YANGILIK

ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ВАЗИРИ: ҲАТТО ЎЗ ФАНИ БЎЙИЧА ОДДИЙ САВОЛГА ҲАМ ЖАВОБНИ БИЛМАЙДИГАН ЎҚИТУВЧИЛАР БОР

🏫 Халқ таълими вазири Бахтиёр Саидов бошчилигидаги Ишчи гуруҳ билан учта вилоятда бўлиб, мактаблардаги шароитни ўрганди.

Вазирнинг айтишича, мактаблардаги аҳвол қониқарли эмас. Таълим сифатини яхшилаш учун жуда кўп иш қилиш зарур:

🎙 — Керак бўлса ҳар бир ҳудуд раҳбаридан бугун ўз вилоят ва туманидаги барча мактаблар шароитини билиш талаб этилади. Жойларда фан ўқитувчиларининг билим ва савиясини оширишимиз керак. Айрим ўқитувчилар билан суҳбатлашдим, афсуски, ҳатто ўз фани бўйича оддий саволга ҳам жавобни билмайдиган ўқитувчилар бор экан.

Тўғри, мактабда шароит йўқ дерсиз, лекин ўқитувчи ўша ерда вақтини кетказиб ўтирибди-ку, жонкуярлик бўлмаса нима қилади бу касбни танлаб?! Унинг қўлида инсон тақдири ётибди! Мактабларда шароит, инфратузилма яхшиланишини кутсак, болаларни йўқотамиз, — дейди вазир.

YANGILIK

“Zamin” fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun maktab-internatlarni yordamchi jihozlar bilan ta’minlash ishlarini davom ettirmoqda

“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Zarbdor tumanidagi 1 va 2-sonli maktablarda bo‘ldi.

“Oldimizda turgan muhim vazifalardan biri, siz o’zingizni namoyon qilishingiz uchun zarur sharoitlarni yaratib berish. O’qishda, ishda, ijodda, sportda, ijtimoiy faoliyatda o’zingizni topa olishingizni istaymiz. Qobiliyatingiz, qiziqishlaringizni yuzaga chiqarishda hech qanday to’siq bo’lmasin, deymiz”, — dedi Ziroat Mirziyoyeva o’quvchilar bilan uchrashuvda.

“Muhim vazifalarimizdan biri – inklyuziv jamiyatni yaratish. Siz oʻz mahoratingizni oshirib, sifatli taʼlim olishingiz va toʻsiqlarsiz jamiyatga yanada moslashishingizni istaymiz”, – dedi Ziroat Mirziyoyeva o’quvchilar bilan uchrashuvda.

Ziroat Mahmudovna har bir bola ta’lim olishda teng huquqli bo‘lishi, o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

“Zamin” fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida maktablarga zamonaviy FM tizimlarini sovg‘a qildi. Umuman olganda, joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida joylashgan 8 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda ana shunday jihozlar o’rnatiladi. 2022-yil oxirigacha Respublika bo’ylab barcha 18 ta maktablar to‘liq jihozlanishi kutilmoqda. Shu bilan bir qatorda o‘quv jarayonida jihozlardan foydalanish bo‘yicha ham o’qituvchilar uchun xorijlik mutaxassislar tomonidan maxsus treninglar o‘tkazilmoqda.

FM-tizim kerakli tovushlarni bevosita o‘quvchining eshitish apparatlariga uzatayotgani tufayli bolalar o‘qituvchining gapini eshitadilar va nutqni sinfda ham, shaxsiy darslarda ham rivojlantiradilar.

Samaradorlikni ta’minlash maqsadida “Zamin” fondi ko‘magida ixtisoslashtirilgan maktablarning 2 ming nafar o‘quvchisiga 2 donadan zamonaviy eshitish apparati bepul topshirilmoqda. Shu bilan birga, bir guruh mutaxassislar bolalarning eshitish qobiliyatini diagnostika qilish va eshitish vositalarini individual sozlashni amalga oshirmoqda.

DIQQAT, TANLOV !

ДИҚҚАТ ДИҚҚАТ ТАНЛОВ!!!

Таълим-тарбия ишларининг келажакдаги ролини оширишда устоз обруини кўтариш мақсадида «Устоз ва мураббий — 2021» мавзусида ноанъанавий танлов эълон қилинади.

I. ТАНЛОВ ШАРТЛАРИ ҚАНДАЙ❓❓❓

БУ ЖУДА ОДДИЙ
1️⃣ Ушбу танловда ўқитувчилар ва мураббийлар томонидан таълим тарбия ишларини амалга ошириш борасида очиқ дарслар, тадбирлардан лавҳалар, фан ойликлари давомида ташкил этилган тадбирларни юборишлари мумкин. Танловда иштирокчилар фотолавҳалар, видеоролик, мақола ёки слайд юбориши мумкин.

2️⃣ Ижодий ишлар 2021 йил 22-30 июнь кунлари 10:00дан 22:00 га қадар https://t.me/ziyoliylar_minbari телеграм каналидаги @elnur9909 манзилига юборилади. 📤

II. ҒОЛИБЛАРНИ АНИҚЛАШ ТАРТИБИ ҚАНДАЙ ❓
Ғолиблар 100 баллик тизимда баҳоланади:
Биринчи: Устоз ва муоббаийларнинг дарсларининг ўзига хослиги — 30 баллгача:

Иккинчи: Устоз обруини оширишда дарс жараёнларининг қизиқарли ташкил этилганлиги – 50 баллгача;

Учинчи: Ўқувчилар билан ишлаш жараёнида ажойиб ҳолатлар акс этганлиги – 20 баллгача.

  1. Ғолиблар 2 июль куни соат 22:00 да @ziyoliylar_minbari телеграм каналида эълон қилинади.
    III. ҒОЛИБ ҚАНДАЙ МУКОФОТЛАНАДИ❓

🧷 5 нафар ғолибга Гран при дипломи топширилади.

📣 Қолган барча иштирокчиларга ижоди жойланган куни танловнинг олий даражали дипломи тақдим этилади.

Эслатма: Танлов мажбурий тусга эга эмас, хохиши бор ва ижодкорликка қизиқувчилар учун ташкил этилган!

Эслатма: Танловда қатнашиш тўлов асосида

Танловда қуйидагилар албатта кўрсатилган холда юборилиши лозим.

Ustoz2021

Murabbiylar_tanloviga

YANGILIK

“2-APREL — XALQARO KITOB KUNI”

📗Ushbu kunda ota-onalar farzandlariga, maktab oʻquvchilari esa sinfdosh va doʻstlariga kitob sovgʻa qilish anʼanasiga aylanishini istar edim.

Keling, bugun shu anʼanani amalda sinab koʻramiz va kitob sovgʻa qilish #challenge #kitobkuni #bookday boshlaymiz:

Buning uchun:

  1. Farzandingiz, doʻstingiz yoki hamkasbingizga qiziqishlaridan kelib chiqib, kitob sovgʻa qiling.
  2. Foto yoki videolavha orqali #kitobkuni #bookday #denknigi xeshtegi yordamida ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaringizda doʻstlaringiz bilan boʻlishing.
  3. Ushbu #challengeʻni boshqalar bilan ulashing va layklar yigʻing.
  4. Post eʼlon qilinganda foydalanuvchi profili “Barcha uchun mavjud” (“Dostupna vsem”) holatida boʻlishi kerak.

Oʻylaymanki, ushbu xayrli loyihada faol ishtirok etib, oʻz farzandingiz yoki yaqiningizni dunyodagi eng qimatbaho xazina, sodiq doʻst – kitob bilan doʻstlashishiga oʻz hissangizni qoʻshasiz.

Challenge 2021-yil 2-apreldan 10-aprelgacha oʻtkaziladi.
ushbu havola (https://t.me/RustamKarimjonov) orqali Telegram kanal va Facebook ijtimoiy tarmogʻida 11-aprel kuni eʼlon qilinadi.

Gʻolibga Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan laptop — noutbuk hadya qilinadi.

DIQQAT, TANLOV !!!!

ziz oʻquvchilar, insholar tanlovida faol ishtirok eting !

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun “Nima deb oʻylaysiz..?“ rukni ostida insholar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad karantin davrida oʻquvchilar vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularga ijodiy qobiliyati va amaliy koʻnikmalarini namoyish etish imkonini berish hamda ularning oʻz fikrlarini mustaqil va erkin bayon qilish savodxonligini oshirishdan iborat. Eng asosiysi, yosh isteʼdodlarni izlab topish hisoblanadi.

Tanlovda umumtaʼlim maktablarning 6-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Читать далее DIQQAT, TANLOV !!!!

ADABIYOT ATOMDAN KUCHLI !