MENING O`G`RIGINA BOLAM

G`AFUR G ULOMINING «MENING O`G`RIGINA BOLAM» HIKOYASI
ASOSIDA BAHS MUNOZARA DARS

Darsning maqsadi: o`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ular dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlashga o`rgatish
Darsning jihozi: G`.G`ulom asarlari, yozuvchi hayoti va ijodiga bag`ishlangan fotoalbom, video tasvir.
Darsning borishi:
1. O`tilgan mavzuni so`rash:
2. Yangi mavzuni bayon qilish:
3. Aqliy hujum.
4. Asar ruhini anglatuvchi sahna ko`rinishi.
5. Asar yuzasidan bahs-munozara.
6. B.B.B. usuli.
7. Darsni mustahkamlash, baholash, rag`batlantirish.
8. Uyga vazifa.
O`tilgan mavzu Oybekning «Fonarchi ota», «Bolaning ko`ngli ppdsho» asarlari savdl-javob orqali so`raladi va mustah-kamlanadi. Yangi mavzuni bayon qilish. Hikoya matni o`qiladi.
Aqliy hujum:
G`afur G`ulom kim, u haqda nimalarni bilasiz? O`quvchilarning javoblari doskaga yozib boriladi, asosli javoblar umumlashtiriladi.
O`quvchilar ikki guruhga bo`linadi. 1- guruh «Bilim-donlar», 2-guruh «Chaqqonlar».
Sahna ko`rinishi: Tor eski hovli. Uvada ko`rpa-to`shaklarga o`ralib yotgan etim bolalar. Qora buvi va o`g`ri suhbatlashmoqdalar.
Mazkur ko`rinish hamda o`rganilgan asar matni yuzasidan o`quvchilar bahs- munozaraga tortiladi.
O`qituvchi: Ushbu sahna ko`rinishi orqali kim qanday tasavvurga ega bo`ldi?
O`quvchi: Mening tushunishimcha, bu sahna orqali G`afur G`ulomning yoshlik yillaridagi davr ifodalangan.
O`quvchi: Ha, to`g`ri aytdingiz, bu qisqa sahna orqali yozuvchining bolalik yillari qay tariqa kechganligining guvohi bo`ldik.
O`quvchi: Buvining o`g`riga bo`lgan munosabati meni hayron qoldirdi.
O`quvchi: Onaxon buvi qalbidagi onalarga xos chek-siz mehr-muruvvat tufayji o`g`rining chin insoniy fazilatlarini tushunib etdi.
O`quvchi: Buvining o`g`riga muruvvati lining haqiqiy insoniy fazilat egasi ekanligini namoyon etgan.
O`quvchi: Shunday hayot beshafqat, og`ir bo`lgan davrda ham shum niyatli o`g`ri qalbini yumshata olgan, o`zi nochor bo`lsa- da, o`g`riga achinib, «Qutlug` uydan quruq chiqmasligi, hech bo`lmasa qozonni olib ketishini so`ragan qora buviga nisbatan qalbimizda cheksiz muhab-bat uyg`ondi.
B.B.B.strategiyasi bo`yicha oldindan tayyorlangan quyidagi jadval to`ldiriladi.

Jadval shu tariqa to`ldirib boriladi.
Savol- javob o`tkazish:
1. Hikoyada qaysi davr voqealari tasvirlangan? «Bilimdonlar»: XX asr boshlarida birinchijahon urushi davridagi xalq hayoti manzarasi tasvirlangan.
2. O`g`rini tun qorong`usida hovli oshib o`g`rilikka tu-shishga nima majbur qildi?
«Chaqqonlar»: Oilani boqish tashvishi majbur qildi.
3. Qora buvining olti oydan buyon uyqusi kamligiga sabab nima?
«Bilimdonlar»: Bolalarni boqish, ertasini o`ylash, uyli-joyli qilish.
4. O`g`ri nima uchun boshqa kasb bilan shug`ullanmadi? «Chaqqonlar»: Chunki o`sha davrda barcha kasbning bozori kasod edi.
5. Nima uchun o`g`ri boylarnikini emas, kambag`alning uyini tanladi.?
«Bilimdonlar»: Boylarning uyini devori ba`and, itlari qopag`on. O`g`rini ushlashlari uchun qorovullari bor edi.
6. O`g`ri nima uchun buvi bilan choy ichishga una-madi?
«Bilimdonlar»: Tong otib qolsa buvi uni tanib qolishi mumkin edi.
Milliylik haqida ma`lumot.
O`quvchilar, siz bilan o`qib tahlil qilganimiz, voqeiy hikoyadir. Shuning uchun bu hikoya aynan hayotning o`zidek tasvirlangan etuk romantik asar bo`lib, haqiqiy milliy jozi-baga ega. Milliylik bu-asarda millat, xalq turmushi man-zaralarini milliy urf-odatlarini millat vakillariga xos xusu-siyatlarni jonli. hayotiy ko`rsatishdadir. Hikoyadagi kampir-ning bolajonligi, saxovati, mehribonligi, mehmondo`stligi o`zbek xalqiga xos milliy xususiyatlardir.
Dars yakunida guruhlar orasida eng ko`p ball to`plagan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa: «Oradan o`n yil o`tdi» O`g`ri qora buviga xat yo`lladi.(Sizningcha o`g`rining hayot yo`li, kasbi o`zgardimi, fikringizni yozing).

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !