Aql va boylik
Bir cholning to’rt o’g’li borekan. Bir kuni chol:
— O’g’illarim, men qarib-qartayib qoldim, — debdi,- orangizdan bittangiz oila boshlig’i bo’lishingiz kerak. Aqlli va davlatmandingiz menga me’rosxo’r bo’ladi. Har qaysingiz menga nimaga qodirligingizni ko’rsating.
Eng katta o’g’il zumrad ko’zli oltin uzuk taqqan qo’lini uzatibdi:
— Mana boyligim, boy odamda aql ham bo’ladi.
Ikkinchi o’g’li zarbof choponini kiyib ko’rsatibdi:
— Shu paytda meni ko’rgan kishi boyligimga va aqlimga qoyil qoladi, -debdi.
Uchinchi o’g’li kumush va javohirlar qadalgan kamarini beliga bog’lagancha:
— Hech kirn umrida bunday kamarni ko’rgan emas, deya otasiga yuzlanibdi.
Choi boshini chayqab, katta o’g’illariga bir nima demabdi. Kenja o’g’liga qarab:
Kenja o’g’lining javobi cholga yoqibdi, bor-yo’g’ini ungav meros qoldiribdi. Katta o’g’illariga uning so’zidan chiqmaslikni tayinlabdi.