ABU RAYHON BERUNIY

Abu Rayxon Beruniy

Reja:

1. Bolalikdagi qiziqishlari

2. Geografiya faniga qo`shgan hissalari

3. Beruniy jahon astronomiya va geografiya fani olimi

Beruniyning boy ilmiy merosi hali to‘la o‘rganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Yevklid geometriyasi, Ptolomeyning astronomik ta’limotlari bo‘yicha dars olgan. 995 yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va Osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi.

Olimning ana shunday asarlaridan biri «Geodeziya» 1025 yilda yozib tugatilgan. Bu asar «shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash»ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy Yer aylanasining kattaligini o‘lchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan.

Miloddan avval o‘tgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk olimlar Yer dumaloq va shar shaklida degan fikrni aytganlar. Jumladan, miloddan 250 yil ilgari iskandariyalik olim Eratosfen Yer shar shaklida deb, uning o‘lchamlarini quyidagicha aniqlagan. Iskandariya bilan Sienya (hozirgi Asvon) shaharlari orasidagi masofani karvonlarning yurish muddati bilan o‘lchaydi, keyin bu qiymatni ikki shahar kengligining ayirmasiga bo‘ladi va Yer radiusini 6840 kilometr deb chiqaradi. Bu gradus meridian yoyining uzunligi esa 119,444 bo‘ladi yoki meridian yoyining uzunligi 70 121 ga tengligini aniqlab, bu yoy meridian aylanasi uzunligining 1/50 qismi ekanligini hisoblagan. Yer meridian aylanasining uzunligi 39500 kilometrga yaqin bo‘lsa kerak, degan fikrga kelgan.

Eratosfendan so‘ng Misr, Xitoy va Gretsiya olimlaridan bir qanchasi Eratosfen o‘lchagan usul bilan Yerning kattaligini aniqlaganlar.

O‘rta asrda Yerning hajmini aniqlashda yurtimizdan yetishib chiqqan olimlarning xizmatlari katta bo‘lgan. Muso Muhammad al-Xorazmiy bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,8 kilometrga tengligini isbotlab bergan.

Birinchi guruhdagilarning hisoblashicha, bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,815 kilometrga teng chiqqan, ikkinchi guruh topgan qiymat 1315 metr kam bo‘lgan. Beruniy natijalar o‘rtasidagi bu tafovutning sababi ikki xil o‘lchashda, deydi va o‘zi bu natijalarni tekshirib ko‘rishga qiziqib, gradus o‘lchash ishlarini olib bormoqchi bo‘ladi. Buning uchun u Dehiston dashtini (Kasbiy dengizining janubi-sharqiy qismi) tanlagan, lekin yordamchisi va yetarli mablag‘i yo‘qligi uchun bu ishni amalga oshirolmagan.

Yer o‘lchamini gradus o‘lchovi usuli bilan aniqlash uchun ma’lum kenglikda tekis joy kerak bo‘ladi va bu yerda bir necha o‘n kilometr aniq o‘lchanishi lozim. Bu ish ko‘p vaqt, katta mablag‘ va puxta tayyorgarlik talab qilardi. Bu haqda Beruniy: «Yer aylanasi uzunligini sahroni kezib yurmasdan quyidagicha aniqlash mumkin. Buning uchun dengiz sohilidagi yoki tekis joyda qad ko‘tarib turgan baland toqqa ko‘tarilib quyosh chiqishi yoki botishi oldidan quyosh gardishining yarmi ufq orasida bo‘lgan vaqtda doirali armillyar asbob bilan uning pasayish burchagi o‘lchanadi» deydi. Ufq pasayishini o‘lchash usulini chizma va formulalar yordamida tushuntiradi. Bunda, tog‘ tepasida quyosh chiqishi yoki botishiga qarab ko‘rish nurining tog‘ tepasidan o‘tgan gorizontal chiziq bilan hosil qilgan burchak o‘lchanadi.

X asrda yashab ijod qilgan ulug‘ qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy Yerning kattaligini o‘lchashda yangi usul qo‘llab, bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,16 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan. Beruniy Yerning radusini o‘sha davr uchun aniq o‘lchab bergan. U Yerning meridian aylanasining uzunligini 40183 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan.

Sulton Mahmud G‘aznaviy Hindistonga qilgan safarining birida Beruniyni ham birga olib ketadi, yo‘lda sharqiy Pokistonning Mo‘lton shahrida vaqtincha istiqomat qilishga to‘g‘ri keladi. U o‘zga yurtda bo‘lishiga qaramay, fursatdan foydalangan holda Mo‘ltondan 400 kilometr g‘arbdagi Nandna qo‘rg‘onida Yer kurrasi o‘lchamini aniqlashga kirishadi, avval shu joyning geografik kengligini o‘lchab 320001 ga teng ekanligini aniqlaydi. So‘ngra ufqning pasayish burchagini o‘lchaydi. Bu haqda olimning o‘zi quyidagicha yozadi: «Hindiston yeridagi Nandna qo‘rg‘onida istiqomat qilishimga to‘g‘ri keldi. Qo‘rg‘onning g‘arb tomonida baland tog‘, janubiy tomonida esa keng sahroni ko‘rdim va shu on (ufq pasayishini o‘lchash usulini) sinab ko‘rishga kirishdim. Tog‘ tepasidan turib yerning lojuvard rangdagi osmon bilan tutashganini yaqqol ko‘rdim. Qarash chizig‘i vertikalga perpendikulyar bo‘lgan chiziqdan 00 341 pasaydi. Perpendikulyar bo‘lgan tog‘ balandligini o‘lchadim, u shu yerda qo‘llanadigan o‘lchovda 652,055 cho‘zim (gaz)ga teng keldi».

Yer aylanasining uzunligini aniqlash, Beruniy aytganidek, sahrolarni kezib 10 yoy uzunligini aniqlashga nisbatan aniq va qulay. Shu bois, u trigonometrik usullardan foydalanib, tog‘ balandligini o‘lchashda avvalgi astronomlardan ham aniqroq natijaga erishgan.

Yer aylanasining uzunligini topish haqida Beruniy bunday deydi: «Yer aylanasining uzunligini topish uchun hamma hollarda ham shu topilgan topilmani, ya’ni radiusni ikkilantirib 22 ga ko‘paytir, hosil bo‘lgan ko‘paytmani 7 ga bo‘l, shunda sen o‘lchagan birliklarda Yer aylanasining uzunligi kelib chiqadi».

Beruniy aytgan amallarni bajarganda l=2pR ni aylana uzunligini hisoblash mumkin. Bunda 22/7=3,14…. (p)ni ifodalaydi.

Shunday qilib, Beruniy shaxsan o‘zi bir qancha shaharlarning geografik kengliklarini hisobladi. Masalan, G‘aznaning kengligi 330 351, Kandaniki 330 551, Dumpurniki 340 201. Uning hisoblashiga ko‘ra, Buxoro shahrining keng­ligi 390 201 deb topilgan. Hozirgi kunda bu qiymat 390 461 dir. Demak, bu Beruniy hisobidan faqat 00 261ga farq qiladi. Xullas, buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy va madaniy merosini o‘rganish, uni o‘quvchi va talabalarga yetkazish azaliy qadriyatlarimiz sirasiga kiradi.

Qomusiy olim

ABU RAYHON BERUNIY

(973-1048)

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘rta asrlarning buyuk qomusiy olimlaridan edi. Uning buyukligi o‘sha davrning deyarli barcha fanlariga qo‘shgan betakror ilmiy merosida namoyon bo‘ladi. Beruniyning olimlik salohiyatiga mashhur sharqshunos olimlardan biri «uning qiziqqan ilm sohalaridan ko‘ra qiziqmagan sohalarini sanab o‘tish osondir», deb baho bergan edi. G‘arb tadqiqotchilaridan ba’zilari esa «Beruniy musulmon fanining namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri bo‘lishi kerak» degan fikrni bildiradi.

Olim 973 yili Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tavallud topdi. U yoshlik va o‘spirinlik yillarini o‘z vatanida o‘tkazib, o‘sha yerda turli ilmlarni o‘rgandi va olim sifatida shakllandi. Zamonasining mashhur olimi Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo‘lida ta’lim oladi, o‘sha paytlar Buxoroda yashayotgan bo‘lajak olim Abu Ali Ibn Sino bilan yozishmalar orqali ilmiy muloqotda bo‘ladi. U ona tilidan tashqari arab, sug‘diy, fors, suryoniy, yunon tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o‘rganadi. Bu esa o‘z navbatida, Beruniyga mazkur tillardagi asarlar bilan chuqur tanishishga imkoniyat yaratadi.

Xorazmdagi siyosiy vaziyatning o‘zgarishi natijasida Beruniy 998 yili Jurjon shahriga ketishga majbur bo‘ladi. U bu davrga qadar Kot va Ray shaharlarida o‘zining dastlabki ilmiy izlanishlarini boshlab yuborgan edi.

Jurjonda kechgan yillar (998-1004) Beruniy uchun yirik izlanishlar va ijodiy kamolat davri bo‘ldi. O‘zining birinchi astronomik tajribalarini 16 yoshida Kot shahrida boshlagan alloma, Jurjonda nafaqat astronomiya va boshqa tabiiy fanlar bilan, balki tarix va din tarixi bilan ham shug‘ullanadi. Olimning muhim asarlaridan biri — «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» uning Jurjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000 yili tugallangan bu asar muallifning ko‘p qirrali olim ekanligini namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi. Umuman, Beruniy Jurjonda o‘ndan ortiq asarlar bitishga muyassar bo‘ldi.

Beruniy 1004-1017 yillarda Xorazmga qaytadi. Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma’mun ibn Ma’mun Beruniyni o‘z saroyida katga izzat-hurmat bilan qabul qiladi. Olim Xorazmshoh Ma’mun rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko‘rsatish bilan birga siyosiy jarayonlarda ham Xorazmshohning yaqin maslahatchisiga aylandi. Xorazmning Mahmud G‘aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo‘ydi. U Xorazmshoh saroyidagi aksariyat olimlar, jumladan, ustozi Abu Nasr ibn Iroq, Abu al-Xayr Xammar va boshqalar bilan birga G‘azna shahriga asir qilib olib ketiladi.

Ma’lumki, Xorazm ilmiy markazi olimlardan faqat Ibn Sino va Abu Sahya Masihiylar Mahmud G‘aznaviy zulmidan xavotirlanib, G‘aznaga emas Jurjonga qarab yo‘l olgan edilar. Beruniyning 1014-1048 yillarda G‘aznada kechirgan hayoti moddiy va siyosiy jihatdan mashaqqatli bo‘lishiga qaramasdan, UNING ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo‘ldi. U Mahmud G‘aznaviy saroyida kechgan dastlabki yillarda astronomiya va geodeziya masalalariga katga e’tibor berdi.

Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha «Geodeziya» deb yuritiladigan «Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash» nomli astronomiya va geografiyaga bag‘ishlangan asari 1025 yilda yozib tugatildi.

Beruniyning «Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar» asari ham 1029 yili G‘aznada yoziladi. Oradan bir yil o‘tib, u o‘zining «Hindiston» nomi bilan tanilgan «Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash» kitobini yakunlaydi.

Bu shoh asarning vujudga kelishiga Mahmud G‘aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlari sabab bo‘ldi. Saroyning eng nufuzli astrologlaridan sanalgan Beruniy Mahmud G‘aznaviy bilan Hindistonda bir muddat istiqomat qiladi va u yerda sanskrit tilini mukammal egallashga muvaffaq bo‘ladi. U bu til yordamida hindlarning tarixi, urf-odatlari, madaniyati va fani bilan yaqindan tanishadi va natijada «Hindiston» asarini yaratadi. 1030 yil Mahmud G‘aznaviy vafot etadi. Taxtga uning o‘g‘li Ma’sudning o‘tirishi Beruniy ahvolini ancha yaxshilaydi. Olim o‘zining astronomiyaga oid eng yirik asarini mazkur hukmdorga bag‘ishlab «Masud qonuni» deb ataydi. O‘rta asr olimlarining yozishiga ko‘ra, sulton Ma’sud bu asar uchun Beruniyga bir filga ortilgan katga mikdordagi kumush tangalar hadya etadi.

Mutaxassislar fikricha, «Ma’sud qonuni» kitobi matematika va astronomiya bo‘yicha ungacha yozilgan barcha kitoblarning izini o‘chirib yuborgan.

Olim sulton Ma’sudning o‘g‘li Mavdudning hukmronlik yillarida (1041-1049) o‘zining yana ikki asari — «Mineralogiya» va «Farmakognoziya» deb atalgan ikki asarini yozadi. Ularning har biri mazkur sohalardagi betakror asarlardan bo‘lib, jahon madaniyatining noyob durdonalaridan hisoblandi. Abu Rayhon Beruniy 1048 yili G‘azna shahrida vafot etadi.

Olim yozib qoldirgan 160 dan ortiq asarlari bilan astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tabobat, farmakognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlarning rivojiga noyob hissa qo‘sha oldi.

Beruniyning betakror ijodi uning vatani O‘zbekistonda alohida e’tibor qozongan. Uning qator yirik asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilinib Toshkentda nashr etilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !