NIDO

MAVZU: ERKIN VOHIDOVNIING «NIDO» DOSTONI BO`YICHA
BAHS-MUNOZARA DARS

Maqsad: o`quvchilarni urush tufayli qalblari majruh bo`lgan bolalar, onalar, otalarning tuyg`ularini his etish ruhida tarbiyalash, urushga nisbatan ular ko`nglida nafrat uyg`otish.
Darsning rejasi:
1.O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash.
2. Yangi mavzuni bayon qilish. Guruhlarda ishlash.
3. Bahru bayt o`tkazish.
4. She`rlarni izohlash.
5. Test topshiriqlari bilan ishlash
6. Dostonning badiiy xususiyatlari.
7. Darsni mustahkamlash va uyga vazifa topshirish. O`tilgan mavzuni savol- topshiriqlar yordamida so`rash va mustahkamlash
Yangi mavzuni bayon qilish. Guruhlarda ishlash. Dostonni o`quvchilar sevib o`qiydilar, u engil yod olinadi. O`qituvchining vazifasi o`quvchilarni matn bilan ishlashga, tahlil qilishga, iirush va uning oqibatlarini his ettirishga, urush tufayli qalban va jismonan yaralangan mil-lionlab kishilarning fojiasi takrorlanmasligi uchun tinchlik-ni asrash, burring uchun kurashish ruhida tarbiyalashdir. Birinchi soatda doston matni o`qitilib, savol- top¬shiriqlar ustida ishlanadi, o`quvchilar asar ichiga chuqur-roq olib kirilgach, keyingi darsda doston yuzasidan bahs-munozara o`tkazilishi yaxshi natija beradi.
O`quvchilar guruhlarga bo`linadi, guruh a`zolari hamkorlikda matnni tahlil qilishlari erkin fikrlash uchun imkoniyat yaratadi.
Bahru bayt o`tkazish.
I-guruhni «G`azalxon yoshligim” deb nomlash mumkin.
Bu guruh shiori:
Toshga ham shirin g`azal
Baxsh aylagay otash va jon,
Shavq o `ti yonsa agar
Shoir-g`azalxon qonida
Bu guruh a`zolari E. Vohidov g`azallari asosidagi g`azalxonlik, bahru bayt orqali g`azal toshga ham jon bag`ishlashi mumkinligini ifodali, ta`sirli o`qilgan baytlari bilan isbotlaydilar.
1-o`quvchi:
Tarixingdir wing asrlar ichra pinhon, o`zbegim,
Senga tengdosh Potnint oqsoch Tiyonshon, o `zbegim.
2-o`quvchi:
Mamlakatga mamlakat, millatga mil/at bo `Isa qasd,
Qilg`uchi so`ng oqibat armon o`zing, afg`on o`zing.
3-o`quvchi:
Gul bo `lib, gulgul yonib, gulshan aro gulchehralar,
Gul uzib o`ynar, qo`yib gulga bino gulchehralar.
4-o`quvchi:
Rost, qalam timsoii she`r, timsoli tig`, timsoli haq,
Boshini ming kesdilar, bosh egmadi aslo qalam.
5-o`quvchi:
Menda na borliq xayoli, menda na yo`qlikka gam,
Manglayimga chunki she`rdan o`zga zar bitgan emas.
6-o`quvchi:
Sangi dilning hasratida qancha dillar dard chekib,
Ko`zlariningg`urbatida qonga ko`zgiryon emish.

She`r mazmunini izohlash
Guruh sardori a`zolarning fikrlarini umumlashtirib, haqiqatan ham shoir g`azallarida she`rning ulug`lanishi, shoir mangiayiga she`rdan o`zga zar bitiimaganligidan qu-vonishi, she`r dardi bilan yonishi, o`z tuyg`ularini haroratli misralarda bayon etganligini misoliar bilan asoslab beradi.
Yoniq jonim aro jonlar qilur faryodu afg`onlar
Bu ko ksim ichra isyonlar Bitilmish ibtido menga.
2-guruh «Zukkolar»ga lahzalik savol-javob va test top¬shiriqlari beriladi. Bu guruh shiori-«Bilim yodlash bilan emas, fikrlash bilan orttirilgandagina haqiqiydir». Mazkur shiorga amal qilib, ular test savollariga to`g`ri javobni flkrlab topadilar va izohlaydilar. Test savollarini o`quvchilarning o`zlariga matndan luzdirish ham mumkin.

TEST TOPSHIRIQLARI
l.Quyidagi parchada qo`llangan tasviriy- badiiy vositani belgilang
Oliin sochmoqdadir
Elga beayov
Shahar, qishloqlarni
Yutmoqda olov
A.Tashbeh; D. Jonlantirish.
B.Tazod; E. Sifatlash.
S. Mubolag`a.
2. «Nido» dostonidan olingan quyidagi parchada xalq og`zaki ijodining qaysi turidan foydalanilgan?
Bobolarning hikmati
Hayotga yorug` yo Idir,
Otang bolasi bo `lma,
Odam bolasi bo`l der
A. Hikmal; B. Masai; S.Matal; D. Maqol; E. Pand:
3. Quyidagi parchada qaysi tasviriy-badiiy vositadan foydalanilgan?
Avtotnatlar bosh uzra
Ko`tarildi tug`sitnon
Birin-ketin daryodan
Suzib ketdi to `rtovlon.
A.Sifatlash B.O`xshatish S.Jonlantirish D. Qarshilantirish E. Metafora
4. Quyidagi she`riy parchada qo`llanilgan badiiy-tasvi-riy vositani belgilang.
Ma `sum go `dak singari
Shu tong sabo yig`ladi
Chidolmay bu firoqqa,
U ham yosh to`kdiyu, chekildi nari.
A.Mubolag`a,sifatlash. D. O`xshatish, sifatlash.
B. Jonlantirish, o`xshatish
E. Istiora, ibora.
S. Sifatlash, mubolag`a.
Dostonning badiiy xususiyatlari
3-guruh: «Yosh tilchilar» deb nomlanadj va ular dostondagi o`xshatish, sifatlash, xalq og`zaki ijodidan namunalarni topadilar. Ularning shiori «She`riy san`atlar-asarning joni»
1-o`quvchi: Men dostonni o`qish jarayonida «qora o`q», «og`ir qadamlar», «otashin falak», «tund kecha», «quyuq zulmat» kabi sifatlarni topdim.
2-o`quvchi: Dostonda «Quzg`unning qanotiday Qaro edi o`sha tun«, «Ona bag`rida yotgan Mas`um go`dak singari«, «Avtomatlar bosh uzra Ko`tarildi tug`simon«, «Xayolning tumanli pardasi» kabi o`xshatishlardan shoir mohirlik bilan foydalangan
3-o`quvchi: Shoir «Otang bolasi bo`lma, Odam bolasi bo`l» kabi maqolda o`z o`rnidan foydalangan.
4-o`quvchi: Bir o`rinda esa «Go`daklarning tilagi ijobat bo`ladi» hikmatli so`zini she`riy satriarga singdirib yuborgan:
Buvim aytgan, men tilak qilsam, Tilagim bo`larmish doim ijobat,
5-o`quvchi: Onaning allasi ayanchli, ayni vaqtda mung-li bo`lsa-da, dilga orom bera oluvchi qo`shiqdir.
— Nega yig`layapsan, Yolg`izim, qo`zim?
Tun uzoq , uxlay qol, Ko `zlaringni yum.
Orom ol, men senga Allalar aytay.
Tongda peshonahgdan o`pib uyg`otay.
Guruh a`zolarining javoblari tingiangach, darslikda berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlanadi. Bunda barcha guruh a`zolari qatnashadi. O`qituvchi darslikka qo`shimcha shunday savollar topsinki, unga javoblar turli-tuman bo`lsin. Masalan, dostonda shunday satr bor: «0>g`lim» degan nido keladi. Bu nido faqat otaning nidosimi?
1-o`quvchi: Ha, ota nidosi bu!
2-o`quvchi: Bu urush tufayli yetim qolgan millionlab yetimlar nidosi.
3-o`quvchi: Uzoq o`lkalarda jang qilib jasadi o`zga joylarda qolib ketgan urush qurbonlarining nidosi.
4-o`quvchi: farzand dog`ida kuygan ota-onalarning nidosi.
O`qituvchi: Urush jarohatlari qay o`rinda ta`sirchan ko`rsatib berilgan?
1-o`quvchi: «Ota quchay desa, qo`ii yo`q ekan, Tik turganjoyida yig`layveribdi« satrlarini o`qiganda ko`zimdan yosh chiqib ketdi.
2-o`quvchi: «Rustamning akasi urushdan qaytdi. Qo`ltiqtayog`i bor, Bir oyog`i yo`q« misralarini o`qiganimda ko`z oldimga hali uylanmagan yosh yigitchaning urush tufayli oyoqsiz qaytib kelgani, ataka payti o`q tizzasini olib ketgani urushga nafratimni oshirdi.
3-o`quvchi: «Darsga kelmay qoldi tunov kun Tal`at, Muallim urishsa turaverdi jim. Dadasidan kelgan ekan qora xat Hammamiz yig`ladik, Hatto muallim»
4-o`quvchi: Urush va dadasini sog`ingani tufayli bola-ning onasiga bergan savollari mengajuda ta`sir qildi. Urush bo`lmaganda edi, bolakay o`ynab-kulib bu savollarni berib ayasini qiynamagan bo`lardi:
Ay ting, dadam meni yaxshi ko`mdimi?
Kelganida toycha olib bemdimi?
Ko`cholarda toychog`imni etakiatib,
Qo`llaritndan ushlab olibyuraditni?
5-o`quvchi: Urush tugab, oradan 20-yil o`tsada, jarohatlar hali bitmagan.
Bag`rim o`yib,
Bu kun menga bermoqda azob,
Sizning ko `ksingizni teshgan qora o `q.
Silqib oqayotir ko `kragimdan qon.
Qalbim o`rtanmoqda, so`ngsiz armonim…
O`qituvchi: Nima uchun shoir «Yerni tepma, Asta bos qadam» deb murojaat qilyapti.
1-o`quvchi: Bu savolga shoirning o`zi javob beradi: «Biz turgan yer, Biz kezgan olam, Ulkan fidoyilar mozori”.
2-o`quvchi: Muqaddas zaminimiz yer bizni boqadi, ulg`aytiradi.
3-o`quvchi: Bu yerda millionlab avlod-ajdodlarimiz hoki bor.
4-o`quvchi: Qo`ltiqtayoqlarning zahmidan ingrayotgan Ona-yerni asrashimiz kerak.
5-o`quvchi: Atomlarning vahmidan yuragi pora tup-roqqa sodiq qolmog`imiz, bu fojia takrorlanmasligi uchun kurashmog`imiz darkor.
Dars so`ngida o`quvchilar baholanadi. Faol o`quvchilar rag`batlantiriladi. Uyga vazifa: She`rdan parcha yod olish.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !