HURISHNI EPLOLMAGAN KUCHUKCHA

MAVZU: JANNI RODARIMNG «HURISHNI EPLOLMAGAN KUCHUKCHA” ERTAGINI O`QIB O`RGANISH

Darsning maqsadi: O`quvchilarni ertaklarning sehrli olamiga oshno etish. Ertaktahlili orqali o`quvchilarni mus¬taqil fikrlashga, ijod qilishga o`rgatish.
Ertakni o`qish uchun 3 soat ajratilgan bo`lib, 1-soatni quyidagi reja asosida o`tkazish mumkin:
Darsning borishi:
1. O`tilgan mavzuni so`rash.
2. Yangi mavzuni bayon qilish
3. Aqliy hujum
4. «Yozuvchi o`zi haqida» maqolasi va ertak matnini o`qish.
5. Guruhlarda ishlash.
6. Fikrlar himoyasi.
7. Uyga vazifa topshirish. O`tilgan mavzu mustahkamlanadi.
Yangi mavzu «Aqliy hujum» bilan boshlanadi.J.Rodari kim, uning qaysi asarlarini o`qigansiz?
O`quvchilarning javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.
Darslikda J. Rodari bo`yicha axborot beruvchi adib-ning o`zi haqida yozgan esdaliklari o`qitiladi. Yozuvchi o`zining qay tarzda ijodkor bo`lib qolganligi haqida bolalarcha oq ko`ngillik bilan qilgan hikoyasi o`quvchilarda yorqin taassurot qoldiradi. Chunki uning bolalik xotiralari o`z samimiyligi bilan o`quvchilar ruhiyatiga yaqin. Ularda qaysi qit`ada yashashi, dini, irqi, tanasining rangidan qat`iy nazar barcha bolalarga xos jihatlar mavjud. O`z ertaklari bilan dunyo bolalarining muhabbatini qozongan, ularning sevimli do`stiga aylangan buyuk yozuvchining xuddi o`zlariga o`xshagan orzulari bo`lgani, ularning qay biriga erishib qay biriga erisholmagani, o`zligini topguncha ancha izlangani, u ham ba`zan yomon baholar olgani va ayniqsa, bunga samimiy iqror bo`lgani bolalarni o`ziga tortadi.
Guruhlarda ishlash:
Maqola o`qilgandan keyin o`qituvchi bolalar bilan matn ustida ishlash uchun o`quvchilarni guruhlarga bo`ladi va har bir guruhga topshiriqlar beradi:
l.Yozuvchi bilan sizning orzularingiz o`rtasida o`xshashlik bormi?»,
2. Uning ayrim sohalarda o`z no`noqligini tan olganiga qanday qaraysiz?»
3. Yozuvchining «so`zlardan o`yinchoq yasashga kirishgani…»ni qanday tushundingiz?
4. «…har bir kishiga yoqimli, har bir kishining didiga mos. boshqa o`yinchoqlarga o`xshamaydigan, hech qachon ko`ngilga urmaydigan» o`yinchoq haqida fikr bildiring.
5.Ijodkor fikrining haqiqat ekanligiga, uning yozuv-chi bo`lish uchun uzoq tayyorgarlik ko`rganligini qanday tushundingiz?
6. «…boshqalarning o`z fikrlarini bayon qilishlarida, so`zlashlarida, kattalarga savol berishlarini talab qilishlarida dalda yoki turtki» bo`lishi nima uchun adibni o`n chandon hursand qiladi?
Bolalar topshiriqlar ustida ishlashsin, tahlil qilishsin, munosabat bildirishsin. Insonga berilgan ilohiy ne`mat, tug`ma iste`dod uning o`zi tomonidan rivojlantirilishi lo-zimligi, buning uchun odam intilishi, izlanishi kerakligi bolalar shuuridan kechsin, yozuvchining ertak yozishdan maqsadi nima ekanligiga, o`zgalar manfaatini ko`zlaganligiga munosabat bildirsinlar. Shunda «Hurishni eplolmagan ku-chukcha» ertagini adib ta`kidlaganidek, «zo`r ishtaha bilan paqqos» tushirishlari va «osonlik bilan hazm qilib yubor-ishlari mumkin» bo`ladi.
Fikrlar himoyasi:
Guruhlarning fikrlari o`qituvchi tomonidan to`ldiriladi va umumlashtiriladi.
Shundan keyin ertak matni o`qituvchi tomonidan ifo-dali, ta`sirchan ohang bilan o`qib beriladi. Ertakni o`qishdan oldin o`qituvchi bolalarga J. Rodarining ertakchilikdagi o`ziga xos xususiyati-har bir ertakning bir necha tugallanishi borligi va har bir tugallanishni diqqat bilan kuzatishlari lozimligini ta`kidlaydi.Ertakni o`qiganda o`qituvchi bor mahoratini ishga solishi, o`quvchilarda yaxshi taassurot uyg`otish uchun har bir jonivorning ovozini o`xshatishga harakat qilishi, imkon qadar buning tabiiy chiqishini ta`minlashi kerak bo`ladi. Ertak o`qilgandan keyin o`quvchilarga biroz dam berilgach, savol- topshiriqlar bilan ishlashga o`tiladi. Faol o`quvchilar ragbatlantiriladi va baholanadi.
Savol- topshiriqlarning davomiga mustaqil javob topish uyga vazifa etib topshiriladi.
Imkon bo`lsa ertakka ajratilgan ikki soatni yaxlitlab o`tish maqsadga muvofiqdir.

2-dars
Dars quyidagi reja asosida olib borilishi mumkin:
Tashkiliy qism
O`tilgan mavzuni davom ettirish.
Guruhlarda ishlash.
Savol-topshiriqlar bilan ishlash.
Fikrlar himoyasi.
Ertakning uchala tugashi bo`yicha muhokama
To`rtinchi va beshinchi tugashi bo`yicha ijodiy matn yaratishga tayyorgarlik.
Guruhlarga quyidagi topshiriqli kartochkalartarqatila-di:

1-kartochka
Xo`roz bilan kuchukni.ng suhbatini yana bir bor o`qing.Bu suhbatda ularning tabiatiga xos jihatlar qanday namoyon bo`lganligini toping

2-kartochka
Xo`rozday qichqirishni va kakkuday sayrashni o`rganib olishiga qaramay kiichukcha nima uchun atrofdagilarning e`tiborini qozona olmadi deb o`ylaysiz?

3-kartochka
Duch kelgan mahluqqa o`q otaveradigan ovchining tabiatini tavsiflab berishga urining. Ovchining o`qidan zo`rg`a omon qolgan kuchuk nimalarni o`ylaydi-yu, o`ljasiz qolgan ovchi nimalarni xayol qildi?

4-kartochka
Ertakning ikkinchi tugashidagi so`nggi jumlani o`qing. Bu gapda qanday ma`no yashiringan deb o`ylaysiz? Ertak¬ning uchinchi tugashida kuchukcha birdaniga hura ketibdi degan ta`kidni qanday izohlaysiz?

5-kartochka
Sizga ertakning nechanchi tugashi yoqdi? Nima uchun? Xulosalaringizni asoslashga urinib ko`ring.

6-kartochka
Hurishni bilmaydigan kuchukcha bilan o`z tilini bilmay-digan odam o`rtasida qanday o`xshashlik bor deb o`ylaysiz? Sizningcha kuchukchaning qaysi xatti-harakatini havas qi-lishga Toyiq fazilat deb baholash mumkin?

Fikrlar himoyasi:
Harbir gumh o`zlarining umumlashgan fikrlarini himoya qiladilar. O`qituvchi ularni to`ldiradi va umumlashtiradi. Darslikda ertak matnini o`zlashtirishga doir savoltopshiriqlar anchagina. Maqsad — har bir alohida o`quvchini matnning badiiy tahliliga tortish, ularni asarning botiniga olib kirish. Yozuvchi asar qahramonlarining xatti- harakatlari tasviri orqali nima demoqchi ekani haqida har bir bola o`zicha xulosa chiqarsin, o`z fikri, o`z dunyoqarashi, o`z hayotiy tajribasidan kelib chiqib munosabat bildirsin.
O`qituvchi o`quvchilarning o`z fikrlarini asoslashlariga e`tibor qaratishi kerak. O`quvchi fikrini asoslay bilsa, unda qat`iylik tuyg`usi, mustaqil fikrlashga urinish shakllana boradi.
Matn bilan ishlash jarayonida o`qituvchi o`quvchilarni asar qahramonlarining xatti-harakatiga, bir-biriga mu-nosabatiga e`tibor berishga jalb qilishi kerak. Chunonchi, ertakdagi xo`roz, kakku va sigir loqayd emaslar. Ular ku¬chukchaning iztiroblariga befarq qarab turmaydilar, unga qo`llaridan kelgancha yordam berishga urinadilar. Kuchuk¬chaning dardini his etadilar.Oquvchilar xuddi shu holatni insonlar orasiga ko`chirsinlar, hayotda ko`rganlari bilan taqqoslasinlar. Ovchining xatti- harakatiga baho bersinlar, kuchukchaning faoliyatini kuzatsinlar. U o`zi mansub bo`lgan jinsga xos ishni bilmaydi, bundan iztirob chekadi. Kalaka qilib ustidan kulganlarida yig`lamoqdan beri bo`ladi. Shunga qaramay tushkunlikka tushmaydi, izlanishda davom etadi. Nihoyat hurishni o`rganib oladi. Shu o`rinda ertakning uchin¬chi tugashida boshqa bir kiichukning ovozi kuchukcha¬ning qulog`iga ne sababdan buncha issiq eshitilganiga, yuragi jiz etib ketganiga, bu ovoz uning yuragini o`ynatib yuborganiga, o`z ishtiyoqi, intilishi va mehnati bilan qotirib qichqirish va qoyil qilib sayray olishga erishganiga o`quvchilar e`tibori qaratilishi lozim.
Dars oxirida uyga vazifa etib ertakni yana qanday tugatish mumkinligi haqida o`ylash, keyingi darsda yozilajak ertakka tayyorgarlik ko`rish topshiriladi.
3-soat
Darsning borishi:
l.Klaster usuli.
2.Ertakning to`rtinchi va beshinchi tugashi bo`yicha eitak to`qish.
3.«Ertak to`qish darsi»
4. O`quvchilarga bir-birlarining to`qigan ertaklarini o`qitish.
5. Mustaqil ish.
6. Uyga vazifa topshirish.
Klaster usulidan foydalanib, kuchukchaning sifatlari-ni yozib chiqish topshiriladi.

KLASTER USULI

Shundan keyin bolalar ertak to`qishga o`rgatiladi. Bu darsda bolalar ijod qiladilar. O`zlari mustaqil ertakning to`rtinchi, qurbi etgandari beshinchi tugashini yozadilar. O`qituvchi bolalarga ijod erkinligini berishi kerak, ular qanday xohlasalar shunday yozsinlar. O`quvchi balki quyi sinflarda ham shu ish bilan shug`ullangandir, balki bunday topshiriq bilan birinchi marta to`qnashayotgandir. Har ikkala holatda ham o`qituvchi bolaning fikrini hurmat qilishi kerak. O`z ishiga o`qituvchisining qiziqib munosabat bildirishi o`quvchida o`z ijodiga, faoliyatiga ishonchni mustahkam-laydi. Shuning uchun o`qituvchi samimiy bo`iishi, hech qanday soxtagarchilikka yo`l qo`ymasligi kerak. Bir-birlarining ertaklarini o`qigan bolalarni ham shunga o`rgatish, ularda muomala madaniyatini, o`zgalarni tuyish hissini shakllan-tirish lozim. O`quvchilar sinfdoshlarining ijodlariga mu¬nosabat bildiradilar. Eng yaxshi yozilgan ertaklar rag`batlantiriladi.
Shundan keyin «Adabiy ertak» ilmiy-nazariy maqola-si o`qitilib tushuntiriladi.
Ertaklarning tugallanishidagi eng asosiy fikrni quyida-gi jadvalga yozib chiqish mustaqil vazifa etib topshiriladi.

O`qituvchi o`quvchilar faoliyatini baholab, ularni rag`batlantirgach, darsni yakunlaydi.
Uyga vazifa qilib ertak yuzasidan rasm chizib kelish topshiriladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !