilar. Sen menga tegmasang, men senga tegmayman, sen mening ishimga aralashmasang, men sening
ishingga aralashmayman, deb kelishib qo‘yganday, o‘zaro yoqtirishmasalar ham biri ikkinchisiga gap
tegizishdan ehtiyot bo‘lib yurishardi. Oldin do‘stlashib yurgan kishilarning orasi buzilib, yo‘llari ikki
tomonga ayrilib ketgan paytlarda shunday hodisa yuz beradi: yaxshi, yomonni yashirishib bir-biridan
uzoqlashaverishadi. Ularning do‘stligi odam qatnamay qo‘ygan yolg‘izoyoq yo‘lni o‘t bosib ketgani
kabi bora-bora, o‘z-o‘zidan unutilib, qalbdagi o‘kinchlarni bir-biriga aytishmay yurgan do‘stlar
orasidagi ziddiyatlar kuchayib, kek saqlaydigan bo‘lib qoladilar. Ular ochiqdan-ochiq qasdlashib
qolmasa ham, har biri o‘z dardini ichiga tugib, paytini poylab yuradi.
Mabodo, ulardan biri qo‘l ko‘tarib qolguday bo‘lsa, ikkinchisi ot qo‘yib kurashga kirishga tayyor
turadi. Ana shunda ular bir-biriga dushman ekanini yashirib o‘tirmasdan, yuzma-yuz keladi. Hozircha
ko‘nglida biror g‘arazi bo‘lmagan Qoratoy Sobirbekning so‘zlarini sovuqqonlik bilan tinglab o‘tirardi.
Sobirbek u-bu deb ezmalik qilib o‘tirmasdan, gapning bo‘larini aytayotgan edi:
– Bu yerda ba’zi birlarimiz suvni taqsimlash masalasi qayta ko‘rib chiqilsin, tekshirilsin, degan
fikrni aytyapmiz, – dedi u bamaylixotir so‘zlab. – Bu bir tomondan to‘g‘ri, albatta. Chunki har bir ishni
qayta-qayta ko‘zdan kechirib, tekshirib turish – foydadan xoli emas. Bizning suvchilarimiz –
gidrotexniklar ham buni allaqachon inobatga olib qo‘yishgan bo‘lsa kerak. Bu haqda ularning o‘zlari
gapirishar. Biz, miroblar esa bu yerda bundan boshqa ishlar to‘g‘risida kengashib olishimiz kerak. Aks
holda qizining siri onasiga ma’lum, deganlariday, bizning bilganimiz bitta. U ham bo‘lsa: «Suv
yetmayapti, chanqadik, ko‘proq suv ber!» deb ayyuhannos solganimiz solgan. Agar suvni ko‘paytirib
berganlari taqdirda ham yana suv yetmaydi deb chopganimiz chopgan. Suvning ko‘pi yaxshi. Suv
qancha mo‘l bo‘lsa, non ham shuncha serob bo‘ladi, bu hammaga ma’lum. Lekin ba’zi birovlarimiz
Chuy arig‘iniig hammasini dalasiga burib yuborsang ham ko‘zi to‘ymay, o‘shanda ham suv yetmaydi
deb zorlanadi. Yo‘q, o‘rtoqlar, bu kulgi emas. Bu muammo har birimizni qattiq o‘ylantirmoqda. Axir
unga xudoning shunchaki oqib yotgan suvi deb yengil-elpi qarash mumkin emas-da. Suv deb qanchalik
tashvish tortyapmiz, mehnat qilyapmiz… Shunday ekan, bu haqda bafurja o‘tirib gapirishib olaylik…
Mana masalan, ko‘klamda dalani kezgan vaqtingda, bir tekisda unib chiqqan ekinlarni ko‘rib qalbing
quvonchga to‘ladi, kuzga kelib xirmon ko‘tarilganda hosilni ko‘rib xafsalang pir bo‘ladi. Mana hozir
ham ekinlar suv yuzini ko‘rmay quvrab ketyapti… Nega shunday bo‘lyapti? Suv yetishmasligidanmi?
Yo‘q, bunday emas. Meningcha, har bir kolxozda yetarli suv bor, hatto suvga serobmiz ham deya
olishimiz mumkin. Xo‘sh, shunday ekan, asosiy gap nimada?
Sobirbek koridorda o‘tirgan bir gala odamlar tomon g‘ozday bo‘yin cho‘zib qararkan, birdai
Qoratoyga ko‘zi tushishi bilan taqir qirilgan boshini qashib, xayoliga biror narsa kelganday bir oz jim
qolib, gapni ulab ketdi:
– Har kim ko‘rgan-bilganini gapiradi. Qoratoy bilan ikkimizning ovulimiz yonma-yon. Ichadigan
suvimiz ham bir. Qatta ariqning narigi sohili ularniki, berigi sohili bizniki… Bu tomondan Qoratoyni
do‘st deb bilaman. Men uni yomonlamoqchi emasman, lekin men bugun haq gapni aytolmasdan ham
turolmayman. Sen ham mirobsan, men ham mirobman. O‘zingga ma’lum, «do‘st achitib gapirar,
dushman kuldirib», degan maqol bor.
Sobirbekning bu so‘zlarini tinglab o‘tirib Qoratoy o‘z qulog‘iga ba’zan ishongisi kelmasdi. Bu
gaplarning hammasi unga to‘g‘riday bo‘lib tuyulardi. Biroq to‘g‘ri so‘z toshni yorar deganlariday…
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 13
Sobirbekning so‘zlari asta-sekin Qoratoyga og‘ir bota boshladi. Sobirbek haq gaplarni aytayotgan
bo‘lsa ham, Qoratoy uni aksiga tushunib, g‘azablanayotgan edi. Qoratoy aldanadigan anoyi emas,
Sobirbek nima uchun boshqalarni misolga keltirmay, uning ishi haqida gapirayotganini yaxshi
payqardi. Sobirbek undam o‘ch olmoqchi. U shu kengashda xalqning ko‘z oldida ataylab uning
obro‘yini to‘kib, sharmanda qilmoqchi. Bo‘lmasa, «Beshtosh» kolxozi ekinlarni sug‘orishda eng
orqada qolgan, deb bunchalik javramasdi.
Haqiqatan ham, Sobirbek bugun yechinib olib, kurashga tushgan kishiday do‘stlarini ham,
boshqalarni ham yuzxotir qilmay, qattiq tanqid qilayotgan edi:
– Qachon bo‘lsa suv oz, suv yetishmaydi, deb bahona qilib yuradi. Bu odatingni tashla, Qoratoy.
Aks holda ish ham yurishmaydi, ekin ham o‘smaydi. Sening ixtiyoringga uch yuz litr suv berib
qo‘yilibdi. O‘z dehqon tilimiz bilan aytganda, bu olti quloq suv! Hoy, bu hazilakam suv emas. Men
ham uch yuz litr suv olaman. Bizning ekin maydonimiz ham deyarli birday. Shu suvning o‘zidan ham
tejab-tergab foydalansak, xudo haqqi, yetish u yoqda tursin, hatto oshib ketishi ham mumkin. Lekin
sen o‘sha o‘zingga berilgan suvning hammasidap to‘la foydalanayotibsanmi? Hamma gap ana shunda!
Men hozir senga to‘ppa-to‘g‘risini aytib bera qolay, – deb Sobirbek cho‘ntagidan bloknotini oldi.
O‘tirganlar qo‘zg‘alib ivir-shivir qila boshlashdi: «Sobirbekning gaplari to‘g‘ri! Hamma balo
o‘zimizda! Suv isrof bo‘lib ketyapti». Sobirbek bloknotini varaqlab, bir joyini ochdi-da, gapira
boshladi:
– Agar shu vaqt ichida sug‘orilgan yer maydonlari hisoblab chiqilsa, haligi uch yuz litr suvdan
faqat bir yuz yetmish litrigina foydalanilgani ma’lum bo‘ladi. Shunday ekan, qolgan yuz o‘ttiz litr suv
qaerga ketgan? Bu suvlarning bekorga oqib yotgani o‘zingga ham ayon, Qoratoy. Ularning bir
tomchisi ham ekinlarga sarflanmagan. Xo‘sh, nima uchun bular haqida gapirmaysizlar. Bu mirobniig
ishi emasmi? Hosil olamiz der ekanmiz, har kuni uch mahal ovqat qilishni kanda qilmaganimizdek,
ekinlarning ham bir kun emas, bir soat ham kechiktirmasdan qondirib sug‘orib turishimiz kerak.
Buning uchun esa mirob ertayu kech dalada, suvning boshida turib joy kuydirib ishlashi kerak.
Qoratoy, sen tungi sug‘orishda bo‘lasanmi? Yo‘q, albatta. Odam bo‘lib hali biror marta seni kechasi
suv boshida ko‘rganim yo‘q! Ariq-ariqlarga taqsimlab berilgan suv qaerga oqyapti, uni kim
boshqaryapti, aminmanki, qanchasi bekorga isrof bo‘lyapti? Sen shularni tekshirib ko‘rdingmi? O‘z
suvchilaring aytsin, yo‘q albatta, sen buni qilayotganing yo‘q. Qachon qaramay to‘g‘on boshida,
reykadan ko‘zingni uzmay o‘tirganing o‘tirgan. Agar, suv rejadan salgina pasaydimi, darhol
gidrotexniklarga: menga suv yetmayapti, suv beringlar, deb chopib qolasan. Ammo shu payt pastda
qancha suv foydalanilmay, isrof bo‘lib oqib yotgani bilan ishing yo‘q. Qanday bo‘lmasin, birovning
hisobidan bo‘lsa ham, ko‘proq suv olish payidan bo‘lasan, o‘zim bo‘lay deysan. Boshqalar suvsiz
qolsa ham senga baribir. Olma pish, og‘zimga tush, deb doimo reykaning tagida o‘tirasan… Asov otni
o‘rgatib mingan kabi suvning ham tizgin-chilvirini qattiq qo‘lga olmasang to‘g‘ri kelgan tomonga urib
ketadi… Buni unutma Qoratoy, sening o‘rning reykaning tagida o‘tirish emas, balki dalada, suvning
boshida, suvchilarning orasida…
Sobirbek borgan sari qizishib so‘zlay boshladi. Uning so‘zlari Qoratoygagina emas,
o‘tirganlarning hammasiga qattiq botayotganday edi. Miroblar boshlarini egib, jiddiy qiyofada jimgina
o‘tirishardi.
Sobirbek «Beshtosh» kolxozida ishlamasa ham, u kolxozni miridan-sirigacha o‘rganib
chiqqanday gapirardi. «Beshtosh» kolxozida sug‘orish ishlariga ertaroq tayyorgarlik ko‘rmaydilar.
Faqat suv bosib kelgandan keyingina tashvishga tushib qoladilar. Tajribali dehqonlar bunday qilmaydi,
ular erta ko‘klamdan boshlab taraddudga kirishadi. Sug‘orish kartalarini ishlab chiqishadi… Yerga
qo‘sh tushishi bilan peshma-pesh yangi ariqlar olinib, to‘g‘onlar tuzatib qo‘yiladi, eski ariqlar qazib
taxt qilinadi, tajribali suvchilar tanlanib, ularning har biri ma’lum kartalarga birkitib qo‘yiladi. Biroq
«Beshtosh» kolxozida bunday ishlar qilinmaydi. Qoratoy bo‘lsa, bunday ishlar bilan yetarli
shug‘ullanmaydi, harakat ham qilmaydi.
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 14
Qoratoy, senlarga ajratilgan suv ekinlarga yetib bormasdanoq, eski ariqlarda yo‘l-yo‘lakay qurib,
yo‘qolib ketmoqda. Shu zaylda ekinlar suv ichmasdan qolib ketyapti, kolxozning olayotgan hosili ham
kamayib ketyapti. Bu bilan ish bitmaydi. Hammamizga ma’lum, har bir litr suv uchun kolxoz pul
to‘laydi. Senlarda bo‘lsa, suv yo‘lda-cho‘lda isrof bo‘lib ketgani uchun birgina o‘tgan yilning o‘zida
kolxoz ellik ming so‘mdan ortiq ziyon ko‘rdi. Butun rayon bo‘yicha esa foydalanilmay isrof bo‘lib
ketgan suv uchun necha minglab so‘m zarar ko‘rdik. Agarda buning ustiga, sifatsiz sug‘orish natijasida
hosilning kamayib ketganini qo‘shib hisoblaydigan bo‘lsak, keltirilgan zarar miqdori o‘n baravar, yuz
baravar oshib ketishi mumkin. Ey, og‘aynilar, buning uchun kim javob beradi? O‘zlaring aytinglar-chi,
kim javob berishi kerak? Menimcha, avvalo bunga biz, mana men, mana sen, Qoratoy, miroblar javob
berishimiz kerak. O‘zlaring bir o‘ylab ko‘ringlar-chi, mabodo, cho‘pon bir uloq yo‘qotsa, u uloqni
to‘laydi. Shunga javob beradi. Agarda bizning miroblar vaqti bilan yuzlab kubometr suvni isrof qilib
yuborsalar ham javobgarlikka tortilmaydi. Axir, o‘rtoqlar, bunga chidab bo‘ladimi? Suv – bu
mirobning boqib yurgan moli. Yaxshi mirob undan doimo ko‘z-quloq bo‘lib turadi, har bir tomchisini
ham tejab-tergab sarflaydi. Mana shunday hammamiz to‘planishib o‘tirganda aytadigan taklifim shuki,
mehnat kuni miroblik vazifasi uchun yozilmasdan, balki ish jarayonida foydalangan suvning hisobidan
yozilishi kerak, siz qo‘shni rayonning vakillaridan mening bu taklifimni hamma yerda
quvvatlashlaringni so‘rayman… Ot ustida yurib miroblik qilgan boshqa-yu, suv kechib, jonini jabborga
berib ishlagan miroblik boshqa…
Qoratoy bu so‘zlarni eshitib bezovtalanib o‘tirardi. Bu ham mayli-ya, ayniqsa Sobirbekning
«sen», «sen» deb qo‘lini nayza qilib, ko‘rsatib gapirgan gaplari uning suyak-suyagidan o‘tib ketdi.
– Yer traktor bilan haydaldi. Kolxozchilaringiz bug‘doyni ekib, unib chiqishiga ham erishdi.
Sug‘orish mahaliga kelganda, hammasi bekorga ketdi. Shuni bilginki, Qoratoy, sen odamlarning
mehnatini zoe ketkazding. Uchtepa uchastkasidagi makkajo‘xorilar hanuzga qadar biror marta ham
sug‘orilmadi. Yaxshi unib chiqqan ekinning nobud bo‘lishiga nega yo‘l qo‘yding? Bilaman, sen hozir,
bu tepalikka suv chiqmaydi deb aytasan. Biroq, u tomonga kun botar betdan ariq olib o‘tish mumkinu,
sen bo‘lsang bu haqda ertaroq harakat qilmading, bosh ham qotirmading.
Qoratoy o‘tirganlarning hammasi o‘ziga tikilib qarayotganini sezib turardi. Qoratoy shu payt yer
yorilsa-yu, yerga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgisi keldi.
U qaynoq suvga pishib olinganday beti-boshi taram-taram qizarib ketgan edi. Kengash tamom
bo‘lishi bilan u ijrokomning eshigidan birinchi bo‘lib yugurib chiqdi-da, shu bo‘yicha otiga irg‘ib
minib, to‘ppa-to‘g‘ri dalaga qarab chopib ketdi. Biroq u ot ustida ketayotganda ham Sobirbekning
so‘zlari quloq ostida jaranglab eshitilardi. Go‘yo Sobirbek uning orqasidap quvib kelayotganday edi.
Qoratoy Uchtepa tomon chopib borarkan, u hamon kengashda aytilgan gaplarni bir-bir eslab turli xil
o‘y-xayollarga cho‘mardi. Ammo qancha o‘ylamasin Sobirbekning aytgan gaplarini ma’qul ko‘rmasdi.
O‘zini oqlash uchun qanday bo‘lmasin, turli xil dalillar izlab topishga harakat qilardi. Lekin shunday
bo‘lsa-da, topgan javoblari tinchitib, hovuridan tushirmayotgan edi. Qoratoyni iztirobga solayotgan
narsa: kengashda gangib qolib, Sobirbekka hech bo‘lmasa bir og‘iz ham javob qaytarolmaganida edi.
Mana endi Sobirbek uni burniga sirtmoq solingan tuya kabi o‘z izmiga solib oldi. Eh, kallavaram,
Sobirbekning bunday ayyorligini sal ilgariroq bilsa qani edi! Zarba berib, shoxini sindirib, ikkiichi
marta og‘iz ochmaydigan qilib qo‘yardiku-ya!
Biroq nima ham deya olardi? Sen, Sobirbek, boshqalarning ishiga aralashmasdan, o‘zingni
bilaver deb endi aytib bo‘larmidi? Endi hech kim u haqda shikoyat qilolmaydi. Sobirbekni butun rayon
biladi, u mohir suvchi, eng yaxshi mirob. Sobirbekning kolxozida beda har yili to‘rt martadan o‘rib
olinadi. Uning kolxozida silosga mo‘ljallab ekilgan jo‘xorining har bir gektaridan olti yuz tsentnerdan
hosil olinadi, kolxozchilarga har bir mehnat kuni uchun rayon bo‘yicha hammadan ko‘p pul, g‘alla,
go‘sht, moy beriladi. Oblast gazetasi Sobirbek haqida maqolalar bosib, undan o‘rnak olishga chaqirdi.
Bilimi jihatidan ham Sobirbek hammasidan ustun. Ko‘pchilik kolxozlarda jo‘xorini yer yetilgandan
so‘ng yoppasiga sug‘orishadi deyishadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu eski usul yaxshi natija bermabdi.
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 15
Uning fikricha jo‘xorini jo‘yak-jo‘yak qilib zaxlatib sug‘orish ma’qul ekan. Shunda hosil ikki baravar
ortar emish. Uning aytishicha, agar kanop hozirgi kunda qonib suv ichsa, sutkasiga 12–14
santimetrgacha o‘sishi mumkin emish. Tavba, har bir o‘simlikni o‘lchab yurganday gapiradi. Qishda
sug‘orish masalasini ko‘targan ham Sobirbek emasmidi? Yerni qishda ham sug‘orish kerak ekan,
shunda yer namlikni yaxshi saqlar emish. Buni eshitib turgan yonidagi bir chol: «Obbo shayton-ey», –
deb yoqasini ushlab Sobirbekka tan berayotganini Qoratoy ham ko‘rib turgan edi. To‘g‘ri,
Sobirbekning ilmi zo‘r, o‘zi ham ishning ko‘zini biladi, uzoqni ko‘radi!
Qoratoy-chi? U nimalarni biladi? Qoratoy ham miroblik kasbini Sobirbekdan kam bilmaydi,
albatta. Ular ikkalasi ham mirobchilik kursida birga o‘qishgan. Ammo Sobirbekning baxti bor ekan.
Ilg‘or kolxozga keldi-yu ishlab, tezda nom chiqardi. Xo‘sh, u «Beshtosh» kolxozida ishlab ko‘rsin-chi!
Uning kimligi shunda ma’lum bo‘ladi! Dastavval Qoratoy ham ishga zo‘r ixlos bilan kirishgan edi.
Uning ham halol mehnat bilan xalq o‘rtasida shuhrat qozonsam degan orzu-umidlari bor edi. Ammo,
ish boshidanoq chappasiga ketib, o‘zini o‘nglab ololmadi. Raislar biri kelib, biri ketib tez-tez
almashinib turdi. Ana shunday sharoitda yangi takliflarni amalga oshirib, havas bilan ishlab
bo‘larmidi… Oylar, yillar o‘tdi. Qoratoy ham bora-bora ishning borishiga qarab ko‘nikib qoldi…
Taqdir ataylab qilganday, ko‘p vaqtlar Qoratoy bilan Sobirbekning turmush yo‘lini bir yo‘ldan
boshlab bordi. Ularning qishloqlari ham yondosh edi, yoshligidan bir-biri bilan tanish edilar,
keyinchalik o‘spirinlik kezlarida «ShKM»2 maktabida birga o‘qishdi. Urush paytida ham ular bir
batalonda xizmat qildilar.
Belorussiyada bir poxodda ketayotib, jildirab oqayotgan kichik suvning bo‘yida dam olib
o‘tirishganlari hali ham esida saqlanib qolgan edi. Sekin oqayotgan kichkinagina ariqchaning yoqasida
soya tashlab turgan butalar, suv ichida o‘sgan qalin qamishlar, musaffo osmon, sukut saqlab turgan
tushki payt, xullas, atrofdagi jamiki narsalar nafasini ichiga saqlab, o‘sha sokin oqayotgan suv
tinchligini buzmayotganday bo‘lib tuyulardi. Shu payt otishmalarning ovozi ham eshitilmay, bir
lahzaga urush dahshatlari unutilib, tinchlik hukm surardi. Bunday sukunat og‘ushiga cho‘mgan
soldatlarning har biri o‘zicha turli xil shirin xayollarga berilardi. Sobirbek etigini yechib qayta
kiyayotgan edi, ko‘zi suvga tushib tikilib qoldi:
– Eh og‘ayni, bizning qadrdon tog‘ suvlarimiz qanday ajoyib-a. Ularni juda ham sog‘indim-da,
Qoratoy! – dedi u. – Har bir ariqning suvi o‘zicha bir tuganmas boylik ekanini endi payqab o‘tiribman.
Okopda yotganimda ba’zan suvning shildirab oqayotgani eshitilib turganday bo‘ladi… Omon-eson
uyga qaytib borsak, albatta suvchi bo‘lamiz… O‘shanda sen ham men bilan birga qo‘shilib dalaga
sug‘orishga chiqasan. Axir, dehqonning huzur-halovati o‘shanda emasmi? Sening Xonimgulingni ham
birga ergashtirib olamiz… Dalaga suvni boshqarib boramiz-da, keyin men sizlarga ashula aytib
beraman. Sug‘orishda tilsiz kishi ham kuylamasdan turolmaydi! Yovni yengib, omon-eson qaytsak,
tilagim shu!..
O‘shandan beri oradan qancha yillar o‘tib ketdi. Ularning ikkalasi ham urushdan bir vaqtda
qaytib kelishdi, ikkovi ham mirob bo‘lib birga ishlab yurishdi. Qoratoyning og‘ir tabiatliligi va tund
mijoziga qaramasdan ular o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari avvalgiday davom etaverdi. Biroq, kunlardan
birida Sobirbek o‘z o‘rtog‘i Qoratoyning qallig‘i Xonimgulni sevar emish, degan so‘z chiqib, ovulda
mish-mish gaplar tarqaldi. Shu-shu Qoratoyning do‘stidan ko‘ngli sovib, Sobirbekdan uzoqlasha
boshladi.
Qoratoy Xonimgulga uylangandan keyin ham Sobirbekka ochiq ko‘ngil bilan qo‘l bergani yo‘q.
Qoratoy bu haqda qancha o‘ylab ko‘rsa ham, bir qarorga kelolmay, sabr kosasi to‘lib yurdi. Buning
sababi ham bor edi, albatta, u sirtdan qaraganda unchalik sezdirmay yurgani bilan Xonimgulni jondan
aziz ko‘rardi. Uning ichi torligi ham, rashk qilishi ham shunga yarasha edi: Xonimgulga biror kishi
kulib qaradimi, bo‘ldi, jonajon do‘stimi, tug‘ishgan kishisimi – kim bo‘lishidan qat’i nazar, zaharini
2 «ShKM» – 30- yillardagi ovul qishloq yoshlarining maktabi.
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 16
sochib, hazilmi, chinmi, surishtirib o‘tirmasdan, qo‘lga tushsa shu zahotiyoq jiqqa-mushtlashishdan
ham qaytmasdi.
Ilgaridan shubhalanib yurgan yovuz niyatli Qoratoy Sobirbekning har bir bosgan qadamini
kuzatib yurib, unga nafrat bilan qaray boshladi. Buni sezgan Sobirbek ham u bilan ko‘pdan beri
gapirishmas edi. Qoratoy Sobirbekning bunday yurishini ko‘rib o‘zicha: u Xonimgulni unutolmayapti,
Sobirbek mening baxtimga chang solyapti, deb sal narsadan gumonsirab yurdi. Bora-bora Qoratoy
Sobirbekning mehnatda erishgan yutuqlariga ham hasad bilan qaray boshladi. Sirtdan qaraganda u
Sobirbek erishgan muvaffaqiyatlarni nazar-pisand qilmay yurgan bo‘lsa ham, aslida uni ko‘rganda
ichidan zil ketib yurardi. To‘g‘ri, Qoratoy ham Sobirbekdan orqada qolib ketmaslik uchun harakat
qildi. Biroq uning ishlari nima uchundir olg‘a bosmadi. Bular Qoratoyning qalbini battarroq tirnabo‘
rtab, eski qadrdonidan o‘rnak olishga, yordam so‘rashga, unga boshimni egib boramanmi, degan
g‘urur yo‘l bermasdi. Sobirbek bo‘lsa o‘chakishganday nomi xalq og‘zidan tushmay maqtalib, borgan
sari obro‘-e’tibori ortib borayotgan edi. So‘nggi vaqtlarda Qoratoy buni xalq tugul o‘z xotinining
og‘zidan ham eshitib qoldi. Kunlardan birida Xonimgul Sobirbekning surati bosilgan gazetadagi
maqolani o‘qib o‘tirgan edi. Bunga ko‘zi tushib qolgan Qoratoy hadeganda sir boy bermay, jimgina
turdi-da, so‘ng sabri chidayolmay:
– Ie, yana sening Sobirbeging haqida yozishibdimi? Qani, yana nimalar deb maqtashibdi! – deb,
rashki kelib, ichidan kuyib borayotganini sezdirmaslikka harakat qilib kulimsirab qo‘ydi. Bundan bir
oz oldinroq Xonimgul dugonalari bilan birga Sobirbeklarning qishlog‘ida qo‘yilgan kinoga borib
kelgan edi. Aytishlaricha, u yerda Sobirbek bilan Xonimgul yonma-yon o‘tirishib, kinoni ham
ko‘rmasdan, bir-birlari bilan gapirishib o‘tirgan emish. Buni eshitgan Qoratoy xotini bilan
ochiqchasiga gaplashib olmoqchi bo‘ldi, biroq u nari-berini o‘ylab: – Bizning ovulimizda shu
kungacha klub qurilmaganiga kim aybdor? – dedi-yu, yana shashtidan tushdi.
Boshidan kechganlarini shu tarzda o‘ylab borar ekan, Qoratoy Uchtepadagi ekinzorlar tomon
qanday yetib kelganini bilmay qoldi. U endi jo‘xorilarning qay ahvolda ekanligini o‘z ko‘zi bilan
ko‘rdi. Ko‘rganlariga ishongisi kelmay, ko‘zlarini uqalab-uqalab qo‘ydi. Lekin bu bilan manzara
o‘zgarmadi. Sarg‘ish tortib kuyib yotgan bo‘z tuproq gugurt chaqsang lop etib yonib ketguday.
Jo‘xorilar bo‘lsa allaqachon quvrab o‘tkir quyosh nuriga tob berolmay yaproqlarini naycha singari qatqat
o‘rab olgan edi.
Ona-Yer, u ekinga sut beradi, hayot baxsh etadi. Lekin, u hozir yetim bolalardek o‘gay qolgan.
Uning suti yo‘q, egasiz qolgan, jo‘xorilar ayanchli ahvolga tushib bari bir ovozdan: «Bizga suv kerak!
Suv! Tezroq bir tomchi bo‘lsa ham suv kerak!» deya yalinib-yolvorayotganday edi. Ana shu paytda
Qoratoyning yuragi umrida birinchi marta, haqiqatan ham iztirob chekib, zirqirab og‘rimoqda edi.
Shunda uning quloqlari ostida yana Sobirbekning ovozi jaranglab eshitilganday bo‘ldi: «Sen mirobsan,
suv qo‘lingda, hosil uchun sen javob berasan. Bilib qo‘y, Qoratoy, elning rizqini qiyganing, ter to‘kib
qilingan mehnatni zoe ketkazganing uchun xalqning uvoli tutadi seni».
Shu mahal ko‘ngilni behud qiluvchi garmsel boshlandi. Issiq shamolning quyuq to‘lqinlari yer
betiga olov purkab, qolgan-qutgan so‘nggi namlikni ham so‘rib olayotganday Qoratoyning badanlarini
kuydirib yondirardi.
– Garmsel! – deya baqirardi Qoratoy jon-jahdi bilan, nafasi bo‘g‘ziga tiqilib. – Garmsel keldi! –
so‘ng u otning yoliga mukkasidan yiqilib tushdi-da, o‘zicha bo‘g‘iq ovoz bilan pichirlay boshladi. –
Bundan ko‘ra, mening suvsiz qolganim yaxshi emasmidi?! Bundan ko‘ra, mening chanqab o‘lganim
ma’qul emasmidi?!
Bir ozdan so‘ng Qoratoy boshini bir chulg‘ab oldi-da, o‘nqir-cho‘nqirlarga qaramay, dala
bo‘ylab, chang-to‘zon ko‘tarib ovul tomon ot qo‘yib boraverdi. U tizginni bo‘sh qo‘yib chopib borar
ekan, hozirgina ko‘chada podani to‘sib turgan Xonimgul bilan To‘qonning oldiga yetib keldi-da, otni
taqqa to‘xtatdi.
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 17
III
Tunning birinchi yarmi shu kunlarda odatdagidan qop-qorong‘i edi. Oy qorayib ko‘ringan tizma
tog‘ cho‘qqilaridan kechikib chiqayotgan edi. Sug‘orish uchun tun eng yaxshi vaqt. Sobirbek
sug‘orishning qanday borayotganini tekshirib yurdi. Hamma ish joyida. Suvchilarga kunduz kuni
topshiriq berib qo‘yilgan, ularning har qaysisiga alohida yer ham taqsimlab berilgan. Endi bo‘lsa
Sobirbek biror yerga suv chiqmay qolmadimikin deb, marzama-marza yurib sug‘orilgan ekinlarni
ko‘zdan kechirib yurgan edi, bir vaqt:
– Sobirbek, qaerdasag, ho-o-o, Sobirbek qaerdasan! – degan ovoz eshitilib qoldi.
– Men bu yerdaman!
– Suv yo‘q! Suv qurib qolyapti! – deya baqirardi haligi suvchi. Sobirbek u tomon chopib
borarkan, narigi yoqdan yana qiyqiriq ovozi eshitldi:
– Xoy, mirob, suv yo‘q! Suv qani?
Haqiqatan ham ariqdagi suvlar o‘zidan-o‘zi kamayib qurib qolgan edi. «Katta ariqqa urib
ketdimi, nima bo‘ldi?» – degancha Sobirbek katta ariq tomon chopib ketdi… Ariq joyida, boyaboyagiday.
Ammo suv kamayganidan kamayib, ariq tubidagi toshlar qorong‘ida yiltirab ko‘rinib
turardi. «Tavba, bu nimasi bo‘ldi?» – deb Sobirbek hayron qoldi-da, kanalning bnror yerini suv olib
ketganmikin degan xayolga borib, birdan cho‘chib ketdi. Bo‘lmasa bu kanaldan yolg‘iz Sobirbeklar
emas, «Beshtosh» kolxozi ham suv ichardi, qolaversa, kanalning urib ketgan yerini bog‘lash oson ish
emas. Unga qancha kuch, qancha vaqt kerak. Sug‘orish qizg‘in ketayotgan hozirgi paytda suvsiz qolish
bu hosildan mahrum bo‘lish degan gap. Nima bo‘lsa ham tezroq harakat qilish kerak, deb Sobirbek tun
qorong‘isiga qaramay, otga yana qamchi bosdi.
Mana, u kanalning boshiga ham yetib keldi. U yerda ikkala kolxoz uchun suv bo‘lib berib
turadigan katta shlyuz o‘rnatilgan edi. Sobirbek otini kanal chetidagi tolga bog‘ladi-da, o‘zi kanalning
tepasiga irg‘ib chiqdi va shlyuzning ko‘prigi bilan yurib borayotib birdan to‘xtab qoldi. Sobirbek katta
ariq boshidagi shlyuzning berkitilganini ko‘rib o‘z ko‘ziga ishonmasdi. Kanaldan ariqqa tomon hech
bo‘lmasa jildirab ham suv oqayotgani yo‘q. Qoratoylarning shlyuzi bo‘lsa, oxirigacha ko‘tarilgan.
Suvning hammasi ularning arig‘ida sharqirab oqayotgan edi.
«Bu nimasi, buni kim qildi?» – deb Sobirbek o‘ziga-o‘zi savol berardi-yu, unga javob topa
olmasdi. U umrida bunaqa hodisaga duch kelmagan edi. Suvning shovqin solib, sharqirab
oqayotganidan Sobirbekning so‘zlarini eshitib bo‘lmasdi.
– Yo‘q, bu yerda qandaydir anglashilmovchilik bor. Bunday bo‘lishi mumkin emas. Buni darhol
tuzatish kerak!..– der edi Sobirbek o‘ziga-o‘zi pichirlab.
U otining yoniga borib, hamisha egarining qoshiga bog‘lab yuradigan katta klyuchni yechib oldida,
qaytib kelib o‘ziga tegishli suvni ochib yuborayin degan maqsad bilan klyuchni shlyuzning
gaykasiga solib burayotgan edi, yaqin atrofdan birovning haybatli ovozi eshitildi:
– Tegma unga, qo‘lingni tort!
Sobirbek yalt etib yon-atrofiga qaragan edi, ko‘prikning ustida qandaydir qanotini yozib
yuborgan burgutga o‘xshash, ola-bula juldur yopinganday boshini ichiga olib kelayotgan ko‘lanka
paydo bo‘ldi. Uning afti basharasi ko‘zga ko‘rinmasdi.
– Sen kimsan?
– Qo‘lingni tort deyapman!
– Qoratoy, senmisan? U javob bermasdi.
– Bizning suvni sen bo‘g‘ib oldingmi?
– Menga suvning hammasi kerak!
– Bunday huquqni senga kim berdi?
Qoratoy lapanglagancha ikki sakragan edi, Sobirbekning qarshisida paydo bo‘ldi.
– Yo‘qol, hozir ko‘zimga ko‘rinma!
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 18
– Qoratoy, aqling joyidami o‘zi? Nima deb vaysayapsan?
– Hozir bu yerdan ket! Suvni bermayman dedimmi, bermayman! Uni o‘zim uchun emas, kolxoz
uchun olyapman! Ekinlar quvrab ketibdi, menga suvning hammasi kerak. Hozir ket, joningdan
umiding bo‘lsa, bu yerdan hozir ket! Nima qilsang ham suvni bermayman.
– Boshqalarning ekini sug‘orilmasdan qolib ketsa maylimi? Bu kurakda turmaydigan so‘z. Bu
o‘g‘rilikdan boshqa narsa emas!
– Men o‘g‘rimanmi? Tilingni tiy! – Qoratoy sakrab borib Sobirbekning qo‘lidagi temir klyuchni
yulib oldi-da, orqaga bir qadam tisarilib, qulochkashlab turib Sobirbekniig boshiga urmoqchi bo‘lgan
edi, Sobirbek epchillik qilib, Qoratoyning qo‘lini ushlab qoldi. So‘ngra u qo‘liga butun kuchini to‘plab,
Qoratoyning bilagini qopqon kabi sindirgudek mahkam siqib turaverdi. Nihoyat, klyuch Qoratoyning
qo‘lidan sho‘lp etib suvga tushib ketdi. Biroq Qoratoy hamon yon bergisi kelmadi. Aftidan, u holdan
toyib yiqilmaguncha olishmoqchi. Sobirbekni ko‘prikning chetiga sudrab borib, suvga itarib
yubormoqchi. Buni sezgan Sobirek bir qo‘li bilan shlyuzning temiridan ushlab olib, o‘rnidan
qimirlamay turaverdi. Ular shu zaylda yuzma-yuz olishib, ko‘prik ustidan suvga tushib ketmaslik
uchun bir-birini ushlab, yopishishardi. Qadrdon do‘st bo‘lib yurgan kezlarida ham ular bir-biri bilan
bunchalik yaqinlashgan emas edi. Atrof bo‘lsa jimjit, qorong‘i, biror tirik jon yo‘q. Faqat endigina
bosh ko‘tarib kelayotgan to‘lin oy “bu olishib yotganlar kim bo‘ldi”, deganday, qir orqasidan bosh
cho‘zib qarayotgan edi. Agarda hozir kun qorong‘i bo‘lmaganida, Sobirbek Qoratoyning quturganday
qon to‘lgan ko‘zlarini baralla ko‘rgan bo‘lardi, chakkasida bo‘rtib chiqqan qon tomirlarini yuragi bilan
birgalikda gupillab urayotganini sezgan bo‘lardi, uning irvaygan og‘izlari murdani eslatardi. Biroq
qorong‘ida Qoratoyning kuyib-yonayotgap issiq gavdasi, anqib turgan ter hidi va xirillab chiqayotgan
so‘zlarigina sezilardi.
– Suvni bermayman dedim – bermayman! Bu tunda suvdan men foydalanaman. Ekinlar
suvsizlikdan quvrab ketyapti!..
Bir oz vaqt o‘tgach, Qoratoyning madori qurib, bo‘shashgan edi, Sobirbek uni o‘zidan nariga
itarib yubordi:
– O‘rningdan jilma, Qoratoy! Qo‘zg‘ala ko‘rma! – dedi Sobirbek, – oqibat shu edimi? Hosil
uchun, birinchilik uchun shunaqa kurashishimiz kerak ekan-da. Sen meni kim deb bilasan?
– Sen menga dushmansan! – dedi Qoratoy entikib xirillab. – Sen menga dushmansan… Sen
mening sevgan xotinimga ko‘z olaytiryapsan, sen meni sinamoqchi bo‘lib yig‘ilishlarda yomon
ishlaydi, deb ishimni muhokama qilasan. Lekin meni aldayolmaysan, bilib qo‘y shuni… Sug‘orishda
qanaqa qilib ilg‘or bo‘lib yurganingni ham bilaman, sen mening suvimni ham tuni bilan o‘zingga
foydalanib yuribsan…
– Nima-nima? – dedi-yu, Sobirbekning tomog‘i bo‘g‘ilib, boshqa so‘z aytishga chamasi kelmadi
shekilli, Qoratoyning yoqasini qo‘sh qo‘llaganicha o‘ziga niqtab tortib, shu bo‘yicha qimirlatmasdan
xippa bo‘g‘ib turaverdi, so‘ng qorong‘ida uning ko‘zidan ko‘nglida nimalar borligini bilib olmoqchi
bo‘lganday, yuziga anchagacha tikilib turdi-da, qandaydir o‘kinch bilap boshini chayqadi:
– Hammasi tushunarli! Men ketdim. Ammo shuni bilginki, sening ariqlaring shuncha suvga
chidash berolmaydi… Sen o‘zingga-o‘zing dushmanlik qilyapsan… Agar bir ho‘plam suv bekorga
ketsa, keyin o‘zingdan o‘pkala…
Sobirbek ketgandan so‘ng Qoratoy ko‘prikning ustida turib, oy nurida oqarib ko‘ringan
Sobirbekning gimnastyorkasiga anchagacha qarab qoldi. Sobirbek bu to‘qnashuvda g‘olib chiqqanday
boshini baland ko‘tarib, ko‘kragini kerib, mardonavor odimlab ketayotgan edi, Qoratoyning bo‘lsa
boshi aylanib, butun vujudi olov bo‘lib yonayotgan edi. U hozir o‘zini g‘oyat kuchsiz, birov adashtirib,
yolg‘iz tashlab ketgan go‘dak singari his qilardi. Shu payt u ketib borayotgan Sobirbekka: «To‘xta!
Menga suving kerak emas, suvingni ol!» deb baqirib yuborishiga sal qoldi.
O‘z qilmishini to‘g‘ri deb topish va undan qanoat hosil qilish uchun Qoratoyga yana nimadir
yetishmayotgan edi. Kanalning tepasidan chopib tushgan Qoratoy ariq yoqasiga kelib o‘tirdi-da,
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 19
jonimni jabborga berib topgan suv senmisan, deganday tomog‘i qurib-chanqagan kishi kabi hovuchlab
qult-qult suv ichdi-da, o‘zicha nimalarnidir gapirayotgan edi:
– Shoshmay tur, hali men senga ko‘rsatib qo‘yaman. Endi hamma suv o‘z qo‘limda… Bu kecha
hamma ekinlarni sug‘orib olaman. Muddaom shu. Meni o‘g‘ri deb ko‘rsin-chi, men o‘g‘ri emasman!..
Ular ekinlarini to‘rt-besh martalab sug‘orib olishgan. Bir kecha suv olmasa olmabdi-da… Bizga bo‘lsa
hoziroq suv kerak. Mana, yana garmsel esib kelyapti… Yo‘q, Sobirbek, bekorlarni aytibsan, bizga olti
quloq emas, o‘n-o‘n besh quloq suv kerak… Uchtepadagi jo‘xorilarga suvni o‘sha eski ariqlar bilan
olib boraman.
Haqiqatan ham ariqda katta suv to‘lqinlanib oqayotgan edi. Uning kuchli oqimiga qarab turgan
Qoratoyning ko‘zlari jimirlab ketdi. Bahorgi toshqin daryo kabi qirg‘oqlari bilan to‘lib oqayotgan ariq
suviga kaftingni solib to‘smoqchi bo‘lsang, suv go‘yo asov toydek sapchib, duch kelgan tomonga olib
ketishi mumkin. Suv erkin oqishni yaxshi ko‘radi. Agar unga quloq solib tursang, suv o‘zining kuchli
oqimi bilan ariq qirg‘oqlarini kemirib ketib, ko‘zga ko‘rinmas qumlarni muttasil oqizib borayotgani
eshitiladi.
Biroq Qoratoyning xayoli boshqa narsada edi. U bugun qanday bo‘lmasin, tuni bilan ekinlarning
hammasini sug‘orib olmoqchi edi. Suv hozirgacha Uchtepaga yetib borganini, u yerda suvchilar
kechadan beri shaylanib, tayyor bo‘lib turganini xayolidan o‘tkazdi-da, Qoratoy o‘rnidan sapchib turib
quvonchidan o‘zicha miyig‘ida kulib qo‘ydi. Ha, sug‘orish boshlandi! Endi tezroq harakat qilib qolish
kerak…
IV
Qalin kanopning qoq o‘rtasidagi yolg‘izoyoq yo‘l bilan chor atrofga nazar tashlab bir ayol
kelardi. Uning boshiga bir o‘ram qilib bog‘lab qo‘yilgan oq ro‘moli yelkasiga sidirilib tushgan,
ko‘ylagining yoqalari ochib yuborilgan, qorong‘ida ko‘ksi oqarib ko‘rinib turardi. Bu Xonimgul edi. U
shoshilganicha qaergadir ketib borardi. Uyqusidan cho‘chib uyg‘onib ketgan to‘rg‘ay yonidan parillab
uchib ketgan edi, Xonimgul cho‘chib ketib qichqirib yuborishiga sal qoldi va qo‘rqqanidan qo‘lidagi
tugunchani ko‘kragiga bosib oldi. Yo‘q, u qo‘lidagi tugunchani tashlamoqchi emas. Qoratoy ishga
bugun ovqat yemasdan ketgan, yana buning ustiga, uning kayfiyati ham buzuq edi. Agar biror hodisa
yuz berganini bilganda, Xonimgul Qoratoy uchun jonini berishga ham tayyor edi…
Shu payt allaqaerdan:
– Qoratoy! Qoratoy! Suv urib ketdi! Tezroq kel! – degan kuchli ovoz eshitildi.
Shoshib qolgan Xonimgul o‘sha tomonni ko‘zlab chopib ketdi. Uch-to‘rt kishi, kimligini bilib
bo‘lmasdi, urib ketgan ariq yoqasida uymalashib yotgan edi. Ammo Xonimgul ular orasidan Qoratoyni
darrov tanidi. U suv o‘yib ketgan ariq o‘rtasida enkayganicha nimagadir urinib yotgan edi. Qatta
ariqdan siqilib oqayotgan kuchli oqim yirtqich hayvon kabi tutqich bermay, qirg‘oqni uzib-yulqib,
tuproq chiqindilarini o‘zi bilan birga oqizib soyga tomon chopardi. Suvning shovullab oqayotgan
oqimi ichidan dam-badam kishilarning shovqin-suronlari eshitilib qolardi.
– Bo‘l!.. Tezroq! Chimni olib kel!.. Toshni bos…
Xonimgulning yetib kelganini hech kim payqamagan edi. Biroq uning qaerdan, qachon kelganiga
ham hech kim hech qancha taajjublanmasdi. Xonimgul suv kechib, Qoratoyning oldiga yugurib bordi.
Qoratoy unga yalt etib bir qarab qo‘ydi-da:
– Chim, chim olib kel! Tezroq! – deb buyruq qildi. Undan keyin nima bo‘lganini Xonimgul
yaxshi anglamasdi. Boshi qotib, gangrab o‘ngimi, tushimi, faqat jon-jahdi bilan chim o‘yib yotganini
bilardi, xolos. Chimni yerdan ajratib olish qiyin, uni tirnoqlari bilan uzib olish kerak. Chim juda og‘ir
bo‘lsa ham, Xonimgul uni tashlamay, bola ko‘targanday quchoqlab ko‘kragiga qisib, Qoratoyga olib
kelardi. Qoratoy bo‘lsa xotiniga biron nima demasdan bo‘g‘ilib xirillardi. Shu choq narigi tomondan
birovning qichqirgan ovozi eshitildi:
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 20
– Nima? Nima bo‘ldi?
– Tezroq, tezroq bo‘linglar! Suv olib ketyapti!..– Muskullari temirday bo‘rtib chiqib, hansirab,
bir-birovlarini turtishib suv bilan olishib yotgan odamlar orasidan ayolning horg‘in ovozi quloqqa
chalindi. Xonimgulning oyog‘iga tosh tushib ketgan edi. U oyog‘ining og‘rig‘iga chiday olmasdan
«voy jonim», degancha tishini tishiga bosib, suvning ichida o‘tirib qolgan edi, narigi yoqdan
Qoratoyning «bo‘linglar», degan buyrug‘ini eshitib, o‘rnidan irg‘ib turdi. Shu zahoti bir narsa qirs etib
ketdi. Nima bo‘ldi, oyog‘i sindimi?.. Qoratoyning qoqayotgan qozig‘i sinib ketgan edi…
Ko‘zlari jimirlab tinib ketdi…
– Bari bir, bo‘lmaydi!
– Nega bo‘lmaydi?
– Eski ariq eski ko‘ylak singari, bir joyini yamasang, ikkinchi yeri yirtilaveradi.
– Bas qil!
– Bundan chiqdi, ishlab o‘lgin deb qo‘ya qol?
– O‘l!
Yana shiddatli kurash davom etadi! Suv – bu tilsiz yov. U bostirilgan tosh va chimlarning ostidan
otilib chiqib, hamma yoqqa toshib, buzib borayotgan edi. Uni jilovlab bo‘lmasdi… Qo‘llarining tobora
madori qurib, yuzlaridan nomakob ter quyilardi… Suvchilar Qoratoydan norozi bo‘lib, uni ko‘rishga
ko‘zi yo‘q edi…
– Shu ham ariq bo‘ldi-yu, ichidagi cho‘p-xasiga o‘ralashib yiqilasan kishi… Yana undan suv
qanday oqsin…
– Ariqlarni durustroq qazitmay rais bilan mirob nima qilib yuribdi…
– Bularning hammasiga Qoratoy aybdor, ikki o‘rtada na o‘ziga, na o‘zgaga qildi…
– Tekin tomoq yurakni og‘ritadi!
Bu so‘zlarni Xonimgul ham eshitib turgan edi. «Ular nima deyishyapti, Qoratoy biror qaltis ish
qilib qo‘ydimi?» deb qo‘rqib ketdi.
Suvchilardan biri jahl bilan baqirdi:
– Bas endi, suvni ochib yubor!
Kimdir birov suvni ariqqa tashlab yuborish uchun shlyuz tomon yugurib ketdi. Qoratoy bo‘lsa,
bir-ikki sakrab yetib keldi-da, uning yo‘lini to‘sdi.
– Senga kim aytdi suvni tashlab yuborsin deb? Hoziroq izingga qayt! Javobini o‘zim beraman!
– Nimaning javobini berasan? Birovlarning suvini ochib olib, ariqlarni buzib yuborganingnimi?
Qoratoy lom-mim demasdi. Qovoq osgan bo‘yicha qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lib to‘planib
turgan suvchilarga tomon qo‘lidagi ketmonini salmoqlab yaqinlashib bordi.
Haligi so‘zlarning ma’nosini, kuyovining qilmishlarini Xonimgul endi aniq anglab yetgan edi.
Qoratoy suvchilarga g‘azab bilan tashlandi:
– Ishni tashlab ketishga kim ruxsat berdi?
– Qo‘p baqiraverma! Yaxshilik bilan suvni ochib yubor!
– Sen o‘g‘irlagan suv uchun biz javob bermaymiz!
– Ochib yubormayman! – deb baqirgan Qoratoy joni bo‘g‘ziga kelib, ketmon ko‘tarib suvchilarga
hamla qildi.
Shu zahoti suvchilardan biri uni o‘z ketmoni bilan to‘sib qoldi, ketmonlar bir-biri bilan
to‘qnashib, qorong‘ida olov uchqunlari chaqnadi. Suvchilar ko‘plashib Qoratoyni bosib yiqitib,
qo‘lidagi ketmonini tortib olishdi. Qoratoy shunda ham tinchlanmasdi. U oldida turgan odamlarni
boshi-ko‘zi demasdan sola boshladi.
Boshqalar uni ushlab qo‘lini orqasiga qayirishgan edi. Qoratoy qo‘ldan chiqib ketib, ikki-uch
qadam nariga borib yiqilib tushdi. Biroq yana o‘rnidan tura solib, quturgan hayvon kabi olishib ketdi.
Hangu mang bo‘lib qolgan Xonimgul tili kalimaga kelmay, majoli qurib, o‘sha o‘tirgani bo‘yicha
o‘tirib qoldi.
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 21
– Voy, bu qanday mudhishlik! – deganicha Xonimgul mushtlashib yotganlarni ajratmoqchi
bo‘lib, o‘zini ularning orasiga otdi. Gandiraklab holdan ketgan Qoratoyning oldini to‘sib, urayotgan
odamlardan uni himoya qila boshladi:
– Qo‘yinglar, sadag‘ang ketaylar, hoy bu nima qilganlaring, bola bo‘lyapsizlarmi, qo‘yib
yuboringlar! – deb Xonimgul yiqilib-surilganicha Qoratoyni ajratib olishga talpinardi. Ko‘ziga qon
to‘lib, jon talvasasida olishayotgan Qoratoy ayoliga bo‘y bermay, uni qayta-qayta siltab tashladi.
Shunga qaramay Xonimgul o‘zini qorong‘ida mushtlashib yotgan olomon orasiga otib suvchilarga
yalinib-yolvordi:
– Qo‘ysalaring-chi, ayb sizlarda emas… Qo‘li bilan qilgan, boshi bilan javob beradi. Bunga
Qoratoyning o‘zi javob bersin, sizlar ketaveringlar… Ketinglar hozir… Urmanglar deyapman!
– Hoy, urishni kim boshladi? Uning o‘zi emasmi?
– Boshlagan bo‘lsa, boshlagandir, o‘chlaringni mendan olinglar, undan ko‘ra, meni uringlar.
– Nega seni urar ekanmiz… Hozir ketamiz, bu yerda yotib qoladigan odam yo‘q. Biroq biz buni
shu bo‘yicha oqibatsiz qoldirmaymiz. Tegishli joyda gapirishib olamiz… «Ko‘ramiz! Hali partorg,
pravleniening oldiga ham boramiz!» – degancha suvchilar ketmonlarini yelkalariga tashlab, ovulga
yo‘l olishdi.
Qoratoy bo‘g‘iq ovoz bilan:
– To‘xta! Orqaga qaytinglar, hozir qaytinglar! – deb bo‘yniga osilib olgan Xonimgulni sudrab,
ular tomon intilardi.
Suvchilar to‘xtamadi, unga javob ham qilishmadi. Bir ozdan so‘ng ular qorong‘ida g‘oyib
bo‘lishdi.
Boyadan beri olishaverib holdan ketgan Qoratoyning esi og‘ib, butun vujudi titrab-qaltirab,
qo‘llari lattaday shalvirab qolgan edi. Dala ustidan go‘yo momaqaldiroq guldurab o‘tib ketganday atrof
jimjit.
Dimiqqan iliq tun mayin tortib qizib yotgan yer betiga salqin tushayotgan edi. Ariq bo‘ylab tig‘iz
o‘sgan ixroj bilan sariq bosh o‘simliklarning o‘tkir hidi havoda anqib turardi. Kanal tarafdan
qurbaqalarning qurillashi elas-elas eshitilib turardi. Narigi yoqda esa qalin butazor oralab ona tuya
o‘tlab yuribdi. U bo‘talog‘ini erkalab, cho‘ziq ovoz bilan o‘ziga chorlardi va yantoq poyalarini
kirtillatib chaynardi.
Ha, tabiat odatdagiday tinch, o‘z maromida, uning osudaligini faqat birgina narsa – ariqning
sharillab oqayotgan suvi buzmoqda edi. Kichkinagina kamarchadan kuch bilan otilib chiqayotgan suv
soy bo‘ylab sharqirab oqmoqda. Qoratoy boshini quyi solib, o‘rtanib yotgan yuragini to‘xtatolmay
kamardan pishqirib qaynab chiqayotgan suv kabi entikib, og‘ir nafas olardi. Uning «dik-dik»
urayotgan yuragi kuyovini quchib turgan Xonimgulga go‘yo o‘z qalbi urayotganday aniq sezilib
turardi. Mana, suv so‘nggi tosh va chimlarni ham surib oqizib bormoqda. U o‘chakishganday,
avvalgisidan ham kuchliroq sharillamoqda.
– Buni men yolg‘iz o‘zim uchun qildimmi? – deyardi Qoratoy o‘z-o‘zicha, kimga yuzlanishni
bilmay. – Yo‘q, kolxozni deb qildim… Suv bo‘lmasa… Ekin maydoni yildan yilga kengayib borayotgan
bo‘lsa…
Xonimgul kuyovining bu nolishini ko‘rib, yuragi tovlanib ketdi:
– Hechqisi yo‘q, Qoratoy, ko‘p xafa bo‘laverma! – deyardi Xonimgul kuyovining qulog‘iga
shivirlab.
Qoratoy bir xo‘rsinib, Xonimgulni quchoqlab turgan qo‘llarini ajratib, uni nariga itarib yubordi.
– Ket bu yerdan! – dedi u zarda bilan qahri kelib. – Ko‘zimga ko‘rinma, yo‘qol!
Xonimgul biron narsa demasdan jimgina qayrildi-da, odimlab ketdi. U yurib borarkan, yo‘lyo‘
lakay quvraylarning boshini chimchib, ularning achchiq donlarini kaftida uqalab, yerga sepib
borardi.
Yolg‘iz qolgan Qoratoy yana bir oz o‘tirdi-da, so‘ng to‘g‘onni ko‘zlab yurib ketdi.
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 22
V
Tong ham ota boshladi. Tog‘ yon bag‘irlariga o‘rnashib olgan pag‘a-pag‘a yengil bulutlar
uyqudan sekin-asta bosh ko‘tara boshladi.
Qoratoy bo‘lsa yerda chalqancha tushib yotgan edi. Hozir u yerni quchoqlaganicha yolg‘iz
yotardi.
Yer hammasini tushunadi, odamning sevinch-quvonchiga ham, qayg‘u-alamiga ham sherik
bo‘lishi, o‘z bag‘riga singdirishi mumkin. Mana, hozir ham chuqur xayollar og‘ushiga cho‘mib o‘tgan
voqeani eslayotgan Qoratoyning tinchini buzgisi kelmaganday, sekin-asta yorishib kelayotgan tong
shu’lasi yer betiga to‘shalib, yuqoridan esayotgan mayin shabada uning zirqirab-qaqshab og‘riyotgan
tanasi, qavarib ketgan qo‘llari uzra girdikapalak bo‘lardi. Qoratoy yotgan yerga yana kimdir birov
sharpasiz yaqinlashib keldi-da, uning yoniga o‘tira qolib, Qoratoyning boshlarini, kiftlarini silay
boshladi. Bu iliq qo‘llar Qoratoy uchun g‘oyat yaqin, g‘oyat yoqimli tuyulardi. Qoratoy zarracha
bo‘lsa-da, qo‘zg‘alishdan qo‘rqardi; go‘yo sal qo‘zg‘alsa bu orombaxsh lahza, jon ato qilgan baxt
qushi parvoz qilib, uchib ketib, ikkinchi marta qaytib kelmasdek bo‘lib tuyulardi.
«Qadringga yetmadim, Xonimgul, – deb o‘ylab yotgan edi u. – Sening tabiatingni tushunmasdan
pastlik qildim. Kechir meni, yuzingga qanday qarayman endi. Baxt-tole degan narsa faqat uyda,
o‘choqning boshidagina emas, balki el bilan, kollektivning mehnati bilan chambarchas bog‘liq ekanini
o‘zing ham tushungan bo‘lsang kerak…»
– Qoratoy, o‘rningdan tur, Sobirbek kelyapti! – deb shivirladi Xonimgul. Qoratoy boshini
salanglatib o‘rnidan turdi.
– Ma, dalada qolib ketibdi, boshingga kiyib ol, – deb Xonimgul unga qalpog‘ini uzatdi.
Qoratoyning changga botgan ust-boshini qoqib, ko‘ylagining yirtilgan joylarini to‘g‘rilab, qistirib
qo‘ydi.
– Men uyga ketaverayin, sen keyin borarsan… Oting qo‘rg‘onning narigi yog‘ida tushovli yuribti,
– dedi Xonimgul ketib borayotib.
Sobirbek ariqni yoqalab sekin kelayotgan edi. U ba’zan uzangiga oyoqlarini tirab, otining jilovini
tortib, atrofga nazar tashlab borardi. Balki, u yangi ariqning qaerdan tushishini mo‘ljallab yurgandir.
Qoratoy jimgina qarab turardi.
Do‘st oldida javob berishdan ko‘ra dushman qo‘lida o‘lgan yaxshi emasmi?!
1954 yil
Asil Rashidov tarjimaci
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 23
BAYDAMTOL SOHILLARIDA
I
Kutilmaganda yomg‘ir quyib berdi. Bir zumda paydo bo‘lgan loyqa sel chuqur jarliklarnn yuvib,
keksa archalarni tag-tomiri bilan qo‘porib, yo‘lidagi toshlarni surib-supurib, daralar osha sharqirab
oqardi. Dahshatli bu oqim ana shunday shiddat bilan borib, Baydamtolga qo‘shilardi.
Pishqirib, quturib oqayotgan daryo o‘zini qo‘yishga joy topolmay, dara bo‘ylab shovqin solardi.
Qosh qorayib qolgan bo‘lsa-da, ahyon-ahyonda o‘rkach-o‘rkach vahimali qora to‘lqinlarniig jon-jahdi
bilan qirg‘oq tomon tashlanishini ko‘rish mumkin edi. Shiddatkor to‘lqinlar kuch bilan toshlarga urilar
va parcha-parcha bo‘lib, yana shovullaganicha qaytib ketardi.
Yana sal o‘tmay suv bilan qoya to‘qnashib, darani gulduros ovozlar qoplab olardi. To‘lqinlar
sig‘ishmayotganday bir-birining ustiga mingashardi. Goho-goho ayg‘ir kabi olishib, osmonga
sapchishardi. Daryo tepasidagi po‘lat simga osib qo‘ygan lyulkani hozir uzib ketayotganday tuyulardi.
To‘lqinlanib oqayotgan daryo tepasidagi ulkan qora qoyalar qovoqlarini solib hech narsa bilan ishi
bo‘lmaganday e’tiborsiz turishardi. Unchalik katta bo‘lmagan hovlida it g‘ingshirdi. Qorong‘i deraza
ostiga o‘tirib olgan kuchuk, yelkasini yalab ketayotgan achchiq sovuq iztirobidan bo‘lsa kerak, tobora
qattiqroq uvillardi. Shamol uning ovozini baland daralar osha uzoq-uzoqlarga olib ketardi.
Asya uxlay olmadi. Ayniqsa, chaqmoq chaqib, go‘yo birov deraza ostiga kelib gugurt
chaqqandek, bir zumda hamma yoq yorishib ketar, yomg‘ir seli oqib tushayotgan oyna ortidan uvadaga
o‘xshagan sur bulutlar mo‘ralaganda ko‘ziga alvasti ko‘ringanday, uning yuragi orqasiga tortib ketardi.
Ular, hatto Asyaning ko‘ziga oynani chertayotgandek bo‘lib tuyulardi. Asya qo‘rqqanidan qo‘lidagi
ochiq kitobni ko‘ksiga bosdi. Vahima ichida ko‘zini yumdi-da, nafas chiqarmay tashqariga sekin quloq
soldi. Devorning shunday orqaginasida gidrotexnik Bektemirning oilasi yashardi. U yoqdan ondasonda
gangir-gungur gapirishgan va yo‘talgan ovoz eshitilib turardi. Bu Bektemirning otasi keksa
Asilboyning sharpasi edi. U obdon azob chekar, aftidan bugun cholning suyaklari yana qaqshab og‘rib
azob berayotganga o‘xshaydi. U kuchukni bir necha bor baqirib-chaqirib so‘kib oldi:
– Ket, yo‘qol, Boykuren, yo‘qol bu yerdan! Ovozingni o‘chir, kasofat, o‘lging kelyaptimi? O‘chir
ovozingni!
So‘ng Asilboy Asya yotgan xona eshigiga yaqinlab keldi-da, yo‘talganicha jahl bilan gapira
boshladi:
– Hali ham yotmadingmi, Asya? Chirog‘ing hamon yonib turibdi, dam olsang bo‘lmaydimi,
qizim? Kitobni o‘qishga keyin ham vaqt topilar. YO qo‘rqyapsanmi?
– Yo‘g‘-e, otajon! Siz tashvishlanmang, yotib o‘xlayvering, issiqroq o‘ranib oling, – dedi Asya.
– Qani endi uyqu kelsa?! Yomg‘ir ham jonga tegdi, yer yutgur kuchukning ovozini aytmaysanmi,
dard ustiga chipqon bo‘ldi…
Orqadan xunob bo‘lib gapirayotgan kelinining ovozi eshitildi:
– Voy xudo-ey, jimgina yota qolmadi bu chol, axir bolani uyg‘otib yuborasiz-ku?! It bilan nima
ishingiz bor, akillab-akillab o‘zi jimib qoladi!..
Ammo qulog‘i og‘irlashib qolgan Asilboy bu gaplardan keyin ham tinchimadi. U to‘shaklarini
qaytadan tuzatayotib yana qattiqroq g‘o‘ldirab gapirdi:
– Ey xudo, o‘zing panohingda asra! Nahotki falokat yuz bersa! Baydamtolning quturib
oqayotganini qarang! Lyulkani simdan uzib ketguday bo‘lsami, qidirib topib bo‘bsan. Xudo, muncha
qahring kelmasa, voy belim, belginam sinib ketyapti!
Ertalab quyosh tog‘lar orasidan tig‘ urishi bilanoq, Bektemir otni egarlab, dara tomon yo‘l oldi. U
tog‘dagi yirtqichlar yuradigan so‘qmoqqa qo‘yib kelingan qopqonni tungi suv oqimi olib
ketmadimikan, deb u yerga ertaroq yetib borishga shoshilardi.
Yomg‘ir ham tinib qoldi, ammo suvga botgan kigizdek og‘ir bulutlar yer ustida muallaq osilib
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 24
turardi. Bir kechadayoq cho‘qqilarni va tizma tog‘larni qoplab olgan oppoq qor ko‘kish tortib erib
yotgan edi. Qor uyumlari oralab daradan esayotgan achchiq izg‘irin kishi badanini junjiktirardi. Yer
bag‘irlab yotgan o‘t-o‘lanlar va butalar suvga botgan boshlarini silkitib-qoqib, qaddilarini rostlayotgan
edilar.
So‘qmoq yo‘l sirpanchiq bo‘lgani uchun Bektemir otini sekin yo‘rttirib borardi. U ot jilovini
bo‘sh qo‘yib yuborib, o‘z ishlari haqida xayol surib ketdi. Kutilmaganda ot taqqa to‘xtab qoldi, «chuchu
»lab haydasa ham o‘rnidan qo‘zg‘almadi. «Bu nimasi bo‘ldi, biron narsani sezyaptimi?» – o‘yladi
Bektemir va chor atrofga nazar tashladi… So‘qmoqdan bir necha qadam narida bir odam yotar edi.
Bektemir bu tasodifdan lol bo‘lib, turgan joyida qotib qoldi. U odam jarlik ostida, suvning kovlab
ketgan yerida yer quchoqlab yotardi. Boshida va kurtkasining yirtig‘idan ko‘rinib turgan qo‘lida qotib
qolgan qon izlari bor edi.
«Tirikmi yo o‘likmi?» – Bektemir otdan tushmay ehtiyotlik bilan yaqinroq kelib: «Bu kim bo‘ldi
ekan?» – deya qaradi:
Baydamtolda hech kim yashamaydi, bu yaqin o‘rtada qishloq ham yo‘q. To‘g‘ri, ba’zan ovchilar
kelib turishadi, ularning hammasi tanish kishilar bo‘lib, har gal kelganlarida ov haqida Bektemir bilan
maslahatlashish uchun, albatta gidrologiya punktiga tushishadi. Bu odam esa ovchiga ham
o‘xshamaydi. Yana sochini ham shaharliklarnikiga o‘xshatib oldirgan, kiyimlari yoqqa botgan,
bilagida soati…
Bektemir unga sinchiklab qaradi. Bu kishining butun tun bo‘yi yomg‘ir ostida qolib ketgani
ko‘rinib turardi. Gavdasining yarmini jarlikdan oqib tushayotgan loyqa suv ko‘mib yuborgan.
Ko‘rinishidan yosh yigitga o‘xshaydi. Kiyimining tizzasi va tirsagidan yirtilganiga qaraganda u qattiq
olishgan, yuqoriga emaklab chiqishga intilgan. U hozir ham jarlik tubidan xuddi emaklab
chiqayotgandek bo‘lib yotibdi: o‘ng qo‘li oldinga uzatilgan, barmoqlari toshni timdalab –
tirmashganicha turibdi. Qaerdan va qaysi tomondan keldi ekan u? Buni aniqlash mushkul – yomg‘ir
izlarni yuvib ketgan.
Shu mahal yotgan odam kutilmaganda qo‘zg‘alib, sekingina ingradi.
«Xayriyat tirik ekan hali!» – sevinib ketdi Bektemir va otdan sakrab tushib, uning qo‘lini ushladi.
– Hoy o‘rtoq, menga qara!
Ammo u javob bermasdi. Bektemir mashaqqat bilan uni chalqancha yotqizdi, yoqalarini yechib,
ko‘kragiga qo‘lini qo‘ydi. Yuragi hali urib turardi. Bektemir uning kissalarini kovlab ko‘rdi, komsomol
biletidan boshqa hech narsa topmadi. Biletning suvga botgan varaqlari bir-biriga yopishib, siyohlari
yoyilib ketgan edi. Bektemir quyidagi uch so‘zni o‘qiy oldi, xolos: «…Aliev Nurbek… 1930…»
– Qiziq!– boshini chayqadi Bektemir. So‘ng Nurbekni egarga beozor o‘ngarib olish uchun otni
qulayroq joyga yetaklab keldi.
II
«Penitsillin «tugayapti, nima qilish kerak?» – Nurbekning bu yerda eshitgan birinchi so‘zi shu
bo‘ldi. Bu so‘zlar xuddi uzoqda gapirilgandek qulog‘iga arang chalindi. Ammo bu so‘zlarni kim
so‘zladi, u kimga tegishli, buni Nurbek anglamasdi. U har qancha urinsa ham ko‘zini ocholmadi,
majoli qurib, o‘zini allaqanday zulmat ichiga qulab tushgandek his etdi.
Keyinroq Nurbek kimdir og‘ziga suv quyayotganini sezdi. Og‘zidan oqib tushayotgan muzdek
suv uning qo‘yniga tushganda u sekin ko‘zini ochdi. Bu safar u, kimdir birov boshida engashib turib:
– Qarang, Asilboy ota, ko‘zini ochdi! – deganini aniq eshitayotgan edi.
Nurbek gapirayotgan kishi yo qiz bola yoki yosh juvon ekanini ovozidan bildi. Biroq shunda ham
uning yuzini ko‘rmasdi: ko‘z oldini tumandek qorong‘ilik qoplab olgan, hech narsa ko‘rinmasdi. «Bu
ehtimol tushim bo‘lsa kerak»,– o‘yladi Nurbek. Shu payt ikkinchi bir kishi gapga aralashdi, u har holda
keksaroq ko‘rinardi.
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 25
– Ha, qizim, u yana hayotga qaytdi!– dedi-da, yengil tortib nafas oldi.– Sen savob ish qilding,
Asya! Mana buni xudoning qudrati-yu, dorining ko‘magi deydilar!
Ular yana nimalar haqidadir pichirlashib gapirishdilar-da, so‘ng chiqib ketishdi. Chol eshikni
ehtiyotlik bilan yoparkan:
– Damini olsin, bechora!–dedi.
Asta-sekin bemorning ko‘z oldi ravshanlasha boshladi. Nurbek unchalik katta bo‘lmagan, yangi
oqlangan ozoda xonaga hayron bo‘lib ko‘z yugurtirib chiqdi. U qanday qilib bu yerga kelib qolganini
bilmasdi, lekin xonada biron madaniyatli kishi yashashini darrov sezdi. Javonlarda tartib bilan terib
qo‘yilgan kitoblar, stol ustida esa allanimalar yozilgan qog‘oz taxlog‘liq turardi. Burchakdagi shkafda
Nurbekka notanish bo‘lgan qandaydir priborlar qo‘yilgan. Devorda alpinistlarning ko‘zoynagi osig‘liq
turibdi. Asta egilib deraza tomon qaragan edi, ko‘zi tumbochka ustidagi oyna va ko‘pchilik bo‘lib
oldirilgan suratga tushdi. Suratning tepasiga «Geografiya fakulteti» degan so‘zlar yozilgan. Derazadan
tog‘ cho‘qqilari, moviy osmonning bir parchasi ko‘zga tashlanib turardi. Qaerdadir yonginasida, go‘yo
uyning yonboshida daryo to‘xtovsiz shovullab turardi.
– Hech narsani eslolmayman!– pichirladi Nurbek va oynaga tikilganicha qarab qoldi. Ranglari
siniqib, yuzlari ichiga cho‘kib ketgan, ko‘pdan beri soqol-mo‘yloviga ustara tegmagan, boshi bint bilan
o‘rab bog‘langag kishi karavotda yotgan bo‘yicha oynadan unga tikilib qarab turardi.
– A-a! – baqirdi Nurbek. Uning yuzlari og‘riq va dahshatdan o‘zgarib ketgan edi. Go‘yo u
qandaydir jirkanch va vahshiy bir qiyofani ko‘rgandek bo‘ldi. Nurbek qo‘li bilan yuzlarini berkitib,
ingraganicha teskari o‘girilib yotdi. Eshik ochilganda esa qo‘rquvdan cho‘chib ketib, qo‘llarini yuzidan
oldi. Xonaga uzun sochlarini orqasiga tugib olgan, egnida chang‘ichilar kostyumi va oyog‘iga qalin
charmli tog‘ botinkasi kiyib olgan bir qiz kirib keldi.
– Qalay, durustmisiz? – oddiy bir ohangda bemordan hol-ahvol so‘radi va qo‘lidagi choynakni
stolga qo‘ydi. Nurbek qip-qizarib ketdi. Yoningda qiz bola tursa-yu, yigit bo‘la turib karavotda
yalpayib yotsang, qiziq tuyular ekan. U turishga harakat qilib ko‘rdi.
– Siz nima qilyapsiz?! Yoting, turish mumkin emas sizga!
Nurbek qizga javob bermoqchi edi, lekin ulgura olmadi, qovurg‘asi tagida qattiq sanchiq turib,
kutilmaganda nafasi bo‘g‘ilib, yo‘tal tutib qoldi. Nurbek ikki bukilib ko‘kragini changallagancha
xirillab yotgan edi. Qiz qo‘rqib ketganidan nima qilishini bilmay, xonada gir aylanardi. Oxiri, kelib
Nurbekning boshini tutdi. Yo‘tal to‘xtagach, yengil nafas olib, bemorning manglayini sochiq bilan arta
boshladi.
– O‘pkangiz qattiq shamollagan. Siz o‘zingizni ehtiyot qilishingiz kerak. Kechadan beri hushsiz
yotibsiz. Haroratingiz ham baland. Bugun ham o‘ttiz to‘qqiz.
Yoting… Bu yerda o‘zingizni o‘yingizdagidek his etavering… Men bo‘lsam, radiobudkada bir
necha daqiqa aylanib qolibman…
Nurbek yo‘taldan so‘ng ham o‘ziga kelmadi, qizga nimani aytishni, nima deb javob qaytarishni
bilmay, xijolat tortib dovdiragancha qarab turardi, xolos. Erkaklarga o‘xshash kiyinib olgan bu qiz
negadir minut sayin unga yaqinroq va tanishroq bo‘lib tuyular, go‘yo Nurbek uni ko‘pdan beri ko‘rib
yurgandek edi. U qorachadan kelgan, oddiy qirg‘iz qizi edi. Uning yumaloq yuzi, chiroyli keng
peshonasi tog‘ shamoli va quyoshdan pishgan edi. Taranglashgan qalin lablari hozir kulib
yuborayotganday, hamisha mayin tabassum bilan balqib turardi. Bularning hammasi kishida bolalarcha
soddalik va ezgulik tug‘dirardi. Faqat uning ko‘zlaridan jiddiylik va o‘ychanlikni sezib olish mumkin
edi. U unchalik katta bo‘lmagan semiz va baquvvat qo‘llari bilan ko‘rpani tuzatib, Nurbekning
oyoqlarini yaxshilab o‘rab Qo‘ydi.
– Karavot qisqaroq, yostiqni balandroq qo‘yib beraymi?
– Yo‘q, yo‘q, tashvishlanmang… Kechirasiz, singilcham, men hozir qaerda yotibman?
Qiz ajablanib, qoshlarini chimirdi.
– Bu yer gidrologiya punkti!
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 26
– Gidrologiya punkti deysizmi?
– Ha! Siz Baydamtol daryosi haqida eshitgandirsiz? Sizni Bektemir og‘a topdi. Siz uni
taniysizmi?
– Yo‘q, eslayolmayman!..
– U bizning gidrotexnigimiz.
– Bu yerda odam yashaydimi?
– Ha, yashaydi. Lekin juda ozmiz – Bektemir og‘aning oilasi va men, xolos.
– Siz bu yerda ishlaysizmi?
– Ha, gidrologman.
– Menga qilgan yaxshiliklaringiz uchun rahmat, singlim, biroq… – Nurbek gapirolmay tutilib
qoldi. So‘ngra sir boy bermay, so‘radi: – Sizning ismingiz nima?
– Asya. Sizning nomingiz – Nurbek-a, shunday emasmi? Siz Baydamtolga biron-bir muhim ish
bilan kelgan bo‘lsangiz kerak?
Nurbek Asyaning so‘zlariga javob bermadi. Teskari qarab boshini ko‘rpaga o‘rab oldi, lekin shu
zahotiyoq qo‘rpani irg‘itib tashlab, qizga ho‘mrayib qaragan holda:
– Men jinoyatchiman! – dedi. Asya qo‘lidagi choynakni sekin yerga qo‘ydi.
– Siz jinoyatchi?! Qanday jinoyatchi, qanaqasiga? Demak, siz qochib kelib, tog‘da berkinib
yotibsizmi?!
– Ha, singlim! Siz odamni qutqardik deb o‘ylarsiz… Bu to‘g‘ri, mening o‘rnimda boshqa har
qanday kishi bo‘lganda ham umrining oxirigacha o‘zini sizdan qarzdor deb bilardi… Ammo, men domdaraksiz
yo‘qolib ketganimda, agar toshqin daryo mening suyaklarimni uzoq-uzoqlarga oqizib
ketganida, men o‘zimning mana shu achchiq taqdirimdan juda xursand bo‘lardim.
Asyani qo‘rquv bosgan edi, lekin u o‘zini darrov qo‘lga olib, bemorni tezroq tinchitishga harakat
qildi.
– Qo‘ying, tinchlaning? Siz hayajonlanmasligingiz kerak. O‘rningizdan qo‘zg‘almang!
– Ketmang, singlim! Sizdan o‘tinib so‘rayman, gaplarimga quloq soling! – Aftidan u Asyani
o‘zining gaplarini eshitmay ketib qolishidan qo‘rqardi. – To‘xtang, Asya, men sizga hammasini aytib
beraman yashirmasdan…
III
Ilk bahor kunlaridan birida Nurbek zavod darvozasidan tashqariga chiqdi, bo‘ynidagi jundan
to‘qilgan sharfini olib cho‘ntagiga soldi-da, keng yelkalarini rostlab, ko‘kragini to‘ldirib-to‘ldirib
chuqur nafas ola boshladi. U ko‘rish mumkin bo‘lgan hamma narsaga: ko‘chalarni, zavod korpuslarini,
havo va parklarni – jamiki narsaga quvonch bilan nazar tashlardi.
Nurbek bo‘ychan, kelishgan yigit edi, hozir ham boshini yuqori ko‘tarib, lablarini qisib atrofga
mag‘rur boqib turishi o‘tkinchilarning ko‘ziga, ayniqsa, yaqqol tashlanib turardi.
U, ayniqsa, bugun bahorning yaqinlab kelayotganini yaxshi his qilayotgan edi. Havo nam va
yopishqoq osmon sarg‘ish bulutlar bilan qoplanib, quyosh ko‘rinmayotgan bo‘lsa ham, asfaltlarda
qorlar erib ketayotgan edi. Pastqam o‘tloqlardan esa suvlar jildirab oqib, ariqlarga borib quyilayotgan
edi. Bahor darakchisi – o‘rik, uning devorlar orqali ko‘chalarga yoyilib ketgan shoxlaridagi to‘lishgan
kurtaklari nozik hid tarqatardi.
Nurbek trolleybusga o‘tirdi. Uning bahor haqidagi o‘y-xayollari hali tarqamagan. Yaqinlashib
kelayotgan kunlar Nurbek uchun qiziqarli va alohida ahamiyatt ega. U qo‘riq yerlarda tashkil etilgan
olisdagi baland tog‘li sovxozlarga mexanik bo‘lib boradi. Zavod partiya tashkilotining sekretari uning
xarakteristikasiga: «Malakali, aqlli mexanik, shuning uchun ham zavod partiya tashkiloti unga zavod
ishonchini oqlashiga to‘la ishonch bildiradi», deb yozgan edi.
Obkomning putyovkasi qo‘lida, erta-indin klubda xayrlashish marosimi o‘tkaziladi, unda qancha
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 27
iliq so‘zlar, yaxshi istaklar aytiladi, muzika, tantsa, kulgi, qo‘l siqishib ko‘rishish, so‘ngra… so‘ngra…
Bularping barini, qalbiga jo qilib olgan quvonchli voqealarning hammasini ta’riflab berish Nurbekka
qiyin… Bir so‘z bilan aytganda – oldinda yangi porloq hayot, yangi ish, yangi do‘stlar!..
Nurbek qo‘riq yerlarni zabt etuvchi shonli yoshlarimizning biri bo‘lib tayinlanadi. U yerda, asrlar
bo‘yi odamzod qadami yetmagan tog‘ bag‘irlarida ekinlar boshoqlaydi, yo‘llar yotqiziladi va shunda
xalq: «Bu bizning ovulimiz, bizning maktabimiz, bizning ustaxonamiz…» deb faxr bilan tilga oladi.
Nurbek bu haqda o‘ylar ekan, uning qo‘llari kuchga to‘lib, hoziroq ishni boshlashga oshiqardi.
IV
Bahor toqqa juda kechikib keldi. Shudgordan tashqari, sovxozda ishlar boshdan oshib yotgan edi.
Texnikaga yoqilg‘i keltirish, remont ustaxonasini jihozlash, uy, oshxona, hammom qurish va boshqa
qanchadan-qancha ishlar. Axir yangi, kimsasiz yerda hammasi ham muhim, hammasi ham kerak.
Birini qildingmi, orqasidai ikkinchisi, uchinchisi chiqaveradi. Biroq, mexanizatorlar shudgor qilib, ekin
ekishni muhim va asosiysi deb hisoblar edilar.
Ma’lum bo‘lishicha, bu kimsasiz, yovvoyi tog‘ oraliqlarini inson izmiga bo‘ysundirish shunchaki
yengil bir ish emas ekan. Ammo mavjud qiyinchiliklar Nurbekning ruhini tushira olmadi. U avvalgiday
shoshib-pishgan, qizg‘in va serg‘ayratligicha qoldi. Bunga yana serzardalik, nima desa aytganini
qildira oladigan kabi yangi xarakter xislatlari ham qo‘shildi. U hamma ishni o‘z qo‘li bilan bajarishni,
o‘z didiga o‘tiradigan qilib ado etishni istardi. Agar, mabodo uning qo‘l ostidagi kishilardan birontasi
belgilangan topshiriqni bajara olmasa, u bundaylarga bo‘sh kelmasdi: «Qanaqa odamsan! – baqirib
berardi u, odatdagidek, – shu oddiy ishni ham uddalay olmayapsanmi?.. Senga o‘xshaganlarni bu yerga
kim yubora olishi mumkin… Qani nariroq tur, o‘zim qilaman!»
Nurbek qanday ishga kirishmasin, uni albatta, oxiriga yetkazmasdan qo‘ymasdi. Aftidan
Nurbeksiz umuman biron ishni bajarish mumkin emasday tuyulardi. Qachon qarama, belini mahkam
bog‘laganicha chopib yuradi. «Palatkalarni ham o‘zi buzib, buldozerlarni o‘zi boshqarib boradi,
tog‘lardan ko‘chib tushgan qor uyumlarini kurab, ustaxonadagi stanoklarni ham o‘zi montaj qiladi…
Faqat yomg‘ir uzoqqa cho‘zilib, ishga chiqmay palatkalarga kirib olingan paytda uning boshiga
birdan g‘amgin o‘ylar kelardi. Unga shu narsa qorong‘i edi: nega u hanuzga qadar biron kishi bilan
yaqindan aloqa bog‘layolmadi, nega uning bemalol dardlasha oladigan samimiy, dilkash do‘stlari
yo‘q? Ishda bo‘lsa odamlar unga bo‘ysunadi, hech qachon aytganini ikki qilmay, izzat-hurmat
qilayotganday bo‘lib ko‘rinadi, ish kuni tamom bo‘ldimi, hatto u bilan hech kim gapirishmaydi ham…
Shunday paytlarda Nurbek chamadondan fotosuratlarni olib, chiroqning xira yorug‘iga tutib uzoq vaqt
termilib qarardi.
Oynagul suratda ham chiroyli edi. Fotosuratdan uning sevimli atir hidi anqib turardi.
Oynagul ministrlikda sekretar bo‘lib ishlardi. U yumshoq yo‘lkalardan va to‘shab qo‘yilgan
gilam ustidan yurishga ko‘nikib qolganidanmi yoki tug‘ma go‘zallikmi, uning yengil va ohista qadam
tashlab yurishlari g‘oyat latofatli edi.
Nurbek qo‘riq yerlarga ketishga qaror qilganini aytib, yonidagi putyovkasini ko‘rsatganda,
Oynagul Nurbek kutganidek uning bo‘yniga osilmadi.
– Sen yaxshi o‘ylab ko‘rdingmi? – so‘radi Oynagul, peshonasini tirishtirib.
– Ha, nima edi?
– Shunday o‘zim… – dedi va sekingina qo‘shib qo‘ydi:– Demak sen meni faqat so‘zdagina sevar
ekansan-da… – Oynagulning qalin kipriklari yosh bilan namlanib, ko‘zlari yana go‘zallik kasb etgan
edi. Nurbek dovdirab qoldi, u buni kutmagan edi.
– Nima keragi bor buni, Oynaxon? Sovxozga ketsa meni esdan chiqarib yuboradi, deb
o‘ylamagin sen! Men u yerlarda sen bilan birga hayot kechirishimizni orzu qilaman.
Albatta, Oynagul qo‘riq yerga borish haqida tezda bir qarorga kelmagan edi. Buni Nurbek ham
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 28
unga maslahat solmagan edi. Avvalo joylashib, uy olish, keyin esa turmush qurish haqida so‘z bo‘lishi
mumkin edi.
Nurbekni kuzatayotib, Oynagul uyga o‘zining fotosuratini taqdim etdi:
– Boraver, Nurbek, – dedi u zarda bilan lablarini cho‘chchaytirib. – Bilaman, agar hayolingga
biron narsa kelib qoldimi, sira ham fikringdan qaytmaysan. Agar u yer yoqmay qolsa, o‘zingni qiynab
o‘tirma, qaytib kelaver, men kutaman seni… Yana zavodda gap qilishadi, deb o‘ylama, buning uncha
ahamiyati yo‘q… Ish hamma vaqt topiladi… Ha, aytganday, har ehtimolga qarshi, tentirab yurma,
rayonda mening tog‘am ishlaydi, mana uning adresi. Tortinib o‘tirma, unga murojaat qilaver,
hammasiga yordamlashadi u…
Biroq ma’lum bo‘lishicha, Oynagul unga adashib boshqa adresni bergan ekan. Uning tog‘asi
qo‘shni rayonda, janubdagi dovonda ishlar ekan. Nurbek buni keyinchalik mahalliy kishilardan so‘rab
bilib oldi.
Sovxoz kundan-kunga ko‘z o‘ngida yuksalib, obod bo‘lib bormoqda edi. Nurbek bo‘lsa hamon
o‘sha kunni – Oynagul bilan o‘z taqdirini birlashtiruvchi porloq kunni orziqib kutayotgan edi.
V
Toqqa bahor ancha kechikib keladi, uni orziqib kutish kerak, biroq, u o‘z husn-jamolidan nishona
ko‘rsatdimi –darhol yer yuzini gul va ko‘katlar sepi qoplab oladi.
Pastda, vodiyda maysalar unib chiqadi, nihollar qomatini rostlab yaproq yozib, soya tashlay
boshlaydi. O‘shanda bahor navbatni yozga berib, o‘zi esa yer betini cho‘lg‘ab olgan ko‘k-yashil
tusdagi guldor ko‘ylak barini ko‘tarib sudraganicha tog‘ sari yo‘l oladi.
Tog‘ zonasining bahori o‘zgacha tabiatga, o‘zgacha go‘zallikka ega.
Ertalabdan qor yog‘adi, tushdan so‘ng quyosh chiqib, qorlar erib bug‘lanadi, bir kunlik gullar
gullaydi, kechga kelib esa yer selgib, ariq va jilg‘alar tun bo‘yi muzlab chiqadi. Ertasiga ertalab
cho‘qqilardan qarasang, ko‘z ilg‘amas kenglikdagi naqadar musaffo tog‘ bahorinn ko‘rib, qalbing
quvonchlarga to‘ladi. Charaqlab turgan osmon dengizida kichkinagina dog‘ ham ko‘rinmasdi. Yer esa
yoshgina qiz kabi yasangan – yam-yashil, shabnam bilan yuvilib, go‘yo uyalib kulib turardi… Agar
qiyqirsang, ovozing uzoq vaqt jaranglab cheksiz va yuksak tog‘ tizmalari bo‘ylab toza havoda yiroqyiroqlarga
taralib ketadi… Hech qanday qor ham, tuman ham, yomg‘ir va shamol ham bahorni to‘xtata
olmasdi, u yashil olov kabi alangalanib tog‘dan toqqa, cho‘qqidan cho‘qqiga yonib o‘tib, tobora
yuksalib, mangu muzliklar sari bormoqda edi.
Odamlar hamma yerda bahorgi ekishni ertaroq tugallash bilan band. Tog‘li yerlarda esa bu,
yanada muhim edi,–muddatdan sal kechikdingmi, ekinlar pishib yetilmay qolardi yoki tungi sovuq urib
ketardi.
…Nurbek sovxozning uzoq uchastkalaridan biri – chegaradagi «Katta soyga» kechqurun yetib
keldi. U mototsikldan tushmasdanoq, qiya tepalikda to‘xtab qolgan traktorni ko‘rdi. Nurbek
achchiqlanib tupurib, mototsiklni o‘chirdi va traktor tomon yugurib ketdi. Olisdan jahli chiqib baqirdi.
– Ey, sen traktorni nega yotqizib qo‘yding! Yana sindirdingmi?
Yosh traktorchi Juman qo‘lidagi papirosni oyoq ostiga olib tepkilab tashladi.
– Traktorning hamma yeri taxt! – o‘zini oqlamoqchi bo‘lganday javob berdi u. – Biroq bu yerda
haydash xavfli, og‘a.
– Nima deyapsan? – Nurbek unga tomon tashlandi. Sal bo‘lmasa mushti bilan solib yuborguday
bo‘lib. – Aqling joyidami seni?
– E-e… O‘rtoq mexanik, tushunasizmi…
– Ha, aniqroq qilib gapir! Traktor qachondan beri yurmay turibdi? Senga aytyapman!
– Bir soatdan beri…
Nurbek mushti bilan havoni kesib:
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 29
– Kim ruxsat berdi senga? Kim? Qanday ahmoq?
– Traktor ag‘darilib ketadi deyapman-ku. Ishlash xavfli!
– Qayoqqa ag‘dariladi? Nega mahmadonalik qilyapsan?
Buning ustiga brigadir kelib qoldi. Nurbek Trofimovning boshidan oyog‘igacha g‘azab bilan
nazar tashlab oldi va afsuslanganday boshini chayqab:
– Buni sizdan hech qachon kutmagan edim! Traktorning bo‘sh turganligi uchun partbyuroda
javob berasiz!
Katta, keng gavdali Trofimov, odati bo‘yicha dag‘al mo‘ylovini vazminlik bilan silab, bosh irg‘ab
hammasini ma’qullaganday:
– Traktorni to‘xtatishga majbur bo‘ldik, o‘rtoq mexanik,– bosiq ovoz bilan gapirdi u.– Kutdik, siz
yoki agronom kelib qolsalaring, maslahatlashamiz deb o‘yladik… Mashinani haydashga relef imkon
bermaydi. Nishablik… Qiyalikni bir ko‘ring-a… Traktor sirg‘alib tushib ketishi mumkin, kishilarning
ham boshiga yetishimiz mumkin! Sezyapsizmi, traktorning qanday turishini!
Nurbek traktorga o‘tirib olib yon bag‘ir muyushga bir qarab oldi-da, shoshqaloqlik bilan qo‘l
siltab:
– Ortiqcha ehtiyotkorlik! Bu g‘ildirakli traktor emas, zanjir g‘ildirakli traktorlar bu qiyaliklardan
yuraveradi va hech qachon ag‘darilmaydi!
– Men, xudoga shukur, tog‘larda yigirma yillar chamasi ishlayapman, Nurbek Alievich. Har xil
voqealar yuz berdi! Siz bo‘lsangiz hali bu yerlarga yangi kishisiz. Ishoning menga, bu yerda traktor
bilan ishlash mumkin emas, juda xavfli.
Mensimaslik ham evi bilan-da! Demak bundan ko‘rinadiki, Nurbek o‘z ishini eplayolmayotgan
ekan-da?! Buning ustiga yana Juman brigadirning so‘zlarini ma’qullab qo‘shib qo‘ydi:
– Brigadir to‘g‘ri aytadi. Haqiqatan ham xavfli!
– Agar xavfli bo‘lsa o‘tovda, uyda o‘tiraverish kerak edi!– Tish orasidan javob qildi Nurbek.–
Qo‘riq yerga qo‘rqoqlarning keragi yo‘q! O‘zingiz ayting-chi o‘rtoq Trofimov, partiya bizni nima
uchun yubordi bu yerga? Agar biz qandaydir kichkina bir tepalikka chiqishdan qo‘rqsak, topshiriqni
qanday qilib bajaramiz!
– Yo‘q, o‘rtoq mexanik,– e’tiroz bildirdi Trofimov.– O‘zini baloga giriftor qilish emas, balki
oqilona ish tutish kerak. Axir bu jiddiy ish-ku.
– Siz nimani taklif qilasiz? Qo‘l qovushtirib o‘tirishnimi?
– Nima keragi bor shunaqa so‘zlarni, o‘rtoq mexanik. Qachon biz qo‘limizni qovushtirib
o‘tiribmiz. Bu yerni haydash noqulay ekan, bo‘lmasa boshqa yerga o‘taylik.
– Maslahatingiz uchun rahmat! Demak, biz yer haydash o‘rniga, u yerdan-bu yerga ko‘chib
yurishimiz kerak ekan-da? Bir minut vaqt hozir qanchalik qimmat ekanligini o‘ylab ko‘rdilaringmi?
Ikkinchi bir yerga ko‘chib o‘tamiz deguncha o‘nlab gektar yerni haydab qo‘yish mumkin. Qolaversa,
sizlarga yana shuni eslatib qo‘yishim kerakki, hammamizda ham plan, grafik va marshrut bor.
O‘zboshimchalik qilishga haqimiz yo‘q.
– Nega bunday ekan, o‘rtoq mexanik? Planga tuzatish kiritish mumkin emasmi? Men sizga yana
eslatib aytyapmanki, bu tik tepalikda traktorda yurishni hech kim xohlamayapti. Istagan kishingizdan
so‘rab ko‘ring! – dedi Trofimov to‘planib turgan traktorchilarga ishora qilib. Ularning birontasi ham
churq etmay turardi. Ammo qovoq osib turishlaridan mexanikning aytgan gaplarini ma’qul
ko‘rmayotganliklarini uqib olish mumkin edi.
– Har kimning joni o‘ziga aziz,– dedi Trofimov traktorchilarning fikrini ifodalab,– bunday
yonbag‘irliklarda hazillashib bo‘lmaydi, o‘rtoq mexanik!
– Noto‘g‘ri aytasiz! Siz boshqalarni ham qo‘rqoq qilib qo‘yibsiz. Men – sovxozning
mexanigiman, qaysi mashinadan qaerda foydalanishni mening ixtiyorimga qo‘yib beraveringlar. Men
aminmanki, bu yonbag‘irlikni hech qanday hadiksiramasdan haydayverish mumkin. Bo‘lmag‘ur
gaplarga quloq solmaslik kerak! Siz – kommunistsiz, o‘rtoq Trofimov, qiyinchiliklardan qochish kerak
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 30
emas, balki kurashmoq kerak.
– Qiyinchiliklar sen yashab turgan zamonga nisbatan men bosib o‘tgan davrda ko‘p edi, yosh
yigit! – brigadir tutaqib ketdi u Nurbek tomon yaqinlab kelarkan, o‘zini g‘azabdan arang bosib keskin
burilib odimlab ketdi. Uning orqasidan boshqalar ham keta boshladi. Nurbek yolg‘iz o‘zi qoldi. Bu
unga juda qattiq botib, qalbi alam va iztirobdan achishib og‘riyotgan edi. Nurbek o‘rnidan sakrab turib,
Trofimovga yetib oldi va uning yengidan ushladi:
– Men sizga darhol traktorni yurgizishni buyuraman!
Trofimov Nurbekning boshidan oyog‘igacha jimgina nazar tashlab oldi-da, keyin undan qo‘lini
tortib olib, yurishda davom etdi.
…Allaqachon yarim kechadan oshib qolgan, tunamoq uchun baland tog‘ qoyalari orasiga bulutlar
suzib kelishmoqda, ular to‘p-to‘p bo‘lib, o‘zaro uchishib, endigina uyquga bosh qo‘ygan edilar.
Tevarak-atrof suv sepganday jimjitlik. Uzoq-uzoqlarda traktornipg gurillagan ovozi arang eshitilardi.
Brigadadagi kishilarning hammasi uyquga ketgan. Faqat Nurbek uxlagani yo‘q. Achchiq va chidab
bo‘lmas alam o‘tlari uning qalbini tirnab o‘rtayotgan edi. U ilondek to‘lg‘anib, sezdirmasdan xo‘rsinib,
allanimalar deb g‘o‘ldirardi. Ha, Trofimov uni bugun sharmanda qildi, butun xalq o‘rtasida sharmanda
qildi! «Yo‘q, bunga jim turib bo‘lmaydi! Nima bo‘lsa ham o‘zining haq ekanligini isbotlashi kerak,
faqat shundagina o‘z obro‘-e’tiborini tiklab olishi mumkin!»
Nurbek sekin o‘rnidan turib ovoz chiqarmay palatkadan tashqariga chiqdi. U yoq, bu yoqqa
qaradi, hech kimsa yo‘q. O‘g‘rilardek engashib, u nariga chopib ketdi va jarlik soyasida g‘oyib bo‘ldi.
Oradan bir oz o‘tgandan so‘ng, qiya tepalikda, traktorning yonida cho‘ntak fonari bir-ikki yonib
o‘chdi va birdan tun tinchligini buzib, pulemyot otilganday «ta-ta-ta-ta!» degan ovoz eshitildi. Bu
traktorning ovozi edi. Oradan sal o‘tmay, traktor bir me’yorda, so‘niq ovozda tirillay boshladi. Birdan
chiroq yonib, shu bilan bir vaqtda traktor ham o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Nurbek richagni bosganicha
hayajonlanib, ilgariga tikilib qarardi. Traktor tepalik bo‘ylab yurib ketdi.
«Ha, texnika inson qo‘l ostida, faqat uni boshqara bilish kerak, shunda u inson qo‘li qaerni
ko‘rsatsa o‘sha tomonga ketaveradi. Buning uchun esa botirlik, jasurlik va qat’iylik kerak! Mana
buning yaqqol misoli – boshqalar jur’at qilolmagan yerdan traktorni Nurbek haydab bormoqda!», –
yo‘q, traktor qulab ketmaydi! Bu behuda gap. Sizlar uchun endi qizarishga to‘g‘ri keladi! – xitob
qilardi Nurbek, hayajonidan titroq bosib.
Traktor haqiqatan hali tik tepalik sari yurib borayotgan edi. «Ular nimadan qo‘rqishdi? – o‘yladi
Nurbek. – To‘g‘ri, hadeb bir tomonga engashib o‘tiraverish u aytganday oson gap emas ekan, ammo
bu sal narsa, chidasa bo‘ladi!»
Oldinda yassi do‘nglik ko‘rindi. Traktor radiatori bilan yuqoriga ko‘tarildi, u hozir ag‘darilib
kyotayotganday, biroq Nurbek traktorning yurish tezligini oshirib, bir zarb bilan bu do‘nglikni ham
bosib o‘tdi. Kartaning oxiriga yetib traktorni orqaga burdi. Endi Nurbek g‘alabaga qat’iy ishonch hosil
qilgan edi:
– Men sizlarga ko‘rsatib qo‘yaman, kim ekanligimni!– qichqirdi u chiranib, badxohlik bilan.–
Ertalabgacha bu qiya tepalikning hammasini haydab qo‘yaman, agar zarur bo‘lsa, bu tog‘larning
hammasini cho‘qqilari bilan birga qo‘shib haydab tashlayman! Ertaga ko‘rib ishonch hosil qilasan,
Trofimov, qaysi birimiz haq ekanligimizga!
Nurbek ikkinchi krugni ham bosib o‘tdi. O‘zida mislsiz kuch paydo bo‘lganini his qildi, ko‘z
o‘ngida go‘yo traktor bilan birga qo‘shilib qudratli po‘lat gavda turganday tuyuldi.
Oldinda yana tepalik ko‘zga tashlandi.
– Hechqisi yo‘q! – O‘zini tinchlantirardi Nurbek. Traktor zo‘riqib-bo‘kirib yurib borayotgan edi,
birdan yonboshga qarab og‘a boshladi.
– Hechqisi yo‘q! – o‘ziga dalda berardi Nurbek… Qo‘li richagda, uchinchi skorost… La’nati
traktor bo‘lsa, hamon ingrab-bo‘kirganicha qiyshayib, og‘ib borayotgan edi. Traktorni epchillik bilan
birdan yuqoriga burib olish kerak edi, aks holda u ag‘darilib ketardi! Nurbek oldinga tashlanib, o‘ng
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 31
tomondagi richagni kuch bilan o‘ziga tortdi. Traktor zanjirli g‘ildiraklari bilan tuproq ichida keskin
burildi va bunday tepalikda yurishga qodir emasday tumshug‘ini osmonga ko‘targancha turib qoldi.
Nurbekning boshiga gup etib qon urdi: «Nima qilish kerak? Tezroq motorni o‘chir! Qani, tezroq!
Motor jimib qoldi! Nima qilish kerak?»
Biroq endi kechikilgan edi. To‘xtab qolgan traktor shu zahotiyoq g‘ijirlab ovoz chiqarib, sekinasta
plugni ostiga olib ezib, orqa tomon tislanayotgan edi. U endi ag‘darila boshlay degan edi, Nurbek
kabinadan sakrab tushdi. Keyingi voqealar esa ana-mana deguncha bo‘lib o‘tdi. Traktor pastlikka
tomon tezlashganidan-tezlashib dumalab borayotgan edi. Tog‘ etagiga yetganda kuchli zarb bilan
qoyaga borib urildi.
– A-a-a-a! – deb baqirib yubordi Nurbek, lekin u o‘z ovozini eshitmasdi. Traktor katta toshga
borib urilishi bilan lop etib olov chaqnadi, qoya va mashinadan otilib chiqqan parchalar hushtak chalib
atrofga sochilib ketdi. Yer larzaga kelib shu zahotiyoq hamma yoqni birdan zulmat qoplab oldi.
Nurbek oyoq yalang, ko‘ylakchang, qo‘llariga fonar ko‘tarib chopib kelayotgan odamlarni ko‘rdi.
U go‘yo yer surilib cho‘kib borayotganday bir depsinib oldi. Odamlar bo‘lsa yaqin kelib qolishgan edi,
qo‘rqinchli baqiriq-chaqiriq ovozlari eshitilmoqda edi.
– Nega sakradim, men? – Dahshat ichida shivirladi Nurbek, – traktor bilan birga majaqlanib
ketsam bo‘lmasmidi?
U qochishga joy topolmay gangib turdi-da, so‘ng hovliqib, o‘qday yugurib ketdi.
Nurbek orqasiga qarashga botinolmasdi. U boshini yelkalari orasiga olib, qo‘li bilan yashirar,
qoqilib ketib, gursillab yiqilib tushar va shu zahotiyoq yana o‘rnidan sakrab turib, quyon kabi g‘izillab
chopardi.
«Tezroq! Tezroq yugur! Yetib qolishdi. Eshityapsanmi» «Ushla, ushla!.. Xoinni tut, mahkamroq
ushla!..» degan ovoz eshitildi.
Nurbek bor kuchi bilan qochardi. Uning ko‘ziga hech narsa ko‘rinmasdi, o‘nqir-cho‘nqir demay
chopib borardi. Ammo oyoq, bu la’nati oyoq xuddi balchiqqa botib qolgandek yerdan ajralmasdan birbiriga
o‘ralashib, nafas olish ham og‘irlashib, a’zoyi badani yonib achishardi. Nurbek toqat
qilolmasdan ko‘ylak yoqalarini yirtib yubordi.
* * *
Ertalabdan ikki burgut ko‘kda parvoz qilardi. Ahyon-ahyonda erinchoqlik bilan qanot qoqib
qo‘yar va yana yuksaklikda aylanib yurardi. Ular chamasi tarang va egilmas qanotlarini sal-sal tebratib,
havoda yengil va erkin parvoz qilib yurishgan edi.
Bu cheksiz bo‘shliqqa faqat burgutlargina hukmron edi. Ular bu hokimlikka monand harakat
qilganday vazmin va osoyishta uchishardi. Tog‘i toshlar ham, qorlar ham, daryolar ham uning keng
qanoti ostiga jo bo‘lgan. Ular yer yuzida bo‘layotgan jamiki narsalarni, hatto mayda zarrachalarga
qadar ravshan ko‘rib turadilar.
Mana, tog‘ oralig‘ida allaqanday qo‘g‘irchoq kattaligidagi maxluq paydo bo‘ldi.
«…Odam! Qara, odam-ku!» – qag‘illab tovush berdi burgutlardan biri. «Ko‘ryapman, bu odam!»
qisqagina javob qildi ikkinchisi.
Soylikda odam paydo bo‘ldi, ammo burgutlar hamon vazmin va osoyishta parvoz qilishardi.
Odamning paydo bo‘lishi ularni hech ham bezovtalantirmadi. Axir, u qushlarning uyasini buza
olarmidi? Yo‘q, bu odam o‘z soyasidan o‘zi qo‘rqadi. U qochoq yoki bo‘lmasa qandaydir yo‘ldan
adashgan baxtsiz bir kishi. Bu uning ishonchsizlik bilan omonat qadam tashlashidan, daydib yurishu,
qo‘rquv aralash ko‘z qarashlaridan aniq sezilib turardi. U tez-tez seskanib tushar, atrofga alanglab
qarab, yana jim qolar edi. Bunday kishi chiqib bo‘lmaydigan qoyalardagi burgut inlariga yetib borib,
ular bilan yakkama-yakka kurasha olarmidi? Bu kishida maqsadga erishish uchun kuch va iroda
bormikin, dadil kurashishga qodir ekanmikin! Yo‘q, burgut uyasiga qo‘l solmoq uchun u kishining o‘zi
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 32
ham dovyurak burgut bo‘lmog‘i kerak! Ha, g‘alaba ochiq kurashda hal bo‘ladi. Burgutlar yuzma-yuz
olishishni yoqtirishadi. Dushman ularning uyasiga qo‘l solmoqchi bo‘lib intilganda, ular dushmanga
qarshi: «To‘xta! Orqangga qayt!» deb qichqirishadi, so‘ng darg‘azab bo‘lib qur-qurlashib «Tayyor
bo‘l!» – deganday bir-birlariga xabar qilishadi-da, cheksiz balandlikdan tosh kabi quyiga otiladi. Ular
shuvillagancha havo bo‘shlig‘ini yorib o‘tib, dushman ko‘kragiga changal uradi-da, uni o‘lim holatiga
keltiradi. So‘ng burgutlar o‘z inlari tepasida uzoq aylanishib, goh quvonch bilan, goh g‘azab bilan,
gohida esa achinish bilan ancha vaqtgacha qur-qurlashib aylanib uchib yurishadi…
Bu odam bo‘lsa bunday jangni xayoliga ham keltirmasdi, u o‘z yo‘lida davom etayotgan edi.
Kun yarim bo‘lganda u kishi katta dovonga yetib oldi. Uning uzoqlashib, tezda ko‘zdan g‘oyib
bo‘lib borayotganini ko‘rgan burgutlardan biri: «Odam ketdi!..» deb qur-qurlaganida, ikkinchisi ham
unga «Ketdi», deb qisqagina javob qildi.
VI
Nurbek dovon tepasiga chiqib olguncha charchab holdan ketgan edi. U qalin qor kechib, balki
hali hech qachon inson oyog‘i yetmagan yerlarda yurib bormoqda edi. Dovondan kuchli va muzdek
shamol esardi. Mana uning tuz totmaganiga bir sutka bo‘lay deb qoldi. Iloji boricha tezroq tushish
kerak, balki vodiyda chorvadorlarning o‘toviga duch kelib qolar. Dovondan butun tog‘ manzarasi
ko‘zga yaqqol tashlanib turardi. Pastda, katta daryo oqmoqda. Biroq Nurbek u yerda inson
yashaganligini ko‘rsatuvchi biror belgini uchratmadi. U madorsizlanib, sekin toshga o‘tirdi-da, qo‘li
bilan yuzlarini berkitdi. «Bu huvillab yotgan notanish tog‘larda odam qaerdan bo‘lsin!–o‘ylardi
Nurbek.– Nahotki, faqat men kabi ahmoqlar yashasa!» – u boshini yana ham quyi solib ko‘zlarini
berkitib oldi…
Kuchli esayotgan shamoldan olov yo o‘chib qolishi, yoki yana ham alangalanib yonishi mumkin.
Avvalgi qizishib yongan Nurbek hozir moyi tamom bo‘lib qolgan chiroq kabi so‘nib qolgan edi. Endi
u – qochoq, bir burda non haqida, o‘zini himoya qilish haqida xayol suruvchi, xilvat joy topib, o‘t
yoqib jon saqlashni o‘ylovchi kishi.
«…Oynagulimning tog‘asi qaerda yasharkin?» «…Rayonga qachon yetib olaman? – o‘ylardi
Nurbek. – Aytishlariga qaraganda mana shu dovondan keyin yana ikki kunlik yo‘l. U yerga yetib
borsam, ozroq bo‘lsa ham, undan pul qarz olaman-da, shaharga qaytaman va Oynagul oldida, endi
qo‘riq yer haqida, hatto og‘iz ham ochmayman!» deb qasam ichaman.
Nurbek o‘rnidan turdi va pastga, daryo tomonga qarab sekin yura boshladi. Dovon tepasidan
pastga tushish unchalik qiyin emasday, hammasi ko‘zga tashlanib turardi. Lekin u birmuncha vaqt
o‘tgandan keyin, o‘zini ustma-ust qalashib yotgan qoyalar orasida ko‘rdi va ko‘ziga shu ulkan
toshlardan bo‘lak atrofda hech narsa ko‘rinmasdi. Nurbekni vahima bosdi. U bu toshli qoyalardan
tezroq chiqib olishga intilib, deyarli yugurib borardi. Ana-mana deguncha qorong‘ilik tushib, kech
kirib qolgan edi. Nurbek boshini ko‘tarib qaradi, tepasida qovoq osib turgan past bulutlarni ko‘rdi. U
yurishini yana tezlatdi. Momaqaldiroq gulduradi, toshlarning ustiga yirik-yirik yomg‘ir tomchilari
shitirlab tusha boshladi. Keyin izg‘irin shamol esib, uning orqasidan kuchli do‘l yog‘ib selga aylandi.
Osmonni qalin bulut qoplab olib, u namlikni so‘rib olayotganday og‘irlashib, pastga tomon yaqinlab
kelgandi. Hamma yoqni zulmat qoplab olgan. Nurbek o‘zini qaerga olib qochishni bilmasdi. Qulayroq
joy topib olish uchun olazarak bo‘lib bezovtalanardi. Yashin esa u qaerda, qay ahvolda deganday
qiziqib, yonginasidagi qoyalar ichiga yorib kirib, yeru ko‘kni bir daqiqa yoritardi. Go‘yo dev qahqaha
urib kulganday momaqaldiroq gumburlardi.
Nurbek butunlay o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. U qaerga borishini, nima qilishini bilmasdi. Cho‘qqidan
ko‘chib ketgan ulkan tosh guldurab shovqin solib Nurbekning boshi uzra yumalab kelayotgan edi.
Uning izidan esa yana bir qancha toshlar qo‘shilib, yo‘lda uchragan narsalarni ezib-yanchib borardi.
Nurbek orqasiga tisarildi-da, pastga tomon uchib ketdi…
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 33
VII
Oradan bir necha kun o‘tgandan so‘ng Nurbekning birinchi marta hovliga chiqishi edi. Biroq
uning shikastlangan oyog‘i hali ham og‘rib turardi. Nurbek oqsoqlanib yurar, yo‘tali ham hali
qolganicha yo‘q.
To‘planishgan va kirib-chiqib yurgan kishilar Nurbekka o‘sha mash’um voqeani hech qachon
eslatmaslikka ahdlashib olgandek edilar. So‘z ochish payti kelib qolganda ham, uning oldida shu
vaqtga qadar bu xususda gapirishganlarini eshitmadi. To‘g‘ri, Asya o‘z fikrini to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning
yuziga ayta qoldi:
– Sizning o‘rningizda men bo‘lganimda, bunday qilmagan bo‘lardim! Kimki mas’uliyatdan
qo‘rqar ekan…– Asya aytmoqchi bo‘lgan fikrini oxirigacha gapirolmadi va Nurbekka ayanchli holatda
qaradi-da, chuqur nafas oldi,– Siz hammasini ochiq gapirib berdingiz, men sizning shunday qila
olganingizga sira ishonmayman!..
Nurbek o‘zini bir oz tetikroq his qildi. «Asya meni to‘g‘ri tushundi, – deb o‘yladi u. – Demak,
men u aytganday yomon odam emas ekanman-da. U menga ishonadi. Boshqalarga ham
ishonarmikan?»
Lekin bir zumdan keyin unda yana boshqacha fikr tug‘ildi: «Nega ular xabar qilishib, meni tutib
berishmadi? Yoki ular mening sog‘ayishimni kutishayotganmikin? Mening jinoyatchi ekanligim
noto‘g‘rimi, axir? Ha, men tamom bo‘lgan odamman! Menga rahm-shafqat qilib turishga o‘rin yo‘q,
men jazoga tortilishim kerak!..»
Oynagul haqida o‘ylaganida miyasiga yana boshqa fikr keldi: «Yo‘q, men bu yerdan tezroq
ketishim kerak. Bunday hayot jonimga tegdi. Oynagulning oldiga qaytib boraman, u bilan tinch va
baxtli hayot kechiramiz».
Nurbek kechalari ko‘z yummay, ro‘y bergan voqeani kishilarga qanday tushuntirishni, o‘sha
paytda motorning nega o‘chib qolganini o‘ylab yotardi. Oddiy traktorlar baland tog‘li yerlarda ishlay
olmasligi aniq. Unda tog‘li rayonlarda ishlovchi traktorlarni takomillashtirish borasida qandaydir
fikrlar mavjud… Ha, endi buning nima keragi bor… U endi ishga yana qayta oladimi, kishilarning
yuziga qanday qaraydi?
Har kuni ertalab Asya bilan gidrotexnik Bektemir yo‘g‘on sim arqonga o‘rnatilgan lyulkaga
o‘tirib lebedkaning ikkala tomonidagi chig‘iriqni aylantirib, tros bo‘ylab bir zumda daryoning narigi
tomoniga o‘tib olishardi. Keyin ular daryo sohili bo‘ylab, yuqoriga, Baydamtolning qorli havzalari
tomon ketishardi. Asya u yerda o‘zining kuzatish ishlarini olib borardi. Nurbek ularni, to daryodan
o‘tadigan yergacha kuzatib qo‘yib, so‘ng o‘zi orqaga qaytardi. U qariyb butun kunni Asilboy bilan
birga o‘tkazardi. Chol, o‘g‘li Bektemirga sira ham o‘xshamasdi. U juda ulfat, gurung qilishni yaxshi
ko‘radigan odam edi. Uning yoshi yetmishlarga borib qolgan bo‘lsa ham, ertadan kechgacha tinim
bilmasdi, qachon qaramang g‘ivirlab, xo‘jalik ishlari bilan band bo‘lardi. Bu novcha, qotma va bir oz
bukchaygan cholning ko‘zlari xuddi yosh bolalarning ko‘zlarini eslatardi. Aftidan ular qandaydir
yangi, ajoyib narsalar izlayotganday olamga zavq bilan boqardi.
Bugun Asilboy uning qo‘lidan ushlab oldi-da, sirli qiyofada: «Yur-chi bu yoqqa, senga bir
narsani ko‘rsataman», dedi. U Nurbekni uncha katta bo‘lmagan tepalikka olib chiqdi. Tepalikning
quyosh tushib turadigan tomoniga bir qancha yosh olma daraxtlari ekilgan. Nihollarning birida pushti
gul ochilgan edi.
– Bu birinchi ochilishi! – dedi shivirlab Asilboy.– Nihollarni shahardan Asyaning o‘zi olib
kelgan. O‘shanda men hayron bo‘lib, qizim, bularni nega olib kelding? Ular bu yerning sovug‘iga
bardosh bera olarmidi? Bekor ovora bo‘libsan, qizim, ular bu yerda yashay olmaydi! – desam, u – siz
qaerdan bilasiz, nega unday deyapsiz? Sinab ko‘rish kerak, o‘rganish kerak…– dedi. O‘shanda men
rosa uyalib qolgan edim… Mana, endi ko‘ryapsanmi, oradan ikki yil o‘tdi… Birinchi nishona
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 34
ko‘rsatdi… Asya, hali buni bilmaydi. Ko‘rsa bormi, quvonchdan boshi osmonga yetadi…
Bo‘lmasamchi, bu chakana ish emas-ku… Baydamtolga kishilar ko‘chib kelganda, ularning bog‘-
rog‘lari bo‘ladi!..
Ertalab, quyosh tog‘ tizmalaridan endigina mo‘ralab, uning nurlari daryo yuzidagi yengil
tumanga qadalganda, Nurbek, har galgidek, Asyani daryo yoqasiga kuzatib qo‘yishga chiqdi. U
Asyaning Baydamtolga yaqinlashganda har gal ham nimadandir hayajonlanishini endi aniq sezib oldi.
U birdan hushyor tortib, boshini sekingina yuqori ko‘tarib olib, Nurbekni ortda qoldirgancha sohil sari
chopib ketardi. U daryoning qirg‘og‘ida yarmi suvga botib turgan xarsang toshni yaxshi ko‘rardi. U
tosh oldiga g‘izillab chopib borardi-da, uning bir chekkasida turib, quyoshning dastlabki nurlarini
qarshilagancha, daryo suvining oqishini havas bilan tinglardi. U odatdagidek Baydamtolning to‘lqin
otib, yelib-yugurib oqishini ko‘rsatib, nimanidir aytib qichqirardi. Lekin uning so‘zlari eshitilmas,
tovushini daryoning shag‘illagan ovozi bosib ketardi. Ba’zan uning so‘zlari uzuq-yuluq quloqqa
chalinib qolardi: «Ey-y-y! Nurbek!.. Qara… Baydamtol…»
– Nima deyapsan? Eshitilmayapti, Asya!
Qiz kaftlarini bir-biriga urib, chapak chalib kulardi.
Lekin Asya bugun o‘sha tosh tomon yugurmadi.
– Balki, sen zerikayotgandirsan, Nurbek? – dedi va to‘xtab Nurbekning ko‘zlariga diqqat bilan
boqdi. – Sen u kitobni o‘qib bo‘lgandirsan? Butunlay sog‘ayib ketganingdan keyin, biz bilan qoyaga
chiqasan. Men olib borayotgan tajribalarimni senga ko‘rsataman. U yerda ko‘p ajoyib narsalarni
ko‘rish mumkin. – Asya o‘ylanib turdi-da, keyin qo‘shib qo‘ydi: – Bugun esa sen Gertsenning «Bыloe
i dumы» degan kitobini topib o‘qi, u mening sevimli kitobim. Men kurashchilarni, yuksak maqsad sari
intiluvchi, kuchli kishilarni sevaman!
– Ma’qul, Asya.
Asya yana bir nimalar demoqchi edi-yu, lekin ular daryo yoqasiga yetib qolishgandi. Nurbek
uning lyulkaga chiqib olishiga yordam berdi.
– Biz tezda qaytamiz! – qichqirdi qiz. Ular daryoning narigi sohiliga o‘tib olgach, Asya Nurbekka
qarab: «Uyga bor! Bu yerda turma! Shamollab qolasan!» degandek qo‘l siltadi. U uzoqlashar ekan,
yo‘l-yo‘lakay yana bir necha bor to‘xtab, unga qo‘l silkib qo‘ydi.
Nurbek ularning muyulishdan o‘tib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lib ketgunga qadar daryo bo‘yida kutib
turdi. Keyin u orqasiga qaytish o‘rniga, tosh qiya bo‘ylab, daryo yoqasiga tushdi va suv bo‘yidagi
toshga borib o‘tirdi.
Baydamtol odatdagidek shovqin solib, hayqirib oqardi.
Daryoning qirg‘oq bilan tutashgan sayoz yeridagi kichik-kichik to‘lqinlar Nurbekning oyog‘iga
qadar o‘rmalab kelardi. Go‘yo ular Nurbekka: «Ket, yaqinlashma!» deb aytayotgandek tuyulardi.
Nurbek qo‘zg‘almay o‘tiraverdi. G‘azablangan to‘lqinlar uning etigiga loyqa ko‘pik qoldirib borib
kelardi. Nurbek kulimsirab qo‘ydi.
Baydamtol daryosi tizma tog‘lardan boshlanadi. U yerlar mangu qor va muzliklar bilan
qoplangan. Agar inson mangu muzliklarni eritishni eplay olganda edi, Baydamtolni ham boshqara
olardi. Bu hali muammoligicha qolib kelmoqda, ammo kimki bu masalani hal qilishga bel bog‘lagan
ekan, u haqiqiy jasur va botir inson sanaladi.
Nurbek o‘rnidan turib, hayajonlangan bo‘yicha daryoning suv yalab ketgan sayoz yeridan yurib,
Baydamtolning shiddatli oqishiga nazar tashlab borardi.
Asya bu to‘g‘rida hikoya qilganda butunlay o‘zgarib ketardi. Uning osoyishta, o‘ychan ko‘zlari
chaqnab, g‘ayratga to‘lib allanimalar yorqin ko‘rinayotganday tuyulardi. «Sen bir ko‘z oldingga
keltirib ko‘r-a, Nurbek! Shunday bir vaqt keladiki, dehqonlarimiz qizib-yonib yotgan havodan rahmshafqat
so‘rab, iltijo qilib yomg‘ir kutmaydilar. Daryo oqimini o‘z izmiga bo‘ysundirgan inson
dalalarga qancha suv kerak bo‘lsa, shuncha suvni yetkazib beradi».
Keksa Asilboy esa Baydamtolning kelajagi haqida gap ketganda, yoqasini ushlab hayratlanardi.
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 35
– Voy, tavba! – deya boshini chayqardi,– hozirgi yoshlarning qilayotgan ishining chegarasi yo‘q!
Sen bir o‘ylab ko‘r, ular shunday katta ishlarga qo‘l urishyaptiki! Xudo nasib qilsa, Asyamiz aytganini
qiladi. Muqaddas kishilar yo‘q deyishadi, ammo u, mening nazarimda, kishilar uchun muqaddas bo‘lib
qoladiganga o‘xshaydi… Qor va suvlarnn o‘z hukmiga bo‘ysundirmoq hazilakam ishmi! Kulganlar
kulaversin, lekin men Asyaga o‘xshagan yoshlarimizning har qanday ishlarni amalga oshira olishiga
ishonchim komil. Kimki xalq uchun, xalq yo‘lida xizmat qilar ekan, u har doim o‘z muddaosiga
erishadi… Unga xalq ko‘makdosh bo‘ladi…
Nurbek osma ko‘prik oldiga kelganda to‘xtab qoldi va: «Asya tezroq qaytsa edi! Vaqt muncha
sekin o‘tyapti-a»,– deb xayol surib qoldi. Lekin o‘z fikridan o‘zi cho‘chib ketdi. U Asya haqida
ko‘pdan beri o‘ylayotganini eslab qoldi. «Nega?–o‘zidan-o‘zi so‘radi Nurbek. –Nahotki Asyani sevib
qolgan bo‘lsam? Nima, sen aqldan ozib qoldingmi, bunday bo‘lishi mumkin emas! Men uning
to‘g‘risida shunchaki o‘ylayapman, bu menga shunday tuyulyapti! Muhabbat bunday kelmasa kerak.
Men uni juda hurmat qilaman, o‘z tug‘ishgan singlim, o‘rtog‘imdek hurmat qilaman, lekin bizning
o‘rtamizda sevgining bo‘lishi mumkin emas… Ha, shunday! Jim bo‘l, esingdan chiqar, xayolingga ham
keltirma buni!»
Ammo ulkan toshning ko‘chmog‘i uchun birgina kichik tosh ham sabab bo‘laveradi. Nurbek
necha bor Asya to‘g‘risida o‘ylamaslikka harakat qilib ko‘rdi. Lekin bundan hech narsa chiqmadi.
Aksincha, qiz haqidagi xayollari qayta-qayta takrorlanaverdi. U nima qilishini bilmasdi. Nurbek
behuda cho‘chib tushmagan edi. «Asilboyning yoniga borib, u yoq-bu yoqdan gaplashsam, balki o‘tib
ketar», – degan qarorga keldi. Lekin chol bilan uning bugungi suhbati sira yopishmadi.
– Nima bo‘ldi bugun senga, yoki biror narsangii yo‘qotdingmi? – deb so‘radi hayron bo‘lib,
Asilboy yo‘nilgan g‘o‘lachalarni bir tomonga olib qo‘yarkan, hayajonlangan Nurbekka diqqat bilan
ko‘z tikib.
– Yo‘q! – Nurbek po‘ng‘illagancha xonaga kirib ketdi. U Gertsenning kitobini olib ikki sahifa
o‘qidi, keyin uni yopib qo‘yib, derazadan toqqa tomon tikilib qoldi. «Shu topda nimanidir
yo‘qotgandayman! – dedi ovoz chiqarib Nurbek. – Nima edi bu, qiziq, eslash kerak!» Shu payt:
– Asya qachon qaytarkin-a?– degan savol uning og‘zidan beixtiyor chiqib ketdi – Bas! – Nurbek
stolni mushti bilan urdi.– Uning hayoti va ishiga xalaqit berishga sening haqing yo‘q! Bunday qila
ko‘rma, uning tinchligini buzma.
Nurbek uydan otilib chiqib, yana daryo tomon yo‘l oldi. U suv yalab turgan o‘sha sayoz yerdagi
toshga o‘tirdi va qo‘llari bilan boshini qisdi.
«Sevaman deb aytishga qanday tiling bordi! – o‘yladi Nurbek. – Asya bu kimsasiz tog‘larda xalq
uchun bebaho ish qilish istagi bilan yashamoqda… Sen-chi, sen kimsan? Asya meni hech qachon
sevmaydi, albatta! Uning uchun boshqa, o‘ziga munosib kishilar bor!..»
To‘lqinlar, Nurbekning oyog‘iga kelib urilgan to‘lqinlar yana «Ket, yo‘qol bu yerdan!» –
deyayotganday tuyuldi.
VIII
Tun. Dara zulmatday qop-qorong‘i. Tog‘larning tepasida g‘uj-g‘uj yulduzlar chaqnamoqda, ular
go‘yo atrofini kul bosgan laxcha cho‘g‘ singari edi. Pastda esa tinim bilmay Baydamtol hayqirardi.
Nurbek eshikdan chiqqanda, dara bo‘ylab esayotgan shamol uning qalpog‘ini uchirib ketdi. U
qalpog‘ini yerdan olib bosibroq kiyib oldi-da, osma ko‘prik tomon shoshilib yurib ketdi. U ko‘prik
oldiga kelib, jimgina turib qoldi va o‘girilib qaradi-da:
– Xayr, Asya! Indamasdan ketib qolganim uchun jahling chiqmasin. Shunday bo‘lgani ma’qul.
Nurbek lyulkaga chiqdi.
Asilboyning aytishiga qaraganda, daryoning narigi sohiliga o‘tib olib, oqim bo‘ylab pastga tomon
yurilsa, keyin daraga burilib dovondan oshib o‘tgach, tosh yo‘lga ikki sutkadan keyin chiqib olish
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 36
mumkin bo‘larkan. U yerdan esa katta yo‘l orqali to‘g‘ri shaharga borish mumkin.
Nurbek lyulkaga joylashibroq o‘tirdi va chig‘irni aylantira boshladi. Roliklar g‘ijirlab lyulka
o‘rnidan qo‘zg‘ala boshladi. Lyulkani siljitish uncha oson emas ekan: chig‘ir ikki kishiga
moslashtirilgan edi. Nurbek o‘zini tezda tolib qolganday his qildi. U nafasini rostlab olib, lyulka
bortidan pastga qaradi, qo‘rqqanidan ko‘zlarini yumib, chig‘irning tutqichiga yana-da mahkamroq
yopishib oldi. Pastda qandaydir aql bovar qilmaydigan allanarsalar ko‘zga tashlanardi. Jarlik qorong‘i,
past-baland qirg‘oqlarga urilib, ko‘pirib, dahshat bilan guvillardi suv. Go‘yo dara tun zulmati bilan
kurashayotgandek. Ular bir-birini shapir-shupur suvga bosishar, lekin ikkalasi ham bir-biriga bas
kelolmayotganday tuyulardi. Nurbek pastga boshqa qaramaslikka qaror qildi va chig‘irni iloji boricha
tezroq aylantirdi. Mana, u yarim yo‘lni bosib o‘tdi. Daryoning narigi sohili ravshanroq ko‘rina
boshladi. Nurbek juda charchab qolgan bo‘lsa ham o‘ziga sira dam bermasdi. Yana bir zo‘r berdi va…
nimadir qarsillab ketdi. Chig‘iriq sekinlab, lyulka shu joyidayoq to‘xtab qoldi. Nurbek o‘rnidan turib,
trosdan chiqib ketmadimikin degan xayol bilan roliklarni paypaslab ko‘rdi, ammo hammasi joyida edi.
Nurbek qo‘l fonarni yoqib chig‘irni ko‘zdan kechirdi va holsizlanib o‘tirg‘ichga o‘tirib qoldi.
– Nima qilish kerak? – g‘o‘ldiradi u.
Keyin bilsa, tros o‘raladigan barabanning o‘qi sinib ketgan ekan. Bu chig‘irni bir tomonlama
aylantirish tufayli yuz bergan ekan. Agar asbob bo‘lganda edi, uni tuzatish uncha qiyin emasdi. Lekin
uni qaerdan olish kerak? Lyulka quturgan daryoning qariyb qoq o‘rtasida to‘xtab qolgan. Nima qilmoq
kerak? Bu turishda erta tongacha havoda laqillab o‘tirish mumkin, ammo ertalab… ertalab bu yerga
Asya bilan Bektemir keladi. Bu esa uyat, sharmandalik-ku! Ularga shu ahvolda ko‘ringuncha o‘lgan
yaxshiroq. Nima bo‘lsa ham daryoning narigi qirg‘og‘iga o‘tib olish va tezroq bu yerdan yo‘qolish
kerak.
Nurbek lyulkani qoldirib, yuqorigi osig‘liq trosni ushlab qirg‘oqqa o‘tishga jazm qildi. Ha, ha,
xuddi shunday qilish kerak, faqat yuqori tros bilan quyi tros orasi uning bo‘yidan baland bo‘lmasa
bo‘lgani, aks holda yuqorigi trosga osilib, oyoq osti tayanchsiz qolishi mumkin.
Biroq uyat o‘limdan qattiq!
Nurbek o‘rnidan turib, trosni ikki qo‘llab ushladi va lyulka bortidan chiqdi.
Uning qulog‘iga daryoning shag‘illagan ovozi eshitilar, ayniqsa, yuragining gupillab urishi aniq
sezilib turardi. Baxtiga troslar orasi ayni maqsadga mos ekan. Faqat qo‘li tolib chiqib ketmasa
bo‘lgani, juda oz – to‘rt metrcha qoldi! Sim tilib ketgan kaftlari qonab, lovillab achishayotgan bo‘lsa
ham shoshma, sekin harakat qil!
Mana, qirg‘oq. Nurbek sakrab yerga tushdi.
– O‘tdim! O‘tib oldim! – xursand bo‘lganidan qichqirib yubordi va yerni hidlab mehr bilan
shivirladi: – Yer, yer! Endi istagan joyga bora olaman.
Nurbek bir sakrab oyoqqa turdi va katta-katta qadam tashladi. U osma ko‘prikka qarab olish
uchun bir zum to‘xtab, joyida dong qotib qoldi, dahshatli xayoldan nafasi ichiga tushib ketdi. Koshki
hech narsa yuz bermagan bo‘lsa, faqat lyulka o‘z o‘rnidan siljib, yolg‘iz cho‘qqayib daryo ustida
tebranib qolgan bo‘lsa.
– Bu qanday bo‘ldi? – bo‘g‘iq ovoz bilan shivirladi Nurbek va hayajon bilan qorong‘ilikka
tikilgancha olg‘a tashlandi. – Bu nimasi, chig‘irni sindirib ketyapmanmi? Ular meni o‘limdan saqlab
qoldi, davolashdi, men bo‘lsam minnatdorchilik bildirish o‘rniga zarar keltirib qochyapman!
Nurbek yerga o‘tirdi, qo‘llari bilan boshini ushlab ko‘zini yumdi. U ertaga nima bo‘lishini
tasavvur qilardi.
…Ertalab gidrologlar osma ko‘prikka kelishadi va lyulkaning daryo o‘rtasiga borib qolganligini
ko‘rishadi. Demak, kechasi kimdir undan foydalanganu so‘ng shu bo‘yicha tashlab ketib qolgan. Biroq
bu kim bo‘lishi mumkin? O‘zimiznikilarning hammasi shu yerda. Eh-ha, Nurbek qaerda?..
Tushunarli!.. Bo‘lmasa-chi, uning yo‘li ham shu yoqdan… Lekin har qanday sharoitda ham ishni bir
minut kechiktirish mumkin emas!l Ular qirg‘oq chig‘iri yordami bilan lyulkani tortib olishga harakat
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 37
qilib ko‘radilar. Lekin u o‘rnidan qimirlamaydi, chunki siljituvchi tros sinib qolgan barabanga mahkam
o‘ralgan. Ular arqon ko‘prikning ishdan chiqqanini ko‘rib qattiq xafa bo‘lishadi. Buni kim qildi?
Ablah, Nurbek!
– Men undan hech qachon buni kutmagan edim! – past ovoz bilan deydi Asya labini tishlab.
– Ha uying kuygur, zoti past! Nima qilib qo‘yding-a?–og‘ir xo‘rsinib oladi Asilboy.
– Men o‘ldiraman bu daydi itni! – otiladi Bektemir yerdagi toshni olib.
Xo‘p, keyin-chi, keyin nima bo‘ladi? Asya hech qachon o‘z ishini to‘xtatmaydi. Biroq u nima
ham qila olardi?
Faqat birgina yo‘l bor. Asbob topish kerak-da, trosdan yana lyulkaga qaytib borish kerak. Lekin
bu aytishga oson, shuncha masofani tros bo‘ylab bosib o‘tib bo‘larmidi, axir u qirg‘oqdan to lyulkaga
qadar o‘ttiz metrdan kam emas, agar qo‘ling bo‘shab ketsa bormi, o‘lish hech gapmas. Baydamtol shu
zahotiyoq oqizib toshlarga olib borib uradi, ha, ularning qaysi biri bunday xavfli ishga borishi
mumkin? Asya! U hech narsa oldida to‘xtamaydi, u ishning bir minut ham to‘xtab qolishiga yo‘l
qo‘ymaydi!..
– Yo‘q, men uni halokatga itarmayman! – Nurbek o‘rnidan irg‘ib turib, osma ko‘prik tomon
zing‘illab chopib ketdi. U hali chig‘irni sozlash uchun qanday tadbir ko‘rib, qanday tuzatish kerakligi
haqida aniq bir tasavvurga kelolmagan bo‘lsa-da, biroq bu yerdan ketib qolish mumkin emasligini
sezib turardi.
Nurbek ko‘prik oldiga yugurib bordi, og‘ir nafas oldi-da, peshonasini metall ustunga bosdi.
Uning miyasida faqat bir fikr hukmron edi: «Nima qilmoq kerak? Chig‘irni qanday tuzatish mumkin?
Qanday? Biror kimsa na javob beradi va na aks-sado! Baydamtol, bag‘ri tosh daryo, hech bo‘lmasa bir
og‘iz so‘z aytsang-chi? Yo‘q, sen eshitmaysan, yovvoyi hayqirig‘ing bilan quloqlaring bitib qolgan!..
Nima qilay… Axir men insonman-ku, mening ismim – Inson!.. Men buni tuzatishim, yo‘l topmog‘im
kerak!»
– Topdim! – xitob qildi Nurbek. – Topdim!..
Ha, Nurbek tadbir topgan edi! U hozir tros orqali daryoning narigi tomoniga o‘tadi. U daryoning
narigi tomonida yashikda asboblar turganligini ko‘rgan edi. Undan kerakli asboblarni olib, beliga
bog‘lashi va yana shu tros bo‘ylab, lyulkaga qaytib kelishi, lyulkani ta’mirlab bo‘lgach, bu qirg‘oqqa
qaytib kelishi kerak edi. U ko‘prikning yoniga boshqa yaqinlashmaydi, yaxshisi, boshi oqqan tomonga
ketadi, balki daryoning quyirog‘idan biror sayoz joy topilar… Ey, bu uncha o‘ylaydigan narsa ham
emas, hozir asosiy masala u emas, muhimi hozir – o‘ylangan fikrni amalga oshirmoq, bosh masala –
Asyaning ulkan ishiga xalal bermaslik!
– O‘z fikrimdan qaytmayman! – dedi Nurbek qat’iy qilib va ishonchsizlik bilan qo‘shib qo‘ydi: –
Biroq bilolmadim uddasidan chiqa olarmikinman, bunday og‘ir ishni bajarish uchun kuch-quvvatim
yetarmikin?.. Bu yerdan lyulkagacha olti-etti metr, bu yo‘lni bosib o‘tganman, hozir yana u yerdan
o‘taman, biroq lyulkadan u qirg‘oqqacha tros bo‘ylab o‘ttiz metr yurishim kerak! Bu juda uzoq yo‘l!
Juda uzoq! Xo‘sh, nima bo‘pti, hammasiga tayyorman, Asya!
Nurbek ustunga chiqib yuqorigi trosni ushladi. Pastki trosni esa oyog‘i bilan paypaslab topdi.
O‘ng oyog‘i bilan birinchi qadamni tashladi, kurash boshlandi.
U birinchi qadamni tashlaganda pastdagi quturib oqayotgan daryoning dahshatli shovqin-suroni
unga bozor joyida dorbozlarning o‘yinida chalinadigan nog‘ora va karnay-surnaylarning aralashquralash
ozozidek bo‘lib tuyuldi.
Nurbek sayoq dorbozlarni yoshlik kezlaridayoq ko‘rgan edi. Ular qariyb terak bo‘yi balandlikda
arqon ustida yurishadi. Ularga har bir daqiqada o‘lim tahdid solayotganday bo‘lardi, ammo u dovyurak
kishi esa ko‘kka sig‘inib: «YO pirim, yo ollo!..» deb iltijo qilardi.
«Opa! – qo‘rqib ketgan Nurbek o‘shanda onasining ko‘ylagi bariga yashirinib.– Ketamiz, opa, bu
yerdan ketamiz!» deyardi va u hatto yuragi dov bermay tomosha ham qilolmagan edi.
Endi bo‘lsa, Nurbekning o‘zi dorboz. Nurbek ham dorbozchilar singari havoda o‘sha dor
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 38
arqonidan yo‘g‘on bo‘lmagan tros bo‘ylab bormoqda.
Lyulkaga yetib borganda Nurbek majolsizlanib o‘zini bortga otdi. Bir qism yo‘l bosib o‘tildi.
Lekin shu kichkina g‘alaba ham qanchalik qimmatga tushdi! Trosning simidan tilinib, yulqilangan
kaftlaridan qon oqar, o‘pkasi ko‘kragiga sig‘mas, xuddi poygada chopaverib hansirab, kishnab ketgan
otlar singari qovurg‘alari bo‘rtib chiqqan edi. Oldinda esa hali uzoq, bundan ko‘ra yuz barobar og‘ir va
uqubatli yo‘lni bosib o‘tish kerak.
«Orqangga qayt, baxti qora, hali ham kech emas, halok bo‘lasan!» – dedi ichki bir ovoz unga.
– Yo‘q, men oxirigacha ahdimda turaman! – javob qaytardi ovoz chiqarib Nurbek.
U o‘rnidan turdi, kamzulining astarinn yirtib qo‘lini o‘radi. Yana kurash boshlandi.
U birinchi qadamni bosishi bilanoq childirmaning baka-bangi, karnayning uvvos tortib jar solishi
eshitildi.
Biroq bu gal Nurbek avvalgiga nisbatan tezroq holdan toya boshladi. U qo‘rqqanidan pastga
qaray olmasa ham, tasodifan oyog‘ining ostiga ko‘z qirini tashladi. Daryoning kuchli oqimi
to‘xtagandek tuyuldi, uniig boshi aylanib, ko‘zi tinib ketdi. Go‘yo hamma narsa – tog‘lar ham, tun
ham, daryo ham, hammasi ulkan suv girdobida gir aylanib, undan uzoqlashar va doira hosil qilib yana
unga yaqinlashardi. Har qancha bo‘lsa-da, Nurbek o‘zini tutib oldi. U boshini yuqori ko‘tardi, lekin
shamol uni yulib ketayotgandek bo‘ldi. Shamol to‘satdan uning ko‘kragidan olib, chalqancha ag‘darib
tashladi. Oyog‘i trosdan sirg‘alib chiqib ketdi. Lekin u yuz mashaqqatlar bilan oyog‘ini yana trosga
qo‘yib oldi. Yelkasidan issiq ter oqib tusha boshladi. Nurbek bosh aylanishi qolar degan umidda
ko‘zlarini chirt yumib oldi, ammo, u yana ko‘zini ochganda hech narsa ko‘rmagandek, yana avvalgicha
hamma narsa gir aylanib, ko‘ngli aynay boshladi, o‘zini yo‘qotayozdi. U o‘zini ajoyibotlar dunyosiga
kelib qolganday his qildi. Bu yangi dunyoda u o‘z hayotini qaytadan boshlagandek edi.
Hammasi, o‘tgan va yangi yuzaga kelgan narsalarning barchasi uning ko‘z oldida suzib yurar va
turnaqator bo‘lib tizilishib o‘tar edi. Ammo uning o‘zi to‘xtashi mumkin emas, olg‘a, faqat olg‘a
intilishi kerak, aks holda halokat yuz berishi mumkin, degan yagona fikr hukmronlik qilardi. Shuning
uchun u odimlay boshladi, sekin, imillab bo‘lsa ham olg‘a siljiyverdi.
Achchiq ter uning yuzidan og‘ziga oqib tushardi. Qo‘liga o‘ragan lattalari allaqachon titilib,
kaftlari qavarib ketdi, barmoqlari uvusha boshladi, gavdasi esa haddan tashqari og‘irlashib pastga torta
boshladi. «Agar daryoga o‘zimni otsam nima bo‘larkin? – o‘yladi Nurbek. – Bari bir men o‘lgan
odamman, menga bari bir emasmi». Ko‘prik-chi? Uni kim tuzatadi? Demak, ertaga Asya
Baydamtolning boshiga borolmaydimi? Demak, uning xalq uchun qilgan barcha mehnatlari barbod
bo‘ladimi?»
Nurbek o‘zini o‘nglab, yana bir-ikki qadam olg‘a bosdi.
«Asya! – xayolan murojaat qildi, u qizga. – Sening jahling chiqmasin, xafa bo‘lma, men munosib
kishi emasman, jinoyatchiman, irodasiz qochqinman, lekin seni sevaman! Menga ishongin, xudo haqi,
men seni sevaman! Ha! Hatto o‘zimdan yashirib yurganimga ham iqrorman!..»
Nurbek daryonint o‘rtasiga kelgach, boshqa siljishga majoli kelmay qoldi. Oyoq-qo‘llarining
madori qurib, hushdan ozayozgan edi. Yana buning ustiga negadir pastki tros salqi bo‘lib qolgandi, U
pona qoqib mahkamlagan edi-ku! Balki bu odamning og‘irligi bilan bo‘shab qolgandir. Nurbek oyog‘i
tagidagi trosning sekin-asta pastga tushib ketayotganini sezib seskanib ketdi, ko‘kragini to‘ldirib nafas
olgan edi, birdan yo‘tal tutib qoldi. Yo‘tal uni yana og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Nurbekning ko‘kragi
achishib og‘riyotganidan nafas olishi ham og‘irlashgan edi. Qonga belangan qo‘llaridan kuch ketib,
oyoq ostidagi tros borgan sari pasayib ketmoqda edi. Nurbek sim ustida tebranib, u yoqdan-bu yoqqa
chayqalardi.
– Ajal! Ajal! – deb g‘olib kelganday Baydamtol shovullab oqardi, go‘yo o‘z o‘ljasini
kutayotganday edi. Nurbekning qo‘llari endi unga itoat qilmay qo‘ygan edi. Toqatsizlanib turgan
Baydamtol yana:
– Ajal! Ajal! – deb g‘azab bilan o‘shqirdi.
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 39
– Suv! Bir qultum suv! – so‘radi Nurbek chanqoqdan tutoqib.
«Boshingni eg, daryodan olib ich suvni! Suv ko‘p, sening chanqog‘ingni qondirishga yetadi, bosh
eg!» – kimdir makkorlik bilan qulog‘iga shipshitgandek bo‘ldi.
Nurbek oxirgi kuch bilan barmoqlarini qisdi. Shu payt u qo‘lida soatining chiqillab ishlayotganini
eshitdi. Bu g‘ayri tabiiy bo‘lib ko‘rinsa ham, haqiqatda eshitilayotgan edi. Daryoning quloqni kar
qilgudek gulduragan ovozlari orasida bir me’yorda aniq, jaranglagan «tik, tik, tik,» tovushi ham
ravshan eshitilib turardi. Ana shu har bir sekund urishi bilan birga hayot ham o‘tayotgan edi. Hayot!
Kishi hayoti! Shu qisqa bir daqiqa ichida u hayotning nima ekanligini uqib oldi…
Zo‘r iroda kuch bilan u boshini birdan ko‘tarib oldi va butun daraga qarab tantanavor qichqirdi:
– Men yashayman!
…Nurbek qirg‘oqqa chiqib olganidan so‘ng, o‘zini yerga tashladi va qariyb bir soatga yaqin jonsiz
kishi kabi qimirlamasdan chalqanchasiga yotdi. U iziga qaytishda asboblarni oldimi, yo‘qmi, ammo
asosiy ish bitdi, Tortilib qolgan tros bo‘shadi. Qirg‘oqda chig‘iriq yordamida Nurbek lyulkani joyiga
olib keldi. Tongda u ishini tugatdi.
Nurbek suv bo‘yiga tushib, etigi bilan suv kechdi va faqat endigina suv ichishga o‘zini haqli deb
bildi.
U suvni katta-katta qultumlar bilan sekingina icharkan, bolalarcha kulib qo‘ydi. Bugun u hayotida
birinchi marta chinakam kurash va g‘alabaning lazzatani tushundi. Bu safar u faqat o‘zi uchun, o‘z
shuhrati va qahramonligini quruq namoyish qilish uchun emas, balki katta orzular uchun, yuksak
maqsad yo‘lida xizmat qilayotgan Asya uchun jasorat ko‘rsatdi.
– Ha, men baxtliman! – dedi Nurbek. – Ertalab Asya Baydamtol o‘zanlari sari yo‘l oladi. Yo‘l
ochiq, ko‘prik tuzatilgan!..
Nurbek zavqlanganidan qumlik ho‘l qirg‘oqdan chopib ketdi. U uyga kelib, qo‘liga qalam olib bir
varaq qog‘ozga egri-bugri qilib yozdi:
«Asya, men qayoqdan kelgan bo‘lsam, o‘sha yoqqa ketyapman. Balki biz hech qachon
uchrashmasmiz, lekin men seni qanday go‘zal bo‘lsang shundayligingcha umrbod qalbimda
saqlayman. Jahling chiqmasin, mendan kulma, Asya, sen men uchun… Xayr, omon bo‘l… O‘zingni
ehtiyot qil… Ha, sal bo‘lmasa unutayozibman, men Gertsenning kitobini o‘qib ulgurolmadim, kechir,
men uni o‘zim bilan birga olib ketyapman, axir bu sening sevimli kitobing, kurashchan inson haqidagi
kitob-ku… Mening tasodifan sen bilan bo‘lgan uchrashuvim hayotimdagi eng qiyin va eng baxtli
kunlar bo‘lib qoladi. Rahmat senga, Asya, barcha yaxshiliklaring uchun… Sen menga ko‘p narsalarni
o‘rgatding… Sen meni Baydamtol ustidan g‘alaba qilishing uchun dunyoda hammadan ko‘proq tilak
tilovchi do‘sting deb hisobla… Men aminman, Asya, Baydamtol zabt etiladi!..»
IX
Asilboy ertalab barvaqt turib, hovlini aylanib yurdi, otini suvning bo‘yiga yetaklab keldi va uni
cho‘miltirmoqchi bo‘lib paqirlab suv quya boshladi. Tog‘ ortidan quyosh ko‘tarildi. Asilboy qo‘lini
peshonasiga qo‘yib quyosh tomon astoydil tikilib qoldi. U yuzlariga sachragan ariq suvidan seskanib
ketdi va qo‘lidagi paqirni tushirib yubordi. Asilboy Asyaning derazasi yoniga yugurib bordi va
kuchining boricha uni taqillatdi.
– Asya, tur tezroq, u ketdi!
Hech narsani anglay olmagan Asya hovliga yugurib chiqdi:
– Nima gap, otajon?
– Qara-chi, qizim, u yoqqa! – g‘urur bilan dedi Asilboy uzoqlashib ketayotgan kishini qo‘li bilan
ko‘rsatib. Odam dovon tomon ketayotgan edi. – Bu Nurbek! – tushuntirdi Asilboy.
– Nurbek! Nurbek! – Bor kuchi bilan qichqirdi Asya. Aftidan, u yugurmoqchi bo‘ldi, lekin shu
zahotiyoq to‘xtab, sezingan, beixtiyor va hayajonlangan tusda, xuddi har galgidek ertalab qoya tosh
Chingiz Aytmatov. Hikoyalar
www.ziyouz.com kutubxonasi 40
oldiga yugurib borib, Baydamtolning go‘zalligiga mahliyo bo‘lib turgandek, dong qotib qoldi. –
Shunday bo‘lishini bilgan edim! – shivirladi Asya.
Nurbek katta qoya orasiga yashirindi. Asya u bilan faxrlanar, ayni choqda uni qo‘msab yurakbag‘
ri o‘rtanib yonayotgan edi. U ko‘z yoshi qilmaslik uchun yuzini teskari burib oldi va so‘radi:
– Ota, bu yerdan sovxozgacha uzoqmi?
– Dovondan narida, anchagina yo‘l, lekin bahuzur borsa bo‘ladi.
Asil Rashidov tarjimasi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !