O`G`RI

MAVZU: ABDULLA QAHHORNING «O`G`RI» HIKOYASINI O`QIB O`RGANISH

Maqsad: o`quvchilarda insonni, uning ruhiy holatini anglash, o`zgalar tuyg`ularini his qilish, adolat, mehr-shafqat kabi insoniy sifatlarni shakllantirish.
Darsning usuli: Senariyli o `qitish.
Darsning borishi:
O`tilgan darsni so`rash va mustahkamlash.
Yangi mavzuni bayon qilish.
Hikoya matnini ifodali o`qish.
Matn iistida ishlash. Tarqatma materiallar bilan ishlash. Uyga vazifa berish.
O`tilgan mavzu so`rab mustahkamlangach, yangi mav-zu bayonetiladi.
Abdulla Qahhorning “O`g`ri» hikoyasini o`rganish uchun dasturda 2 soat belgilangan. 1-soatda adib haqida darslik majmuada berilmagan qiziqarii, adibning o`ziga xos jihatlarini ochib beradigan ma`lumotlar beriladi.
Hikoya matnini ifodali oqish
Hikoyani o`qituvchining o`zi o`qib bergani ma`qul. Unda asar personajlari: Qobi! bobo, Ellikboshi va h.k laming tabiatidan kelib chiqib, ularning tiliga yaqin tarzda o`qilsa, o`quvchilarga ta`siri kuchli bo`ladi. Hikoya matni ustida ishlash, badiiyati bilan yaqindan tanishish, matnning mazmuniga chuqurroq kirish orqali qahramonlarning ru-hiy holati, tabiat manzarasi tasviriga yashiringan sir-asror-larni, qahramonlar harakatlaridagi, odatlaridagi sifatlarni anglashga harakat qilinadi. Bu mashg`ulot dars-senariy tu-zishga o`quvchilarni tayyorlash darsi bo`lib, tuziladigan senariyning asar mazmuniga mos badiiy o`ziga xosligini va san`at asari sifatidagi qimmatini ta`minlagan holda tuzi-lishini kafolatlaydi.
O`qituvchi o`quvchilarning darsga faol ishtirokini ta`minlashi, ularnj qiziqtirish choralarini ko`rishi kerak. Quyidagi savol -topshiriqlar yozilgan plakat doskaga ilinadi.
Matn ustida ishlash
«O`g`ri» hikoyasidagi voqea yuz bergan faslni aniqlang.
Qobil bobo yashaydigan joy haqida ma`lumot bering.
Qobil bobo hovlisi haqida fikr bildiring.
Qahramonlarning tashqi ko`rinishini tavsiflang.
Qobil boboga ellikboshining munosabatini izohlang.

Tarqatma materiallar bilan ishlash.

Qobil boboning pristav huzuridagi holati va pristav-ning xatti-harakatini aniqlang.

7.Aminning ko`rim`shi va Qobil bobo bilan suhbati haqida fikr bildiring.
Bu kabi savollar o`qituvchining badiiy asar matni us¬tida mukammal ishlashga da`vat etadi va tahlilni osonlash-tiradi. Natijada o`quvchi hikoya matnidagi liar bir so`z va badiiy vositani tabiat tasvirlari va qahramonlar qiyotasini aniqlashga e`tiborni qaratadi. Hikoyani sahnaviy lavhalarga ajratishdan oldin yuqorida ko`rsatilgani kabi tarqatmalar beriladi.

Hikoya senariysi loyihasini tuzish
Ushbu topshiriq bajarilgach, o`qituvchi o`quvchilar bilan birga taxminiy sahnanoma tuzadilar. «O`g`ri« hiko-yasi quyidagi sahnaviy ko`rinishlarni ifodalovchi lavha va qismlarga ajratiladi. Bu fikrlar o`quvchilarning faol ishtirokida yozuv taxtasiga yoziladi.
1. Qobil boboning hovlisi.
2. Subhidam (Erta tong)
3. Ho`kiiz yo`qoldi.
4. Og`il yonida
5. Ellikboshi keldi.
6. Pristav huzurida.
7. Amin qabulida.
Ushbu sahnaviy lavhalar o`quvchilar bilan muhokama qilinadi va daftarlariga yozdiriladi. Darsda bajarilgan top-shiriqlar asosida ishlangan bu kabi lavhalar o`quvchining uyda muvaffaqqiyatli ishlashiga zamin yaratadi. Savollarga javob izlash, tarqatmalarga munosabat bildirish davomida o`quvchilar mustaqil fikrlashga o`rganadilar. Har bir jumla va ifodaga e`tibor bilan qarashga odatlanadilar.
Uyga vazifa qilib sahnaviy lavhalarga senariy yozish topshiriladi.
2-soat
Bu darsda o`quvchilarning uyda tuzib kelgan sah-nanomalari muhokama qilinadi.
Senariylarni oqish.
1-o`quvchi: Sahnada Qobil boboning hovlisi aks etti-rilgani haqidagi senariysini o`qiydi.
2-o`quvchi: Xo`kiz yo`qolishi voqeasini, Qobul bobo holati, kishilarning to`planishi voqealarini qanday sahnalash-tirish mumkiniigini bayon qiladi.
3-o`quvchi: Asar qahramonlari. ularning qiyofasi, xatti-harakati va nutqining qanday bo`lishi kerakligi. sahnada ularning odati, ruhiyati qanday aks ettirilishi kerakligini gapiradi.
Shu tartibda o`quvchilar «O`g`ri« hikoyasining sah-nalashtirish masalasini hal qilishga kirishadilar. Shu maqsad-da zarur deb topilgan amaliy ishlarni bajaradilar. Boshqa o`quvchilar yozilgan senariylar xususida o`z fikrlarini bildiradilar. Ba`zi o`quvchilar insonlarning xatti-harakatini namoyish qilishi, qolganlari ularga munosabat bildirishi mumkin.
Asarning qaysi qismi maktab sahnasida namoyish etili-shi, sahna imkoniyatlariga moslab qanday o`zgartirishlar kiritilishi mumkinligi muhokama qilinadi. O`quvchilarning fikrlari aniqlanadi va umumlashtiriladi. Hikoyaning maktab sahnasiga mo`ljallangan senariysi tuziladi.
Dars so`ngida hikoya yuzasidan quyidagicha savollar beriladi, suhbat o`tkaziladi va o`quvchilar rolga kirib, amaliy mashgulotlarni bajaradilar.
Senariy boyicha amaliy ish
1. Qobil bobo timsolining o`zingizga ma`qul bo`lgan biror jihatini namoyish eting.
2. Ellikboshi bilan Qobil bobo uchrashuvi lavhasini namoyish eting.
3.Amin odatining o`ziga xos tomonini ko`rsatib bering.
4.Pristavning xatti-harakatlarini ifodalang.
5.Qobil bobo pristav huzurida sahnasini namoyish eting. O`quvchilar bilimi baholanadi.
Dars mustahkamlanadi.
Uyga vazifa: Abdulla Qahhorning «Dahshat« hikoyasini mustaqil o`qish.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !