OQ KEMA

MAVZU: CHIINGIZ AYTMATOVNING «OQ KEMA» ASARINI O`QIB O`RGANISH

Maqsad: O`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tar-biyalash, ularda o`zgalarning ruhiy kechinmalarini tushu-nish, darddoshlik tuyg`ularini o`stirish.
Darsning borishi:
1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
2. Yangi mavzu bayoni. Aqliy hujum.
3. Adib umrbayoni bilan tanishish.
4. Asar matnini o`qish.
5. Guruhlarda ishlash.
6. Matn ustida ishlash.
7. Fikrlar himoyasi.
8. Uyga vazifa berish.
O`tilgan mavzu Mirtemir she`rlarining o`ziga xos jo`shqin, o`ynoqi jihatlari, ota yurt tabiatiga muhabbat, Lining tengsiz go`zalligi tasviri savollar asosida so`ralib, suh-bat o`tkaziladi, dars mustahkamlanadi.

Yangi mavzuni bayon qilish. Aqliy hujum:
Ch. Aytmatov kim, uning ijodiga xos qaysi asarni bilasiz?
O`quvchilarningjavoblari umumlashtiriladi va to`ldirish uchun adib umrbayoni bilan tanishtiriladi.
O`rganilajak asarni mukammal o`zlashtirish uchun uni yozgan odamning shaxsini bilish katta ahamiyatga ega. Adib-ning otasi hukumat idoralirida mas`ul vazifalarda ishlaganiga qaramay, qatag`on qurboni bo`lgani, bo`lajak adibning 12-14 yoshlarida qishloq kengashida kotib bo`lib ishlagani, «odamlarni, hayotni g`oyat yaxshi bilgan, chin yurakdan yaxshi ko`rgan»i, «kishilar uchun juda aziz, juda zarur bo`lgan tuyg`ularni, holatlarni, mavzularni qalamga olgan»i, bu ulug` insonning bolalarni sevishi, ularni tushunishi ardoqlashi va ayashga intilishiga e`tibor qaratilsa, o`quvchilarda adib shaxsiga mehr uyg`onadi. Dong`i dun-yoga taralgan ulug1 kishilarning bolaligi qaysidir jihatlari o`z hayotlariga o`xshab ketishini sezish o`quvchilarni o`z ertasiga ishonch bilan qarashga o`rgatadi.

Asar matnini o`qish:
Kimnidir yoki nimanidir yaxshi ko`ra olish- insonga berilgan bebaho ne`matdir. O`quvchining asar qahramoni bo`lmish «xayolchan va pokiza ukasini yaxshi ko`rib qolishida matnni ifodali o`qishning ahamiyati beqiyos.
«Oq kema»ni o`qishni boshlashdan oldin o`qituvchining asar matnini soatlarga taqsimlab olishi, qaysi qismini sinf-da, qay bo`laklarini uyda o`qish lozim-ligini rejalashtirib olishi unga vaqtni tejash imkonini beradi. Bu ishni quyidagicha amalga oshirish mumkin. Birinchi darsda, adib haqidagi qisqacha suhbatdan so`ng ikki soat mobaynida asar o`qiladi va «Shunday qilib oq kema ha¬qidagi ertak ham tugadi» tarzi-dagi qism bilan tugatiladi. Uchinchi soatni «Shoxdor ona bug`u esa, ketish oldidan bundan buyon bu erlarga aslo qadam bosmayman, deb-di…» jumlasi bilan tugatiladi. Matn-ning qolgan qismini o`qish uyga vazifa sifatida topshiriladi.
Qissani o`qishda bolalar diqqati lining boshlanishidagi ikki ertak haqidagi jumlalarga qaratiladi. Ertaklarga sarlavha topish topshirig`i beriladi.
Matn o`qib bo`lingach, tahlil jarayonida o`quvchilar tasavvurida qissadagi bola yashayotgan sharoitni jonlanti-rishga erishish kerak. Shunda bolalarda asarda tasvirlangan voqeani ko`z oldilariga keltirish, qahramon tuyg`ularini his etish va tasavvuridagi holatlarni so`z bilan ifodalash malakasi shakllanadi.
Guruhlarda ishlash. Har bir guruhga asar matni yiizasidan quyidagicha topshiriqlar beriladi:
1-guruh: Qissa qahramoni bolaning portfeilik bo`lishdan shunchalik quvonishiga sabab nima? Boladagi o`ychanlik. hayratlana olish, hamma narsani, hatto jonsiz jismlarni ham his etish sizda qanday munosabat uyg`otdi? Siz ham biror narsadan shu darajada xursand bo`la olasizmi? Nima uchun?
2-guruh: Bolaning toshlar bilan do`stlashib, suh-batlashib yurishi boisi nimada, chaqirtikanakni nima sabab-dan dushman deb biladi? Bola nima sababdan pechak gullari-ni yaxshi ko`radi? Shiroijinlarning bola ko`ngli, tabiati bilan qanday bog`liqligi bor, bu butalar bag`rida pinhona yig`lagisi kelishining sabablari haqida mulohaza yuriting
3-guruh: Bolaning bobosi- Mo`min cholning ochiqko`ngil, hatto sal- pal biladigan odamiga ham biron yaxshilik qilishga tayyorligi, har kimning xizmatiga hoziru nozirligi, hammaga sadoqatli va xushmuomalaligi kabi fazi-latlarning ba`zan boboning zarariga xizmat qilishi sabablari haqida gapiring.
4-guruh: «Mo`min bug`u avlodidan bo`lib, bu biian g`oyat faxrlanar va o`z qabiladoshlaridan birontasining ma`rakasidan qolmasdi». Buning sababi nimada? Nima uchun adib Mo`min cholni kamdan-kam uchraydigan baxtli odam deb baholaydi?
Guruhlar fikrlari himoyasi:
Guruhlarda fikrlar himoya qilinganda o`quvchilar bahs-munozara asnosida bolaning tabiat qo`ynidagi mavjudotlarga munosabati, ularni sevishi, qay darajadadir o`zini ularga taqdirdosh deb bilishi o`quvchilarga ham yuqadi. Mo`min cholga atrofdagilarning munosabati to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini baholashga urinish odamlarga, hayotiy voqealarga o`quvchida munosabat paydo qiladi, nuqtai nazarni shakllantiradi. Odamlarga yaxshilik qilib evaziga hech narsa talab etmaydigan, aksincha, ayrimlarning masharalashiga nishon bo`ladigan, lekin bundan zarra og`rinmaydigan bobo tabiati haqida o`ylash, o`quvchilarni hayotga jiddiyroq qafashga, odamlarning xatti-harakatlariga sinchiklabroq nazar solishga o`rgatadi.
Gumhlarishi baholanadi. Bunda o`quvchilarning miis-taqil fikrlashi va xulosa chiqara olishi hisobga olinadi.
Uyga vazifa: asarning davomi o`qish
2-soatda guruhlarda ishlash davom ettiriladi. Asarning davomi ifodali o`qiladi va o`quvcliilarga quyidagi savollar bitilgan kartochkalartarqatiladi.
1-topshiriq
Mo`min cholni kengashga chaqirishmaganda qattiq ranjib, bu hodisani unutolmasligi sababi nirnada deb o`ylaysiz? O`z qadri uchun emas, azaliy urf-odatlarning poymol etilayotganligi uchun xafa bo`la olish tuyg`usini izohlay olasizmi? Mo`min cholga xos sifatlarni yozib chi-qing.
2- topshiriq
O`rozqui va Bo`key xola timsollari haqida fikr bildi-ring. Ularning dardi nimada? Ular tabiatiga xos yaxshi va yomon sifatlarni ayling.

3- topshiriq
Seydahmad bilan bola o`rtasidagi munosabat haqida o`z fikringizni bildiring. Yozuvchi mahoratiga munosabat bildira olasizmi?
4-topshiriq
Bolaning portfel va durbin bilan odam bilan gaplash-gandek gaplashishiga qanday qaraysiz? Nega shunday? Bu yaxshimi- yomonmi? Bola uchun hammasidan zavqli bo`lgan holat qaysi ekanligini ayting.
5-topshiriq
Bolaning oq kemaga shunchalik bog`lanib qolganligi sababini tushuntirng. Oq kemani ko`rganda nima uchun bolaning yuragi gupurib ketadi?
6-topshiriq
Bolada baliqqa aylanish va oq kemaga suzib borish istagi paydo bo`lishining asl sabablari nimada ekanligini matndan qidirib toping va izohlashga harakat qiling.

Fikrlar himoyasi:
Guruhlar fikrlari tinglanadi. Har bir guruh o`z fikrini himoya qiladi. Javoblarning ayrimlari o`qituvchi kutganidek chiqmasligi mumkin. Lekin matn bilan ishlash,. asar ruhiga kirish, qahramonlar holatini tuyish, o`zidan o`tkazish o`quvchiga ko`p narsa beradi, unga «dard« yuqtiradi. O`quvchilarni shunday holatga sola olish o`qituvchining yutug`idir.
Uyga vazifa: Shoxdor ona bug`u haqidagi ertakni o`qish.
3-soat.
Shoxdor ona bug`u haqidagi ertakni o`qish va tahlil qilish.
Darsning borishi:
O`qituvcliining kirish so`zi.
Asar matni ustida ishlash.
Guruhlarda ishlash. Muammoli topshiriqlar berish.
Fikrlar himoyasi.
O`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
Uyga vazifa topshirish.
O`qituvchining kirish so`zi: Asargarchi ertak tarzida berilgan bo`lsa-da, uning zamirida haqiqat bor. Enasoy dar-yosi bo`ylarida haqiqatan ham turkiy xalqlar istiqomat qilganlar. Ular chorvachilik va dehqonchilik bilan shug`ullanganlar. Sibirdagi ko`pgina joy nomlarining turkcha ekaniigi ham mazkur holatni tasdiqlaydi.
Dastlab asarda berilgan Enasoy haqidagi qadimiy turkiy qo`shiq tahlil etiladi. Mazkur qo`shiqdan xalqning o`z eri va o`z vatanini qanchalar chuqur mehr bilan sevganini his etish mumkin.
Guruhlarda ishlash. Asar tahlili bo`yicha quyidagi top-shiriqlar guruhlarga tarqatiladi:
1-topshiriq
Daryoning Enasoy deb nomlanishida qanday ma`no bor deb o`ylaysiz? Matnga tayanib xulosangizni ayting.
2-topshiriq
O`rmonda paydo bo`lgan qushning qichqirig`i nimadan darak edi?
«Odamning odamga ichi achimasdi» jumlasini qanday tushundingiz?.
3-topshiriq
Sho`xlik va o`zboshimchaliklari tufayli o`rmonga ketib, shu sabab tirik qolgan bolalarning ruhiy holatlari haqida fikr bildiring.
4-topshiriq
Qabilalar o`rtasida dushmanlikni keltirib chiqargan sabablar qaysi deb o`ylaysiz?
5-topshiriq
Bolaiar kelganda g`alabalarini nishonlayotgan qabiladagilar nega muncha qo`rqib ketganliklariga sabab nimada deb o`ylaysiz?
6-topshiriq
Bobosining Shoxdor ona bug`u haqidagi ertagi bolaga qanday ta`sir qildi? Shu o`rinlarni qayta o`qing va buning sabablarini tushuntirishga harakat qiling.
7-topshiriq
Insonlar bilan bug`uning oqibat, ezgulik, sadoqat borasidagi hamda odamzot bilan hayvonning tili, dili va faoliyatidagi jihatlarni solishtirib munosabat bildiring.
8-topshiriq
Ona bug`uning kimsasiz qolgan bolalarga mehribonli-gi, yordam berganligi, odamlarga, ezgulikka hamisha sodiqligining sabablari nimada deb o`ylaysiz?
Fikrlar himoyasi. O`quvchilarning fikrlari umumiash-tiriladi va to`ldiriladi. O`qituvchi yuqoridagi savollar yordamida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish bilan birga ularni tez-tez matnga murojaat etishga yo`naltiradi. Bundan kutiladigan maqsad o`quvchilar ko`nglida odamzot tomonidan amalga oshirilgan vahshiyliklarga nafrat uyg`otilishi kerak. Inson -qancha olijanob va yaratuvchan bo`lsa, shunchalik darajada vahshiylikva buzg`unchiliklarga ham qodir. Buni atrofimizdagi odamlarda ham har xil ko`rinishda uchratish mumkinligi o`quvchilarga singdirilishi kerak… O`z hislatlarini qaysidir tomonga yo`naltirish, o`zida qanday ma`naviy sifatlarni tarkib toptirish insonning o`ziga bog`liq. U shuriday dahshatlarni sodir etmasligi, inson nomiga chinakam munosib bo`lishi uchun uning ko`nglini chiroyli qilishga erishishi kerak. Ko`ngli ehiroyli bo`lgan, go`zallikdan quvonib, bahra oladigan etib tarbiyalansa, u o`zgalarni ayaydigan bo`ladi. Razilliklardan hazar qiladi, yomonliklarga jur`at etolmaydi.
O`rganilganiar yuzasidan savol-javob o`tkaziladi, faol o`quvchilar rag`batlantiriladi.

4-soat
Darsning rejasi:
1. Matnning qolgan qismini o`qush.
2. Boshqa bo`limlar yuzasidan umumiy savol va top-shiriqlar berish.
3. Bahs-munozara, tahlil.
4.Test topshiriqlari.
5. Darsni mustahkamlash.
6.Uyga vazifa topshirish.
Matnning davomi o`qib o`rganilgach, o`quvchilarga quyidagicha savoilar beriladi.
1-topshiriq. Ona bug`uda inson zotini yaxshi ko`rish, lining avlodlarini saqlab qolishdan ko`ra, undan naf-ratlanishga va urug`ini quritib yuborishga asos ko`proq eka-nini matndan topib o`qing va buning sababini tushuntirish-ga harakat qiling.
2-topshiriq. Baymoq kampir ona bug`uga: «Odam bolalari seni yaxshilingga yomonlik biian javob qaytarishsa, o`zingdan ko`r» deganida nimani nazarda tutgan edi?
3-topshiriq. Ona bug`uning bolalarga: «Sizlar keltirgan tilni avlodlar unitmaydi. Ularga o`z tillarida so`zlash va kuylash yoqimli bo`ladi. Insonlar qanday yashashi kerak bo`lsa shunday yashanglar» degan fikrni sharhlang.
4-topshiriq. Bug`uboy avlodlarida shoxdor Ona bug`uga bo`lgan e`tiqod qanday edi, bu e`otiqodga putur etishining sababi nimada edi?
5-topshiriq. «Butun umr bo`yi bug`u nima ekanJigini ko`rmagan yangi insonlar tug`ildi» jumlasining o`zingizga qay darajada dahli bor deb o`ylaysiz?
6-topshiriq. Bolaning shoxdor Ona bug`u kallasini ko`rgandagi holati tasvirlangan o`rinlarni qayta o`qing va bu haqda fikr bildiring.
7-topshiriq. O`rozqulning o`ldirilgan bug`u shoxini olish-dagi xatti-harakati sizda qanday munosabat uyg`otdi?
Yuqoridagi savollarga javob berishda o`quvchilar o`z fikrlarini mustaqil bayon etadilar. Asar qahramoni ruhiyati, kechinmalari va holati qahramon misolida o`quvchilarni o`zga insonni his etishga o`rgatib boradi. O`quvchilar bir-birlarining fikrlarini e`tibor bilan eshitishlari lozim. Shun-da ular boshqalarning fikrini takrorlamaydigan, o`z qarashlariga ega, mustaqil mulohaza yuritishga qodir, o`zicha qat`iy qaror qabul qila oladigan kishilar sifatida shakllanadilar.
O`quvchilarni toliqtirmaslik uchun ularga qiziqarli bo`lgan o`yin tashkil etish mumkin. Masalan, «Oltin toj» o`yini, u quyidagicha tashkil etiladi.
«Toj o`yini»dan katta mavzu yoki bir bo`lim tugagandan so`ng mustahkamlash, umumlashtirish darslarini tashkil etishda foydalanish mumkin. Bunga o`qituvchi avvaldan tayyorgarlik ko`radi. «Tojga» va unga o`rnatiladigan asar yoki qahramon nomlari yetarlicha tayyorlanadi. Bu «Asar nomini toping», «Qahramon nomini ayting» va h.k. tarzda bo`iishi mumkin.
Bir o`quvchi doskaga chiqarilib, unga ko`rsatmasdan biror asar yoki qahramon nomi yozilgan toj kiygiziladi. Unga topshiriq qisqacha tushuntiriladi. Sinfdagi o`quvchilar uni ko`rib turadilar. Toj kiygan o`quvchi sinfda o`tirgan o`quvchilarga ular «ha» yoki «yo`q» deb javob berishlari mumkin bo`lgan savollarnigina berishi mumkin. Masalan, tojga biror qahramon nomi yozilgan bo`lsa, shunday savoilar berilashi mumkin. Asarmi?, Qahramonmi?, «Susambil»danmi, «Oq kema»danmi?
Shunda o`quvchilar faqat «ha» yoki «yo`q» javobini beradilar.
Sinfda o`tirgan o`quvchilar ortiqcha ma`lumot va tushun-tirishlar bermasliklari kerak. Bir darsda bir qancha o`quvchilar navbat bilan yoki bir vaqtda «toj o`yini»da ish-tirok etishlari mumkin. Eng kam savol berib javobni aniqlagan o`quvchi rag`batlantiriladi.

TEST TOPSHIRIQLARI BILAN ISHLASH
1. «Oq kema« asarida «tuya», «bo`ri», «egar», «tank»larga o`xshatilgan narsa nima edi?
A. Rasm.
B. Hayvon.
S. Mashina.
D. Harsang.
E.Ot.
2. Quyidagi so`zlarni «Oq kema» asarining qaysi qah-ramoni aytgan?
«Ming yillar tinch-totuv yashaganlar. Sizlar keltirgan tilni avlodlar unutishmaydi. Ularga o`z ona tillarida so`zlash va kuylash yoqimli bo`ladi».
A. Mo`min.
B. Botir Qulchi. S. Ona bug`u.
D. Bo`key.
E. Baymoq kampir.
3. Bug`uboy avlodlarida takabburlik qachondan bosh-landi?
A. Bug`ular Issiqko`lni tark etishgach.
B. Bug`uboy avlodiarining oshib-toshib ketgan mash-hur boyi o`lgach
S. Issiqko`lni dushmanlar bosib olgach
D. O`rozqul tomonidan bu`gu o`ldirilgach
E. Boyning qabriga bu`gu shoxi o`rnatilgach
4. Quyidagi fikrni «Oq kema» asarining qaysi qahra-moni aytgan?
«…..qadimgi odamlardan qolgan gap bor: boylik, takabburlikni, takabburlik esa telbalikni tug`diradi, …. pul hukumron bo`lgan joyda ezgu so`zga o`rin yo`q….»
A. Baymoq kampir.
B.Mo`min chol.
S.Shoxdorona bug`u.
D. Botir Qulchi.
E. Bug`uboy
O`quvchilar asardagi har bir qahramonga hos insoniy sifatlarning qandayligini matnga tayangan holda quyidagi jadvalga mustaqil yozadilar.
Yuqoridagi topshiriqning davomini hamda «Qissadagi bola timsoliga tavsif« mavzusida taassurot yozish uyga vazifa etib topshirish mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !