Chama son va uning yasalishi

Chama son va uning yasalishi

Dars maqsadi:
a) ta’limiy: o`quvchilarning dona son yuzasidan bilimlarini mustahkamlash, chama son, uning yasalishi, nutqda ishlatilishi haqida BKM hosil qilish.
b) tarbiyaviy: vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash.
s) rivojlantiruvchi: og’zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars shakli: sayohat-musobaqa darsi
Dars metodi: savol-javob, MTXT (muammo, tadqiqot, xulosa, tatbiq), test, Venn diagrammasi, telegramma.
O’qitish shakli: guruhlarda va yakka tartibda ishlash
Vositalar: darslik, doska, bo’r, kompyuter va videoproyektor( slaydlarni, ya’ni elektron ko’rgazmalrni namoyish etish uchun), tarqatma materiallar (baholash uchun), “Vatanim” videoroligi
Dars rejasi:
I. Tashkiliy qism (3 daqiqa)
1. Guruhlarni shakllantirish.
2. Navbatchi axboroti.
II. O’tgan mavzuni so’rash (10 daqiqa)
1. Kimning xati chiroyli?
2. Topgan topaloq
3. Ma’naviyat sabog’i
4. Uy vazifasini tekshirish.
III. Yangi mavzuga zamin hozirlash: “Tanlab ol” saylanma diktanti (2 daqiqa)
IV. Yangi mavzu bayoni:
“Bilimlar qasri”ni izlab….
(20 daqiqa)
1.Chama son.
2. Chama sonlarning hosil qilinishi.
3. Chama sonlar so’z birikmasi tarkibida kelishi.
4. Chama sonlarning sanoq va dona sonlardan farqi.
5. Nutqda ishlatilish o’rni va ahamiyati.
V. Mustahkamlash (7 daqiqa)
1. 405-mashq
2. Boshqotirma
3. Ijod gulshani
VI. Baholash (3 daqiqa)
VI. Uyga vazifa
I. Taskiliy qism bosqichida:
1. O’quvchilar bilan tanishilib, navbatchi axboroti tinglanadi.
2. Guruhlarni nomlash: Amir Temur, Muhammad Yusuf, Qodiriy guruhlari
(Bu bu buyuk siymolar aprel oyida tavallud topganligi uchun tanlandi. O’quvchilar bu ismlarni navbat bilan aytadilar va har bir o’quvchi tegishli qatorga o’tiradi.)

II. O’tgan mavzuni so’rash bosqichida:
1. “Kimning xati chiroyli” musobaqasi “Raqamlar mo’jizasi” o’yin mashg’uloti orqali o’tkaziladi. (Bunda har bir guruhdan bir o’quvchi raqam tanlaydi va topshiriqni doskada bajaradi. Ular topshiriqni bajargunga qadar qolgan o’quvchilar bilan “Topgan topaloq” va “Ma’naviyat sabog’i” daqiqalari o’tkaziladi.)
1-topshiriq
Quyidagi topishmoqning javobini toping va unda qatnashgan sonlar yordamida gap tuzing.
Ikki mahbubni ko’rdim bir-birisin ko’rmagan,
Ikkisining o’rtasida ,do’stla,r qil sig’magan.
2-topshiriq
7, 42 sonlarini so’zda ifodalab, ular yordamida 2 gapdan iborat matematik masala tuzing.
3-topshiriq
1,4,41 sonlarini so’zda ifodalab ,ular bilan bog’liq konstitutsiya moddalaridan birini yozing.
4-topshiriq
Baxtli raqam
(Qaysi guruh bu topshiriqni tanlasa bitta rag’bat oladi va yana bitta raqam tanlash huquqiga ega bo’ladi. )

2. “Topgan topaloq” (Son so’z turkumiga oid topishmoqlar beriladi.)
3. “Ma’naviyat sabog’i” (Bunda sonlar qatnashgan maqollar davom ettiriladi.)
1. Birni kessang… o’nni ek.
2. Ikki yorti… bir butun.
3. Bir yil tut ekkan qirq yil gavhar teradi.
4. Yuz ming puling bo’lmasa ham, yuzta do’sting bo’lsin.
5. Yerdan ayrilgan yetti yil yig’lar, elidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.
6. Bir bolaga yetti mahalla ota-ona.
7. Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun.
8. Birni birov beradi, ko’pni mehnat.
9. Ikki quyonni quvlagan birini ham tutolmas.
10. Bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom ber.
11. Birniki mingga, mingniki tumanga.
12. Bir kishi ariq qazar, ming kishi suv ichar.
4. Uy vazifasi, ya’ni 399-mashq tekshiriladi.

III. Yangi mavzuga zamin hozirlash:
“Tanlab ol” saylanma diktanti
Yigirma, o’ttizta, yuzlarcha, minglab, besh, o’n sakkizta, oltitacha, to’qqiz-o’n so’zlari orasidan o’quvchilar dona va sanoq sonlarni tanlaydilar.
IV. Yangi mavzu bayoni:
“Bilimlar qasri”ni izlab….
Elektron ko’rgazmalar va darslik vositasida MTXT (Muammo, Tadqiqot, Xulosa, Tadbiq) metodi orqali yangi mavzu yoritiladi.
1-muammo. Chama son deb nimaga aytiladi?
(Bu muammoni hal etish uchun darslikdagi topshiriq bajariladi va xulosa qilinadi.)
1-xulosa: Chama son – narsalarning miqdorini chamalab taxminlab ko’rsatadigan sonlar hisoblanadi.
2- muammo: Chama sonlar qanday hosil qilinadi?
Chama sonlarning hosil qilinishi – bu haqda xulosa chiqarilishi uchun darslikdagi 1-topshiriq bajariladi.
bir ikki+(-tacha), -larcha ,-lab
uch, to’rt, besh, olti, yetti +(-tacha)=uchtacha
uch, to’rt, besh, olti, yetti+(-larcha, -lab)=
Yuz, ming+(-tacha, -larcha ,-lab)=
Chama sonlar so’z birikmasi tarkibida kelishi –
(Buning uchun darslikdagi 404-mashq yozma bajariladi)
1. O’nta odam – o’ntacha odam
2. Ellikka borib qolgan – elliklarga borib qolgan
3. O’n besh-yigirma bola – o’n besh bola, yigirma bola
4. Yoshi yetmishlardan oshgan chol – yetmishga kirgan chol
5. O’n kuncha ilgari ketmoq – o’n kun ilgari ketmoq
6. Besh-olti yil – besh yil, olti yil
2-xulosa:
T/R Chama sonni hosil qiluvchi vosita Misollar
1 -tacha O’ntacha savol
2 -larcha Yuzlarcha insonlar
3 -lab Minglab hikmatlar
4 -cha O’n kuncha qatnamoq
5 -lar Soat beshlarga yaqin kelmoq
6 Sonlarni juftlash yo’li bilan Bir-ikki o’quvchi

3-muammo: Bu vositalar har doim ham chama sonni hosil qiladimi?
T/R So’zlarni qiyoslang va xulosangizni ayting
1 Minglarcha Aybdorlarcha, mardlarcha
2 Yuzlab, Haftalab, ertalab
3 O’n kuncha, elliklarga yaqin Eskicha, bolalarga yaqin
4 Besh-olti yil 2010-2011-yil
3-xulosa:
Ushbu vositalarni faqat songa qo’shganimizdagina chama son hosil bo’ladi. Buni quyidagi formula asosida ifodalash mumkin:

4-muammo:
Chama sonlarning sanoq va dona sonlardan farqi?
4-xulosa: Bu muammo Venn diagrammasi orqali tushuntiriladi.

5-muammo:
Chama sonlarni ishlatishning qanday ahamiyati bor?
(Bu muammo huquq olamiga sayohat tariqasida yechiladi.)
5-yechim:
Demak, chama sonlar miqdor aniq bo’lmaganda nutqimizda ishlatiladi.

V. Mustahkamlash bosqichida:

1. Testlar
1. Faqat chama son berilgan javobni toping!
A) oylab, so’zlab, sozlab;
B) chamalab, gullab, ertalab;
S) yuzlab, millionlab, o’nlab
D) minglab, o’ylab, erkalab.
2. Chama sonlarning hosil qilishda qaysi vositalardan foydalanamiz?
A) Sonlarni juftlash yo’li bilan;
B) -tacha,- larcha,- lab;
S) -lar va dona songa – cha qo’shimchasini qo’shish bilan;
D ) Hammasi to’g’ri.
3.Qaysi so’z birikmasi tarkibida chama son qatnashgan?
A) mardlarcha kurashmoq;
B) chamalab ko’rmoq;
S) millionlab insonlar;
D) o’rtacha bilim;
4. Chama sonlarning sanoq, dona sonlardan farqi?
A) chama ,taxminni bildiradi;
B) maxsus qo’shimchalarga ega;
S) hech qanday farqi yo’q;
D) A va B javoblar

2. Ijod gulshani:
Quyidagi videorolikdan foydalanib, “Vatanim” mavzusida minglab, yuzlarcha, millionlab, sakkiz yuztacha kabi chama sonlardan foydalanib matn tuzing.
VI. Baholash bosqichida:
(O’quvchilar dars davomida rag’bat so’zlar yig’ib boradilar va shunga qarab baholanadilar.)
Ofarin, balli, barakalla, tasanno – “5” ball
Rahmat, yaxshi – „4“ ball
Soz, durust, yomonmas, tuzuk – „3“ ball
VII. Darsni yakunlash bosqichida:
1. Ko’rgazmalardagi suratlarning tarbiyaviy ahamiyati haqida uqtirish.
2. Nuqtalar o’rniga mos so’zlarni joylashtirish mashqi.
VIII. Uy vazifasini berish:
407-mashq. Ertaklar olamiga sayohat mavzusida chama sonlarni qatnashtirib, hikoya tuzish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 6-sinf darsligi “Tasvir”nashriyot uyi. Toshkent. 2009.
2. www.ziyonet.uz
3. www. google.uz
4. “Kelajakka sarmoya”(disk)
5. H.Rajabzoda. “Zamonaviy ta`lim”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !