Nodiraning hayoti va ijodi

Mavzu : Nodiraning hayoti va ijodi .

Darsning maqsadi :
1. O`quvchilarning mumtoz adabiyotimiz durdonalariga bo`lgan qiziqishlarini o`stirish .
2. O`quvchilarning tafakkurini , og`zaki nutqini o`stirish .
3. O`quvchilarda insoniylikni , ezgulikni ulug`lash xuslarini tarbiyalash .
4. O`quvchilarga axloqiy tarbiya berish .
Darsning metodi : Seminar dars
Darsning jihozi :
1. Nodira portireti
2. O`zbekiston xaritasi
3. Nodiraning tanlangan asarlari
4. Shoira hayoti va ijodiga bag`ishlab yoritilgan materiallar
Darsning borishi :
1. Darsni tashkil etish
2. Darsning maqsad –vazifalarini ro`yobga chiqarish ustida ishlash
3. Xulosa
4. Uyga topshiroqlar
Yangi mavzu :
Reja :
1. Nodira yashagan davr
2. Nodiraning hayoti
3. Nodiranign ijodi
4. Nodira g`zallari
5. Sahna
Yangi mavzuning borishi :
Darsga qo`ng`iroq chalingach , o`quvchilar bilan salomlashaman .So`ngra magnitafondan Sherali Jo`rayev ijrosida “Tushimda ko`rsam edi ” deb aytiladigan qo`shig`i tinglanadi . Qo`shiq tugagach , shoiraning hayot yo`li haqida qisqacha suhbatdan so`ng doskaga yangi dars mavzusi yozib qo`yiladi. Mavzu yuzasidan so`zlovchi o`quvchilar tartib bilan mavzuni yoritadi .
Nihoyat , o`quvchilarning mavzu yuzasidan chiqishlari izohlanadi , mehnatlari baholanadi .
Uyga topshiriq :
Takrorlash . O`tilgan mavzularni takrorlab kelish .

18-maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Xolcho`rayeva G

6-sinf ona tili
Mavzu : Ot-so`z turkumi
Darsning maqsadi :
1. O`quvchilarning ona tiliga bo`lgan qiziqishlarini o`stirish .
2. Mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash .
3. O`quvchilarning bilim salohiyatini , yozma savodxonligini rivojlantirish .
Darsning metodi : Musobaqa dars
Darsning jihozi :
1. Otga oid jadvallar
2. Tarqatma materiallar
3. Televizor ekrani
4. Ko`chma sahnali qo`g`irchoq teatri
5. Qo`g`irchoqlar.
6. Gul ko`chati , sug`orish , tagini yumshatish , begona o`tlardan tozalash , ochilgan gul.
Darsning borishi :
1. Darsni tashkil etish
Yangi mavzu :
Reja :

Atoqli otlar

Kishi
Hayvon o’rin –joy mahsulot

nomlari

Turdosh otlar

Aniq otlar Mavhum otlar

Yangi mavzuning bayoni :
Dars o`qituvchining kirish so`zi bilan boshlanadi .
1.- Musaboqa . Guruhlardan bittadan o`quvchilar doskaga chiqib
atoqli va turdosh otlarga misollar yozishadi.
Tez va bexato yozgan o`quvchi guruhi g`alaba
Qozanadi Musobaqa shu borada davom etadi.
Nihoyat musobaqa yakumlanib o`quvchilar bilimlari
izohlanib, baholanadi .
Uyga vazifa :
Takrorlash
18-maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Xolcho`rayeva G
“Ona tili darslarida o`yin ” usulining ta’limiy ham tarbiyaviy ahamiyati.

O`quvchilarni amaliy ishga , hayotga tayyorlashda ona tili fani muhim ro`l o`ynaydi . Tilni o`rganish bilan o`quvchilarning zehni , aqli , ongi va madaniy darajasi oshadi , ularga o`zlarini o`rab olgan muhitni yaxshi tushunish imkoniyati tug`iladi . Ona tilini yaxshi o`rganmasdan turib , boshqa fanlarni o`zlashtirish qiyin .
Har bir yangi mavzuni o`tishda , uning xarakteriga mos tushuntirish usullari tanlash , darsning o`ziga mazkur mavzu yuzasidan o`quvchilarning bilim , malaka va ko`nikma hosil qilishlariga yordam beradigan mashq turlaridan foydalanish o`quvchilarning ona tilini o`rganishga bo`lgan qiziqishlarini oshiradi .
“So`zning tarkibi ” mavzusini o`tishda o`zak , qo`shimcha , negis haqidagi materiallarni puxta o`zlashtirishga yordam beradigan qiziqarli grammatik o`yinlardan ham foydalanishi mumkin

Masalan :
1. Har bir negizning oxiri qanday harf bilan tugasa , shu harf bilan
Boshlanadigan negiz topib , o`yin davom ettiriladi .

2. “Yo`qolgan jangchini top ! ” o`yini
Bunda o`zakni shartli ravishda “jangchi” deb ataymiz . So`z yasovchi qo`shimchalar beriladi , o`quvchilar nuqtalar o`rniga “yo`qolgan jangchi ” o`zakni topib qo`yib yozishlari kerak . Bir vaqtning o`zida 4 nafar o`quvchi doskaga chiqariladi .

1……kor ,……la ,…….zor ,……lik
2. ba …..,be……,ser……, no………
O`quvchilar quyidagi so`zlarni yozadilar:
Paxtakor , oqla , uzumzor , do`stlik
Badavlat , bexabar , serhosil , noaniq ,
Xullas , ona tili darslarida o`z o`rnida Grammatik o`yinlardan foydalanish o`quvchilarning darsga qiziqishini oshiradi , ularning puxta bilim oilshlariga yordam beradi .

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !