FIRDAVSIY HIKMATLARI

Firdavsiy hikmatlaridan

Hikmatlar — Aforizmlar

Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,

Nodonga yondashma, bosmasin g‘aflat.
* *
Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir.
* * *

Ikki do‘st turarkan yelkama-elka,

Tog‘larni ham oson aylaydi tilka.

* * *
Yomonga qo‘shilma, bo‘lursan yomon,

Qarosin yuqtirar doimo qozon

* * *
Donolar so‘ziga quloq ilmasang,

Eng nodon sendirsan — bilgil, bilmasang.

* * *
Pandu nasihatdan kim o‘girdi yuz,

Zahmati ming bo‘lur, pushaymoni — yuz.
* * *
Nodonlikdan yomonlik keladi faqat,

Nodonga yondoshma, bosmasin g‘aflat.
* * *
Tajribali it barsni tutib yer,

Qochar tulkidan jang ko‘rmagan sher.
* * *

Aql ulug‘likka etadi payvand,

Aqlsizning doim oyog‘ida band.

* * *

Kimki tig‘ ko‘tarar birov joniga,

Zamon tashna bo‘lur uning qoniga.

* * *

Birovga sog‘insa har kim yomonlik,

Nihoyat ul o‘zi topmas omonlik.

* * *

To‘g‘rilikdan kelmish hamma yaxshi ot,

Egrilikdan foyda ko‘rmadi bir zot.

* * *

Qayda ravshan bo‘lsa to‘g‘rilik nuri,

Egrilik so‘nadi, quriydi sho‘ri.

* * *

Gapirmagan gaping ichingda nihon,

Har tomon yoyilar aytganing zamon.

* * *

O’zining aybini bilganda odam,

Boshqalar aybini so‘zlamasdi ham.

* * *

O’zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtanma.

* * *

O’z yovin parvarish qilgan odam xom,

Jahonda chiqarar axmoq degan nom.

* * *

Tirik qolib g‘anim bo‘lgandan shodon,

Sharaf bilan o‘lish yaxshiroq chandon.
O’git va nasihatlar haqida

Eng qiyini — o‘z ishini anglab yetish, eng osoni — o‘zgalarga nasihat aytish.

FALES

Biz chelaklab nasihat aytamizu, ammo o‘zimiz tomchilab qabul qilamiz.

U. OLJER

O’zgalar oldida berilgan nasihat ta’nadek botadi.

QOBUS

Dono odam dushmandan ham ko‘p narsa o‘rganadi.

ARISTOFAN

O’git va nasihatlar haqida

Biz hech narsani nasihatchalik saxiylik bilan aytib tashlayvermaymiz.

F. LAROSHFUKO

Chavandozlikdan xabari yo‘q odam otni qanday minish haqida maslahat bermaydi. Ammo axloq masalasida biz boshqacharoq ish tutamiz. Bu yerda biz o‘zimizni hamma narsani biladigan va istagan odamga nasihat qilishga qodirmiz, deb hisoblaymiz.

K. GELVETSIY

O’zgalarning ishi xususida donolik qilish o‘z shaxsiy ishi-ii eplashga qaraganda ancha osondir.

F. LAROSHFUKO

Aql o‘rgatish va aqlli bo‘lish mutlaqo boshqa-boshqa narsalardir.

G. LIXTENBERG

Eng qiyini — o‘z ishini anglab yetish, eng osoni — o‘zgalarga nasihat aytish.

FALES

Biz chelaklab nasihat aytamizu, ammo o‘zimiz tomchilab qabul qilamiz.

U. OLJER

Odamlar hech narsani nasihatdek nafratlanib qabul qilmaydilar.

J.ADDISON

Nasihat xuddi kunjut yog‘idek yoqimsiz: uni birovga ichirish osonu, ammo o‘zimiz ichishimiz koni azob.

V. SHOU

Maslahat so‘rash — bu bir kishi ikkinchisiga ko‘rsatadigan eng yuksak ishonchdir.

F. BEKON

Boshga kulfat tushganda kimki noto‘g‘ri maslahat bersa, maslahat berishni istamagani.

SENEKA

Quruq javoblar odilona savollarni mahv etadi va aqlni o‘tmaslaydi.

A. I. GERTSEN

Sizdan nuqul pul so‘ragan odamga hech qachon maslahat bermang.

P. KALDERON

Baxtsizga nasihat berish baxtli odam uchun oson.

ESXIL

Sizdan iltimos qilinmagan ishni o‘zingizdan-o‘zingiz bajarmang.

O. BALZAK

O’zing istagan narsani birovga tirkama; did har kimda har xil.

B. SHOU

Barchani o‘z gazi bilan o‘lchash tor aql ko‘chasiga kirishdir.

D.I.PISAREV

O’zgalar oldida berilgan nasihat ta’nadek botadi.

QOBUS

Yoqimli maslahat berma, yaxshi maslahat ber.

SOLON

Osonlik bilan foydalansa bo‘ladigan maslahatgina naflidir.

L. VOVENARG

Yaxshi maslahat hech qachon kechikib aytilmaydi.

B. JONSON

O’z ustidan g‘olib chiqa oladiganlardangina maslahat so‘ra.

LEONARDO da VINCHI

Birortasi bilan o‘z ishing yuzasidan maslahatlashmoqchi bo‘lsang, eng avvalo, o‘z ishlarini qanday yo‘lga qo‘yib olganiga e’tibor qil.

ISOKRAT

Yaxshi maslahat kimdan chiqqanining ahamiyati yo‘q.

T. FULLER

Dushmandan ham o‘rganish mumkin.

M. MONTEN

Dono odam dushmandan ham ko‘p narsa o‘rganadi.

ARISTOFAN

G’anim so‘ziga kirish — xatolik, ammo unga teskari ish tutmoq uchun uni tinglamoq darkor. Bu chinakam haq yo‘ldir.

SA’DIY

Yaxshi maslahatni qabul qilmoq — shaxsiy imkoniyatlarni yanada oshirmoq, degani.

I. GYOTE

O’zini dono hisoblagan odamga aql o‘rgatmoqchi bo‘lgan kishi vaqtini bekor ketkazadi.

DEMOKRIT

Odamlarning maslahatlashmoqchi bo‘lish odatlarida qanchalar riyokorlik bor! Maslahat so‘rayotgan kishi o‘z do‘stining fikrlariga o‘zini hurmat bilan quloq tutayotgandek ko‘rsatadi, vaholanki, aslida unga kimningdir e’tibori kerak, kimdir uning ishini ma’qullab,o‘sha ishi uchun javobgarlikni ham o‘z zimmasiga olishi kerak.

F. LAROSHFUKO

Odamning o‘zi istamasa, hech qanday o‘git-nasihatlar unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatolmaydi.

R. ROLLAN

Qaysarga nasihat qilgan kishining o‘zi nasihatga muhtojdir.

SA’DIY

Ahmoq bilan munozara qish — ko‘rga chiroq yoqqan bilan barobar.

P. BUAST

Sen aytgan o‘rinli gapning ahmoq qulogiga yetmay qolib ketishi hamma narsadan ham achinarli.

Sh. MONTESKYE

Maslahatga kirmaydigan odamga yordam bermaslik kerak.

B.FRANKLIN

Tentaklarning ustozi so‘z emas, baxtsizlikdir.

DEMOKRIT

Shunday odamlar borki, ularning qulog‘ini kesib tashlama-guningcha eshitishni istashmaydi.

G. LIXTENBERG

Tentakka maslahat berish — ko‘rga ko‘zgu tutish bilan baravar.

I. MYULLER

So‘z ta’sir qilmagan odamga kaltak ham o‘tmaydi.

SUQROT

Nodon qulog‘iga pand, xuddi qafasda shamol,

Olamning nasihati g‘alvirdagi suv misol.

SA’DIY

Har qanday kishi ham o‘zi tushunadigan narsaga quloq soldi.

I. GYOTE

Birovga maslahat berish mumkin, ammo uni yaxshi xulqqa o‘rgatib bo‘lmaydi.

F. LAROSHFUKO

Maslahat beradilaru, ammo uni ishlatish uchun aql berolmaydilar.

F. LAROSHFUKO

Ahmoq beixtiyor yaxshi maslahat berib qolsa, aqlli odam uni bajarishi kerak.

G. LESSING

olg’onchilik

Kishi yanglishgan paytda buni har qanday odam sezadi, ammo aldayotganda esa hamma ham sezavermaydi.

I. GYOTE

Albatta, bilmay turib ham yolg‘on gapirib qo‘yish mumkin, ammo «yolg‘onchi», degan tushuncha qasddan yolg‘on so‘zlash ma’nosini bildiradi.

B. LASKAL

Yolg’onchilik

Yolg‘onchilik — qabih illat.

M. MONTEN

Yolg‘onchilik o‘g‘rilikdan battar.

J. RENAR

Yolg‘onchilik — yovuzlik timsoli.

V.GYUGO

Faqat yaramaslargina aldashadi.

F. M. DOSTOYEVSKIY

Yolg‘onni bu qadar fosh etishimizning boisi shundaki, eng pastkash illatlar ichida ayniqsa yolg‘onni berkitish ham va unga bo‘yin egish ham oson.

F. VOLTER

Agar yolg‘on ham haqiqat singari bir xil bo‘lganda-ku, ahvolimiz ancha yengillashardi. U holda biz yolg‘on so‘zlayotgan odamning gapini teskari tushunib qo‘ya qolardik. Lekin haqiqatning aksi bo‘lgan yolgonniig minglab qiyofasi bor va uning had-chegarasi yo‘q.

M. MONTEN

Kishi yanglishgan paytda buni har qanday odam sezadi, ammo aldayotganda esa hamma ham sezavermaydi.

I. GYOTE

Yolg‘onchi — inson deb atalishga loyiq emas.

F. FENELON

Irodasiz yurak, farosatsiz aql, buzuq xarakterni yolg‘on fosh etadi.

F. BEKON

Hammadan ham ko‘ra men qo‘rqoqlik va ojizlik tufayli to‘qilgan yolg‘ondan jirkanaman.

A. I. KUPRIN

Yolg‘onchilik va makr — ahmoqlar bilan qo‘rqoqlar panohi.

F. CHESTERFILD

Yolg‘onchilik inson qalbi va jismiga hadsiz uqubat yuklaydi.

Sh. RUSTAVELI

O’z vijdonini aldash — insonning hayotidan ezilishining eng keng tarqalgan va eng qabih ko‘rinishidir.

L. P. ANDREYEV

Yolg‘onchilik zo‘rlik boshlangan joyda tug‘iladi.

K. A. FEDIN

Yolg‘onchi yolg‘onsiz yashay olmaydi.

I.I . XEMNISER

Yolg‘onchilikka o‘rgangan odam ishda ham, bekorchilikda ham yolg‘on so‘zlayveradi.

I. I . XEMNISER

Ma’lum vaqt hiyla-nayrang bilan shug‘ullanib yurgan odam endi usiz turolmaydi: qolgan narsalarningbariunga zerikarli ko‘rinadi.

J. LABRUYER

Yolg‘on ham ichkilikbozlikning o‘zi. Yolg‘onchi o‘layotganda ham yolg‘on gapirib o‘ladi.

A. P. CHEXOV

Shira — maysani, zang — temirni, yolg‘on esa qalbni kemiradi.

A. P. CHEXOV

Insonni ayni yolg‘onchilik tahqir etadi.

O. BALZAK

Yolg‘onning doimiy hamrohi — ayyorlik.

J. LOKK

Shaxsiy manfaat yo‘lida o‘zini-o‘zi aldash qalbakilik; o‘zgalar manfaati uchun aldash — soxtalik; ziyon yetkazish uchun aldash — bo‘hton, bu yolg‘onning eng yomon zahridir.

J. J. RUSSO

Yolg‘onchiga hatto u to‘g‘ri gapirganda ham ishonmaymiz.

SITSERON

Yolgonchining jazosi uning gapiga hech kim ishonmay qo‘yishida emas, balki uning o‘zi endi hech kimga ishonmasligidadir.

B. SHOU

Yolg‘onchilik hayotda suyanchiq bo‘lmaydi.

N. K. KRUPSKAYA

Ojizlarning kuchi hiyla-nayrangda.

V. SHEKSPIR

Qalbaki narsa hech qachon pishiq bo‘lmaydi.

P. BUAST

Yolg‘on beviqor qilur odamni, Yolg‘on sharmisor qilur odamni.

SA’DIY

Eng qabih yelg‘on ko‘pincha sukut saqlagan holda ifodalanadi.

R. STIVENSON

To‘la haqiqatgina maqtovg‘a loyiq, chala haqiqat hech narsaga arzimaydi.

S. SVEYG

Chala haqiqat yolg‘ondan xavfli; chala haqiqatga qaraganda yolg‘onni ajratish oson, chala haqiqat esa sezdirmaslik uchun ikki hissa pishiqroq niqob kiyib oladi.

T. GIPPEL

Chala haqiqatni fogn etish g‘irt yolg‘onni fosh etishdan ko‘ra ikki bora qiyin.

O.OMELLI

Birov soxtalashtirilgan haqiqat — eng xavfli yolg‘ondir.

G. LIXTENBERG

Haqiqatlar ichiga kirib qolgan birgina yolg‘on hamma haqiqatni shubhaga qo‘yadi.

P. BUAST

Aldayotgan odam yelkasida qanchalik og‘ir yuk borligini o‘ylamaydi, chunki u birinchi yolg‘onini davom ettirish uchun yana yigirma martalab yolg‘on so‘zlaydi.

A. POP

Har kimki so‘zi yolg‘on, yolg‘oni zohir bo‘lg‘ach yolg‘on. Yolg‘onni chindek aytuvchi suxanvar — kumushni oltin bilan ro‘kash qilg‘uvchi zargar.

A. NAVOIY

Kimki bir yolgon gapirdimi, yana ganiradi. Axir bitta yolg‘onni boshqa yettitasi bilan quvvatlash kerakda.

F. RYUKKERT

Kim xotirasiga uncha ishonmasa, kelishtirib yolg‘on ham so‘zlolmaydi, deb bejiz aytishmaydi.

M. MONTEN

Agar siz faqat bor gapni aytsangiz, boshqa narsalarni o‘ylab o‘tirishingiz shart emas.

MARK TVEN

Albatta, bilmay turib ham yolg‘on gapirib qo‘yish mumkin, ammo «yolg‘onchi», degan tushuncha qasddan yolg‘on so‘zlash ma’nosini bildiradi.

B. LASKAL

Yolg‘on gapirayotganingni sezsang, og‘zingni yumishing har vaqt ham kech emas.

A. DYUMA (o‘g‘li)

Yolg‘on kuchga kirgan vaqtda ham baribir hech vaqt haqiqatga aylanmaydi.

R. TAGOR

Bordi-yu, yolg‘onga duch kelsang, sen uni yo‘q qil. Yolg‘on faqat yo‘q qilishlari uchungina mavjud.

T. KARLEYL

HIKMATLAR

* * *

…Hozirgi adabiyotimiz naqadar yaxshi, naqadar katta bo’lmasin, kelajakda yaratiladigan buyuk o’zbek adabiyotining poydevori, faqat poydevori bo’lib qoladi.

* * *

Hayot — magnit, o’ziga tortadi, yozuvchi shu magnitni o’ziga yuqtira olsagina kitobxonni o’ziga tortadi.

* * *

Chiroyli lof-qofdan xunuk haqiqat yaxshi.

* * *

Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o’tin yorishga sarf qilish kerak emas.

* * *

Yozuvchi o’z ona tilisi ustiga o’z zamonasining boy madaniy tilini bilmasdan qanot bog’lamaydi. Buning misolini adabiyotimiz tarixida, hozirgi adabiyotimizda ham ko’rishimiz mumkin.

Yozuvchi… pokiza, chiroyli, burdli, subutli, haqgo’y bolishi kerak.

* * *

Yozuvchi yoshligida yoshligiga rioya talab qilsa talan-tiga shira tushadi, erta qariydi, keyin qariligida qariligiga rioya talab qiladi-yu umumadabiyot gazini ko’rganida qunushadi, inqillaydi… bizning yoshlarimiz toy bo’la turib otning tepkisini ko’taradigan chayir, chaqqon, har qanday katta galadan ham uloqni olib chiqib, xalqning sovriniga sazovor bo’ladigan chavandoz otlar bo’lib yetishyapti.

* * *

Yozuvchini hech qachon hech kim ko’tarmaydi. Yaxshi yozuvchini yaxshi asarlari ko’taradi, yaxshi yozuvchi ko’tarilib ketganini hatto o’zi bilmay qoladi.

* * *

Yozuvchi o’z ijodiy ishidan hech qachon qanoat hosil qilmaydi, qanoat qilgan kuni, menimcha, yomon qarigan laqma cholga aylanadi…

* * *

Yozuvchi biron asar yozish uchun qo’liga qalam ol-ganda hammadan burun ko’z oldiga shu narsani o’qiyotgan o’quvchini keltirsin, asarning har bir satri ko’z oldidan o’tganida chehrasida bo’ladigan o’zgarishni ko’rib tursin. Yozuvchi o’zini kattakon, bilimdon, yuksak zavq egasi bo’lgan kishi oldida imtihon berayotgan-day sezsin.

* * *

Adabiyot — hunar, uni kasbga aylantirib olgan yo-zuvchi olmaga tushgan qurtdan farq qilmaydi.

* * *

Umid bilan qo’liga qalam olgan, el-yurtga yozish-chizishi bilan xizmat qilishni istagan, shu yo’l bilan ko’proq va yaxshiroq xizmat qila olishiga ko’zi yetgan har bir kishining omoli yaxshi asarlar yaratish bo’ladi.

* * *

Bolalar yozuvchisi, shubhasiz, talantli, bilimli, pedagog bo’lishi kerak, lekin bularning ustiga o’zi odamoxun bo’lmasa, qadri bir pul.

* * *

Bolalar uchun kitob yozadigan kishi g’oyat usta san’atkor, katta tajribali pedagog, tilning zarshunosi bo’lmog’i kerak.

* * *

Yozuvchining vazifasi yaxshi asarlar yozish, xalq dilining tarjimoni bo’lish bilangina cheklanmaydi, uning vazifasiga adabiyotni har qanday balo-qazodan qo’riqlash, adabiyotning sergak, jasur posboni bo’lish ham kiradi.

* * *

San’at asari chaqmoq, mushak, kamalak singari lah-zani obod qiladigan umri qisqa, mag’zi puch go’zallik emas, balki adabiyotni bezaydigan, umri boqiy va mag’zi to’q go’zallikdir.

* * *

O’qishli kitob go’zaJJikdir, lekin go’zallikda ham go’zamk bor. Qorong’i kechada otilgan mushak ham go’zaJ, quyoshga qarab xandon tashlab turgan gul ham go’zal. Osmonda sochilib ketgan rang-barang olov va oqish izlar go’zalligi ko’zni qamashtirsa ham puch go’zallik, shuning uchun bebaqodir. Gulning go’zalligi esa to’q go’zallik, chunki uning bag’rida hayot bor, shuning uchun abadiy go’zallikdir. G’uncha guldan ham go’zalroq, chunki uning bag’rida ikki hayot — o’z hayoti va yana gul hayoti bor.

* * *

Bir suhbatda birov san’at asarining yaxshi-yomonligi har kimning didi, ta’bi, o’sha topdagi kayfiyatiga bog’liq, deb qoldi. Sirtdan qaralganda, bunga qarshi bir nima deb bo’lmaydiganga o’xshaydi, lekin haqiqatda bu ta’rif san’atning qalbiga xanjar uradi, uning qanotini qayiradi.

* * *

Biz bu asarni yomon, ikkinchisini yaxshi, uchinchisi-ni so’z san’atining mo»jizasi deymiz. Shunda hammadan burun nimani ko’zda tutamiz? Awal shu savolga javob berish kerak.

Modomiki, kitob keng o’quvchilar ommasi uchun yozilar ekan, bu savolga o’sha omma nuqtai nazaridan qarab javob berish zarur. Omma o’zini maftun qiladi-gan, rohat bag’ishlaydigan narsani o’qiydi. O’shani yaxshi asar deb biladi. O’quvchi kitobni «madaniyatdan orqa-da qolmaslik» uchungina emas, zo’r rohatdan mahrum bo’lmaslik uchun o’qisa hisob. Shunday asar yaxshi asar bo’ladi… Asar to’g’risida eng to’g’ri, xolis yozilgan taqriz kutubxonaning daftarida bo’ladi.

Eng yaxshi tomosha bo’lmagan drama, qo’lga olish bilan jozibasiga tortib ketmaydigan adabiy asar yaxshi narsa bo’lmaydi. Agar birov yozuvchi asarning shu to-moniga e’tibor qilgani erinsa yoki erinmagani taqdirda ham udda qilolmasa-yu o’zining ojizligini, mas’uliyatsizligini «mazmun», «olijanob maqsad» iboralari ostiga berkitsa, san’atni, eng muhim tarbiya quro-lini beburd qilgan bo’ladi.

Maqsad naqadar olijanob bo’lmasin, Chexovning tili bilan aytganda, «qurbaqaga shakar sepib berganing bilan baribir yemayman».

Adabiy asar, adabiyot degan shundoq bo’lsin.

* * *

Bizda hissiz yozilgan, nuqul aql sotadigan, kitob-xonni adabiyotdan bezdiradigan sovuq kitoblar oz emas. Bu xildagi kitoblar kitobxonga bir nima berish o’rniga o’z avtorining sharmandasini chiqaradi; modomiki, yozuvchi voqelikdan ilhom olmagan ekan, modomiki, voqealarning mohiyatini, odamlarning dilini anglama-gan ekan, bu hoi uning hayotga loqayd qaraganini, ichki darddan mahrum, befarosat va shapko’r ekanini ko’rsatadi. Yozuvchi kitobni ilhom o’ti bilan alanga ol-dirmasa, kitobxonning qalbiga o’t yoqolmaydi. Kitob kitobxonning qalbida ezgulukka otashin muhabbat, qabo-hatga omonsiz nafrat uyg’otmasa, o’quvchini maftun qiJadigan fazilatdan mahrum bo’Jadi.

Masalan, mana shunday hikoya yozgan yozuvchiga nima ilhom berdi ekan: ongli paxtakor chol o’g’liga g’o’zani sug’orib qo’yishni buyuradi. Ongsiz o’g’il ki-noga ketadi, g’o’zani suv bosadi. Choi o’g’lini o’tqazib qo’yib, agrotexnikadan leksiya o’qiydi. Shu bilan yo-zuvchi kitobxonga agrotexnikadan ta’iim beradi.

Zaruratsiz, ichki dardsiz, ehtirossiz yoziigan asar o’lik bo’Jadi. Bundoq asarga hech qanaqa g’oya, muhim mavzu jon kirgizolmaydi.

* * *

Bizningcha, rangsiz, nursiz, haroratsiz yoziigan asarlar hayotni chuqur o’rganmasdan, uning achchiq-chuchugini tatimasdan, o’sha hayot odamlarining qalbiga qalbni payvand qilmasdan, dardsiz, ehtirossiz, ya’ni ilhomsiz yoziigan asarlardir.

* * *

Navoiyning bir hikmatli so’zi bor:

Garchi quyoshdin parvarish olam yuziga om erur, Sahroda kamqog’u tikan, bo’stonda sarvu gul bitar.

Ya’ni: quyoshning nuri barchaga barobar bo’lsa ham, sahroda tikanu bo’stonda sarvu gul bitadi.

Bu juda chuqur, juda zo’rgap, do’ppini yerga qo’yib, xo’p o’ylab ko’radigan gap.

Bir xil talantga ega bo’lgan ikki odam bir xildagi sharoitda ikki olam bo’lib qolishi mumkin.

Demak, yaxshi shoir bo’lish uchun katta taJant, yax-shi sharoitning o’zi kifoya qilmaydi.

* * *

Men adabiyotga qadam qo’ygandan beri adabiyotga kirib chiqqan odam Jarning soni boru sanog’i yo’q. Bu Jarning bir qismi yozish-chizishga bo’lgan havasini talant deb o’ylagan, shuning uchun adabiyotga yanglish kirgan odamlardir.

Bularning yana bir qismi adabiyot qalbning bir chek-kasini emas, hammasini talab qilishini bilmagan, ta-lant kun sayin mehnat bilan jilo berib turilmasa, zanglab, butkul yaroqsiz holga kelib qoladigan asbob ekanidan bexabar kishilar edi…

Hayotni tashkil qilolmaslik, yashay bilmaslik, tur-mushda intizomsizlik adabiyotimizga katta zarar yetka-zadi.

* * *

O’qishJik kitob yozish, uning har sahifasini, har sat-rini kitobxonga manzur qilish, kitobxonni quvontirish, uning ko’nglini topish oson emas. Bunday kitobni yozish uchun yozuvchining mahorati, kitob yozishga havasi, hatto yengib bo’lmaydigan xohishi ham kifoya qilmay-di, bularning ustiga dard, hayot bergan ilhom, kalia va qalbdan boshqa har qanday mayda orzu-havasni, har qanday manfaat-g’arazni quvib chiqaradigan yirik yuksak g’oya mavj uradigan ilhom kerak. Ilhom bilan mahorat topishgandagina kitob yozuvchining qalbidan qo’shiqday otilib chiqadi, kitobxonning qalbida aks sado yangraydi.

* * *

Ilhom deymiz. Yozuvchiga ilhom qachon keladi? Ihomning o’zi hech qachon kelmaydi. Ilhomni yozuvchining o’zi qidirib borishi, topishi kerak.

Ilhom deb atalgan parizod, nozanin yorning mako-ni qayerda? Ilhomning makoni xalqning dihda majburiyat emas, zaruriyat, xohishga aylangan mehnatning shavkati baxtiyor odamning qahqahasida, jabrdiydaning ko’z yoshida, oshiq va ma’shuqalarning ko’zlari va so’zlarida, odamda mehr va g’azab uyg’otadigan hodisa va voqealarning mag’zida… Ilhom qidiigan yozuvchi xalqning qalbiga qo’l solishi kerak.

Xalqning qalbiga uzoqdan qo’l solib bo’lmaydi, qo’l solish uchun uning oldiga borish kerak.

* * *

His qilish uchun yozuvchiga o’zining shaxsiy kechin-malari bilan bir qatorda mushohada ham yordam beradi. Yozuvchi o’zi boshidan kechirgan yoki kechirishi mumkin bo’lmagan hodisalarni zo’r diqqat bilan mushohada qiladi. Turmushni o’rganish degan so’zning ma’nosi turmushni mushohada qilish demakdir. Eng zo’r yozuvchilar eng zo’r mushohada kuchiga ega bo’lishgan. Odamlarning raftoriga oid eng kichik narsalardan tortib, katta-katta ijtimoiy hodisalargacha zo’r diqqat bilan o’rganishgan. Boshqa kishilaming diqqatini jalb qilmagan hodisalar, bularning diqqatini jalb qilgan, e’tiborini tortgan.

Mana shuning uchun har bir asarda yozuvchining shaxsiy kechinmalari, tarjimai hoh unsurlari bo’ladi. Yozuvchi ba’zan biron tipgaasos qilib haqiqatdamavjud odamni

ham oladi. Bunday hollardao’shamavjud odam tipning prototipi bo’ladi.Yozuvchi prototipiling o’zigaginaxos sifatlarini, xislatlarini tashlab, tip uchun xarakterli bo’lgan boshqa sifatlar, xislatlar qo’shadi. Shunday bo’ladiki, prototip tipning o’zi ekanini bilmaydi.

* * *

Odatda mushohada faqat kerak boiganda, biron asar yozish uchun zarur bo’lib qolganda qilinmaydi.

Masalan, birovning oyog’ini tramvay bosdi. Ehtimol, mening qahramonlarimdan, personajlarimdan hech kimning oyog’ini tramvay bosmas. Lekin oyog’ini tram­vay bosgan odamning o’sha damdagi holati, harakati, qiyofasi esimda qolishi kerak. Chunki mabodo shunday holat kerak bo’lib qolsa, tramvayga bostirib ko’rgani hech kim rozi bo’lmaydi.

Kishi chuchkiragan vaqtda afti qandoq bo’lishiga hech kim e’tibor qilmaydi. Lekin Chexov shunga e’tibor qilgan ekan.»Chinovnikning o’limi»da qo’l kelipti.

Men «Anor» degan hikoyani yozganimda boshqorong’i xotinning holatini shu kunlarda mushohada qilganim yo’q. Boshqorong’i xotinning holati mening xotira daftarimda bor edi. Buni men bir vaqtlar daftarga shunday qayd qilib qo’ygan ekanman:

«Er xotiniga jannatning ta’rifini qiladi. Xotinning ko’ziga havzi kavsar va unda suzib yurgan baliqdan boshqa hech narsa ko’rinmaydi. Xotin baliqqa boshqorong’i»…

Shunday qilib, yozuvchining xotira daftari — musho-hadalar xazinasi, turmush qomusi vujudga keladi.

Bu daftarga faqat mushohadalargina emas, voqealar, manzaralar, fikrlar, so’zlar, iboralar ham yozilishi mumkin. Chexov hatto ismlarni ham yozgan.

Mana shuning uchun yozuvchi yozayotganda, o’ylayotgandagina emas, hamma vaqt mehnat qiladi. Shundoq bo’lishi kerak.

* * *

— Hodisa shaklning yaralishiga turtki bo’ladi, hikoya yozib chiqilgandan keyin, boshqa mazmunga kirishi mumkin. Bunday holatda gap yana shundaki, yozuvchi ongidan ma’lum bir hayot hodisasining alomatlari to’planadi, bu alomatlar obrazda gavdalanish uchun faqat muayyan sababga, muayyan shaxs yoki vaziyat-ning topiJishiga qarab qoladi. Bunda yozuvchi tasawurida shakllanib qolgan tipga bunday muayyan shaxs ichki tomondan qanchalik mos kelishining ahamiyati qolmaydi. Hodisaning mohiyatini yozuvchi belgilab olgandan keyin, uni faqat ma’lum shaklga solish qoladi.

* * *

Kitobning shavq bilan o’qilishi uning latofatlaridan biridir. Albatta, go’zallik ham bir xil bo’ladi: kechasi qop-qora osmonda olovli iz qoldirib uchgan yulduz ham go’zal, kunduzi guldan gulga qo’nib yurgan kapalak ham go’zal. Uchgan yulduzning go’zalligi bir lahzalik — be-baqo go’zallik, guldan gulga hayot tashib yurgan ka-palakning go’zalligi abadiy go’zallikdir. Biz abadiy go’zallik yaratishga harakat qilishimiz kerak.

Buning uchun voqelikni chuqur o’rganish, undan ilhomlanishdan tashqari, mahorat ham kerak; syujetni yarata bilish kompozitsiyaning jo’n va chiroyli, portretning psixologik nozik va yaqqol chiqishiga erishish, tilni yaxshi bilish zarur.

She’r — fikr ekstrati bo’lishi jihatidan hikmat, ko’ngilga yo’l topishi, undan o’ziga hamohang sado chiqarishi jihatidan musiqa.

She’r — oshiqning ohi, musibat diydaning ko’z yoshi, saodat va surur ifodasi bo’lgan qahqaha tovushi.

She’r — ko’ngilning oynasi, ko’ngilda nima bo’lsa, shuni aks etadi.

She’r — ma’sum go’dak, riyoni bilmaydi. Riyo bo’lgan yerda she’r yo’q.

She’r — bir mo»jiza. Uning mo»jizalik sirlaridan xa-bardor bo’lish, bu sirlarni jilovlash har kimga ham muyassar bo’lavermaydi. Bunga erishish uchun zehn, sabr va mehnatdan boshqa yana nimadir kerak.

Poeziya — yuksak san’at.

Birinchi qissa

Bir kishi o`z do`stining oldiga kelib, uyida sichqon ko`pligidan shikoyat qildi. Do`sti unga mushuk boqishni maslahat berdi. U esa rozi bo`lmay:
“Mushuk boqsam, uyimdagi sichqonlar qo`shnimnikiga qochib chiqarmikan, deb qo`rqaman”, dedi.

Ikkinchi qissa

Bir kishi bir dono oldiga kelib, undan:
— Ayting-chi, men yaxshi odammanmi yoki yomonmi, buni qanday bilsa bo`ladi? — deb so`radi.
— Qo`shnilaring agar seni yaxshi desalar, demak yaxshisan! — deb javob beribdi dono.
Sahobalar Payg`ambarimiz Rasuli Akram (s.a.v.)dan:
— Qo`shnilarimizning hududi qancha? — deb so`radilar.
Rasuli Akram (s.a.v.):
— Qirq uy o`ngdan, qirq uy chapdandir. Har bir xonadon to`rt tarafdan qirq uydan xabardor bo`ladi, — deganlar.
Qissalardan hissalar
Qo`shni kim va qaysi millatga taalluqli bo`lishidan qat’iy nazar, uni va bolalarini hurmat qilmoq odamiylik xislatlaridan biridir.
Kitoblarda “Qo`shnining itiga sababsiz tosh otish va mushugini haydash, uni haqoratlash bilan barobardir”, deyilgan.
Qo`shni kasal bo`lsa, undan hol so`rash, boshiga musibat tushsa, yordam qilish, g`am-shodligiga sherik bo`lish, undan xato o`tsa, kechirish, biror yoqqa ketsa, uyidan xabardor bo`lib turish, meva-cheva terilsa, ular bilan yo`qlash har birimizning vazifamizdir.

Muhammad ТOSHBOLТAYEV,
texnika fanlari doktori, professo

Jomiy hikmatlaridan

Kitobdan yaxshi do`st yo`q jahonda,

G`amxo`ring bo`lgan u hamli zamonda.

U bilan qol tanho, hech bermas ozor,

Joningga yuz rohat beradi takror.

Jomiy hikmatlaridan

Kitobdan yaxshi do`st yo`q jahonda,

G`amxo`ring bo`lgan u hamli zamonda.

U bilan qol tanho, hech bermas ozor,

Joningga yuz rohat beradi takror.

* * *

Ilming bo`lsa qochma amaldan,

Ilming qimmati amali bilan.

* * *

Ilm — barcha hunarning toji — bebaho,

Ilm — hamma qulfning kaliti — a’lo.

* * *

Senga ulug`lik lozim bor joyda,

Otang obro`yi bermaydi foyda.

* * *

Ilm olishga belingni chog`la,

Boshqa har ishdan qo`lingni bog`la.

Ustod, muallimsiz qolsa bir zamon,

Nodonlikdan qora bo`lardi jahon

* * *

Eng yaxshi odam shu — kimdan xalqiga,

Qandaydir naf tegar har kunu har dam.

* * *

Do`stga agar qo`shilsa do`st-yor,

Orzu og`ochi bo`lur hosildor.

har kim bilan oshnolik istama,

har oshnodan ro`shnolik istama.

ikmatli latifalar

Bir boy davlatmandligidan kerilib, shayxga debdi:

-Sizga qancha pulu oltin kerak bo‘lsa, mana mendan so‘rang!

-Yo‘q, – debdi shayx. – Men qulimning qulidan narsa so‘ramayman.

-Ie, qanaqasiga sizga qul bo‘lay? – darqaxr bo‘libdi boy. Shayx javob beribdi:

-Nafs mening o‘ulim, sen esa nafsning qulisan!..

Hikmatli latifalar

Mavlono Jaloliddin Rumiy uylarida yeydigan hech vaqo qolmaganini xabar bergan ayollaridan qayta-qayta so‘rayveribdilar:

-Hech narsa qolmadimi?

-Yo‘q.

-Og‘izga oladigan hech vaqo yo‘qmi?

-Yo‘q.

-Hech narsa-ya?

-Hech narsa…

-Rostdanmi?!

Xazrati Mavlono shodliklaridan yuzlari gul-gul yonib, qo‘llarini duoga ochdilar:

-Allohim, senga hamdu sanolar bo‘lsinki, uyim Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning xonadoniga o‘xshabdi.***

Bir kishi Hasan Basriy (q.s.) hazratlarining oldilariga kelib: “Falonchi sening haqqingda falonday pistonday noma’qul gaplarni gapirdi”, debdi.

-Qachon?

-Bugun.

-Qaerda?

-Uyida.

-Uning uyida nima qilayotgan eding?

-Ziyofatga boruvdim.

-Ziyofatda nima yeding?

Xaligi kishi sakkiz xil taomning nomini sanadi.

Shunda Hasan Basriy (q.s.):

-O’sha odamning sakkiz xil taomi qorningga sig‘diyu bir og‘iz so‘zi sig‘madimi? Tur, ket bu yerdan! – dedilar va g‘iybatchini dargohlaridan quvib chiqardilar.

***

Bir xristian popi o‘lkamizga kelib, yoshgina boladan cherkovning yo‘lini so‘rabdi.

Bola popni cherkovga kuzatib qo‘yibdi. Minnatdor pop debdi:

— Barakalla, o‘g‘lim! Ertaga ham shu yerga kelsang senga jannatning yo‘lini ko‘rsataman.

Bola javob beribdi:

— Cherkovni yo‘lini bilmagan jannatning yo‘lini qaerdan bilardingiz?!

***

Boyazid Bistomiy hazratlari jinnixona yonidan o‘tayotganlarida, bir tabibning havonchada dori maydalayotganini ko‘rib:

-Behad gunohkorman, – debdilar, – shu kasalimga qarshi doring bormi?

-Tabib boshini ko‘tarib ulgurmasdan, jinnixona panjarasidan qarab turgan bir xasta javob beribdi.

-Tavbaning tomiri bilan istig‘forning yaprog‘ini aralashtir. Qalb havonchasida tavhid to‘qmog‘i bilan tuyib maydala. Insof elagidan o‘tkaz, ko‘z yosh bilan yo‘g‘ir, ishq tandirida pishir va bomdod bilan shom orasida ko‘proq tanovvul qil. Ko‘rasan xastaligingdan asar ham qolmaydi.

Bistomiy hazratlarining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib debdilar:

-Yo, Robbim! Bu dunyo xastaxonasida ne tabiblaring bor!!!

***

Tarix sohasida jahon miqyosida tengi kam olimlardan bo‘lgan Mahmud Kamoldan so‘radilar:

-Sizdagi bilimning o‘ndan biriga ham ega bo‘lmaganlar sizdan bir necha barobar ko‘proq tanildilar. Buning sababi nimada ekan?

-Min bilmoq uchun o‘rgandim, ular bilinmoq uchun!

***

Hazrati Bahouddin Naqshband (q.s.)dan muridlari bir karomat ko‘rsatishni so‘rashdi. Hazrat o‘rinlaridan turdilar-da, yengil-engil besh-olti qadam yurib, yana joylariga cho‘kdilar. Muridlar hayron bo‘lib qarashdi. Hazrati Naqshband (q.s.) dedilar:

-Ikki yelkamda tog‘day-tog‘day gunohlarni ko‘tarib, qushday yengil yurishimning o‘zi karomat emasmi?!

***

Bir kishi mashhur turk shoiri Mahmad Akif Ersoyni mazax qilmoqchi bo‘libdi:

-Afandim, siz mol do‘xtirligini bitirgan edingiz-a?

-Ha, bir yering og‘riyaptimi?!

***

Bir olim g‘iybatchiga debdi:

-Aytaylik, sen yomonlayotgan odamning obro‘si kamaydi, ammo bu to‘kilgan obro‘ senikiga kelib qo‘shilmaydi-ku!

***

Bir boy davlatmandligidan kerilib, shayxga debdi:

-Sizga qancha pulu oltin kerak bo‘lsa, mana mendan so‘rang!

-Yo‘q, – debdi shayx. – Men qulimning qulidan narsa so‘ramayman.

-Ie, qanaqasiga sizga qul bo‘lay? – darqaxr bo‘libdi boy. Shayx javob beribdi:

-Nafs mening o‘ulim, sen esa nafsning qulisan!..

***

O’qituvchi:

-Inson odamsimon maymundan paydo bo‘lgan.

O’quvchi o‘qituvchiga ishorat qilib past ovozda:

-Ba’zilari odamsimon eshakdan.

***

Dunyoda hech qanday dalil qolmagan taqdirda ham, bir mikrobning hayoti Allohni anglash va anglatish uchun yetarlidir.

PASTERNAK.

***

Dunyo yasangan, bezangan chiroyli bir kelinchak kabidir! U barchaga kulib boqadi, ammo hech kimga tegmaydi.

Dunyoning bu kayfiyatini anglagan buyuk zotlarimiz unga qiyo ham boqmay o‘tib ketaveribdilar.

***

Biz yo‘lda uchrashdik Azon eshitildi.

-Yur, jome’ga – dedim. – Bugun jum’a!

-Masjidga bormasligimni bilasan-ku, – dedi.

-Bilaman-u, ammo qachongacha bormaysan?!

-Nima desam ekan, ruhim to‘g‘ri kelmaydi. Hali tayyor emasman. Qolaversa, shimimning tizzalari titilib, dazmoli buzilishidan ham qo‘rqaman… arzimaydi…

Kulgim qistadi.

-Hazillashyapsanmi?

-Hazil-pazili yo‘q. Oq kiyimni yaxshi ko‘rishimni, dog‘ tushirmasligimni bilasan-ku!

Haqiqatan ham, shunday edi. U ko‘pincha oq kiyim kiyardi. Kiyimlari doim dazmollangan, toza, ozoda edi…

Oradan ikki oy o‘tib, bexos, uning jome’ masjidida ekanligini eshitib qoldim. Yugurdim. Jome’dagi nomoz saflarining eng oldida edi.

Sekin-asta oldiga yaqinlashib past ovozda:

-Qani, og‘ayni, senga nima bo‘ldi? Masjidga bormayman demaganmiding? – deb so‘radim.

Undan sado chiqmadi. Chunki boshdan oyoq oppoq kafanga o‘rangancha tobutda yotar, uning uchun janoza namozlarini o‘qishlarini kutar edi.

***

Saljuq sultonlaridan biri, mavlono Jaloliddin Rumiyni ziyorat qilib, gap asnosida saltanatlari orasidagi farqni so‘rabdi.

-Sening saltanating, to ko‘zing ochiq turgan muddatgacha davom etadi. Meniki esa ko‘zim yumilganidan keyin boshlanadi, – debdi mavlono.

***

Yo‘lda o‘zlariga to‘qnash kelayotgan molni ko‘rib, Imom A’zam yo‘l beribdilar. Sababini so‘raganlarga esa shunday javob qilibdilar:

-Molning shoxlari bo‘lsa, mening aqlim bor!

***

Muallim savol qildi:

-Bolalar, agar Alloh hammamizning jannatga kirishimizni istasa, nega bu dunyoga yubordi?

-Bir o‘quvchi o‘rnidan turib javob berdi:

-Muallim siz ham hammamizning a’lo baholar bilan sinfdan sinfga ko‘chishimizni istaysiz, ammo nega imtihon qilasiz. Barchamizga birday besh baho qo‘yib chiqmaysiz?!

***

O’qituvchi keltirgan qant-qursini yashirib darsga kirdi-da, o‘quvchilarga qarab:

-Alloh bor deydiganlar, qani, hozirning o‘zida bergin deb undan biron nima, masalan, qand so‘rashsin-chi, Allohlari ularga berarmikin. Ammo mendan so‘rasangiz shu zahoti berishim mumkin, – debdi. O’qituvchining hiylasini bilib qolgan bir o‘quvchi debdi:

-Muallim, qand menga allergiya beradi, yaxshisi sizdan bitta olma so‘ray qolay…

***

Boyazid Bistomiy hazratlaridan:

-Siz suv ustida yurar emishsiz. Qanday qilasiz? – deb so‘radilar.

-Bir quruq yog‘och ham suvda yuradi. Biz yog‘ochcha bo‘lmadikmi?!

***

Nasriddin Xo‘jadan so‘radilar:

-Xo‘jam! Shu, dunyo necha chaqirim kelarkin?

Shu asno yonlaridan tobut ko‘tarib o‘tdilar. Nasriddin Xo‘ja tobut tomonga ishorat qildi:

-Ana undan so‘ranglar, o‘lchash ishini bitirib qaytyapti!..

***

Najib Fozil kemada kitob o’qib ketayotgan ekan. Muxlislaridan biri yaqinlashib:

— Ustoz, dunyoga payg’ambar yuborishning nima keragi bor edi? Alloh aql berib qo’yibdi, yo’limizni o’zimiz ham topib olardik, – debdi.

Najib Fozil kitobdan bosh ko’tarmay javob beribdi:

— Kemaning nima keragi bor. Dengizdan o’zing suzib o’taver!..

Konfutsiy hikmatlari

Ustoz aytardi:

— Ota-onangizning xizmatini ado etayotganda, ularga ohista so’ylang. Agar ular sizning aytganlaringizni qilishni istamayotganliklarini ko’rsangiz, bari bir tavozeda turavering va odob qoidalarini buzmang. Hatto qon yutib turgan bo’lsangiz ham, koyinganingizni bildirmang.

Ustoz aytardi:

— Ota-onangizning xizmatini ado etayotganda, ularga ohista so’ylang. Agar ular sizning aytganlaringizni qilishni istamayotganliklarini ko’rsangiz, bari bir tavozeda turavering va odob qoidalarini buzmang. Hatto qon yutib turgan bo’lsangiz ham, koyinganingizni bildirmang.

Men Sun ustozdan farzandlik burchi nima, deb so’radi. Ustoz javob berdi:

— Tuzukdan chiqmaslik.

Fan Chi ot aravani haydab borardi, shunda Ustoz aytdi:

— Men Sun mendan farzandlik burchi nima, deb so’radi. Men unga: tuzukni buzmaslikdir, deb aytdim.

— Buning ma’nosi nima? — deb so’radi Fan Chi.

Shunda Ustoz javob berdi:

— Ota-ona tirikligida ularga yaxshi xizmat qilmoqdir. Qazo qilsalar — ko’mib kelmoq va zarur rasm-rusumlarni ado etmoqlikdir.

* * *

Ustoz aytardi:

— Agar o’qisang-u o’ylamasang — chalkashib qolasan. Agar o’ylasang-u o’qimasang — shubha-gumonlar tagida qolib ketasan.

* * *

Ustoz aytardi:

— Ota-onangiz tirik ekan, ulardan uzoq ketmang. Agar borish zarur bo’lib qolsa, qayerga borishingizni ularga malum qilib keting.

* * *

Ustoz aytardi:

— Qadimlarda kam so’ylashardi, o’z so’zlarining ortidan yetolmay qolishdan qo’rqishardi.

* * *

Ustoz aytardi:

— Ehtiyotkor odamlar kamdan-kam xato qiladilar.

* * *

Ustoz aytardi:

— Munosib xulqli kishi so’zlarni shoshilmasdan so’ylagani ma’qul va ishlarni jadal ado etmog’i afzal.

* * *

Yan Yuan haqiqiy odamiylik nima, deb so’radi.

— Odam o’zini tuta bilishi va adab taomillariga rioya etishi kerak, — deb javob berdi Ustoz, — mana shu chinakam odamiylik bo’ladi. Bir safar o’zingni tutishga o’rgansang va adabga rioya qilgan holda harakat qilsang, shunda butun Osmon seni odamiy ekan, deb ataydi. Odamiy bo’lish yoki bo’lmaslik faqat kishining o’zigagina bog’liq, — axir bu narsa boshqalarga bog’liq bo’lishi sira aqlga to’g’ri keladimi?

— Marhamat qilib ayting-chi, bunga qanday erishsa boiadi?

Ustoz aytdi:

Xitoydagi ilm-fan taraqqiyotida Konfutsiy va uning maktabi alohida ahamiyatga ega. Uning Xitoy falsafasi tarixida tutgan o’rnini Suqrotning yunon falsafasi tarixidagi o’rnigagina qiyoslash mumkin, xolos.

Konfutsiy miloddan ilgari taxminan 551—471-yillarda yashagan. Uning butun dunyoda mashhur bo’lgan nomi «kun» va «futszi» so’zlari asosida yasalgan «Kun» hozirgi vaqtda familiyani anglatuvchi so’z bo’lsa, «fu» faylasuf, «szi» o’qituvchi ma’nolarini ifodalovchi so’zlardir. Ya’ni Konfutsiy «falsafa o’qituvchisi» degan so’zlarning familiya maqomini olgan shaklidir.

Konfutsiy yashagan davrdan «To’rt asos» va «Besh asos» degan ulkan yozma yodgorliklar saqlanib qolgan. «Besh asos» Konfutsiyga qadar yaratilgan «Qo’shiqlar kitobi», «Taomillar kitobi» («Marosimlar kitobi»), «Rivoyatlar kitobi» va «Folbinlik kitobi» («o’zgarishlar kitobi») singari qismlardan iborat bo’lgan. Lekin bu kitoblarning barchasi konfutsiylik ta’limoti asosida qayta ishlangan va Konfutsiy ta’limotining mohiyatini ochishga xizmat qilib kelgan. «To’rt asos» esa Konfutsiy «Hikmatlar»idan tashqari, «Menszi» («Men-muallim»), «Buyuk ta’limot» va «Oraliq haqidagi ta’limot» sin-gari Konfutsiy shogirdlarining hikmatli so’zlaridan tashkil topgan.

Konfutsiy ta’limoti markazida «muruwatli zot» turadi. U hukmron tabaqaning ideal vakili bo’lib, Konfutsiy ta’limoti yordamida o’zida jamiyat farovonligini ta’minlay va ma’naviy asoslarini ifodalay oladigan olijanob fazilatlarni shakllantirgan. Konfutsiy «Hikmatlar»i «muruwatli zot»ning shunday yuksak insoniy fazilatlarini aks ettiradi.

Aniqroq aytsak, bu zot oliy hukmdorga nisbatan chuqur ehtiromli, xalqqa esa muruwatli bo’luvchi, butun kuch va qobiliyatini jamiyat oldidagi burchini oqlashga, milliy urf-odat va an’analarning to’la-to’kis bajarilishini ta’minlashga sarf etuvchi kishidir. Shuning uchun ham uning o’gitlari, pand-u nasihatlari Xitoyda hanuzga qadar e’zozlanib va qadrlanib keladi.

Yohann Volfgang Gyote hikmatlari

Maqsadga yaqinlashgan sayin mashaqqat ortib boradi. Lekin har bir kishi yulduzlarga o‘xshab sokinlik bilan, shoshmasdan, biroq belgilangan maqsad sari uzluksiz intilgan holda, o‘z yo‘llarini bosib o‘tishi kerak.

Yohann Volfgang Gyote hikmatlari

Yuksak maqsadlar yuzaga chiqmay qolgan taqdirda ham — biz uchun amalga oshgan ikkinchi darajali maqsadlardan ko‘ra qimmatliroqdir.

* * *

Maqsadga yaqinlashgan sayin mashaqqat ortib boradi. Lekin har bir kishi yulduzlarga o‘xshab sokinlik bilan, shoshmasdan, biroq belgilangan maqsad sari uzluksiz intilgan holda, o‘z yo‘llarini bosib o‘tishi kerak.

* * *

Inson bo‘lish — kurashchi bo‘lmoqlikdir.

* * *

Natija — ishga berilgan baho.

* * *

Eng kulgili xohish, — bu barchaga yoqish istagi.

* * *

Ishontirish — har qanday ilmning ibtidosi emas, balki intihosidir.

* * *

Janjallashayotgan ikki kishining qaysi biri aqlliroq bo‘lsa, o‘sha aybdor.

* * *

Hech narsa yo‘qotmaydigan odam bo‘lish — o‘ta dahshatlidir.

* * *

Donishmandlik — faqat haqiqatda.

* * *

Hayot, garchi u lahza bo‘lsa ham, burchdir.

* * *

Bekor o‘tgan umr, bu — barvaqt o‘lim topish demakdir.

* * *

Tajribalar — bizning abadiy hayot muallimimiz.

* * *

Izlagan odam adashishi mumkin.

* * *

Kimki ko‘p narsaga erishmoqchi bo‘lsa, o‘z oldiga katta talablar qo‘yishi lozim.

* * *

Begona yurt Vatan bo‘la olmaydi.

* * *

Mukammal san’at asari, bu — inson ruhiy olamining in’ikosidir, u shu ma’noda tabiat farzandi hisoblanadi.

* * *

Agar tuturiqsiz narsa did bilan tasvirlangan bo‘lsa, u ham zavq uyg‘otadi, ham nafrat.

* * *

Nimaiki o‘ziga jalb etmas ekan, u jonsizdir.

* * *

G‘azab uchun dalilning keragi yo‘q. U faqat sabab axtaradi.

* * *

Aqlli kishilar-bebaho qomus.

* * *

Faol johillikdan dahshatliroq narsa yo‘q.

* * *

Kim sabrli bo‘lsa-o‘sha haqdir.

* * *

Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydi.

* * *

Inson tushunib bo‘lmaydigan narsalarni ham tushunishi mumkinligiga inonmog‘i lozim, aks holda, u bular haqida fikr yuritmay qo‘ygan bo‘lur edi.

* * *

Turli-tuman tarbiyaviy hikoyatlar va hikmatli so‘zlarni to‘plash tengsiz davlatdir.

* * *

Har kuni aqalli bitta qo‘shiq eshitish, yaxshi rasm ko‘rish va iloji bo‘lsa, istagan bir hikmatli so‘zni o‘qib olish darkor.

* * *

Kishi uzlatda yashay olmaydi, unga jamoat kerak.

* * *

Faqat odamlar orasidagina kishi o‘z-o‘zini anglashga qodir.

* * *

Kishining tanho qolishi, ayniqsa, u yakka o‘zi ishlasa, behad yomon; agar u biron-bir narsaga erishmoqchi bo‘lsa, unga hamdardlik va ma’naviy yordam kerak.

* * *

Aynan boshqalarning xayrixohligidan bahra topgan holdagina hayot nash’ali bo‘ladi.

* * *

Hamisha qahramon bo‘lish mumkin emasdir, lekin hamisha inson bo‘lib qolish mumkin.

* * *

O‘zi haqida hukm chiqarishni o‘rganmagan odam boshqalar haqida hukm chiqarolmaydi.

* * *

Yaqin kishilarimizga o‘zlariga munosib muomala qilib, biz ularni battar buzamiz. Agar biz ularga o‘zlaridan ko‘ra yaxshiroq odamlar, deya yondashsak, ularni biz yanada yaxshiroq bo‘lishga majbur etamiz.

* * *

Barcha kamchiliklaridan qat’i nazar, odamlar har narsadan ham ko‘proq mehrga sazovordirlar.

* * *

Go‘zallik -har yerda orzu qilingan mehmon.

* * *

Benaf yashashdan bevaqt o‘lim afzal.

* * *

Kimki kurashsa gar erk va hayot deb, o‘shanga loyiqdir erk ham, hayot ham.

* * *

Ayniqsa, vaqtni boy berish bilimdon odamga qimmatga tushadi.

* * *

Hadeb o‘ylayvergan odam hamisha ham to‘g‘ri qarorga kelavermaydi.

* * *

Na bo‘ysunishga, na o‘zining nimaga qodirligini ko‘rsatish uchun buyruq berishga ehtiyoji yo‘q kishigina chinakam baxtiyor va ulug‘vordir.

* * *

Zo‘r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishish mumkin.

* * *

Hatto qabr yoqasida ham umid yashaydi.

* * *

Inson o‘z burchini bajarar ekan, o‘zi majburan qilayotgan ishiga ham muhabbat bilan qaraydi.

* * *

Qo‘lidan keladigan ishga emas, o‘zi tushunmaydigan ishga qo‘l urgan kishi baxtsizdir.

* * *

Hech qanday ishga dabdaba bilan kirishmaslik kerak: tantanavorlik ish tugaganda yarashadi.

* * *

Hali yosh ekanmiz, xato ham foydadan xoli emas, faqat uni to qariguncha sudrab yurmasak bo‘lgani.

* * *

Narsalarga qiziqishing yo‘qolsa, xotirangdan ham ayrilasan.

* * *

Xursand odamga butun olam quvnoq ko‘rinadi.

* * *

O‘zini aqlli ko‘rsatishga uringan ahmoqdan ham xatarliroq kimsa yo‘q.

* * *

Kimki o‘zga tillarni bilmasa, o‘z tilini ham yaxshi tushunmaydi.

* * *

Ishonch bilan gapir, ana shunda so‘z ham, tinglovchilarni mahliyo etish ham o‘z-o‘zidan kela qoladi.

* * *

Muxolifing bilan bahslasha turib, o‘z ojizligingni anglay boshladingmi, bahsni to‘xtat, aks holda, qancha ko‘p gapirganing sayin battar bema’ni ahvolga tushaverasan.

* * *

Eng yaxshi san’at asarlarini vaqt-vaqti bilan takror sinchiklab ko‘rib turmoq zarur; ularda ko‘z ilg‘amas teranlik yashiringan bo‘ladi.

* * *

O‘rtamiyona kitoblarni keragidan ortiq o‘qib, behuda vaqt sarflaydilar. Aslida hayratlangan narsangnigina o‘qishing lozim.

* * *

Hayotga inon, axir u har qanday kitobdan ham yaxshiroq ta’lim beradi-ku.

* * *

Mehnatsiz chinakam buyuklik bo‘lishi mumkin emas.

* * *

Faqat tajribagina bizni hayot ne’matlarini qadrlashga o‘rgatadi.

* * *

Buyuk odamdan biz, avvalo, haqiqatga muhabbatni talab qilamiz.

* * *

Davlatingdan ayrilsang — ko‘p narsa yo‘qotasan,

Nomusingdan ayrilsang — ko‘p narsa yo‘qotasan,

Mardligingdan ayrilsang — hamma narsangni yo‘qotasan.

* * *

O‘z nomukammalligingni anglashing kamolotga yetaklaydi.

* * *

Kimki dunyoda o‘z do‘stlari borligini bilmas ekan, dunyo ham uni bilishi shart emas.

* * *

Chinakam maslakdoshlar uzoq vaqt achchiqlashib yurolmaydilar; ular axir bir kun yarashib oladilar.

* * *

Ota dunyodan ko‘z yumganda, bolalariga ota o‘rnini bosa oladigan ayol chinakam onadir.

* * *

Oshiqlar visoliga hamisha vaqt yetmaydi.

* * *

Ajdodlar hurmatini chin qalbdan bajo keltiruvchi kishi baxtlidir.

* * *

O‘zingni o‘z qobiliyatingdan ustun qo‘yishing ham, o‘zingni kamsitishing ham yaramaydi.

* * *

Har qanday kishi ham o‘zi tushunadigan narsaga quloq soladi.

* * *

Qo‘rqoq xavf o‘tganidan keyingina do‘q-po‘pisa qiladi.

* * *

Kamchiligi, ayniqsa, ruhiy kamchiligi bor kishilar doimo o‘zlari haqida yuqori fikrda bo‘ladilar. Go‘yo saxiy tabiat kimni boshida aqldan qisgan bo‘lsa, o‘sha kamchilikni to‘ldirish uchun manmanlikni qo‘shimcha chora sifatida yuborgandek.

* * *

O‘limdan qo‘rqish ham, qo‘rqmaslik ham mumkin, u — muqarrar narsa.

* * *

Nahot muhabbat bilan aql o‘rtasida biron-bir umumiylik bo‘lsa!

* * *

Ziddiyat va xushomad bor joyda suhbat qovushmaydi.

* * *

Ishqibozlik-qusur yoki fazilatning yuqori darajadagi ko‘rinishidir.

* * *

Bizning mayl-havaslarimizni Qaqnus qushga o‘xshatish mumkin. Biri yonib bitsa, shu zahoti kul ichidan yana yangisi chiqib kelaveradi.

* * *

Ixtiyoriy bog‘liqlik eng go‘zal holatdir, uni muhabbatsiz qanday tasavvur qilish mumkin?!

* * *

San’at qiyin va ezgu ishlar bilan shug‘ullanadi.

* * *
Manzilga yaqinlashganing sayin qiyinchiliklar yanada orta boradi.

* * *
Eng ingichka soch tolasining ham soyasi bor.
* * *
Agar inson tabiatan olijanob bo‘lmaganida, u yer yuzidagi eng ulug‘ mavjudot bo‘la olmas edi.
* * *
Kimki o‘z umri intihosini ibtidosi bilan bog‘lay olsa, u eng baxtiyor insondir.
Olmon tilidan Mirzaali Akbarov tarjimasi.

«Ma’rifat» gazetasidan olindi.

Nutq ziynati va ibratli hikmatlar

Yolg‘on — xoinlik belgisidir. U bilimning ayniganini, fikrning soxtalashganini ko‘rsatadi. Yolg‘on qalbning noaniq orzularga hakalak otishi, to‘g‘rini egri qilib ko‘rsatish, adolatdan og‘ishdir.

Nutq ziynati va ibratli hikmatlar

Haqiqat — yurak bahori hamda har qanday mahluqdan undirib olinadigan soliq. U vijdon yoritib turadigan shon-shavkat va ziyo mevasidir. Haqiqat chinakam qudratning ulug‘vorligini, asl ongning vazminligini ifodalaydi. Uning guvohligi bahslarni yechadi va hukmlarni mustahkamlaydi.

* * *

Arablarning nutqi suvdan mazali, yeldan mayin, paykondan o‘tkir, o‘qning uchishidan tezdir. Undagi so‘zlar taxlab qo‘yilganday tekis, ularni tushuntirib berishning, almashtirishning, o‘rnini o‘zgartirishning keragi yo‘q. Ularning nutqini eshitish va tushunish oson, yodlash va qabul qilish qiyin. Uning tovushi quloqlarga yoqimli, ma’nosi aqlga foydali; Qur’on arablar tilida payg‘ambarimizga nozil etilgan. Arablar nutqiga boshqa hech qanday nutq tenglasha olmaydi — u barcha xalqlar nutqining malikasi: u kishilarni o‘ziga jalb qiladi, to‘g‘ri yo‘lni topishga ko‘maklashadi, zero, arablarning niyatlari oliy, maqsadlari yuksakdir.

* * *

She’riyat — tilning bezagi, so‘zamollik silohidir. Unda so‘zlar satrlarga bo‘lingan, ularning o‘rni qat’iy belgilangan. So‘zlar bir-biri bilan mahkam bog‘langan, ziddiyat ularga buyurilgandir. Arablarda she’riyat — tabiiy in’om, boshqalarda esa o‘zlariga monand yaratilgandir.

Yurakda tug‘ilgan so‘zlar yurakka yetib boradi, tilda tug‘ilganlari esa quloqdan nariga o‘tmaydi.

Yolg‘on — xoinlik belgisidir. U bilimning ayniganini, fikrning soxtalashganini ko‘rsatadi. Yolg‘on qalbning noaniq orzularga hakalak otishi, to‘g‘rini egri qilib ko‘rsatish, adolatdan og‘ishdir.

Bir faylasuf aytgan ekan: “Yolg‘onchi — murdaga o‘xshaydi, zero, tirik odamning ustunligi nutqidadir. Agar uning so‘zlariga ishonib bo‘lmasa, demak, uning umri bekorga o‘tayapti”.

Yolg‘onchi — bilan bir go‘r. Faqat o‘g‘ri sening buyumingni o‘marsa, yolg‘onchi aqlingni o‘g‘irlaydi.

Kimdir sening foydang uchun aldagan bo‘lsa, boshqa safar yolg‘ondan senga qarshi foydalanadi. Kimdir sening oldingda birovni yomonlayotgan bo‘lsa, boshqa joyda seni yomonlashdan toymaydi.

* * *

Luqmon aytgan ekan: “Sukut saqlash — donolikdir, afsuski, ko‘pchilik sukut saqlashni bilmaydi. Xuddi bitta kamondan o‘q uzganday, bu haqda to‘rtta podsho bir xil gapirgan ekan: bular Xusrav, Rum qaysari, Xitoy podshosi va Hindiston shohi”.

Xusravning so‘zi: “Men aytmagan gapim uchun hech qachon afsuslanmaganman, aytgan gapim uchun ko‘p marta afsus chekkanman”.

Rum qaysarining so‘zi: “Hali aytib ulgurmagan narsani qaytarib olish mumkin, lekin men aytgan gapni qaytarib olib bo‘psan”.

Xitoy podshosining so‘zi: “Sen so‘zni irod qildingmi, bas, u sening ustingdan hokimlik qiladi, hali aytib ulgurmagan so‘zingga esa o‘zing hokimsan”.

Hindiston shohining so‘zi: “Kimdir biror narsa haqida gapirsa hayron bo‘laman. Agar uning gapini kerakli joyga yetkazishsa, unga zarari tegadi, agar yetkazishmasa — hech qanday naf bo‘lmaydi”.

* * *

Donishmanddan so‘radilar:

— O‘zini avaylash nima?

— Gumonsirash.

— Aql bilan ish ko‘rish-chi?

— Maslahat so‘rash.

— Yuraklarni tutashtiruvchi nima?

— Muhabbat.

— Muhabbatning o‘zi nima?

— Saxiy qo‘l va xayrli xabar.

— Ehtiyotkorlik nima?

— Muhabbat va nafratda xolislik.

* * *

Kishilar orasida eng ahmog‘i sulton bilan beparvo gaplashadi va do‘stlarini xo‘rlikka chidashga majbur etadi.

Tentak odamni ta’riflay turib bittasi shunday debdi: uning tovusdan — oyoqlari, guldan — tikonlari, suvdan — ko‘pigi, olovdan — tutuni, sharobdan — kayfi bor; uning fisq-fasodi — samum1 , nayrangi esa — chayondir.

* * *

Al-Johiz deydi: “Qo‘rqoqlik va baxillikning tabiati bir xil: ularning asosi — Ollohga ishonmaslikdir”.

Ashab-tekinxo‘rning do‘stlaridan biri hikoya qiladi. Bir kuni Ashabni tamaddi qilib, gaplashib o‘tiramiz deb uyga chaqirdim.

— Chaqirilmagan mehmon kelib, bizga xalaqit beradi deb qo‘rqaman, — javob qildi u.

— Qo‘ysang-chi, ikkalamiz bo‘lamiz, xolos, — deb ishontirdim uni va biz uyga jo‘nadik.

Peshin namozidan so‘ng, men ovqat keltirishlarini buyurdim, xuddi shu payt eshik taqilladi.

— Ana, ko‘rdingmi? — dedi Ashab. — Men xuddi shundan qo‘rqqan edim.

— E, bu mening do‘stim, — deb tushuntirdim unga. — Uning o‘nta odati bor, agar shu qiliqlaridan bittasi bo‘lsin senga yoqmasa men uni uyga kiritmayman.

— Xo‘sh, qani ayt-chi, qanaqa odatlari bor uning, — talab qildi Ashab.

— Birinchi odati, — deb boshladim men, — u yemaydi ham, ichmaydi ham…

— Bas! — so‘zimni bo‘ldi Ashab. — Qolgan to‘qqiz odatini sanamasang ham bo‘ladi. Ayt, kiraversin.

Ko‘zlari so‘qir shoir Bashshar ibn Burd bir kuni xalifa al-Mahdiynikiga kirib keldi. Xalifa tog‘asi Yazid ibn Mansur al-Xumayri bilan suhbatlashib o‘tirgandi. Bashshar xalifaga qasidasini o‘qib bergach, Yazid undan so‘rab qoldi:

— Qanaqa hunar bilan shug‘ullanasan, qariya?

— Marvarid burg‘ulash bilan, — dedi Bashshar.

— Nima bu, tog‘amni kalaka qilayapsanmi? — jahli chiqdi Mahdining.

— Ey, mo‘minlar hukmdori, bunday savolga men qanday javob berishim kerak edi? — hayron bo‘ldi shoir, — Ro‘parangizda ko‘zi ojiz shoir she’r o‘qiyotibdi, tog‘angiz bo‘lsa nima hunar bilan shug‘ullanasan, deb so‘rayapti!

Sendan baland turganga bo‘ysunsang, shunda o‘zingdan past turgan senga bo‘ysunadi.

O‘z fuqarolari hisobiga boyligini ko‘paytirayotgan podsho uyining poydevorini buzib, tomiga yopayotgan odamga o‘xshaydi.

Xusrav o‘z kunlarini shunday taqsimlabdi:

— Shamol esib turgan kun uxlash uchun juda yaxshi, havo bulutli bo‘lsa — shikor ayni muddao, yomg‘ir yog‘ib tursa — may ichish va bazmi jamshidga ne yetsin, oftob charaqlab turgan kun yumushlar bilan shug‘ullanishga qulay.

Xusravdan so‘rashibdi:

— Shoh qanday fazilatga ega bo‘lishi kerak?

— U bilan gaplashsang, — debdi Xusrav, — ko‘rasanki, shoh ko‘p narsani biladi, sinab ko‘rsang, u hamma narsani tushunishini sezasan, jahli chiqqanda — kechiradi, g‘olib kelganda — asirlarni qo‘yib yuboradi, achinganda taqdirlaydi, bergan va’dasining ustidan chiqadi, xo‘rlanganlarni himoya qiladi.

Bir podshohdan so‘rashibdi:

— Shunday yuksak martabaga erishuvingda senga nima yordam beradi?

U shunday javob beribdi:

— Qudratli bo‘lishiga qaramay, kechira bilish; qattiqqo‘l bo‘lishiga qaramay, yumshay bilish; hatto o‘ziga nisbatan ham hamisha adolatli bo‘lish; muhabbat va nafratda esa o‘z fikrini o‘zgartirishga imkon beruvchi chegarani saqlay bilish.

Ibn al-Mutazz hokimiyat haqida shunday deydi:

Hokimiyat hammadan ko‘ra, o‘ziga yaqinroq turganga ko‘proq tashvish keltiradi, chunki olovga kim yaqinroq o‘tirsa hammadan burun o‘sha kuyadi.

Hokimiyat yordamida qanday boylik olasan? Qo‘rqoq yurak, horg‘in vujud, darz ketgan iymon, xolos.

Dengizda suv juda mo‘l, lekin u chuqurligi bilan xavfli; hokimiyat ham shunday: bu dunyo ulug‘vorligini kim u bilan totsa, u dunyo iztiroblarini ham birga baham ko‘radi.

Badan jonsiz yashay olmaganidek, xalq ham hokimiyatsiz yashay olmaydi.

Sulton senga qanchalik marhamat ko‘rsatsa, sen unga shuncha ko‘p ehtirom ko‘rsat.

Kim sulton huzurida bo‘lishni lozim ko‘rsa, g‘ovvos dengizning sho‘r suviga chidaganidek, u ham sulton shafqatsizligiga bardosh berishi kerak.

Iymon shohni asraydi, shoh esa uni mustahkamlaydi.

Taloto‘p paytida sultondan o‘zingni chetroq tut: zero, dengiz suzuvchiga sokinligidan ham xavflidir, dovul paytida bu xavf yanada ortadi!

Buyuk Iskandardan so‘rashdi:

— Sen nima uchun ustozingni otangdan ko‘ra ko‘proq hurmat qilasan?

— Otam menga foniy dunyoni baxsh etdi, ustozim esa boqiy dunyoni…

Iskandarga forslar ustiga kechasi yurish qilishni maslahat berishdi.

— Men hech qachon g‘alabani o‘g‘irlamayman, — deb javob berdi u.

Iskandarga Doroning qiziga uylanishni taklif etishdi.

— Men otasini bo‘ysundirganim ayolga bo‘ysunmayman, — deya rad etdi bu taklifni u.

* * *

Kasallik — to‘satdan paydo bo‘lgan keksalik, keksalik esa tabiiy kasallikdir.

Foydali narsadan ko‘proq yegandan ko‘ra, zararli narsadan kamroq yegan ma’qul.

Uchta tashvishdan qochib qutulishning iloji yo‘q. Bular — yalqovlikdan vujudga keluvchi qashshoqlik, hasaddan paydo bo‘luvchi dushmanlik, keksalik tufayli zo‘rayguvchi kasallikdir.

Uch narsadan — sultondan, kasaldan va ayoldan uzoqroq yurgan ma’qul.

Uch toifa — kasal, yo‘lovchi hamda ro‘za tutguvchining badfe’lini kechirish mumkin.

Ikki narsa — yoshlik va salomatlikning qadr-qimmati ular yo‘qotilgandan keyingina bilinadi.

Buzurjmehr aytibdi: “Agar hayotdan qimmatliroq narsa bor bo‘lsa, bu — sihat-salomatlikdir; agar o‘limdan dahshatliroq narsa bo‘lsa — bu kasallikdir, agar hayotga teng narsa bo‘lsa, bu boylik, o‘limga teng narsa esa — qashshoqlikdir”.

Ibn al-Mutazz aytibdi: “O‘lim — senga qarata uzilgan o‘qdir, hayot esa o‘sha o‘q senga yetib kelgunga qadar bo‘lgan lahzalardir”.

Ibrohim al-Xusriyning “Adabiyot gullari” kitobidan

Rus tilidan Fayzi Shohismoil tarjimasi.

Aks-sado

Ota – bola toqqa chiqishdi. Qoyalardan ketayotganlarida bola oyog’i sirg’anib ketdi. Oyog’i biroz lat yeganidan “Vooy!” deb baqirdi u.

Ota – bola toqqa chiqishdi. Qoyalardan ketayotganlarida bola oyog’i sirg’anib ketdi. Oyog’i biroz lat yeganidan “Vooy!” deb baqirdi u. Qarshi tomondan esa “Vooy!” degan aks – sado eshitildi. Ilgari bunday hodisaga duch kelmagan bola juda hayron bo’lib, “Sen kimsan?” deb baqirdi. Javob kechikmadi: “Sen kimsan?”.

Keyin jahl bilan baqirdi: “Qo’rqoq!”. Javob ham shunga yarasha eshitildi: “Qo’rqoq!”

Shunda bolakay hayron bo’lib otasidan so’radi: “Nima u, dada?”. Otasi javob berish o’rniga “Hamma narsa naqadar go’zal yaratilgan!” deb baqirdi. To’gning narigi tomonidan javob keldi: “Hamma narsa naqadar go’zal yaratilgan!”. Bola hech nimani tushunmadi. Otasi izoh berdi:

“Buni aks – sado deyishadi. Aslida u hayotning o’zginasi. Sen aytgan so’z yoki bajargan ish o’zingga aynan qaytib keladi. Dunyo sevgi va mehrga to’lsin desang, qalbingni sevgi va mehrga to’ldirishing kerak. Hayotga nimaki bersang, senga shundayligicha qaytarishini unutma!”

Ey, sokin va jo‘shqin qalb…

Qalb kishisi bo‘lmish Rumiy nigohida ko‘ngil olami qanday jilvalanadi?!.. Buni faqat Mavlono yozib qoldirgan she’riy baytlardan bilib olsak bo‘ladi. Doktor Jaloliddin Bakir Chalabiyning “Hazrat Mavlononing asarlarida ko‘ngil” maqolasida “Devoni kabir”dan qalbga oid bir qancha satrlar berilgan.

Imkon qadar o‘zbek tiliga o‘girishga harakat qildik. Keling, bu satrlarga razm solaylik; bizga nimalar haqida so‘zlamoqda…

Ey gönül, vuslat diyarının devletkuşusun sen; uç, ne diye uçmuyorsun? Kimsecikler tanımaz seni, ne insansın ne peri.

Ey, ko‘ngil, vasl diyorining davlat qushisan; nega uchmayotirsan? Kimsa tanimas seni, na insonsan, na pari.

* * *

Sen dilbersin, gönül değilsin, fakat binlerce gönlü elde edesin de alıp götüresin diye hileyle, düzenle gönül şekline girmişsin.

Sen dilbarsan, ko‘ngil emassan, faqat minglab ko‘ngilni yo‘ldan ozdirib, hiyla bilan ko‘ngil qiyofasiga kirasan.

* * *

Bir an vefâlı ol da toprağa karıl; toprakla birleş, sonra bir anda kalk, Arş’tan da ferşten de, iki dünyanın sınırından da geç.

Bir dam vafoli bo‘lib, tuproqqa qoril; tuproqqa birlash, keyin shu onda turginu Arshdan ham, farshdan (pastlik) ham, ikki olam sarhadlaridan ham o‘t.

* * *

Can neden seni bulamaz? Onun kolusun- kanadısın sen; göz neden seni göremez? Görüşün aslısın, temelisin sen.

Nega jon sendan yuz o‘girmaydi? Uning qo‘lisan – qanotisan sen; ko‘z nega seni ko‘ra olmaydi? Ko‘rishning aslisan, tamalisan sen.

* * *

Tövbenin ne haddi var ki sana tövbe etsin? Haber kim oluyor ki seninle olsun da bir şeyden haberi olsun?

Tavbaning ne haddi sig‘arki, senga tavba etsa? Kim xabar olmoq istasa, sen bilan bo‘lsinda, bir narsadan xabari bo‘lsin.

* * *

Kim oluyor o yoksul bakır ki, ilkbahar gelsin de ağaç gibi boy atıp tohumluktan çıkmasın?

Kim bilarki bir yo‘qsilning ilk bahor kelib, yog‘och kabi bo‘y cho‘zib tuxumdan chiqishini?

* * *

Kim oluyor yoksul odun ki, ateşe düşsün de kıvılcımlar saçan bir ateş koru olmasın?

Kim bilar bir bechoraning otashga tushib, cho‘g‘da qovjirayotganini?

* * *

Bütün akıllar, bütün bilgiler, yıldızlardır, sense onların perdelerini yırtan bir dünya güneşisin.

Butun aqllar, butun ilmlar, yulduzlardir, sen esa ularning pardalarni yorib chiqqan bir dunyo quyoshsan.

* * *

Gönlüm, hem yol gösterir; hem yol keser; hem bir çengeldir, herşey ona asılır, hem herkesin ihtiyacı olan padişah altınını basar.

Ko‘nglim ham yo‘l ko‘rsatar; ham yo‘limni bog‘lar; ham bir changaldir, har narsa unga osiladi, ham har kimning ehtiyoji bo‘lgan podshoh oltinini bosar.

* * *

Hem feryâd eder, yolumu vurdular diye bağırır gönlüm; hem de aptal yankesicilerin yolunu vurur.

Ham faryod etar, yo‘limni to‘sdilar deb chinqirar ko‘nglim; ham da kissavur tentaklarning yo‘lini to‘sar.

* * *

Gâh Tanrı buyruğu gibi başlara kasd eder gönlüm; gâh başı kesilmiş kuş gibi çırpınır, Allah-Allah der.

Goh Tangri buyrug‘i kabi boshlashga qasd etar ko‘nglim; goh boshi kesilgan qush kabi chirpanib Alloh-Alloh der.

* * *

Gönlün varsa, gönül Kabe’sini tavaf et… anlam Kabe’si gönüldür; ne diye toprak sanıyorsun onu?

Ko‘ngling bo‘lsa, ko‘ngil Ka’basini tavof qil… tushuncha Ka’basi ko‘ngildir; nega uni tuproq deb ataysan?

* * *

Bir gönül incittin mi, bin kez yaya gitsen de, Kabe’yi tavaf etsen Allah kabul etmez.

Bir ko‘ngilni ranjittingmi, ming yerga borib Ka’bani tavof qilsang ham Alloh qabul etmas.

* * *

Malını-mülkünü ver de bir gönül al; al da o gönül, mezarda o kapkara gecede ışık versin sana.

Mol-mulkingni ber-da, bir ko‘ngil ol (birovni xushnud qil); olginda u ko‘ngil, mozorda, qopqora kechada chiroq bo‘lsin senga.

* * *

Allah kapısına binlerce altın torbası götürsen, Allah: «Bize bir şey getireceksen gönül getir» der.

Alloh huzuriga minglab oltin to‘rvasini etsang agar, Alloh : “Bizga bir narsani – ko‘ngilni olib kel” deyar.

* * *

Çünkü der, altın gümüş kapımızda hiçbir şey değildir. Bizi istiyorsan istediğimiz gönüldür bizim.

Chunki, oltinu kumush dargohimizda hech narsa emasdir. Bizni istarsan, istagimiz ko‘ngildir bizning.

* * *

Senin bir saman çöpü kadar, değer vermediğin yıkık gönül, Arş’tan üstündür, Kürsî’den de, Levh’ten de, Kalem’den de.

Sening bir somon cho‘pi qadar bo‘lgan vayron qalbing, Arshdan ustundir, Kursidan ham, Lavhdan ham, Qalamdan ham.

* * *

Yıkık gönül, Allah’ın baktığı varlıktır; onu yapan can ne de kutludur.

Vayron qalb, Allohning nazargohidir; bunga erishgan jon ne qadar baxtlidir.

* * *

Allah’ın defineleri yıkık gönüldedir… Yıkık yerlerde pek çok defineler gömülüdür.

Allohning xazinalari xaroba ko‘ngildadir… Xaroba joylarda juda ko‘p xazinalar ko‘milgan.

* * *

Kul gibi, köle gibi gönüllere hizmet için kemer kuşan da, sırlar yolu yüzüne açılsın.

Qul va asir kabi ko‘ngillarga xizmat uchun bel bog‘laginki, qarshingda sirlar yo‘li ochilsin.

* * *

Sana kutluluk gerekse, devlet istiyorsan, gönüller almaya, ululuğu bırakmaya bak.

Senga baxt kerak bo‘lsa, davlat istasang, ko‘ngillarni olmoqqa, kattaxillikni tark etmoqqa kirish

* * *

Gönüllerin yardımı seninle atbaşı beraber giderse, kalbinden hikmet kaynakları akar.

Ko‘ngillarning yordami ma’lum bir darajaga yetkazsa, qalbingdan hikmat nurlari oqar.

* * *

Dilinden sel gibi, âb-ı hayat akar; soluğun Mesîh’in soluğu gibi hastalıklara ilâç olur.

Dilingdan sel kabi obi-hayot oqadi; nuring Masih nuridek dardlarga shifo bo‘ladi.

* * *

Yoksa varlığın,mekânın, güneşin, ayın, yerin, şu gök kubbenin vücûdu nerden olacaktı?

Yo‘qsa, borlig‘ing, makoning, quyoshing, oying, yering, shu ko‘k gumbazining vujudi qaerdan bo‘ldi?

* * *

Sus, her kılında iki yüz dil olsa da söylesen, gönül gene de anlatışa sığmaz.

Jim bo‘l, har qilingda ikki yuz dil bo‘lsa-da so‘ylasang, qonga ham anglatishga sig‘mas.

Turk tilidan Kavsar tarjimasi.

Abdulla Qahhor adabiyot va hayot haqida

Chuqur bilim, haqiqiy talant egasi o‘z kuchiga, oldinda ketayotganlarga yetib olishiga, bir safda ketayotib, hech qachon orqada qolmasligiga ishonadi. Ma’rifatsiz, talantsiz yozuvchi (yozuvchi emas) esa, birovga yetib olishga ojizlik qiladi-yu, uni chalib yiqitishga, loaqal bo‘yniga kir latta ilib ta’bini xira qilishga, yurgani xalal berishga urinadi. Haqiqiy talant egasi bir-biriga hasad emas, havas qiladi, bir-birining g‘ayratini keltiradi. Bular orasida raqobat emas, jamiyatimizni olg‘a siljitadigan kuch-musobaqa bo‘ladi.

***

Tanqid yomon asar bilan kitobxon orasida dalol, shirinkomaga vijdonini sotadigan dalol bo‘lmasligi kerak.

***

Shunday yozuvchilar bor: umrining birinchi yarmida nom chiqaradi. U nomini boqadi. Umrining ikkinchi yarmida nomi uni boqadi. Adabiyotda bunday bo‘lmasligi kerak. Katta yozuvchini katta yozuvchi, yosh yozuvchini yosh yozuvchi, deb to‘g‘ri aytaverish kerak.

***

Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi.

***

Illatlarga qarshi kurashar ekanmiz, bir tomondan, illatni bahona qilib hayotimizni qoralashga urinadigan kishilarga yo‘l bermasligimiz, avvalda dimiqib qolgan va endi ochiq havoda xursandligidan o‘ynoqlab «polizni buzadigan» kishilarni tanqid qilishimiz, ikkinchi tomondan, illatlarga qarshi kurashda bizga xalal beradigan kishilarga zarba berishimiz kerak…

***

Klassiklarda ham, xalq adabiyotida ham odatan yigitlar yaxshi ko‘rgan qizlarini maqtashar edi: ko‘zing undoq, o‘zing bundoq deyishar edi, hozirgi ko‘p ashullalarda qizlar o‘zlarini maqtashadi: u yog‘im bundoq, bu yog‘im bundoq deyishadi.

«Ey shoir, tashabbus erkakdan bo‘lishi kerak, bulbulning ham erkagi sayraydi-ku!» deydigan odam yo‘q.

***

Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmapti, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman.

***

Agar yozuvchining axloq kodeksi tuziladigan bo‘lsa, men halollik bilan shijoatni birinchi modda qilib qo‘yar edim, chunki yozuvchining boshqa hamma xislatlari uning qay darajada halol, naqadar shijoatli ekaniga bog‘liq.

Adabiy asar yozish uchun, hech shubhasiz, talant kerak, lekin yozilgan narsani o‘chirish, kitobxonga zarur gaplarnigina qoldirish uchun talantning o‘zi kifoya qilmaydi, insof ham kerak.

***

Ko‘pgina hunarmandlar qariganda suygan hunaridan mahrum bo‘ladi: uloqchi ot chopolmaydi, surnaychi yaxshi puflolmaydi, o‘yinchi oyog‘ini ko‘tarolmay qoladi. Yozuvchi dutor yoki vinoga o‘xshaydi — eskirgan sayin ochiladi, quvvati oshadi.

***

Eson-omon oltmishga kirganimga xursandman. Bu to‘g‘rida birdan-bir xursand bo‘ladigan joyim bor: yozuvchilikda qirq yillik tajriba orttirdim. Bu tajriba umrimning qolgan qismini samarali o‘tkazishimda menga juda qo‘l keladi.

***

Ming ketmon urishga, tog‘ni qo‘porib tashlashga qodir odam bir ketmon urib qo‘yib kerilmaydi, o‘zini yelpimaydi, tahsin va ofarin kutmaydi. Bir ketmon urib, tahsin va ofarin umidida atrofga qaragan odam shu bilan ikkinchi ketmonni urishga ojizligini ko‘rsatadi.

***

Yozuvchi yoshligida yoshligiga rioya talab qilsa talantiga shira tushadi, erta qariydi, keyin qariligiga rioya talab qiladi-yu, umumadabiyot gazini ko‘rganda qunishadi, inqillaydi…

***

Yozuvchi adabiyotga ikki xil kiradi: birinchi asari bilan tutab. birinchi asari bilan yashnab kiradi.

***

Odam o‘zining gunohini boshqa birovning gunohi bilan yuvmoqchi bo‘lishi chakki, chunki gunohni gunoh bilan hech qachon yuva olmaydi.

***

Tutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi, ko‘ngildan chiqarib emas, qorindan chiqarib asar yozadi, yozuvchilik umrining oxirigacha tutaydi, hech qachon yorug‘lik chiqarib, hech kimning diqqatini jalb qilmaydi. Yozuvchilikka cho‘g‘day yashnab kirgan yozuvchi asardan asarga yashnay beradi (qornidan chiqarib emas, ko‘nglining roziga aylangan narsalar haqida yonib asar yoza beradi), bunday yozuvchilar birinchi asari bilanoq adabiyot muhibining diqqatini jalb qiladi. Nihoyat, oxirida abadiy so‘nmas o‘tga aylanadi. Men adabiyot muhibiman. shuning uchun adabiyotga yashnab kirgan yoshlarni ko‘rib, quvonib ketaman, quvonchimni o‘sha yoshning o‘ziga minnatdorlik izhor qilib aytaman. Bu yashnagan cho‘g‘ni yelpish demakdir…

***

Adabiyotda umr bo‘yi tutab yurgan yozuvchilar hech qachon o‘z mahallasi doirasidan tashqariga chiqmaydi, lekin o‘zini klassik hisoblaydi. Shuning uchun bularni mahalla klassiklari deb atash mumkin.

***

1. Tanqid adabiyotimizga katta adabiyot cho‘qqisidan qaramayotir. Mahalliy klassiklar paydo bo‘layotipti. Bu klassiklar asarlarini rus tiliga tarjima qilinmasligidan manfaatdor.

2. G’alati-g‘alati «nazariya»laro‘zi ko‘karib, o‘zi qurib yotipti. Bir vaqtlar ijobiy qahramonsiz asar bo‘lishi mumkin emas degan «nazariya» chiqqan edi, hozir komediyada ijobiy qahramon shart degan «nazariya» o‘rmalab yuripti. Bunaqa hodisalar bilan hech kimning ishi yo‘q.

3. Tanqidchilarimiz ittifoq doirasiga chiqqani urinmayotipti, «shu yerning o‘zi tinch» deyishadi.

4. Aruz sohasida tayinli bir gap yo‘q, aruz hozirgi poeziyamizning asosiy yo‘llaridan bo‘la oladimi? Aruz ko‘pincha formalizmga xizmat qilayotipti-ku!

***

Bolaligimda bir kartina ko‘rgan edim. Bosh rolni Charli Chaplin o‘ynagan edi, shekilli. Qahramon noshud, notavon — hech ishga yaramaydi. Nihoyat, bir qarindoshi uni o‘t o‘chirish komandasiga ishga oladi.

— Bu yerda nima ish qilaman ? — deb so‘raydi qahramon.

— Mana bu shlang,— deyishadi unga,— qaerda o‘t yo tutunni ko‘rib qolsang, dod solib suv sepaverasan.

Qahramon shu ishga yaraydi, lekin uning oldida na chirog‘ yoqib bo‘ladi, na papiros chekib—dod solib suv sepaveradi.

Farosatda shunga teng keladigan tanqidchidan xudo saqlasin!

***

Yozuvchini hech qachon hech kim ko‘tarmaydi. Yaxshi yozuvchini yaxshi asarlar ko‘taradi, yaxshi yozuvchi ko‘tarilib ketganini hatto o‘zi ham bilmay qoladi.

***

Mikrob qanchalik xavfli bo‘lsa, uni shunchalik katta qilib ko‘rsatadigan mikroskop kerak. Satira o‘tiga uchragan kishi vijdoni bo‘lsa odamlarning yuziga qarolmaydi, vijdonli bo‘lmasa og‘zidan ko‘pik sochib, yozuvchining ketidan bolta ko‘tarib yuguradi.

***

Adabiy asar yozish uchun, hech shubhasiz, talant kerak, lekin yozilgan narsani o‘chirish, kitobxonga zarur gaplarnigina qoldi-rish uchun talantning o‘zigina kifoya qilmaydi, insof ham kerak.

***

Bolalar yozuvchisi, shubhasiz, talantli, bilimli pedagog bo‘liish kerak, lekin bularning ustiga o‘zi odamoxun bo‘lmasa qadri bir pul.

***

Zaruratsiz, ichki dardsiz, ehtirossiz yozilgan asar o‘lik bo‘ladi. Bundoq asarga hech qanaqa g‘oya, muhim mavzu jon kirita olmaydi.

***

Adabiyotga o‘g‘ri mushukday tuynukdan tushadigan odamlar ham bo‘ladi. Bular adabiyotni hunardan kasbga, ya’ni sababi tirikchilikka aylantirib olishadi. Bunaqa odamlar qadim zamonda ham bo‘lgan, hozir ham bor, ehtimol, bundan keyin ham bo‘lsa.

***

Hayot magnit — o‘ziga tortadi, yozuvchi shu magnitni o‘ziga yuqtira olsagina kitobxonni o‘ziga torta oladi.

***

Boshqa ishga yaramay adabiyotda tanqidchilik qilib kun ko‘rib yurgan tanqidchi qo‘rqoq qorovulday har sharpadan cho‘chib shaqildoq chalaveradi.

***

Asar qovog‘ari chaqqanday semiz…

***

Semiz kitobning yuragi yaxshi tepmaydi…

***

Xomsemiz asar ustidan asfalt qiladigan mashina o‘tka-zish kerak.

***

Yozuvchilikning boshqa hunarlardan farqi — yozuvchi o‘zini o‘zi operatsiya qiladi: yozganini qisqartirib tashlay oladi.

***

Bunga o‘xshagan yozuvchining oldidan ilxom parisi paranji yopinib o‘tadi…

***

Bu kitobingizdan, siz adabiyot fondi bergan pulga yarasha hayotni o‘rganganingiz shundoq ko‘rinib turibdi…

***

Ha, o‘qidim, lekin hazm qilib bo‘lmaydigan asar ekan. Palag‘da tuxumga murch sepib bergan bilan uni yeb bo‘lmaydi-ku?!

***

Asar agar katta adabiyotga kirmasa asar emas. Bordiyu bo‘ynidan boylab olib kirilsa, u oyoqosti bo‘ladi.

***

Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek keladigan g‘o‘za ichiga qamab bera biladi…

***

Muhabbat dutor, ehtiyot qilib tutmasang, tob tashlaydi.

***

Boshqa ishga yaramay adabiyotda tanqidchilik qilib kun ko‘rib yurgai tanqidchi qo‘rqoq qorovulday, har sharpadan cho‘chib shaqildoq chalaveradi.

***

Bu odam yozuvchilik mehnatini faqat yozishdan iborat deb o‘ylaydi.

***

Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas.

***

Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq qilmaydi.

***

Gap qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha qisqa bo‘ladi.

***

Shunday tanqidchilar ham borki, bir yozuvchining bir asarini tanqid qilib qo‘yadi-da, keyin shu avtorning yangi asarini kutadi. U to‘g‘rida «yaxshi gap aytib, avvalgisini yuvmoqchi», bo‘ladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !