ABU NASR FAROBIY

Abu Nasr Farobiy

Abu Nasr Farobiy O‘tror shahrida (Hozirgi Qozog‘istonning Chimkent viloyati hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada tug‘ildi. Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o‘tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tillarini mukammal darajada o‘zlashtirdi. Forobiy sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o‘rgandi va uni yaxshi bilardi. O‘zi turkiy xalqlarga mansub bo‘lib, turkiy tillarni yaxshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni puxta egallagan edi.

Tarjimai hol

Butunlay tahrirlash

Abu Nasr Farobiy O‘tror shahrida (Hozirgi Qozog‘istonning Chimkent viloyati hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada tug‘ildi. Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o‘tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tillarini mukammal darajada o‘zlashtirdi. Forobiy sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o‘rgandi va uni yaxshi bilardi. O‘zi turkiy xalqlarga mansub bo‘lib, turkiy tillarni yaxshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni puxta egallagan edi.

Tarjimai hol

Tahrir
U ko‘proq Bag‘dodda yashagan. Arab tilini juda ham yaxshi bilar, ko‘proq falsafa, mantiq va diyniy ilmlarga qiziqar edi. Farobiy turli ilmlarni yaxshi o‘zlashtirgan mavsu’iy olim edi. U, falsafa, mantiq, ilohiyot, axloq, siyosat, falakiyot, kimyo, musiqa va boshqa ilmlarga oid o‘nlab kitoblarni yozgan.
Farobiyning musiqa bo‘yicha yozgan kitobi islom madaniyatida yozilgan eng asosiy arabcha kitob bo‘lib, hozirgacha asosiy manba’lardan bo‘lib kelmoqda. U «Qonun» nomli musiqa asbobini ixtiro qilgan.
Abu Nasr Farobiy mashhur mutarjim Abu Bashir Matta bilan birgalikda Arastu (Aristotel) asarlarini tarjima qildi va uni dohiyona sharhlar ila boyitdi.
Shundan keyin unga «al-Muallim as-soniy» («Ikkinchi muallim») va Sharq Arastusi unvoni berildi. Abu Nasr Farobiy ilm istab Samarqand, Buxoro, Hirot, G‘azna, Harron, Shom va yana ko‘plab musulmon shaharlarida bo‘ldi.
Abu Nasr Farobiy hijriy 336 yilda Damashq yaqinidagi qishloqlarning birida vafot etdi.
Abu Nasr Farobiy 260dan ziyod ilmiy ish yaratdi. Ulardan ayrimlari quyidagilardir:
«Risola fi A’za il Inson»,
Risola fi A’za al-Hayvon»,
«Risola fir-Raddi ala Jolinus fima Nakaza fiha Aristotelis»,
«Kitobun fi Aroi ahlil Madiynatil Fazila»,
«Risola fil millatil fazila»,
«Ta’liyqot»,
«Risola fi Tahsilis-Saodat»,
«Risola uyunul-masoil»,
«Risola al-Mufarraqot»,
«Risola fi Masnil aql» va hokazo.
Farobiyning kitoblari ikki turga taqsimlanadi. Birinchisi, falsafa va boshqa sohalarda yozgan kitoblari. Ikkinchisi Aflotun, Arastu va ularga ergashganlarning kitoblariga yozgan sharhlari. Ba’zi tadqiqotchilar mazkur kitoblarning soni qirq donaga yetganini aytadilar.
Farobiy o‘zining falsafiy faoliyatida Aflotun va Arastu hamda yunon falsafasi va Islom diyni tushunchalarini muvofiqlashtirishga qattiq uringan. Uning o‘zi diynini mahkam tutadigan musulmon bo‘lgan. Shu bilan birga, u Aflotun va Arastu mazhabiga o‘xshash falsafiy mazhabga asos solgan birinchi musulmon faylasufdir.
O‘sha paytda Aflotunning «at-Tosu’ot» nomli kitobi tarjima qilinib xato tariyqasida Arastuning kitobi deb bilingan edi. Arabchada «Rububiyat» nomi bilan mashhur bo‘lgan bu kitobni o‘qigan Forobiy Arastuning fikrlari xuddi Aflotunnikiga o‘xshar ekanligiga hujjat va dalil topilganidan xursand bo‘lgan va mazkur ikki faylasufning boshqa kitoblarini ham muvofiqlashtirish uchun harakat qilgan. Farobiy ham Aflotunni, ham Arastuni bir xilda yaxshi ko‘rar va qadrlar edi.
Shu bilan birga, bu ikki shaxsning fikrlari bir-biriga zid bo‘lishini tasavvur qila olmas edi. Uning «Al-Jam’u bayna ra’yay al-Hakimayni Aflotun al-Ilohiy va Arastutolis»-«Ikki hakim-Aflotun ilohiy va Arastularning fikrlarini jamlash» deb atalgan kitob Farobiyning bu borada olib borgan harakatining gultoji hisoblanadi.
Farobiy o‘zining bu ishi ila birinchi bo‘lib Islom olamida Aflotun falsafasining tarqalishiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, xuddi shu ishning o‘zi musulmon faylasuflarga yunon falsafasini diyniy masalalarda tap tortmay ishlatishga yo‘l ochib berdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !