FARHOD VA SHIRIN

«FARHOD VA SHIRIN» – ISHQIY-QAHRAMONLIK DOSTONI

Reja:
A) Dostonning originalligi.
B) Dostonning mavzui vag`oyasi.
V) Dostondagi obrazlar.
G) Dostonning badiiy qimmati.

A.Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni jahon mumtoz adabiyotining muhabbat bobida yaratilgan shoh asarlaridan biridir. Doston ikki beg`ubor yoshning haroratli sof muhabbatini kuylashga bag`ishlangan bo`lib, unda odamiylik, insonparvarlik, tinchlik, do`stlik, obodonchilikka intilish kabi motivlar ana shu qudratli sevgi foxida yoritilgan.
«Farhod va Shirin» asos qilib olingan sujet Sharq adabiyotida Navoiyga qadar ham mavjud edi. U dastlab afsona sifatida Sharq xalqlari tomonidan kuylab kelingan bo`lsa, keyinchalik shoirlar uchun ilhom manbaiga aylandi. «Xusrav va Shirin» nomi bilan Firdavsiy «Shohnoma»sida uchraydi. Furdavsiydan so`ng bu mavzu Nizomiy Ganjaviy (1141-1202) tomonidan davr ruhiga moslashtirilib qayta qalamga olindi. Nizomiy o`z dostoniga davrning muhim sotsial masalalarini asos qilib oldi, sevgi va muhabbat bilan bog`aiq masalalarni kiritib, o`zining ilg`org`oyalarini targ`ib qildi. Bu hol dostonning muvaffaqiyatinigina ta`minlab qolmay, Sharq adabiyoti dostonchiligida adabiy an`analarning keng rivoj topishiga ham sabab bo`ldi.
Nizomiydan keyin Sharqning buyuk shoirlaridan Xusrav Dehlaviy (1253-1325) ham ana shu mavzuda «Shirin va Xusrav» dostonini yaratib «Xamsa» navislikning keyingi toraqqiyotiga katta hissa qo`shdi. Xusrav Dehlaviy o`z dostonida Nizomiy asarining asosiy syujeti va kompozitsion qurilishini saqlagan bo`lsa-da, ammo obrazlar talqini, tabiat tasviri masalalarida boshqacha yo`l tutgan. Shoir dostonida Nizomiy singari Shirin obrazini emas, balki Xusrav obrazini bosh o`ringa quyib tasvirlaydi. Shuning uchun ham turli ijtimoiy va tariyxiy sharoitda yaratilgan bu ikki doston o`z davrining badiiy in`kosi sifatida jamiyat hayotining muhim masalalarini aks ettirgan. Dostonlar bir-birining takrori bulmay, ikki mustoqil original asar sifatida el o`rtasida katta shuhrat qozondi va barcha shoirlar uchun ilhom manbaiga aylandi.
Alisher Navoiy ham ulug` ustozlarining adabiy an`anasini davom ettirib, o`z dostonini yaratishga kirishar ekan, avvalo Sharq xalqlarining shu syujet bilan bog`liq yozma manbalarini chuqur o`rganadi, tariyxiy halq og`zaki ijodidan unumli foydalandi:
Agarchi nazm dilkash bo`lsa masmu`,
Aning afsonasi ham bo`lsa matbu`.
Butun jam` et nekin bo`lsa tavrix,
Boridin ista bu farxunda tarix.
(Agar she`r jozibali, yoqimli bulsin desang, unga asos bulgan afsona ham tabga muvofiq kelsin desang, avvalo tariyxiy manbalarning hammasini yig`ib to`pla va ulardan bu saodatli tarix ma`nosini qidir).
Shoir ustozlarning ijodlariga katta muhabbat, samimiyat bilan qarab, ularning asarlariga yuqori baho berar ekan, ayrim nuqsonlarini ham aytib o`tadi. U salaflarining o`z dostonlari uchun zolim engiltak, ishqda beqaror Xusravni tanglaganliklariga tanqid ko`zi bilan qaraydi:
Rale chukkanlar ushbu jomdin roh,
Sarosar bo`ldilar Xusravga maddoh.
Ki mulki andoqu oyini mundoq,
Sinohi andoqu tamkini mundoq.
(Kim bu qadahdan may ichgan bo`lsa, mamlakati undoq, rasm-rusmlari mundoq, qo`shini undog`i hayboti mundoq, deya boshdin oyoq Xusrav maqtovini qildilar).
Navoiy o`zining ilg`org`oyalarini toshviq qilishda salaflari yaratgan afsonadan ijodiy foydalanar ekan, originallikka katta e`tibor beradi. Ustozlar badiiy an`anasini davom ettirish ular asarlaridagi asosiyg`oyani aynan takrorlash emasligini uqtirib, o`z oldiga bu syujetga yangi ma`no bag`ishlab, yangi «durlar» qo`shig`i niyatini quyadiki, bu «durlar» asarning «toza» ligini ta`minlasin:
Ani nazm etki, tarhi toza bo`lg`ay,
Ulusg`a mayli beandoza bo`lg`ay.
Lekin bu vazifa oson emasligini, juda ma`susiyatli ish ekanligini shoir juda yaxshi bilar edi, chunki Nizomiy ham, Xusrov Dehlaviy ham o`z asrlarining «Yakto»lari, she`riyat maydonining kuchli shoirlari edilar:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.
Kerak sher ollida ham sheri jangi,
Agar sher o`lmasa, bori palangi.
Ustozlarga tenglashish uchun sherdek qudratga ega bo`lmoq kerak. Navoiy o`zida ana shu qudratni topa bildi. U ijod maydoniga uzining katta bilimini, yuksak shoirlik iqtidorini, nozik did va beqiyos badiiy mahoratini namoyish qilgan holda sherdek mardooavar kirib keldi va ijodiiy musabaqada salaflariga tenglashibgina qolmay, ulardan uzib ham ketdi.
Shoirning «Farhod va Shirin»ni yozib tugatilishi bilanoq xalq o`rtasida keng shuhrat topdi. Doston nazm va nasrda yozilgan ko`plab «Farhodnoma»larning maydonga kelishiga sabab bo`ldi.
Navoiyning bu dastoni 54 bob, 5782 baytdan iborat. Doston Sharq adabiyyotida kitob yaratish an`anasiga muvofiq kirish va asosiy qismlarga bo`lingan. Asosiy bob Xoqon ta`rifi bilan boshlanadi. Shoir Chinu Xitoning izzatli hukmroni Xoqonning yuksak mavqeini, obro`-e`tiborini va qudratini tavsiflar ekan, uning uzoq vaqt befarzond bo`lib, nihoyat niyatiga erishganligini tasvirlaydi.
Xoqon o`g`il ko`radi. Xursandchilikning cheki yo`q. Elda tantana boshlanadi. Dasturxonlar yozilib, xalqqa in`omlar ulashiladi, ular uch yilgacha turli soliqlardan ozod qilinadi. Navoiy xoqon-shodligi, uning xursandchiligi elning xursandchiligi bo`lishini istaydi. Hukmronlarning xalq tinchligi, osudaligi, xursandchiliklarini sha`minlashlarini, ularni qisman bo`lsada solihlardan ozod qilib, erkinlik berishlarini orzu qilib, insonparvarlik, xalqparvarlikg`oyalarini ilgari suradi.
Navoiy farzand tug`ilishi tavsiridan nom qo`yish marosimi ta`rifiga cho`gar ekan, uning gumanistik qorashlari yanada kuchliroq. O`z ifodasini topadi. «Bolaga shunday nom qo`yish kerakki, — deydi shoir, — u voyaga etkanida o`z nomidan tenqurlari ichida hijolatnazir bo`lmasin; uni shunday o`qitish kerakki, u egallamagan bilimlar qolmasin; bolani dunyo ishlaridan shunday xabardor qilish kerakki, u amaliy ishlarda kamolatga erishsin. Ulug` shoirning qariyb 550 yil ilgari aytgan purhikmat gaplari hozirgi turmushimizga ham bevosita taalluqlidir.
Bolaga ota-ona yaxshi umidlar bilan Farhod yorug`lik nuri, yorug`lik manbai deb ism quydilar.
Anga farzona Farhod qo`ydi,
Hurufi ma`xazin besh qism qo`ydi.
Firoqu rashku hamru oh ila dard,
Biror harf ibtidodin aylabon fard.
Lekin shoir Farhod nomining har bir harfi taqdir taqozasi bilan uning qismatidan xabar berishni ta`qidlab, uning tug`ilganidanoq ishq dardi bilan yo`g`urilganiki alohida uqtiradi. Farhod nomi-qismati firoq, rashq half, oh va dard so`zlarining bosh harflari yig`in disldan iborat def, Farhodning murakkab qismatiga ishora qiladi, dostonning qayg`uli shuq hikoyasi ekanligini ta`qidlaydi.
Farhod Qorandon o`rgangan san`atini ishga soladi.
«Hunarki asrabon netgumdir oxir,
Olib tuproqqamu ketgumdur oxir.-
Xusrav va Farhod o`rtasidagi savol-javob:
Dedikim: Ishq o`tidin ne fasona!
Dedi: Kuymay kishi topmas nishona.
Dedikim: Ko`ymaganingni ayla ma`lum,
Dedi: Andin erur shoh ahli mahrum.
Dedi: Qay gohdin o`lding ishq aro mast?
Dedi: Ruh ermas eddi tonga payvast…
Dedikim: Shohga bo`lma shirokatandish!
Dedi: Ishq ichra tengdur shohu darvesh!
Ana shu tariqa, hayotni jondan sevgan, undan sevgi va muhabbat, shodlik va xurramlik, ezgulik axtargan Farhod va Shirinlarning samimiy, pok, gulg`unchasidek beg`ubor muhabbatlari yovuz puchlar qarshiligida ochilmay so`ladi.
Ana shu voqea sodir bo`lgan tun kechasi qiriqta eng obro`li, sahovatli ahli fazl bir xil tush ko`rgan emishlar. Guyo benihoya guzal jannat bog`ida nurdan yasalgan taxt ustida Farhod va Shirin o`ltirgan, ota-onalari va Mehinbonu ham ular atrofida emish. Ishq yo`lida toju taxtdan va hattaki jonidan ham kechgani uchun Farhod ana shunday saodatga etishgan emish.
A.Navoiy dostonda ushbu tush epizodini keltirish orqali Farhod va Shirinni jannat bog`lari, yorug` dunyoning abadiy baxtiyorlari deya, sevgining abadiyligini, o`lmasligini ifodalamoqchi, o`quvchilar ko`ngliga tasalli bermoqchi bo`ladi.
Navoiy O`arhod va Shirinning beg`ubor sevgisini tasvirlar ekan, dunyo yaratilgandan ber bunday pokiza, sof sevgini falak ko`rgan emas, deya o`z qahramonlarining olijanob muhabbatiga yuksak baho beradi.
Navoiy dostonda Farhodim uning do`stlari Shopur va Bahromni, sevgilisi Shirin va uning ammasi Mehin bonuni, otasi Hoqon va uning vaziri Munkoroni ezgulik, yaxshilik, olijanoblik, sadoqat va vafo timsoli sifatida tasvirlaydi. Ular uchun asosiy fazilat odamiylikdir. Buni shoir Shirin tilidan shunday ifodalaydi:
Menga ne yoru ne oshiq havsdur,
Agar men odam o`lsam ushbu basdur.
Farhodin ham shoir chin inson sifatida ta`riflaydi. Farhod uchun har bir odam, uning movqei va darajasidan qa`iy nazar, avvalo inson. Shoir Farhod obrazini:
Anga teng podshohlik yo gadolik,
Gadalikka teng etmay podsholik.

Deya tasvirlar ekan, uni barchaga o`rnak qilib ko`rsatadi, o`quvchilarni Farhod oingari katta qalb egasi, ulug` inson bo`lishga undaydi.
Farhod Shirinni faqat go`zalligi uchungina emas, balki xalq manfaati yo`lida ulug` ishlarini ixtiyor qiluvchi olijanob xulq egasi, odamiylikning bugun fazilatlarini o`zida mutasamlashtirgan bir inson bo`lgani uchun ham sevadi:
Angakim fo`q haddim jonon demakka,
Qayu janon demakim, jon demakka.
Valekim gun junun ma`zurudurmen,
Junun birla jahon mashhurudermen.
Nedikim, ofatiga bo`lg`an paridur,
Pari yo`q, odamiylar sorvaridur.
Shoir ishqini «Insoniyat topishning bezagi» sifatida sharaflar ekan, chin sevgi insonni yuqlaydi, uni ma`naviy kamolot, yuksak fazilatlar sari etaklaydi deya o`zining ilg`org`oyalarini ilgari sfradi. Ul ishq tasfirida xotin-qizlarni qadrlash masalalarini ham ko`taradi, ularni mehnat va ijodqa erlar bilan barobar qadam otishini orzu qiladi. Asardagi Mehinbonu va Shirin obrazlari shoirning ona shu arzu istoklari ramzi sifatida namoyon bo`ladi.
Dostonda Xusrav, uning o`g`li Sheruya, vaziri Buzrug Umid, makkora kabi qator salbiy xarakterdagi obrazlar ham borki, ularni shoir xalq manfaatlariga teskari boruvchi qora puchlar-yovuzlik timsoli sifatida qorsilaydi. Bulardan tashqari fsarda uning muvaffaqiyatini ta`minlash qator omillar ham borki, ulardan biri muhabbat javhariga jilo beruvchi motiv-ma`rifatparvarlikdir. Shoir shaxs hayotini ilmsiz tasavvur qilolmaydi. Har bir narsaning kalti ilmdir. Hattoki afsonaviy Iskandar oylasi tilsim ham ilmi sharofati bilan ochiladi. Inson bilmi, aql-zakovati, tafakkuri, mushohoda, muhofazasining kengligi bilan buyukdir:
Dedi: Har ishki qilishi odamiyzod,
Tafakkur birla bilishi odamiyzod.
«Farhod va Shirin»da halol mehnat madqi alohida urin tutadi. Shoir Farhodning mehnatda ko`rsatgan jasoratlarini tasvirlar ekan, dostonni ajoyib ijodiy mehnat mu`jizalariga boy «Mehnatnoma» deb ham aytadi.
Xulosa qilib aytganda, dostonda tasvirlangan voqealar garchi hayotda yuz berishi mumkin bo`lmasa-da, ular zamirida elga xizmat qilishidek olijanob maqsad etadi.
Shoirning ideal qahramonlari ona shu olijanob maqsad yo`lida harakat qilib, xalq orzu-istaklarining ro`yobga chiqishi uchun kurashadilar.

Adabiyotlar:
1. A.M.Mallaev. O`zbek adabiyoti tarixi, T.,1976.
2. O`zbek adabiyoti tarixi, 1978. 5.t.II-t.
3. M.Yunusov barhayot meros sahifalari. T.1986.
4. Jalolov T. «Xamsa» talqinlari. T. 1968.
5. M.Halidova «Xamsa» mavjlari. T. 1986.
6. A. Navoiy. Xamsa T. 1986.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !