DARS ISHLANMALAR

Yusuf  Xos  Hojib  “ Qutadg`u  bilig  “asari .

Darsning  nomi:“Saodatga eltuvchi    bilim ”

Vaqt: 45  minut

Maqsad :

— o`quvchilarning   badiiy   matnni   tushunish  ,  tahlil  qilish  ,  o`z  fikrini  asoslay   olish  ,  munosabat   bildirish   yuzasidan   bilim ,  ko`nikma  va   malakalarini  oshirish  ;

— asar voqealari  ,  timsollari   asosida   insoniyat    hayotida    bilim  ,  aql-zakovat ,   adolat    saodatga   eltuvchi  asosiy   vositalar    ekanligini   o`quvchilarga    tushintirish.

Jihozlar: “ Qutadg`u  bilig  “asari ,  qog`ozlar ,  markerlar .

Jarayon : I-bosqich : O`quvchilarga   quyida  ko`rsatilgan  BBB  usuli   jadvalining  1-2  qismini  (1-B,2-B ni )   to`ldirish   topshirig`i   beriladi . Bu  topshiriqni  o`quvchilar  adabiyot   daftarlarida   bajarishlari  mumkin .(5 minut)

B.1. Bilardim B.2.Bilmoqchiman B.3.Bilib oldim
     

 

2- O`quvchilar  jadvalning “Bilardim ”  yozuvi  ko`rsatilgan  qismiga Yusuf  Xos  Hojib    va  uning  “ Qutadg`u  bilig  “asari  haqida   bilganlarini  yozadilar  . Jadvalning “Bilmoqchiman  qismiga ”   esa    mashg`ulot  davomida   shior  va  uning  dostoni   haqida   nimalarni   bilmoqchi  ekanligini  yozadilar . Bir nechta   xoxlovchi  o`quvchilar   yozganlarini  o`qiydilar  , o`qish  davomida  fikrlar  takrorlanmaydi . (5 minut)

3- bosqich : O`qituvchi  Yusuf  Xos  Hojib  va  uning “ Qutadg`u  bilig  “asari  haqida  qisqa  tushintirish  beradi. “ Qutadg`u  bilig  “ dostonidan  berilgan matn  o`qib chiqiladi. Asar  mazmuni lug`at  va darslikda  berilgan sharh  asosida  o`rganiladi .(20 minut)

4-bosqich : “BBB”  jadvalining  “Bilib  oldim”3- qismi  o`quvchilar  tomonidan  to`ldiriladi .(7 minut)

Muhokama:

  1. Mashg`ulot davomida  siz  o`zingizni  qanday  his  qildingiz ?
  2. Mashqning qaysi jarayonida ishlash  siz  uchun  qiyin kechdi ?
  3. Alohida ishlaganingizda   o`zingizni

 

qanday   sezdingiz ?

  1. Dostonning to`rt asosiy   qahramonlari kimlar  va  ular  qanday  ramziy  ma`noga  ega ?
  2. Yusuf Xos Hojib  qachon   yashab  o`tgan ? Uning  “ Qutadg`u   bilig”  asari    hozirgi  kunda   qanday  ahamiyatga  ega ?
  3. Ushbu asarga  kelajak avlodning   qarashi  qanday  bo`lishi  mumkin , sizningcha ?

Kengaytirtish : O`quvchilar  darsdan  tashqari  bo`sh  paytlarida  dostonning   to`liq    matnini   o`qib  chiqadilar .

Variantlar : “Kichik  guruhlarda  ishlash ”

Yordamida dars  tashkil  etish  mumkin .

Imkoniyat : Bu  faoliyat  turida  o`quvchilar  matn  va  lug`at  ustida  ishlash  ko`nikmalarini  rivojlantiradi .

Baholash :Har  bir  o`quvchi  ishtiroki ,  fikrlari, erkin  muloqoti , do`stona  munosabati  xulosalariga  asoslanib  baholanadi .

 

 

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !