Lutfiy

Mavzu: Lutfiy. G`azal matni ustida ishlash

I. Ilmiy maqsad: Mavlono Lutfiyning mustaqil o`qish uchun berilgan “Holiyokim…” deb boshlanuvchi g`azali matni ustida ishlab, tahlil qila olish malakasini hosil qilish.
II. Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarda mumtoz adabiyotga muhabbat uyg`otish.
III. Rivojlantiruvchi maqsad: Matn ustida ishlash, g`azal o`qiy olish, nazariy bilimlarni matn tahliliga joriy etishni bilim darajasidan avval ko`nikma, so`ng malaka darajasiga yetkazish.
Darsningborishi:
I. Kirishqismi:
a) Tashkiliyqism;
b) Takroriy qism.
Tashkiliy qismda darsga sinfning tayyorgarligi ko`zdan kechiriladi. Yo`qlama qilinib, o`tilgan mavzu yuzasidan test sinoviga tayyorgarlik ko`riladi.
Dars jihozi: multimedia, ekran, ekranda Lutfiy portreti. Xattaxtada o`quvchilar tomonidan ishlangan Mavlono Lutfiy surati, test savollari.
I. Dars o`qituvchining kirish so`zi bilan ochiladi:
… Biz o`tgan darslarimizda “Kuntug`mish” xalq dostoni bilan , Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig” dostoni bilan tanishgan edik. Kuni kecha Lutfiy ijodi bilan tanishishni boshladik. Siz uning g`azallari bilan tanishdingiz. Hozir siz sevib tinglaydigan “Sensan sevarim…” qo`shig`ini tinglaysiz. Shu qo`shiq yangrab bo`lguncha siz test topshiriqlarini bajarasiz.
O`quvchilar qo`shiq tugaguncha testlarni ishlaydilar. Test kaliti ekranda ko`rsatiladi. O`zlarini o`zlari baholaydilar.
II. Asosiy qism: Ekranda Lutfiyning “Holiyokim…” deb boshlanuvchi g`azali ko`rsatiladi.
O`qituvchi avval she`rni ifodali qilib o`qib beradi. Keyingi slaydda g`azalni tahlil qilish tizimi reja sifatida beriladi.

Reja:
1. G`azalning mohiyatini baytma—bayt ochib beriladi.
2. Texnik xaritasi beriladi:
a) vazni: ramali musammani mahzuf
b) afoyili: foilotun foilotun foilotun foilun
c) taqte`si: — v — — — v — — — v — — -v –
3. Qofiya va radif
4. San`atlari.
O`quvchilar bilan hamkorlikda bajariladi.
Mumtoz adabiyot namunalarini o`rganayotganda eng ko`p qayd etiladigan janrlardan biri g`azaldir. G`azal tahlili bir necha bosqichda olib boriladi. Jumladan:
1. Mazmun – mohiyati tahlil qilinadi.
2. Texnik xaritasi ishlab chiqiladi: a) vazni haqida ma`lumot beriladi
b) afoyili qayd etiladi
c) taqte`sini topib, chizib chiqiladi.
3. Qofiya va radifi o`rganib chiqiladi.
4. Mazkur g`azalning ma`naviy va lafziy san`tlari tahlil qilinadi va so`zning qudrati, nafis adabiyotning go`zalligi ta`kidlanadi.
Mustaqil o`qish uchun berilgan g`azallardan biri “Holiyokim…” deb boshlanuvchi g`azalning tahlili qisqacha quyidagi tarzda amalga oshiriladi.
1.Mazmun — mohiyati baytma-bayt tabdil qilinib, unda tushunilishi qiyin bo`lgan so`zlarga alohida ahamiyat qaratiladi. G`azalning sof tasavvufiy yo`nalishda ekanligi, ilohiy ishq kuylanayotgan davronning o`tkinchiligi-yu, mahbuba (Olloh)ga muhabbatning boqiyligi ta`kidlanadi. Masalan,
Holiyokim, davri ishrat tur iliktin jomni
Solmag`ilkim, ko`rdim asru bevafo ayyomni.
Hol buki, bu dunyo juda (asru) bevafo, shunday ekan, qo`ldan (iliktin) qadah (jom)ni qo`yma, chunki ishrat zamonidir. Birinchi ko`rinishda mayho`rlikka da`vat etayotgan bu misralarning botinida o`tkinchi dunyoga bog`lanmay, Olloh visoli mayi bilan ishrat qilish lozimligi uqtiriladi. Bu o`rinda holbuki kiritmasining holiyokim shaklida, qo`l so`zining ilik shaklida, juda so`zining asru shaklida, olma, qo`yma buyruq fe`lining solmag`ilkim shaklida ishlatilganligining guvohi bo`lamiz. Qolgan baytlar ham shu tartibda o`rganib chiqiladi va arxaik so`zlarning mazmunini tahlil qilish orqali g`azalning ma`naviy qudrati ochib beriladi.
1. G`azalning texnik xaritasi:
a) vazni : Ramali musammani mahzuf
b) afoyili: foilotun foilotun foilotun foilun
c ) taqte`si: — v — — — v — — — v — — -v-
3. Qofiya va radifi
Jom, ayyom, xos-u om, gulfom, bodom, dashnom, ikrom, orom so`zlari qofiya sifatida qo`llangan. Raviy tovush (m) dan keyin qo`shimcha qo`llanganligi uchun bu mutlaq qofiya hisoblanadi.
Bu g`azalda radif qo`llanilmagan.
4. Ma`naviy va lafziy san`atlari. G`azalda bir qator badiiy san`atlardan unumli foydalanilgan. Masalan,
Bodaningki, lazzatini bilgay erdi Xizr, agar
Ichgay erdi obi hayvontek mayi gilfomni
baytida shoir talmeh, tanosub, tashbeh, sifatlash kabi bir qator san`atlardan unumli foydalangan.
G`azal matni ustida ishlash jarayonida o`quvchi she`rning ham texnik tomonini, ham mazmun– mohiyatini chuqur o`rganadi. So`zning ma`nosiga e`tibor qaratadi, she`rning latofatini his qilish orqali ma`naviy barkamollikka intiladi.
III.Mustahkamlash: “Muqobillarning eng maqbuli” topshirig`i bajariladi. Bunda Lutfiy g`azallaridan 3 ta bayt saralanadi. Baytlardan 1 tadan so`z tushiriladi. Matnda esa mos keluvchi (ham mazmunan, ham shaklan) so`z qo`yilishi kerak. Zarur so`z muqobillari bilan berilgan.
IV.Uyga vazifa: Lutfiyning ushbu g`azalini yodlash.
V.Baholash va darsni yakunlash.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !